Jungkook ning Calvin Klein hamkorligi haqida: “Bu aslida muxlislarimga bo‘lgan minnatdorchilikning yashirin xabari.”
Eksklyuziv intervyuda BTS xitmeykeri GQ jurnaliga o‘zining shov-shuvli CKJK kolleksiyasi, mototsikllarga bo‘lgan qiziqishi va qo‘lidagi tatuirovkalar yangi ichki kiyim dizayniga qanday ilhom bergani haqida gapirib berdi.
Jungkook ilk bor tanasini ochiq ko‘rsatgan Calvin Klein reklamasi orqali paydo bo‘lganiga uch yil bo‘ldi va shu vaqt ichida juda ko‘p narsa o‘zgardi. 2023-yil noyabrida BTS ning “golden maknae”si o‘zining ilk solo albomi — Golden ni chiqardi. Albomdagi Seven qo‘shig‘i katta muvaffaqiyat qozonib, chartlarda birinchi o‘ringa chiqdi. Oradan bir oy o‘tib esa u Janubiy Koreya dagi majburiy harbiy xizmatini o‘tash uchun armiyaga ketdi.
Hozir esa u va guruhdoshlari yana qaytishdi va avvalgidan ham kuchliroq faoliyat olib borishmoqda. Ayni paytda ular o‘zlarining hit bo‘lgan o‘ninchi albomi — Arirang ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Arirang World Tour” turnesida ishtirok etishyapti.
Bu vaqt davomida 28 yoshli san’atkorning Calvin Klein bilan munosabatlari yanada mustahkamlandi. Avvaliga o‘tgan yilgi internetni “portlatgan” jozibali reklama kampaniyasi orqali, endi esa qo‘shiqchining o‘zi dizayn qilishda qatnashgan maxsus limitlangan kolleksiya bilan.
Rasmiy nomi “Jungkook for Calvin Klein” yoki qisqacha “CKJK” bo‘lgan bu kolleksiya erkaklar va ayollar uchun mo‘ljallangan 20 xil uslubdagi kiyimlardan iborat. Unga brendning eng mashhur buyumlari — 90-yillar uslubidagi jins kurtka, past belli jinsi shimlar va klassik CK ichki kiyimlari kiradi. Bularning barchasi Jungkook ning o‘ziga xos didi bilan qayta talqin qilingan.
Masalan, kolleksiya logotipi uning poyga sportiga bo‘lgan qiziqishidan ilhomlangan. Boshqa dizayn elementlari esa mototsikllar va tatuirovkalarga bo‘lgan muhabbatini aks ettiradi. Ko‘plab mashhurlar yaratadigan oddiy reklama kolleksiyalaridan farqli ravishda, CKJK ichida Jungkook ning shaxsiy hissasi va muxlislariga atalgan mayda, lekin samimiy detallari juda ko‘p.
Kolleksiya Calvin Klein rasmiy sayti orqali bugun — 19-may kuni AQSH sharqiy vaqti bilan soat 18:00 da sotuvga chiqadi.
(Bu O‘zbekiston vaqti bilan: 20-may tonggi soat 03:00 bo‘ladi)
Kolleksiya chiqishidan oldingi kunlardayoq CKJK butun dunyoda katta shov-shuv ko‘tardi.
Diqqatli ARMY muxlislari hafta oxirida Jungkook va Calvin Klein RM ning singlisi egalik qiladigan Seul dagi mashhur Cafe Far Ben kafesi bilan hamkorlik qilayotganini payqashdi. Kafeda CKJK mavzusidagi maxsus menyu va mahsulotlar taqdim etildi.
Bundan tashqari, ertadan boshlab dunyoning turli joylarida maxsus pop-up tadbirlar ham boshlanadi. Ular orasida Los Angeles dagi Bike Shed Moto Co. da o‘tkaziladigan bir kunlik maxsus event ham bor.
GQ: Bu safargi loyiha avvalgi Calvin Klein ishlardan ancha farq qiladi, chunki endi siz faqat model emassiz — dizayn yaratishda ham bevosita qatnashgansiz. Yillar davomida brend bilan munosabatingiz qanday rivojlandi?
Jungkook: Bu juda yangi usulda birga ishlash bo‘lgani uchun hayajonli edi. juda mashhur va vaqt sinovidan o‘tgan brend, unga o‘zimning dizayn uslubimni qo‘shish esa juda maroqli jarayon bo‘ldi. Bu xuddi albom yoki yangi qo‘shiq ustida ishlashga o‘xshaydi.
Menga dizayn jamoasi bilan birga ideal fason, ranglar, mato effektlari va maxsus detallarni topish yoqdi. Hammasi mukammal bo‘lishini istadim, shu sabab o‘z ilhom manbalarim va namunalarimni ham ulashdim. Ularning haqiqiy mahsulotga aylanishini ko‘rish juda yoqimli edi. Brend bilan bunday darajada ishlash imkoniyati men uchun juda alohida lahza bo‘ldi.
GQ: Kolleksiyada sizning shaxsiy uslubingiz juda seziladi — qo‘l yozuvingiz va chizmalaringiz ham bor. Masalan, kurtkalarning ichki qismida imzoingiz tushirilgan. Nega bu siz uchun muhim edi?
Jungkook: Kurtka va jinsilar ichiga oltin rangda tikilgan imzo men uchun juda katta ma’no anglatadi. Bu detallarni faqat kiyimga diqqat bilan qaraganda sezish mumkin, shu sabab u yanada shaxsiy va maxsus tuyuladi.
