January 9

Chosen Wizard

1-qism

Qadimda Yer yuzi ikkiga bo'lindi. Yarmi insonlar uchun, yarmi esa vampirlar uchun edi. Yer yuzida yashovchi jonzotlari 100 % deb olsak 45% odamlar, 45% vampirlar va qolgan 10 % afsungarlar edi. Yer yuzi ikkiga bo'lingan, afsungarlarga esa alohida yashash joyi yo'q edi. Ular insonlar va vampirlar orasida yashar edilar. Insonlar va vampirlar yashovchi hududni ajratib turuvchi va insonlarni vampirlardan himoya qiluvchi ulkan chegara bor edi. Afsungarlar bu chegarani yaratishgan edilar. Yana ular vampirlardan ham, insonlardan ham kuchli edilar ya'ni ularning boshlig'i bo'lishgandi.
Afsungarlarnng ham qirolichasi bor edi. Uning ismi Daniyel edi. U butun Yer yuzining eng qudratli va kuchlisi edi. O'sha qudratli chegarani faqat Daniyelga o'xshagan tanlangan afsungarlar yaratib, himoya qila olardi.
Bir kuni vampirlar afsungarlarga boy sinishni xoxlashmay qolishdi. Ular bu chegarani ham, afsungarlarni ham yo'q qilishni xohlashdi va insonlar bn bitim tuzishdi. Ya'ni ularni aldashdi.
Bu chegarani insonlar ocha olishardi, buni esa vampirlar bilishardi. Biz birlashib, afsungarlarni yo'q qilamiz, evaziga esa sizga va bizga erkin hayot bo'ladi, chegarani oching vampirlar va insonlar birlashishadi va biz sizlarga zarar keltirnaymiz deya insonlarni ishontirishdi. Insonlar ishonib chegarani ochishdi. Avvaliga vampirlar insonlarga do'stona munosabatda bo'lishdi. Vampirlar ham ancha kuchli edi va insonlar ham bosh kelishmadi va afsungarlarni yengishdi. Chunki ular kam edi. Afsungarlar qirolichasi Daniyel va boshqa ko'plab afsungarlar vafot etishdi. Daniyelni o'ldirib yengil tortgan och vampirlar insonlarga tashlanib ketdi. Juda ko'p insonning qonini ichishdi. Jang, go'yoki qiyomat boshlangandek edi. Sarosimaga tushgan tirik qolgan afsungarlarning ba'zilari turli yerlarga qochib ketishdi. Faqat 7 tasigina qoldi. Ular bor kuchi bn kurashib insonlarni himoya qildi. Lekin chegarani tiklamasa hech narsa o'zgarmas edi. Ammo buni qila oladigan afsungar Daniyel vafot etgandi. So'ng 7 afsungar tabiatdan yordam so'rashdi.

7 Afsungar

Tabiat yordamida afsungarlar chegarani tiklashdi. Vampirlar va insonlarni ajratib turuvchi chegara tiklandi, hamma narsa o'z o'rniga qaytdi. Lekin chegara 100 yildan so'ng zayiflasha boshlaydi va sekin sekin o'z kuchini yo'qotadi. Tanlangan afsungarsiz bu chegarani boshqa tiklab bo'lmaydi. Lekin har 100 yilda bir marta tanlangan afsungar dunyoga keladi. Uning kuchi xuddi boshqa tanlangan afsungarlar kabi ko'p bo'ladi. U o'zidan o'zgacha ifor taratadi. Uning ko'zlari yarim tunda ko'kimtir bo'lib porlaydi buni esa afsungarlar va vampirlar ko'ra olishadi. Insonlar buni ko'ra olishmaydi. Chunki qiz insonlar orasida dunyoga keladi. Ammo u o'zligini topib, kuchini ishlatishni organmagunicha uni boshqa afsungarlar himoya qilishlari kk. Bo'lmasa U vampirlar tomonidan o'ldirildi. Har kuni 50 ga yaqin vampir insonlar orasiga kira oladi. Bu tabiat qonuni.
Urushdan so'ng ehtiyoj choralari sabab 7 afsungar insonlarni vampirlar va sehrgarlar haqidagi xotiralarini o'chirib tashlashdi. Endi insonlar, vampirlar va afsungarlar haqida umuman bilishmasdi.
Afsungarlar ham, vampirlar ham boqiy yashashadi kimdir ularni o'ldirmasa.....

