KULRANG BO'RI BINAFSHASI
(Bu hikoyadagi birorta inson real hayotda yo'q.Bu shunchaki badiiy to'qima)
Angliya*London shahri.
Soat 14:30.6-dekabr
Qora rangli jihozlar bilan jihozlangan honada doimgiday o'lik sukunat.Xonani sigaret tutunlari qamrab olgan.
Xonada faqatgina bitta chiroq xira nur sochmoqda.Kunduz kuni bo'lsada derazadan zarracha yorug'lik tushmaydi.
Divandagi qora shoyi halat kiygan 27-28 yoshlardagi erkak yotoqdagi behush qizga hissiz tikilgancha o'tirardi.
Eshik taqillab ikki hizmatkor qiz kirib keldi.Erkak ularga bu yerni tartibga keltiring deya buyruq berib o'zi balkonga chiqib ketdi.
Balkonga chiqqan yigit qo'lidagi unashtiruv uzigiga termulgancha binafshasini ikki haftadan so'ng butun vujudi bilan his qilishini o'ylab iblisona jilmaydi.
-Ozgina vaqt qoldi binafsham deya pichirladi u.
Xizmatkor qizlar shu qizning o'rnida bo'lmaganliklariga shukr qilgancha xonani shoshib yig'ishtirishardi.
Chunki bu xonaga kirgan qizlarning deyarli hech biri tirik chiqmagan maboda tirik chiqsa ham foxishaxonaga ravona bo'lardi.
Xizmatkor qizlar chiqib ketgach yigit doimgiday qora kastyum shim kiygancha uchinchi qavatdan pastga tushdi.
Pastga tushgach mehmonxonaga kirib yoniga o'ng qo'li Leoni chaqirdi.
O'n daqiqadan so'ng xonaga Leo kirib keldi.
-Ertaga doimgiday vaqtda binafshamning kollejiga yettita qora atirgul jo'nat.Gullarni yoniga mana bu konvertni ham qo'y.
Angliya*Oxford shahri.
Christ Church kolleji.
7-dekabr
Hozir bu kollejda dars payti butun yo'laklarda sukunat hukmronlik qilmoqda.
Ammo shu payt dars tugagani bildiruvchi ovoz yangradi.
Barcha talabalar xonalardan chiqib keyingi dars uchun kerakli buyumlarni olishga o'z shkaflari yoniga kela boshlashdi.
Bu talabalarning ko'pchiligi ochiq va kalta kiyingan bo'lsada ular orasidan faqatgina qizil sochli qiz ko'zga tashlanardi.
U ham barcha singari o'z shkafi yoniga keldiyu shkafini ochib asabiy jilmaydi.
Bir yildan buyon takrorlanayotgan holat yettita qora atirgul shkafida turardi.
Ammo bu safar gullarning yonida qora konvert ham bor edi.
Qiz konvertni ochib qora qog'ozga oq siyoh bilan yozilgan yozuvni o'qiy boshladi:
Xatni o'qib bo'lgach konvertga soldiyu qayta shkafni ichiga tashladi.
Bu xat va atirgullarni kimdan ekanligini biladi.Bu atirgullar qanday mano anglatishini ham biladi.
Qo'lidagi uzukka nigohi tushdiyu battar asabiylashdi.Bu uzukni taqishga majbur qilishgan kunga bir yil bo'lsada hali ham o'sha kuni nimalar bo'lgani kechagiday esida.
Shularni eslay boshladiyu ko'zlarida ilojsizlik va g'azab ifodasi paydo bo'ldi.