Dasomning ilk kechasi🔞
Bolalik chog'lari ota-onasi ish safari sabab boshqa mamlakatga chiqayotib yo'lda halokatda uchrab vafot etgan qizaloq ota onasi siz hayotini 9 yoshidayoq boshlagandi. Uning yonida yakkayu yagona suyanchig‘i akasi qolgandi xolos. David.
David ko'ngli yarim singlisini bir zumga yolg'iz qoldirmay avaylab asrab katta qilishga va ota onasining ruhlarini shod qilishga ont ichgandi.
Shuning uchun ham doim singlisining ko'ngliga qarar, mabodo u uchun nimadir kerak bo‘lsa qaydan topib bo‘lmasin olib berardi.
Akasi Davidning qiyinchiliklar va mashaqqat bilan oyoqqa turgani, uni asrab katta qilayotganini ko'rgan qizaloq Dasom akasini jonidan ortiq yaxshi ko‘rardi.
Timescip》
Oradan yillar o'tdi. Dasom 9-sinf o'quvchisi.
Dushanba tongida maktabga borish uchun erinibgina ko'zini ochar ekan ayni vaqtida turganini bildi darhol yuvinib kiyinib maktabga yo'l oldi.
(Ma‘lumot o'rnida Dasomga hayvonchalar yoqadi)
Maktab darvozasiga yaqin kelarkan judayam yoqimtoy bir mushukni ko‘rib, kòtarish uchun qo'liga olgan edi, mushuk yovvoyi bo‘lgani sabab qizning yuzini yulib sakrab tushib ketdi.
-Ayshshsh hoy sen yaramas! Jin urgur. Hayvonlarga mehr bersang ham yoqmaydi deya noligancha maktab ichkarisiga kirdi
Sinfxonasiga kirib o‘z joyiga o‘tirdi. O‘qituvchi kirib dars boshlandi. 1 2 va 3 darsga ham navbat keldi. Bu soatli dars Dasomning eng yomon ko'rgan o'qituvchisining darsi bo‘lgani uchun darsdan qochmoqchi bo‘ldi. Endi eshikni ochgandi zalning yarimidan kelayotgan o'qituvchisini ko‘rib tezda sinfxonaga kirib eshikni yopib, bir degancha yugurib derazadan sakradi. (Vohima qimimiz 1-etajdan.. atak unchalik past ham emas)
Yerga yiqildiyu, tezda o‘zini o'nglab kimdir ko'rib qolmasidan avval juftak rostladi. Ancha yurar ekan qo‘lidagi og'riqni endi his qildi.
David singlisini ko'rib mashinasidan tushib singlisini mashinaga joylashtirib shifoxonaga haydadi.
-Doktor singlimning ahvoli yaxshimi nima bo'libdi
- o'ng qo‘l suyagi biroz lat yegan. Malham surib boylab qo‘ydik. Huddi shu tarzda yursa 1 haftada o'ziga kelib qoladi. Olib ketishingiz mumkin
Singlisini olib uyga haydadi. Singlisidan avval tushib aylanib o‘tib eshikni ochib berdi. yelkalab ushlab xonasiga olib kirdi. Oshxonaga o‘tib singlisi uchun sho'rva tayyorlay boshladi. Qorni tatalab ketgan Dasom kiyimini bir qo'llab amallab alishtirdiyu hushbo‘y hid chiqayotgan tarafga chiqib bordi. Oshxonaga kirarkan David dasturxon tayyorlab kosadagi ovqatni joylashtirayotgan edi. Keldingmi deya stolni surib Dasomni o‘tqizdi. Dasom endi qoshiqni ushlanoqchi edi David oldinroq olib o‘zi Dasomga ovqat ichirmoqchi bo‘ldi.
- Yaa akajon qo‘ysangizchi eplab ovqat icholmaydigan darajada kasal emasman axir
-tsh jimgina ovqatlan quvvat bo‘ladi.
Aka singil ovqatlanib o‘z xonalariga kirib uyquga ketdilar.
Miriqib uxlagan qiz ko'ziga tushgan quyosh nuri sabab ko'zlarini ochdi. Telefoniga qararkan soat allaqachon 9 edi. Akasi o‘qituvchingni ogohlantirdim dam ol maktabga borishing shart emas deb yozgan habarni o‘qidi.
Dushga kirib suv tagida biroz turdi so'ng artinib kiyimlarini alishtirib nonushta qilib oldi. O‘tiraverib zerikkach biroz aylanish uchun ko'chaga chiqdi. Uzoq buyoqdan aylanib park oldiga kelib to'xtab qoldi. Ko'zlari quvonch dan porlab o‘ynayotgan bolalarni ko‘rdiyu ko'zdan yosh tomib, ota-onasini yodga oldi. Dasom oxirgi marta 7 yoshida ota onasi bilan huddi shu parkka kelishgan edi.
Bolalar ota onasi bilan o‘ynashayotganini ko'rib ularga havasi keldi. To‘g‘ri hozir u o'ynaydigan yoshda emasdir. Lekin yana bir bor bo'lsada ota onasi bilan vaqt o'tqazishni hoxlardi.
Ko'z yoshlarini artib uyga qaytmoqchi bo‘ldi. Park darvozasidan chiqib ketarkan. Yo'llardan o‘tayotib saksafon oldida ko‘ksini tutib yerda o'tirgan yigitga ko'zi tushdi
O'tirgan yigit Dasomning e'tiborini tortdi. O‘tib ketayotib yaxshilab e'tibor berib qaraganda bildiki yigit yarador, ko‘ksidan o‘q yegan.
Yugurib borib yigitga ko'z tashlab yordam bermoqchi bo‘lib yaqinlashdi. Yigit ko‘z uzmay qizga qarab turardi. Nimanidir eshitib, qizni bo'ynidan bir qo‘li bilan tortdi yu, bo‘sa oldi. huddi sevishganlar cheka joyda bir biridan bo‘sa olayotgandek ko'rinib turardi. Dasomning ko'zlari katta katta bo‘lib ketdi. 4-5 ta odamlar yugurib har joyga aylangan kimnidir izlagancha o‘tob ketdi. Ular o‘tib ketgandan keyingina yigit jimidi. Dasom yigitdan o‘zini tortdiyu yigitning yuziga tarsaki tushirdi.
-men seni yarador deb yordam bermoqchi bo‘lsamu, sen iflos bunday qilishga qanday hadding sig‘di🤯😡
Dasom alam bilan shaxdam shaxdam qadam tashlab ketib qoldi.
Yigit esa bir zum ko'z uzmay qizga qarab turarkan. Oldiga 2kishi keldi.
-Janob Jungkok ahvolingiz joyidami? Biz ularning boshlig'ini tinchitdik.