Men bu ustida ancha vaqt ishladim — iPadim bilan o‘tirib, imzoni qayta-qayta yozdim, toki u mukammal ko‘ringuncha. Oxir-oqibat bu muxlislarimga bo‘lgan minnatdorchiligimning yashirin xabariga aylandi.
GQ: Kolleksiyani ko‘rganimizda denimga bo‘lgan muhabbatingiz ham juda bilinadi. Ayniqsa jinsi matolarning rang va effektlariga katta e’tibor berganga o‘xshaysiz.
Jungkook: Men uchun bu safar eng muhimi ideal “wash”ni topish edi. Bu men o‘ylaganimdan ham qiyinroq bo‘lib chiqdi va biz uni bir necha bosqichda mukammallashtirdik.
Keng uslubdagi model chuqur shokolad rangidagi, kuchli bo‘yalgan maxsus effektga ega. Bunday rangni tez-tez uchratmaysiz. Men denim bo‘yicha ekspert emasman, ko‘proq ichki hissiyotimga tayanaman. Shu sabab CK dizayn jamoasidagi mutaxassislar bilan juda yaqin ishladik va bu qismini birgalikda mukammal qilishga harakat qildik.
GQ: Sizningcha mukammal jinsi shim qanday bo‘lishi kerak? Denim buyumlarini yaratish jarayoni haqida gapirib bera olasizmi?
Jungkook: Men denimlarini avvaldan juda yaxshi ko‘raman, shuning uchun u yerda katta o‘zgarish qilishim kerak deb o‘ylamaganman. Ko‘proq detallarga e’tibor qaratdim — masalan, jinsi matoning “wash” effekti va trucker kurtkalarning fasoniga. Shu orqali o‘zimning shaxsiy uslubimni qo‘shishni istadim.
Kurtkalarning barchasi qisqaroq, uniseks uslubda tikilgan. Bu men anchadan beri sinab ko‘rishni xohlagan narsalardan biri edi va natija juda yaxshi chiqdi deb o‘ylayman.
Calvin Klein jamoasi o‘z g‘oyalarini ulashdi, keyin esa men ham o‘z fikr va takliflarimni berdim. Ikkala tomon ham bu loyiha ikkalamizning uslubimizni eng yaxshi aks ettiryapti deb his qilgunimizcha ishlashda davom etdik.
GQ: Charm kurtka klassik mototsikl kurtkasining juda zo‘r talqini ekan — menga ning filmidagi obrazini eslatdi. Bu buyum uchun ilhom qayerdan kelgan?
Jungkook: Mototsikllarga bo‘lgan muhabbatim bu kolleksiya uchun katta ilhom manbai bo‘ldi. Menga charm biker kurtkalar va denim juda yoqadi. Ular kolleksiyaning asosiy kayfiyati bo‘lgan erkinlik va “edge” hissini juda yaxshi chiqaradi.
Bu kurtkani yaratish jarayoni aslida denim kurtkalarnikiga o‘xshash edi. Men uzunligi biroz qisqaroq bo‘lgan modelni xohlardim, shuning uchun jamoasi mos kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta variantlarni ko‘rsatdi va oxirida klassik hamda retro siluetni tanladik.
Menimcha aynan shu model kolleksiya vibega eng mos tushdi. Orqa tomoniga bosma detal qo‘shdik, bu unga zamonaviy ko‘rinish berdi, lekin shu bilan birga yengil retro hissini ham saqlab qoldi. Kelajakda mototsikl haydaganimda bu kurtkani ko‘p kiyishni intiqlik bilan kutyapman!
GQ: Ichki kiyimlar ayniqsa qiziq tuyuldi — ayrimlarida chizmalar yoki doodle’lar borligini payqadim. Ular qayerdan kelgan?
Jungkook: Bu ham men juda ko‘p vaqt sarflagan detallardan biri. Kichik chizmalar aslida mening tatuirovkalarimdan ilhomlangan grafikalar, lekin ularning aynan nusxasi emas.
CK jamoasi ularni rivojlantirishga va yanada maxsus qilishga yordam berdi. Har bir grafik qaysi buyumning qayerida joylashishi kerakligi haqida uzoq o‘yladim.
CK ichki kiyimlari juda ikonikkku, shu sabab bu orqali o‘zimning dizayn ruhimni ma’noli tarzda qo‘sha oldim deb o‘ylayman.
GQ: Kolleksiyada ARMY uchun yashirin “Easter egg”lar bordek tuyuladi. Ularga qandaydir ishora bera olasizmi? Nimalarga e’tibor qilishsin?
Jungkook: Rostini aytsam, qarash kerak bo‘lgan narsalar juda ko‘p, shuning uchun bittasini tanlash qiyin. Lekin albatta denim buyumlarining ichki qismidagi imzo, tatuirovkalardan ilhomlangan kichik grafikalar va umuman fasonning o‘zi muhim.
Men fason uniseks va zamonaviy bo‘lishiga juda ko‘p mehnat qildim. Har kim kiyishni xohlaydigan va shu bilan birga mening shaxsiy uslubimni aks ettiradigan narsa bo‘lishini istadim.
Shuning uchun muxlislarim kolleksiya ichidan o‘zlarining eng sevimli buyumlarini topishadi degan umiddaman.