REVERIE🫦❤️🔥
#CHAPTER1
#BORA🦋
Men uni yana bir bor ko'rdim. Uni tanimayman ammo har uni ko'rganimda butun borliqni unutgandek bo'laman. Qiziq u kim ? Nega meni tushlarim mazmuni aynan u.
Men yana o'sha joyda man. Sohil bo‘yi..
Men sohil bo'yiga borishni juda xohlayman lekin hali biror marta borib ko'rmaganman. Menimcha bu joy mening dardlarimni eshituvchi va hammasini unutishga yordam beruvchi ajoyib joy bo‘ladi.
Men uzoqdan yurib borib kimsa siz sohildan betakror to‘lqinlanayotgan suv tomon borayapman.
Barcha narsani bir zum ko'z oldimdan o'tkazib, suv tubiga tushish go'yoki bu zulmatli hayotimdan qutulishga chora deb o'yladim.. suvga oyog'im tegishi bilan u meni chaqirdi.
U tomonga qarar ekanman.. aynan yana o'sha inson ekanligiga amin bo‘ldim.
U menga suvga yaqinlashmasligimni tayinlagandek boshini qimirlatdi. Men u tomon borishni istab qadam bosdim..
Ammo birdan singlimning baqiriqlari meni uyg‘otib yubordi.
~Hoy opaaa, uxlashdan boshqa narsani bilasizmiii
~tezroq o‘rningizdan turing axir maktabga kech qolayapmiz. Tavba axir bu so'nggi yillaringiz maktabga to'yib olsangiz bo'lmaydimi.
Tug‘ilganidan beri bu maxmadonani qanday katta bo'lganini ko'rib o'zimdan ham ko'proq uni bilaman. Ba'zida uning qo‘polliklari va injiqlariga yakun bo'luvchi narsa bu shunchaki mendagi sukut.
Ovozini eshitishni istamay yana indamay turib, yuvinib kiyimlarimni kiydim va nonushta qilish uchun o‘tirdim. Endi og'zimga luqma solarkanman otamning kirib kelishi bilan ishtaham bo'g'ilib o'rnimdan turib maktabga ketdim.
Dunyodagi eng razil inson kim desalar shubhasiz ko'rsatadigan insonim bu otam deb atashga ham tilim bormaydigan inson.
U haqida gapirishni va o'ylashni ham xohlamayman.
Tashqariga chiqarkanman, yugurib yugurib ko'chaning boshiga yetay deb qolgan singlimga ko'zim tushdi.
O'zimni aqlli tutib yo‘limdan uchragan taksiga o'tirgan bo‘lib maktabga yo‘l olarkanman, yo'lda halloslab chopayotgan singlimni ham mindirib oldim.
Mashina oynasidan bugungi tushim haqida o'ylab ketarkanman, bir pastda yetib kelganimizni ham sezmay qolib man.
Maktabga kirib borarkanmiz Maryning bidillashlari hiqqildog‘imga kelib sinfiga kirg‘izib yubordim va sinfxonamga borish uchun koridorimiz tomon qadam bosdim. Uning sinfi meniki bilan yonma yon. O‘sha tomondan o‘tayotganimda hatto oyoqlarim o'zimga bo‘ysunmayotgandek tuyuladi.
U sobiq dugonamning sobiq yigiti. Ko'rinishidan hushbichim yigit, ammo shu paytgacha ko'plab qizlar bilan munosabatda bo‘lgan ammo so'nggisi -sobiq dugonam edi.
Ularning munosabati qizning oila a'zolari xabar topgandan so'ng buzilgan edi. Ammo yigitdan so'ng bitch boshqa yigit topib olgan edi.
Boshida JM ni (yigit) ni ko'rishga ko'zim bo‘lmagudek bo‘lsa.. dugonamning qilganlaridan keyin u unchalik ham yomon emasligiga amin bo‘lgandim. Ammo menga bildirgan tuyg‘ulari barchasiga nuqta bo‘ldi.
Sinfim tomon kirarkanman uning chaqirig'i meni to'xtatib qoldi. Joyimda biroz to'xtab so'ng u tomon qaradim. Menga nimadir demoqchi edikuya, sinfdosh qizlarning chaqirig'i barchasini to‘xtatdi
Sinfga kirdim eshik tirgagidan hali gaplashmagan bo‘lsakda, bizga nafrat bilan qarab menga o‘qrayib turgan sobiq dugonamga tushdi.
Hozir uning boshqa yigiti bor, lekin sira eskisini unutgisi kelmayotgandek tuyuladi. Hatto uning oldidan o'tayotganda pick me ohangdagi gapirshlarni ham qo'ymaydi.
