April 20

Jin: “Mening eng katta orzuim BTS bilan turga chiqish edi”

Bizning muqova intervyumizda BTS ning kuchli vokalisti o‘zining rok elementlari bilan boyitilgan yakkaxon ishlari, Coldplay ga bo‘lgan sevgisi va u uchun haqiqatan ham muhim bo‘lgan narsalar haqida gapirib berdi.

Jin, asl ismi Kim Seokjin, hayotda eng ko‘p yaxshi ko‘radigan narsalar qatoriga — Coldplay musiqasi, uning “worldwide handsome” rasmiy laqabi va eng muhimi — BTS a’zosi bo‘lish kiradi.

Hatto fanlarga juda yo‘naltirilgan bu guruh ichida ham uning ARMY his-tuyg‘ulariga e’tibori hayratlanarli: u o‘zining yakkaxon mini-albomlari va shoularini, avvalo, guruh faoliyatidagi tanaffus vaqtida fanlarni xursand qilish usuli sifatida ko‘rgan, va aynan u BTS turini uzaytirishni taklif qilgan.

U guruhning tan olingan “rokeri” ham hisoblanadi va hatto Coldplay bilan hamkorlik qilgan, garchi boshqa guruhlar konsertlariga borishga vaqti ko‘p bo‘lmagan. “Aslida men ko‘p konsertlarda bo‘lmaganman,” deydi u fevral oyida Seul dagi HYBE ofisida bergan intervyusida. “Lekin o‘zim juda ko‘p konsertlar o‘tkazganman.”

Jurnalist: Menga sizning yakkaxon “Loser” qo‘shig‘ingiz juda yoqadi.
Jin: Bu qo‘shiq uchun men koreys artisti Choi Yena bilan ishladim. Hozir men 35 yoshdaman (koreys hisobiga ko‘ra — xalqaro hisobda 33).
Lekin bu qo‘shiqda men yoshroq kayfiyat yaratishga harakat qildim. Sizga yoqqanini eshitib juda xursandman.
Men rokka yaqin janrlarga moyilman va doim bu ovozni yakkaxon albomimga qo‘shishni xohlaganman. Shuning uchun bu safar odatdagidan ko‘proq o‘z fikrlarimni bildirdim. Dastlab qo‘shiq unchalik kuchli eshitilmagan, shuning uchun “qichqiriqni kuchaytirsak-chi?” yoki “ovozni o‘zgartirsak-chi?” kabi takliflar berdim. Men ko‘p o‘zgartirishlar kiritdim.

Jurnalist: Siz 35 yoshda bo‘lib idol bo‘lish haqida nima his qilasiz? Juda yosh ko‘rinasiz, formadasiz, lekin bu yoshni qanday qabul qilasiz?
Jin: Menimcha, bu har doim jismonan charchatadi. To‘g‘ri, ba’zi harakatlar hozir biroz qiyinroq, lekin bu mening zim-mamdagi mas’uliyat. Tomoshabinlar uchun men o‘zimni eng yaxshi holatda ko‘rsatishim kerak. Shuning uchun ko‘proq ishlashimga to‘g‘ri keladi.
Rostini aytsam, men boshqa a’zolardek yaxshi harakatlana olmasligimni tushunaman. Shuning uchun har doim mashg‘ulotlarga ertaroq kelardim yoki kechroq qolardim, yetishmayotgan joylarni to‘ldirish uchun. Hozir ham shunday qilaman.

Jurnalist: Baribir — siz juda chiroylisiz. Buni aytmaslik mumkin emas.
Jin: Ha, menimcha, omadim bor. Rostini aytsam, o‘zimni boshqa a’zolardan ko‘ra chiroyliroq deb hisoblayman. Albatta, ularning hammasi juda chiroyli. Guruhda hech bo‘lmaganda bitta narsada eng zo‘ri bo‘lishim kerak (kuladi)

