May 4, 2025

Dasomning ilk kechasi🔞

Part 3

Taxminan 30 40daqiqalik yo'ldan so'ng mashina to'xtadi va eshik ochilib qizning tushishiga ishora qilishdi. Dasom eshikdan tushdi. Jkning buyrug'i bilan uning ortidan yurib boraverdi. Hashamatli uyning eshigi tomon yurisharkan Dasom uni nimalar kutayotganini bilmasdi😈

Uyning ichi ham aylanib tomosha qilinadigan darajada katta va chiroyli edi.

Dasom o'zini yo'qotib qo'ymadi, ammo ko'z qiri bilan har tarafga nazar soldi.

Jungkook:
-men bilan yur, ovqatlanamiz

Dasom:
-och emasman.. qolaversa meni ovqatlanish uchun olib kelmagandursan?

J: azizam, sen bundan keyingi bajarilishi kerak bo'lgan ish uchun quvvatga to'lishing kerak. Och bo'lsang o'zingni yo'qotib qo'yishing mumkin. Shunday ekan jimgina men bilan yur

Dasom indamay uning ortidan ergashdi. Ammo ichidan shu darajada qaltirab ketayotgandiki, buni ko'z qiri bilan unga nigoh tashlagan Jungkook ham sezdi.

Ovqatlanish uchun bir xonaga kirishar ekan, dasturxonda juda ko‘p ovqatlar bor edi.

Dasom alanglab dasturxonga ko‘z yugurtirdi. Ammo past ketishni istamay darrov ko'zlarini olib qochdi. Buni sezgan Jungkook lab chetida kulgancha Dasom o‘tirishi uchun stolni surib o‘tir degandek ishora qildi.

Qiz ikkilanib baribir sekin o‘tirdi.

Aylanib o‘tib Jungkook ham Dasomning ro‘parasiga o‘tirdi.

Avvalasiga bir biriga tikilgan ko‘zlar yigit ishorasi bilan ovqatga qaratildi va ular ovqatlanishni boshladilar.

Tanavvul qilayotgan bo'lsada yigit qizdan bir zumga ko‘z uzmasdi. Dasom bunga e'tibor bermaslikka harakat qildiyu lekin oxir unga tikilgan ko‘zlardan shikoyat qildi:
-nega menga tikilayabsan? Men kimdir menga qarab tursa ovqatlanolmayman.

Jk: Yaxshi qaramaganim bo'lsin😏

~~

Shu zayilda ular tanavvul qilib
Olishdi.

Stol atrofidan turisharkan bir nechta xizmatchilar dasturxonni tozalashga shay bo‘lib turardi.

Jk qizga qo‘l cho'zdi, Dasom bo‘lsa chimirilib qarab turardi lekin qo‘l tashlamadi.
Yigit qizning "noz"laridan toqati toq bo‘lib, o'ylab o‘tirmay uni yelkalab ko'tarib yubordi. Birdan bo‘lgan bu voqeani Dasom anglamay, anglab baqira ketdi:

-Hoy meni qo'yib yubor. Esingni yeganmisan. Avvalasiga uyimdan olib ketding, endi nima xohlayabsan?

Qizning tipirchilayverishidan jahli chiqib, tezlik bilan...

Georg xonadoni, Dasommi uyi:

David tushkun g‘azabiy holatda barcha do‘stlarini yig'ishni eng yaqin do'sti ga tayinladi.

(Ma‘lumot o'rnida.. )

Bu Davidning o‘rtog‘i va u do‘stining singlisini ko‘z ostiga olib yurgan deb bilishimiz mumkin..😣 lekin buni hech kimga oshkor qilmagan)

~~~

Dasomning tipirchilayverishidan jahli chiqib, bir xona tomon yura boshladi. Uni yelkasidan tushirib xona eshigini yopib qo'ydi..

Dasom qo‘rqa boshladi, yon atrofdan deraza yoki birorta eshik topilishini umid qilib yon atrofga alangladi. Taxminan 10 qadam o'ngda ayvonga chiqish uchun eshik bor edi. Ammo yigit uning ustiga bostirib kelayotgan edi..

Jag‘lari titragancha orqaga tisarilgan Dasomning qo'llarini o'z qo'llari bilan birlashtirmoqchi bo‘lgan Jk uning ustiga yurib boraverdi. Nihoyat doimgidek oxirgi manzilga yetib kelindi- devor.

Jungkook Dasomning qo'lidan ushlab, uni yotog‘i tomonga o‘zi bilan tortdi. Qo‘llari hali hamon uni tutib turarkan Jk allaqachon kattakon yotog‘i ustiga o‘tirib olgan edi va Dasomning ham qo'lidan tortib yoniga joylashtirdi. Dasom hamon tipirchilab boshqa qo‘li bn qo‘lini ushbu bahaybat qo'ldan bo'shatishga harakat qilarkan, yigitning gaplari uni to'xtatdi:

Meni shunchalik yomon inson deb o‘ylayabsanmi? Men duch kelgan qizlarga gap otib ketaveradigan qiz emasman.
Ammo seni ilk ko'rganimda.. o'sha onda meniki bo‘lishingni xohlagandim.

Yana òsha qosh chimirilishlar, va tushunarsiz qarashlar..

Sen duch kelgan qizlarga gap otmas ekansan, men ham meni istagan inson bn birga bòlib ketuvchilardan emasman, mening ha...
Yigit shu on qizning boynidan bir qolini aylantirib tortgancha undan bosa oldi.
Ha azizlar! Bu Dasomda 2-bosasi edi. Dasom qòllarini mush qilgancha yigitning yelkalariga urib uni òzidan uzoqlashtirishga urina boshladi. Qattiq olinayotgan va oxiri tugaydigandek tutulmagan ushbu bòsadan qizning nafas olishi tobora qiyinlashib borayotgan edi. Va shu on uning oyoĝidan chimchilagan mitti qòllar yigitning tòxtashiga sabab bòldi. Jkning kòzlari ola bo'lishga ulgurmasidan Dasom uning yelkasidan qattiq turtgancha yigitni yotoqqa itarib, òzi balkon eshigi tomon yugura boshladi. Eshik tutquchini burar ekan ochilmagach, òz ichida turgan kalitni kòrgan qiz unga qòl uzatgancha òrnidan turib ulgurgan yigitga ko'z tashlab tobora harakatini

tezlatdi va eshik ochilishiga muvaffaq bolgancha tashqariga otildi va chiqish tarafga teskari turgancha yaqin kelsang òzimni tashlayman degancha tahdid qila ketdi yigitga. Jk qòli bn taslimlik ishorasini qilgancha Dasomdan unday qilmasligini sòrarkan, ularning e'tiborini tashqaridan kelgan 3 4 mashinalar signali tortdi.