Menga bo‘lsa qiziq emas. Buni o‘zi ham yaxshi biladi.
Maktabni bitirish arafasida turgan bo‘lsamda hali birorta yigit bilan eplab munosabat qilmadim va buning uchun ichimdan hayotimga kirib keluvchi bo'lajak erimga havasim kelardi.
Darslar birin ketin zerikarli o'tardi. Ammo negadir men doim tezroq hammasini tugab, tun kirsayu hash pash degancha uxlash haqida o'ylardim. Aniqrog'i barchasida taskin beruvchi tush va o'sha yigit.
Men sinfxona eshigi oldidan joy olganman. Negadir bu yerda havo yaxshi aylanadigandek tuyuladi. Chapgi qatordan menga qarab turgan sinfdosh yigit va o'ng tomon koridor tomondan mendan bir zum ko'zini uzmayotgan Jm ning nigohlarini o‘zimda his qilarkanman, o'zimni noqulay his qilib yil boshidan beri hatto ochib qaramagan kitobda issiq nazar sola boshlayman.
Nihoyat men kutgan ovoz-qo‘ng‘iroq ovozi bulardan qutilishimga sabab bo‘ladi. Sinfxonadan, maktabdan chiqarkanman Jm yana meni chaqirardi bu safar shunchaki uni e'tiborsiz qoldirdim.. payqash qiyin emasdiki, yonimda Mary bor edi. Uy tomon harakat qilarkanmiz uyimiz ro'parasida turgan tez yordam mashinasiga qarab, ikkimiz ham yugurib bordik. Yana oyimning toblari qochgan edi.
Barchasiga o'zlari aybdor deyishdan tonmayman. Chunki qancha azob uqubatlar berishiga qaramay, razil kimsa bilan er-xotin bo‘lib yashab kelmoqdalar.
Doktorlar oyimga og‘riq qoldirivchi ukollar qilib ketishdi. Singlim ikkimiz ulardan habar olish uchun oldilariga bordik.
Singlim yig'lab oyimga o‘zini avaylashi haqida ma'ruza o‘qirkan men ichimdan achinish hissi bilan shunchaki jim turardim.
Eshik qo‘ngiriog‘i chalinishi o'sha tomon harakatlanishimga sabab bo‘ldi.
~Mary oyimga qara, men eshikka qarayman
Nigoh tashlar ekanmanki, ichimda lanatlay boshladim.
Xa bu amakining o‘g‘li edi.
Yoshligimdan shilqimlik qilib, menga yaqinlashishga urinar, kimdir keldi deguncha o'zini bilmaganga oladigan.
Bolaligimda amakimning uyiga ilk borganimda u menga teginmoqchi bo‘lgandi. O‘zimni tashqariga otgandim.
Shundan buyon qaytib qadam bosmadim.
U bo‘lsa har zamon biznikigq kelib turar, va menga yaqinlashmoqchi bo'lardi.
Qiz eshik oldida o‘ylanib turarkan, dadasining baqiruvidan sakrab tushdi
Yeop (amakasining o‘g‘li)
Dadam bor ekanligini ko'rib menga e'tibor qaratmasdan, uning oldiga borib ko'rishdi.
Bu amaki jiyan tusma-tus.
Faqat otam shilqim emas
Dadam oldimlab mehmonxonaga yurarkan, Yeop orqadan menga ko‘z qisib otamga ergashdi.
Menga yaqin kelmaganiga shukr qila boshladim.
O'z xonamda o'tirib loyihalarimni bajarib qancha vaqt o‘tganini bilmayman. Ammo otam ketayotgani haqida habar topib, ovqatlanish uchun oshxonaga yo‘l oldim.
Otam ketgan, anavi Yeop ketgan yo'qligini tekshirish uchun mehmonxonaga ko‘z yugurtirdim
O'zimcha hursand bo‘lib oshxona tomon yurdim.
Ostonadan kirishim bilan eshik yopildi va ichkaridan qulflandi.
Ortimga qararkanman, hindcha qarashlar bilan hiyol men tomon sekin qadam bosayotgan Yeopni ko'rdim.
Tobora men tomon yurarkan, men ham ortga tisarilardim.
Baqirishga og'iz shaylagandim jim degandek qilib, ko'rsatgich barmog'ini og'izga olib bordi.
Oyim betob ekanliklari esimga tushib baqirmaslikka qaror qildim.
O'zimni yo'qotib qo'ymaslikka harakat qildim va undan ko'z uzmasdan, bilintirmay pichoqni ushladim.
