Zulmatdagi yorug'lik
Sena Hejun aytgan gapdan shokka tushdi va gapni boshqa yerga burdi.
- senga bir narsani aytaymi?
- nima) dedi Hejun hayratlanib
- bugun meni tug'ilgan kunim
- nima? Sen buni nishonlamaysanmi?
- onam va dadam meni tug'ilgan kunimni nishonlashni xohlashmaydi) deya birdan to'xtab qoldi chunki Sena aytmasligi kk bo'lgan narsani aytib qo'ygan edi.
- nima uchun nishonlashmaydi sabab bormi?
- bilmayman. Bilishni ham xohlamayman) deya Sena Jim bo'lib qoldi, U sababini bilar edi. Hejun bunga e'tibor qaramasligi uchun Sena yana gapni boshqa tomonga burdi
- nima seni qizdosting yo'qmi?
- yo'q.
- maktabda rosa mashhur bo'lding. Eshitishimcha avvalgi maktabingda eng a'lochi o'quvchi bo'lgan ekansan..
- ha menga yetadigani yo'q) deb magrurlandi Hejun
- rostanmi? Avvalgi maktabingda bo'lmagandir lekin meni maktabimda eng a'lochi o'quvchi menman.
- xaxaxaxa ko'ramiz
- hoy sen... Hali shoshmay tur.
Ikkisi suhbatni shu yerda yakunlandi. Mehmonlar uylariga ketishdi. Senaning onasi mehmonlar ketishgandan so'ng munosabati o'zgardi U Senaga qo'pol muomula qila boshladi
- idishlarni yuvib bu yerni tozalab ol!
- lekin bular juda kopku
- nima deding
- hech narsa, men qilaman
- Don jinni topib kel, ertaga uni sport musobaqasi bor. Tezroq uxlashi kerak.
- ho'p.
- ha aytgancha senga faqat tug'ilgan kuningda yaxshi muomula qilaman deganman. Lekin bundan keyin unaqa bo'lmaydi. Tuğilgan kuning ham boshqa kuning ham doimgidek o'tadi. Bugun senga yaxshi muomula qilaman deb rosa qiynaldim.
Onasi bu gaplarni aytar ekan Sena ning ko'zlari yoshga to'la boshladi lk onasi oldida o'zini tutib turdi.
Sena hamma idishlarni yuvib tozalab ukasini qidirishga ko'chaga chiqdi. Soat allaqachon 12 bo'lgan edi.
Sena pov:
Nega onam Menga bunday munosabatta bo'lar ekan. Axir men ham onamning farzandimanku. Oilam bilan 1 yildan beri birga yashaymiz. Qolgan 16 yil davomida men buvim bilan yashadim shu uyda. Ular shuncha vaqt Amerikada yashashardi. Yiliga atigi bir kun oldilariga borishimga ruhsat berishar edi. Agar 2-marta borsam, hattoki arzirli sababim bo'lsa ham meni e'tiborsiz qoldirishardi. Menga juda sovuq muomula qilishardi. Buvim ulardan intimos qilib hech bo'lmasa tug'ilgan kunida yaxshi gapiringlar deb so'ragandi. Ammo 1 yil oldin buvim......) deya Sena yig'lay boshladi.
-buvi nega meni tashlab ketingiz? Sizni sog'indim buvijon.) deya yo'lda yig'lab ketardi.
Sena uxlayotganida eshik qattiq ochildi va onasi kirdi
- hoy qiz, tur orningdan
- nima bo'ldi) deb qo'rqib uygonib ketdi Sena
- biz dadang bilan Don jinni musobaqasiga ketyapmiz. Kechda kelamiz. Mazali taomlar pishir, ukang yoqtirgan bananli tort tayyorla. Uylarni yaxshilab tozala va bezatib qoy.
- lekin Donjin g'alaba qozonmasachi?
- hoy, u yutadimi yutqazadimi farqi yo'q, biz uchun u g'olib
- ha Tushunarli
Sena pov:
O'tgan hafta men matematika musobaqasida 1-orinni olganimda oltin medal berishdi. Lekin onam meni xattoki tabriklamagandi) deya o'ziga o'zi gapirib kulib yubordi.
Bugun yashanba Sena ning dam olish kuni edi. U xonalarni tozaladi. So'ng uyni bezatdi. Bananli tort tayyorlab muzlatkichga solib qo'ydi.
Keyin u eng yaqin dugonasi Jihye ga telefon qildi.
- alo Jihye?!
- Sena, gozalim bormisan telefon ham qilmaysan. Seni juda sogindimku
- Men ham seni sog'indim ajina ginam
- hoy) deb kuldi Jihye
- uyga qaytdingmi?
- ha kecha samalyotdan soat 10 da tushdik.
- hozir vaqting bormi?ko'rishar edik
- hoy senga har doim vaqt topaman. Sevimli kafe mizga kel
- hozir boraman) deb goshakni qo'ydi Sena
Sena chiroyli kiyinib kafe ga bordi. Dugonasi Jihye hali kelmagan ekan. U stulga o'tirdi. Va dugonasini kuta boshladi.
