February 3, 2025

Yuragimdasan

Qayerda bo'lsang ham bo'lgin sog'-omon
Seni bir oshiq sevar hali-hamon

Muallif tilidan:

Xona to'q ranglar bilan jihozlangan bo'lsada ertalab bo'lgani uchun yorug' edi. Xonada faqatgina kompyuter klavishlarining ovozi eshitilardu birozdan so'ng eshik taqilladi.
-Kiring
Xonaga klassicheskiy uslubda kiyingan kotiba kirib kirib keldi
-Damir Davronov bugungi kun tartibingizni o'zgartirishga majbur bo'ldim
-Nega
-Shifoxonadan qo'ng'iroq qilishdi.Tahlil natijalari chiqibdi.Zudlik bilan shifoxonaga
borishingiz kerak.
-Yaxshi chiqishing mumkin.

Damir og'ir ux torgancha o'rnidan turib kompaniyadan chiqib mashinasiga o'tirdi va shifoxona tomon yo'l oldi.

Shifoxona:

Damir shifokor huzurida o'tirarkan savol nazari bilan shifokorga qaradi:
-Xo'sh tahlil natijalari qanday
-Qiziq.Hali yoshsiz,mashxur biznesmensiz qanday qilib sizda bunday kasallik bo'lishi mumkin.
-Gapni cho'zmang.
-Yaxshi.Qisqacha qilib tushuntirsam tahlil natijalariga qaraganda yuragingizni operatsiya qilish kerak uzog'i bilan 1yil ichida.Lekin bu operatsiyani bu yerda amalga oshirishni iloji yo'q.Germaniyada davolanishingizga to'g'ri keladi operatsiya natijasi ham aniq emas tirik qolish 100%dan 20%.Lekin tirik qolsangiz ham operatsiyadan keyin bazi bir muammolar bo'lishi mumkin.
-Qanday
-Masalan komaga tushib qolish yoki xotiraning yo'qolishi lekin bu uzoq vaqt davom etmaydi.Sizga shaxsiy savolim bor.
-Gapiring

-Uylanganmisiz
-Yo'q
-Sizga shifokor sifatida emas inson sifatida maslahatim tezroq uylanib farzandli bo'ling agar operatsiy mufaqqiyatsiz tugasa ham ortingizda farzandingiz qoladi.

(Damir Davronov)

Damir shifokorga javob bermay xonadan chiqib ketdi.Yigitning bunchalik hotirjam va sovuqqonligi shifokorni hayron qoldirdi.

Damir qayta kompaniyaga borishni hohlamay uyiga ketdi yo'lda kotibasi bilan bog'lanib barcha uchrashuvlarni bekor qildi

U shunchaki dam olishni hohladi ham jismonan ham ruhan charchagandi chunki bolalar uyida katta bo'lgan bola uchun eng katta biznesmenlardan biri bo'lish oson kechmadi bolalar uyidan chiqqanida hatta yashash uchun uyi yo'q edi hozirgi darajasiga erishish uchun 10yil vaqti ketdi

Uyiga bordiyu o'zini yotoqqa tashladi kechasi faqatgina 4 soat uxlagani tasir qildi va shu zahoti uxlab qoldi