~Yeop seni amakim, amakim seni o'ldiradi.. bu qiliqlaring jonimga tegdi.
U menga 😏😈shunday qarab baribir bostirib kelaverdi.
~yetaaaar! Iflos hiqildog'imga kelding la'nati
Pichoq uchini unga qaratib , u buni ko'rib boldi qilar deb o"ylagan edim. Lekin u abjirona kelib pichoq tutgan qolimdan siqib ushlab bag'riga teskari qilib bosdi.
Juda issiq. Ohh jin ursin uning qistovi bilan unga yaqin orqa turarkanman. Borgan sari nafasi o'tkirlashib borar edi.
~ehh, Y/n ginam..
Shu mitti qo'lchalaring bilan menga zarar keltiraman deb o'yladingmi?
~iflosss qo'llaringni to..
~tshshsh.. yaxshi modomiki hozir alamzada ekansan.. qanday muhitda ekanligimizni inobatga olib, senga tegmayman.
Lekin unutma.. men istaganimni albatta qilaman!
Juda oz fursat..
Maktab bitiruving qadar.
Qo'rqma baribir meniki bo'lasan
~hech qachon..
~katta ketma y/n, men bilan ilk tuningni o'tqizayotganingda senga shu gaplaringni eslataman..
O'zing afsuslanib, uyalib qolasan va meni istashingni aytasan.
Hozir yosh va qiziqqonsan. Mayli istaganingcha gapirib tur🤩
U meni qo'yib yubordi va eshikni ochdi. Bir lahza to'xtadi ortiga bir qarab menga ko'zini qisishni ham unutmadi va chiqib ketdi.
Xonadan chiqib ketishi bilan chuqur nafas olarkanman, oyoqlarim bo'shashib yerga o'tirib qoldim.
Yuzim muzladi.. achchiq nafratli ko'z yoshlarim yuzimga tushardi.
Ichimda ezilish hissi va huddi nahotki onamniki kabi hayotda yashasam degan o'y bilan ich etimni yedim.
Negadir shu payt tushlarimdagi kabi dardlarimni eshituvchi uzoq sohillarga borgim, ovozim boricha baqirob g'uborimni chiqargim keldi.
Mary oshxonaga kirdi.
Qo'lida pichoq tutib, yig'lab o'tigran opasini ko'rib yugurib oldiga bordi
~y/n, opaaaa sizga nima bo'ldi nega bunday ahvoldasiz?
Gapir opaaaa
Men indamadim shunchaki uni quchoqlab oldim.
~Bugun biroz charchadim uhlashni istayman.
Mary: Yaxshi yotoqxonaga boraqoling
Xonamga o'tdim.
Singlimnikiga qarama qarshi joylashtirilgan yotoqimga yotdim. Boyagilar hayolimda gir aylanib kozimni qattiq yumib oldim.
Shu yo'sinda bir pastda uhlab qoldim.
U menga tikilib turarkan, ko'zimga yosh keldi. O'kirib yig'lay boshladim..
Aylanib kelib meni bag'riga bosdi.
Beehtiyor bag'rida o'zimni xotirjam his qilarkanman shunda ham yosh toxtamasdi.
~bilaman y/n charchagansan.
Ammo unutma zulmat abadiy emas.. qorong'u tundan so'ng quyosh chiqadi va yorug'lik boshlanadi. Hali baxtli kunlarimiz oldinda. Meni kut
Me: Meni kut?
Yig'iga tolgan yoshlarim bilan bag'ridan chiqib yuziga qarashga urindim, ammo uning yuzidan nur taralar, yorqinlik uning chehrasini korishimga halaqit berardi
Bu dardkash ammo yupatguvchi kozlarga bir qarashda, dunyolarni hatto o'zimni unutdim..
Uning so'nggi gapi hayolimda aylana boshladi
Meni kut, meni kut, meni kut....
Uyg'onib ketdim.
Soatga qararkanman, har doimgidan ertaroq edi. Hamma narsaga o'z vaqtida ulgurishimni his qilib o'rnimdan turib tayyorlanib maktabga jo'nashga shaylanarkanman iblisning chaqiruvi meni to'xtatdi.
Negadir oxirgi "dadajon" so'ziga urg'u berib aytdim.
~y/n 11-sinfni bitiruvchisisan..
Senda negadir o'qishga qiziqish , shiddating yo'q.
Nima o'qimoqchi emasmisan?
Shunchaki indamay turaverardim.
~unday bo'lsa sening taqdiring hal!
~to'g'ri balkim, o'qib oyni ham olib berarmiding..
O'qiganiga uylangan men nima boldim. Oying shunchalik aqlli ayol ediki.. ammo shuncha aqlni ko'tarolmay mana ahvoli..