-Juwoon: bo'ldi qizalog'im ertak tugadi... endi uxlayqol
-Yijoo: oyiiii aytib bering keyin nima bo'ldi, o'sha tanlangan sehrgan qiz dunyoga keldimi?
-Oyisi: bilmayman qizalog'im, endi uxla
-Yijoo: yaxshiii ertaga aytib berasizmi
-Oyisi: ha

Ertalab Juwoon xonim, uning eri va qizi Yijoo ovqatlanishardi.

-Yijoo: oyijon eslaysizmi 4 yoshimda manga bir ertak aytib bergan edingiz
-Oyisi : men senga ko'p ertaklar aytib bergangaman.. Qaysi birini aytsapsan?
-Yijoo: insonlar, vampirlar va afsungarlar haqida...
-Oysi : qizim sen buni hali ham eslay sanmi, axir bunga 10 yil bo'ldikuu
-Dadasi: Yijoo sen buni rostan eslay sanmi????

-Yijoo: bilasizlarmi bu ertak har yili tug'ilgan kunim kechasi tushimga kiradi, kichiklik paytlarimda buni eslay olmadim va e'tibor bermadim, ammo 10 yildan beri 10 marta bu tushni ko'rdim, keyin esladim bu oyim aytib bergan ertak ekan. Kecha tug'ilgan kunimda ham shu tushni ko'rdim
-Dadasi: qizim sen adashyapsan, menimcha kecha tushingda bu tushni 10 marta korganingni korgansan 😂
-oyisi: dadang rost gapiryapti qizim, bunday narsalarga chalg'ima! 😄
-Yijoo: ishonmasgiz ishonmang, men maktabga ketdim, lk bu rost ediii!
-Oyisi : jinnivoy yolda ehtiyot bo'l! Yaxshi oqiii😄

Yijooning gaplari rost edi. U haqiqatandan ham har yili tug'ilgan kunida bu tushni ko'rar edi. Bu ishora edi.

Yijoo maktabdan qaytar ekan kech tushib qolgandi U esa yolg'iz uyga qaytar edi.

-Yijoo: men onam va dadamdan xafaman ular menga ishonishmadi) deya o'zi bn o'zi gaplashib kelar edi
-X: Salom qizaloq, va nihoyat seni topdim) deb Yijooning oldida bir vamper turardi
-Yijoo: siz kimsiz?
-X: seni topish qiyin bo'ldi, lekin qoningni tatib ko'rish oson bo'ladi deb o'ylamagan edim) deb Yijoo tomon yaqinlashib kelar edi va shu payt Taehyung ismli sehrgar kelib qoldi...
-Taehyung: undan uzoqroq tur Jekman!
-Jakman: kimlarni ko'rayapmiz Taehyung janoblari
-Jekman: o'zim ham oylanib turgandim, tanlangan afsungar u bolsa nega qo'riqchilari yo'q deya, demak aniq Yijoo ekanda!
-Taehyung: yaxshilikcha bu yerdan ket! Bo'lmasa yana 10 yil bu yerga kela olmaysan
-Jekman: meni xafa qilding Taehyung, uni Man topgan edim
Lekin hozir men ovqatlanib olishim kk) deya ayyorona kulib havoga singib ketdi
-Yijoo: nimalar bo'lyapti? Mmen xozir nimalarni kkkkordim
-Taehyung: tinchlan Yijoo hozir uyinga boramiz, ancha kech bo'lib qoldi. Hammasini ota onang oldida tushuntiraman) deya Yijooning uyiga ketishdiii

Ikkisi uyga kelishdi va eshikdan kirishganida Yijooning ota onasi yerda jonsiz yaralanib yotardi

-Yijoo: oyi, dada sizga nima bo'ldi? Nega bu yerda siz? Nega javob bermayapsz) deb shokka tushgan holatda yeglardi
-Jekman: ularni qoni mazali ekan, oxirgi tomchisiga qadar ichdim!!
-Yijoo: sen Kimsan nimalar deyyapsan o'zi?
-Taehyung : sen la'nati man hozir.....
-Jekman: hoy mandan qollaringni tort, Man kimni qonini ichishimni sen hal qilmay San!

Jekman havoga singib vaqti tugagani, sabab qaytib ketdi.
-Jekmen : biz hali ko'rishamiz azizim Yijoo.

O'sha kuni Taehyung Yijooning bugungi xotirasini o'chirdi. Ota onasini esa avto halokatda olgan deb e'lon qildi. 14 yoshida yetim qolgan Yijooni Taehyung katta qila boshladi uni o'zi qaramog'iga oldi. Chunki uni himoya qilishi kk edi.

Park Yijoo