Sena ning to'g'risidagi stolda bir yigit o'tirar edi. Sena kelgandan buyon, Senadan ko'zini uzmasdi. Sena ham uni ko'rdi va o'zini galati his qilib unga qaramay telefonini o'ynab o'tirdi.
10daqiqa o'tgach Jihye keldi. Ular quchoqlashib korishishdi va stolga o'tirib muzqaymoq buyurtma qilishdi.
Ikkis ichida yig'ilib qolgan gaplarni gaplashishdi. Ko'p gaplashishganidan kech bo'lganini sezmay qoldi.
Ikkisi xayrlashishdi va Sena uyiga ketayotganida boyagi Yigit unga ergashdi.
Sena boshida unga e'tibor bermay ketishda davom etdi. Lekin orqadagi uni kuzatib kelayotgan yigitga gapirdi :
- hoy janob, nega orqamdan kelyapsiz? Uyingiz o'sha tomonda deb o'ylamayman. Sizning mashinangizni kafe yonida turganini ko'rgandim. Nima biz tanishmizmi? Yoki paletsiya chaqirishimni xohlaymizmi?
- hoy Sena nega meni janob deyyapsan?
- biz tanishmizmi?
- meni eslolmayyapsanmi?
- yoq) dedi va Sena kulib yubordi.
- hoy Ahmoq Suxo, qachon kelding sen? Seullik bo'lib ketgan edingku
- nega uzingni shuncha vaqtdan beri tanimaganga olding?) deb kuldi Suxo
- ketganingga 2 yil bo'ldi, biror marta telefon qilmading? Hol ahvol so'ramading, do'st ham shunday bo'ladimi sendan xafaman, bor ket o'sha Seul ga) deb qo'lini cho'ntagiga solib yuzini burib oldi Sena
- hoy axir sababim borligini bilasanku jinnivoy
Sena javob qaytarmay, labini burishtirib Suxoga qaramay turardi.
- mayli mayli meni kechir. Senga xabar berolmaganim uchun. Buni badalini to'layman
- baribir sendan xafaman
Suxo Senaga qarab kulib qarab turardi. Keyin birdan uni oldiga borib Senani qochoqlab oldi.
- hoy nima qilyapsan sen) deb o'zini tortdi lekin Suxo uni qattiq roq quchoqladi
- Suxo, bizni ko'rishsa noto'g'ri tushunishadi, meni qoyib yubor
- seni sog'indim
- Men ham bo'ldi qo'yib YUBOR) deya o'zini Suxoning quchog'idan olishga harakat qilardi.
- kecha tug'ilgan kuning ga kelmoqchi edim. Lekin ulgurmadim) deya Senani quchoqlagan holda gapirishda davom etardi.
Shu payt ularni anchadan beri kuzatib turgan Hejun oldilariga keldi.
Suxo Senani quchog'idan sekin qo'yib yubordi. Va Senaga gapirdi.
- Sena uni taniysanmi?
- ha u meni qo'shnim, ular kecha ko'chib kelishdi
Suxo va Hejun bir biriga qarab turishar edi keyin biroz sukunat boldi. Sena esa tezroq uyiga borishi kk edi. Chunki yarim soatdan keyin oilasi uyga keladi. Sena hamma narsani tayyorlab qoygani lekin ovqat tayyorlamagani esidan chiqib ketdi va birdan ovoz chiqardi
- voyyy men aniq tamom bo'ldim
Suxo va Hejun birdan hayron qolib gapirishdi:
- nima bo'ldi?
- nima bo'ldi Sena?
- bugun ukamning musobaqasi, onam 3 xil ovqat tayyotlashimni aytgan edi. Men esimdan chiqibdi. 1 soatdan keyin uyga kelishadi va meni o'ldirishadi.. men ketishim kerak..xoziroq uyga borishim kerak ) deya uyi tomon yugurib ketardi.
Suxo uni orqasidan borib qolini ushlab Senani toxtatdi va:
- men senga yordam beraman. Ozi bugun siznikiga ketayotgan edim
- yaxshi ketdik ) deyishdi va ikkisi uy tomon yugurib ketishdi
Hejun ularga orqasidan qarab qoldi.
1 soat ichida ikkisi shosha pisha ovqatlarni tayyorlab tashlashdi va dasturxon tusab ularni kutishdi.
- Suxo, senga rahmat agar bolmaganingda men aniq ulgirmagan bolardim. Senga kattaaa rahmat.
- qoysangchi ozi kop ishni ozing qilding. Yana oilang ham kechikyapti, mensiz ham ulgirar eding
Ko'p o'tmay uydagilari kelishdi. Senaning oilasi Suxo ni yaxshi tanir edi. Chunki ikki oila juda ko'p yillardan beri yaqin edi. Hammasi ovqatlanishar edi . Keyin eshik taqilladi.
- men ochaman) deya Sena eshik tomon ketdi.
Sena eshikni ochganida umuman kutmagan insoni turardi...........