May 10, 2020

Elektron kitoblar sotish

Qisqacha kirish so'z

Barchaga ma'lumki, hozirgi kunda elektron kitoblar sotadigan sayt va kanallar juda ham ko'p, shu bilan bir qatorda ularga bo'lgan talab ham. Har birimiz yangidan yangi bilimlarni olishga intilamiz, lekin kerakli kitoblarni har doim ham topavermaymiz, yangi chiqayotgan kitoblarni aytmasa ham bo'laveradi.

To'g'ri, deyarli barchamiz bilamiz, kitoblar savdosi bilan shug'ullanadigan ko'pgina sayt va kanallar mavjud. Lekin, oramizda shunday insonlar ham borki, ular har qanday kitobning (originalidan umuman farq qilmaydigan) bepul elektron variantini qayerdan topishni yaxshi bilishadi. Masalan: (flibusta. net)

Biznes sxemaning mazmuni

Birinchi navbatda qiladigan ishimiz bu - ijtimoiy tarmoqlarda (boshlanishiga telegram ham bo'laveradi) kitoblar va adabiyotga oid bo'lgan kanal yoki guruhlarlarni topish. Undan keyin esa, ushbu guruhlardan har qanday kishining akkauntiga kirasiz va ularga har qanday kitobning elektron variantini topib bera olishingizni va yarim narxiga sotishingiz mumkinligini yozasiz. Albatta, 80 % odam sizga ishonmasligi, firibgar deb o'ylashi mumkin yoki umuman javob bermasligi mumkin, lekin qolgan 20% qismi albatta qiziqishi aniq.

Kichkinagina maslahat: Xabar yozguncha oldindan to'lov olmasligingizni, to'lovni kitobni jo'natganingizdan so'ng qabul qilishingizni ayting. Bu orqali, odamlarning sizga bo'lgan ishonchi va savdo hajmi ham ortadi.

Undan so'ng, mijoz kitobni sotib olishga rozi bo'ladi va u sizga kitobning nomini yozib yuboradi. Siz esa o'z navbatida, saytga kirib kerakli kitobni topasiz va uni bepulga yuklab olib, mijozga jo'natasiz, mijoz esa pulni. Ikkala tomon ham xursand!

Foyda olish

O'ylaymanki, agar yaxshiroq harakat qilinsa, bir kunda bemalol 10-15 ta kitob sotishingiz mumkin, undan ko'pi esa omadingizga bog'liq. 1ta kitobni o'rtacha 10.000 so'mdan sotsangiz ham, bir kunda bemalol 100-150 ming so'm ishlashingiz mumkin. Albatta bu katta pul emas, lekin bu pullar og'ir qiyinchiliksiz, uyda o'tirib topilyapti.)

Shuningdek, o'zingiz ham shu yo'nalishga oid biror guruh yoki telegramda kanal ochib, uni rivojlantirishingiz mumkin. Bunday holatda topishingiz mumkin bo'lgan pul miqdori anchagina ko'payadi.

@milliarder_17 kanalidagi barcha maqolalar chet tillaridan tarjima qilinadi va faqatgina tanishtiruv uchun e'lon qilinadi. Kanal boshqaruvchilari maqolaning muallifi hisoblanmaydi va maqoladagi informatsiyalar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

Agar maqola sizga ozgina bo'lsa ham foydali bo'lgan bo'lsa, @milliarder_17 kanalimizga a'zo bo'ling va postga layk bosing!