Jurnalist: Sizning yakkaxon turningiz rok energiyasiga ega edi va yangi yondashuv bilan o‘tdi — bu BTS dagi faoliyatingizdan farq qiladi. Bu tajriba albom yaratish va BTS bilan turga chiqishga qanday ta’sir qiladi?
Jin: Mening band bilan tour atigi bir necha oy davom etdi. BTS bilan esa men o‘n yildan ortiq vaqt davomida turga chiqqanman. Shuning uchun bu tajriba juda katta o‘zgarish qiladi deb o‘ylamayman. Guruh o‘n yildan ortiq vaqt birga ishlagan, musiqa yaratgan va bir-biriga moslashgan.
Menimcha, biz hech qanday muammosiz yana turdagi uyg‘unlikka qaytamiz. Barcha a’zolar turga chiqishni juda xohlashdi; ular bunga tishlarini tishlab tayyorlanishdi. Men uchun ularga yetib borish oson bo‘lmadi, lekin qo‘limdan kelganini qilaman.

Jurnalist: Siz yakkaxon turningizni albom ustida ishlash jarayonida yakunladingiz. “ARIRANG” juda yaxshi, lekin tasavvur qiling, agar unda yana bir nechta sizning qo‘shiqlaringiz bo‘lganida, u qanchalik yaxshiroq bo‘lardi!
Jin: (kuladi) Menimcha, yaxshiroq bo‘lardi. Lekin boshqa a’zolar juda yaxshi ish qilishdi. Bundan tashqari, agar men ochko‘zlik qilib, faqat o‘z qo‘shiqlarimni qo‘shish uchun yozuv jarayonini cho‘zganimda, bu intervyu bir necha oyga kechikardi.
Bu vaqt ichida fanlar zerikib qolmasmidi? Yozuv jarayoni taxminan uch oyga rejalashtirilgan edi, mening turim esa undan ham oldin rejalashtirilgan. Shuning uchun vaqt mos kelmadi.

Jurnalist: Menimcha, siz yozishda qatnashmagan bo‘lsangiz ham, sizning rok uslubingiz ularga ta’sir qilgan. Albomda siz yaxshi ishlatadigan rok elementlari seziladi.
Jin: Bilmayman, bu albomda rok elementlari shunchalik ko‘pmi. Oxir-oqibat, bizning guruhimiz doim hip-hop asosiga ega bo‘lgan. Boshqa a’zolar ham rokni yoqtiradi, lekin men eng katta muxlisman. Shuning uchun mening yakkaxon albomim rok yo‘nalishida. Lekin bu katta ta’sir ko‘rsatganiga ishonchim komil emas.

Jurnalist: Ayniqsa albomning ikkinchi yarmida men rokni aniq eshitaman.
Jin: Agar qandaydir ta’sir bo‘lgan bo‘lsa... boshqa a’zolar mening konsertimni ko‘rib, o‘zlari ham sahnaga chiqishni juda xohlashganini aytishdi. Shuning uchun, ehtimol, men ularga ilhom bergandirman, ichlaridagi istakni uyg‘otganman va biroz turtki bergandirman.
Bu ma’lum darajada ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. V bir marta mening konsertimda maxsus mehmon bo‘lgan. U mening chiqishimni ko‘rib, sahnani shunchalik sog‘inganki, o‘sha yerning o‘zida yig‘lab yuborgan.

Jurnalist: Sizning eng sevimli rok qo‘shig‘ingiz qaysi?
Jin: Menimcha, mening eng sevimli qo‘shig‘im — Coldplay ning “Viva La Vida”si. Men ularning konsertlarida ikki marta mehmon bo‘lganman. Bu qo‘shiqni jonli ijroda ko‘rishni juda xohlardim, garchi mening chiqishim ancha keyin rejalashtirilgan bo‘lsa ham. Ularning chiqishini tomosha qilib, sahna ortida yolg‘iz o‘zim sakrab yurganimni eslayman…
Albatta, boshqa ajoyib va mashhur qo‘shiqlar ham bor, lekin aynan shu qo‘shiq men uchun alohida. Uni tinglaganimda yuragim tez uradi. Unda hayajonli, hissiyotlarga boy nimadir bor. Bu qo‘shiq menga juda ko‘p ilhom beradi. Yakkaxon albomim ustida ishlaganimda ham shu hislar haqida ko‘p o‘ylaganman.

