April 28, 2025

The City

Chapter | 1
Author | Sebom Suzuki
Channel | @sebomffic

Sebom fanfic taqdim etadi❗️

β€” 01.05.2025 Jeonjun qishlog'i β€”

Qo'shnilar: hoy.. eshitdingizmi qo'shnimizning nevarasi Eun Woo ertaga shaharga ketar ekan!

*Yog'eee?" "U yaxshi o'qimaydi qanday qilib ketadi" "Hoyy unday bo'lmasa kerak"

Qoshni: jim bo'ling o'zi kelyapti!

Eun Woo qo'liga sumkani olib magazindan yo'lakcha bo'ylab qaytayotgan edi.

Qo'shni: Salom Eun Woo ahvollaring yaxshimi? Qayerdan kelyapsan?

Eun Woo: salom xonim raxmat menda hammasi joyida o'zingizni ahvolingiz yaxshimi? Ha men do'kondan kelib turgandim buvim menga bir nechta narsa aytgan edi.

Qo'shni: ha yaxshi, ha aytgancha Eun Woo hamma seni shaharga buyuk Seoulga ketarkan deyishyapti bu rostmi?

Eun Woo: hmm.. ha bu rost men ertaga shaharga chiqyapman!

Qo'shni: ha bu ajoyib unda omad!

Eun Woo: raxmat xayr.

Eun Woo shunday deya uyi tomon yugurib ketdi. U uyga kelib narsalarini buvisiga berdi

Buvi: Eun Woo keldingmi? Kel o'tir ovqat tayyorladim yeb ol!

Eun Woo: ho'p buvi yeyman.

Eun Woo yoshligidan buvisi bilan yashab kelar edi, uning buvisidan boshqa hech kimi yo'q edi. Yoshligida ota onasi shaharga ketishgan va shu bilan izsiz yoqolishgan shu sababdan Eun Wooda shahardan biroz qo'rquv bor edi...

Eun Woo: buvijon men honamga chiqib narsalarimni tayyorlab qoyay ertaga vaqtli ketishim kerak bilasiz-a?

Buvi: ha Eun Woo bilaman borib ishlaringni qil va yotib damingni ol soat 22.00ga yaqinlashib qoldi ertaga voxtli turishing kerak!

Eun Woo: ho'p buvijon sizni yaxshi ko'raman hayrli tun❀️

Shunday qilib Eun Woo xonasiga ketadi u chemodani va narsalarini tahlab uxlashga yotadi...


~ Tong 6:30 ~

Buvi: Eun Woo o'g'lim uyg'on bir yarim soatdan so'ng avtobusing yo'lga chiqadi ulgurishing kerak! Tura qol!

Eun Woo uyqusirab ko'zlarini ochdi xonasida quyosh nurlari yoyilib turardi u kechikmaslik uchun o'rnidan turdi qo'l yuzlarini yuvib kiyimini kiyishga tushdi.

Eun Woo: bugun men uchun sirli bo'lgan shahar meni kutmoqda uff sen hammasini uddalaysan Eun Woo!

Buvi: tayyor bo'lsang pastga tush ovqatlanib ol!

Eun Woo: buvijon avtobusda ovqat berishadi ham keyin hozir ishtaham yo'q

Buvi: qara och bo'lsang ovqatlan!

Eun Woo: yo'q shart emas.

Eun Woo kiyinib chemodanini sudradi va uylarining hovlisiga chiqdi.

Buvi: ohhooo meni naberam har doimgidek kelishgan va ajoyib!

Eun Woo: buvijon uyaltirmang..

Buvi: hahaha mayli Eun Woo kelaqol seni quchoqlab iforinga to'yib olay..

Eun Woo ikki soniya buvisiga tikilib uni qattiq quchoqlab oldi..

Eun Woo: sizga vada beraman albatta ishonchingizni oqlayman buvijon!

Eun Woo va uni buvisi hayrlashib Eun Woo shahar avtobuslar bekatiga ketdi.

U bekatda ro'yhatdan o'tdi hodimlar chiptasini tekshirishdi kerakli avtobusga o'tqazishda va vanixoyat Eun Woo juda kutgan kun ammo biroz qo'rqgan vaqtlar boshlanib kelmoqda avtobus sekinlik bilan yura boshladi..

Eun Woo PoV: hayr qadrli Jeonjun..