Shunchaki kasalmand.
Alam va qahr bilan otamga olaydim.
-sizni bu ahvolga siz soldingiz. Mening guldek onam sizni deb shu ahvolda
Baland ohangda chiqgan gaplarimdan yuzimni larzaga keltiruvchi shapaloq kelib tushdi. Yon tarafga qarab qoldim
~Darsdan chiqib to'g'ri uyga qayt. Hozirgi ishing uchun seni taziringni berishim kerak edikuya.. uyga mehmonlar keladi.
Tars o'girilib tezda uydan chiqib ketdim. Lanati insonning qo'li shu qadar qattiq ediki.. urgan joyi haligacha og'riyabdi. Qo'l oynamni olib qaradim. Jin ursin qontalash tusga kiribdi.
O'zi unchalik oq emasmankuya lekin nimadir sodir bo'lsa darhol bilinadi.
Maktabga yetib kelib, sinf tomon qadam tashlashdan avval negadur doim
Jm ning yo'qligiga ishonch hosil qilgach qadamlarimni keskin bosaman. Bu safar ham shunday qildim lekin endi burilaman deganimda. Meni kimdir burchakka tortdi.
Bu yer zinaning tagi bo'lganligi uchun hech kim ko'rmaydi.
Men bunday qilishga kim jurat qilganiga qaradim. Bu Jm edi.
Jm: sen bilan gaplashib olishni
-Gaping bo‘lsa tezroq gapir. Kimdir ko'rib qolsa yomon hayolga borishlari mumkin.
Jm: hech kim yomon hayolga bormaydi.
-zinaning tagida, burchakda yigit va qizni ko'rib har xolda, dars qilishayapti deyishmas har xolda?
Jm: to'g'ri. Mayli gapimni aytay..
Y/n, barchadan ko'ra sen yaxshi bilasan.. bo‘lib o'tgan barcha ishlarni.
Men hech nima haqida eslashni xohlamayman.
Ammo menda senga aytishni istagan gaplarim bor. Faqat chin dildan eshit va o'ylab ko‘r.
[Indamay turarkanman negadir u harakatdan to‘xtagisi kelmasdi.
Bilmadim gapirayotganlari ermakonami yoki yurakdan, ammo negadir yolg'on ga o'xshamasdi. Men uning ko‘zlariga qarab turdim]
Y/n..
Men chin dildan o‘zgarganman. Boshqa qizlarga nisbatan qiziqishlar, hattoki qarash ham..
Men o'z ustimda ishlayapman..
Otamning boyliklarisiz.. o‘zim oyoqqa turishga harakat qilayapman. Agar menga ishonsang, men hamma narsani muhayyo qilaman va ma'lum muddatda to‘y qilamiz. Faqat yo‘q deyishdan oldin o'ylab ko‘r.
Men seni chin yurakdan sevaman.
[Uning ko‘zlariga qararkanman.. ichimdagi bo‘shliqni to'ldirish uchun kimgadir imkon berish haqida o'ylashim kerakmi? Degan hayollar kela boshladi.
Amakivachchamning shilqimliklari va dadamning zulmlaridan meni qalqondek himoya qiluvchi insonim bo‘lishini orzu qilar edim. Balki Jm osha insondir?
Yaxshi senga yo'q demayman. Ammo bu rozi ekanligimni bildirmaydi. Men o'ylab ko'raman.. ammo hursand bo'lishga shoshilma. Rozilik ehtimolim 100dan 1.
U birdan hursand bo‘lib meni quchoqlamoqchi edi, uni itarib yubordim va asosiy yo‘lakka chiqib sinfga ketdim
Chiqarkanman, maktab tashqarisida Jm turardi
Meni ko‘rishi bilan Men tomon keldi.
Jm: hali sevishishga rozi bo'lmagan bo‘lsangda senga sovg‘am bor.
U menga qip-qizil atirgul🌹 va bir quti uzatdi.
Menga mo‘ltillab qaradiki, olishga majbur bo‘ldim.
Qolimdagi soatga ko'zim tushib qoldi va dadamning mehmonlar haqidagi gaplari esimga tushdi. Jm ga hayr ham demay uy tomon yugurdim.
Eshigimiz tagida 2 ta katta qora mashina turardi. Marka farqoga bormasamda kazo badavlatlarniki ekanligini bilish qiyin emasdi.
Eshik tomon qadam bosarkanman negadir yuragim boshqacha urayotgandi.
Tutqichga qo‘limni olib borib eshikni ochdim va ko'rgan insonlar insonlarimdan shokda qoldim