Jurnalist: Guruhdagi eng katta a’zo bo‘lish ma’lum mas’uliyat yuklaydi. Sizga bu maqomning nimasi yoqadi va nimasi yoqmaydi?
Jin: Men eng kattaman, lekin jamoa ichida yigitlar menga unchalik… katta sifatida qarashmaydi. Shunaqa deyish g‘alati? Balki ular meni qat’iy ma’noda “hyung” deb qabul qilishmaydi. Men ham yoshimga mos tarzda o‘zimni tutmayman. Lekin ular menga erkin, do‘stona munosabatda bo‘lib, “aka” deb chaqirishlari menga eng ko‘p yoqadi.
Yoqmaydigan tomoni… ehtimol, ular haddan tashqari erkin bo‘lib ketishganda. Masalan, meni urib qo‘yishsa. Bu menga eng yoqmaydigan qism kuladi.

Jurnalist: Aytgancha, 35 yosh unchalik katta emas.
Jin: Ha, bilaman, bilaman. Lekin men 25 bilan 35 orasida baribir farq borligini tushundim.

Jurnalist: Va siz har doim guruhda buni birinchi bo‘lib o‘zingiz boshdan kechirasiz.
Jin: Siz mutlaqo haqsiz. Bir a’zo bir safar menga nima deganini aytib beray. U shunday degandi: “Jin, agar senga qiyin bo‘lsa, shunchaki ko‘proq harakat qil va buni yengib o‘t!” U mendan ikki-uch yosh kichik, to‘g‘rimi? Keyin u bir necha yil o‘tib yonimga kelib dedi: “Vau, demak sen o‘sha yoshda shunchalik qiyin his qilgan ekansan? Men umuman bilmagan ekanman.”

Jurnalist: Sizning Koreya shousi “Kian’s Bizarre B&B”dagi rolingiz katta muvaffaqiyat qozondi — hammaga juda yoqdi. Bu kelajakdagi faoliyatingizni qanday ko‘rishingizga ta’sir qildimi?
Jin: Men har doim guruhdan tashqarida davom etishning ma’nosi yo‘q deb o‘ylaganman. Menimcha, yakkaxon karyera men uchun unchalik muhim emas. Agar nimadir qilsam ham, faqat… guruh ichida yangi narsalarni sinab ko‘rish uchun, fanlar zerikib qolmasligi uchun. Meni aktyorlik yoki shunga o‘xshash narsalar qiziqtirmaydi.

Jurnalist: Demak, siz bu fikrni butunlay qo‘yib yubordingiz? Axir bu mavzu doim muhokamada bo‘lgan.
Jin: Men buni ko‘p yillardan beri jiddiy o‘ylamayman. Men shunchaki hozir buning vaqti emas deb o‘ylaganman. Va deyarli ishonchim komilki, bu vaqt hali juda, juda uzoq kelmaydi.

Jurnalist: Keyingi besh yil uchun eng katta shaxsiy maqsadingiz nima?
Jin: Mening eng katta orzuim BTS bilan turga chiqish va dunyo bo‘ylab imkon qadar ko‘proq fanlar bilan uchrashish edi. Lekin biz tur rejasini birinchi ko‘rganimizda, unda to‘xtashlar juda kam edi va u atigi uch-to‘rt oy davom etishi kerak edi.

Jin:Men dedim: “Endi biz qaytgan ekanmiz… biz juda ko‘p odamlarga borib uchrashamiz deb va’da berganmiz, va bunday qisqa tur bu va’dani buzishdek tuyuladi. Men tur tuzilishini qayta ko‘rib chiqishni xohlayman, shunda ko‘proq shaharlarga bora olamiz.” Shu tariqa biz yakuniy jadvalga keldik. To‘rt oylik turni bir yildan oshiq muddatga cho‘zishga muvaffaq bo‘ldik.

MANBA: Rolling stone

TARJIMA: Min Sua✨