πΎπππΈπΏπΌππ΄ πππππ ππ πππππππ ππππ
Komeliya-mangu sevgi, sodiqlik va nafislikni anglatadi,shu bois tarixda komeliya gullari "cheksiz sevgi gullari" deb nomlangan.
____
____
Tongi shaffaq nurlari tushib turgan 100 qavatli Pentxaus.Binoning devorlaridan tortib shisha derazalarigacha hashamatni ufurib turadi.Qanchadan-qancha mansabdor boylar orzu ilinjida tushlarida sarson bo'lgan bu Pentxaus ichkarisidan ikki baravar inson ko'zini qamashtiruvchi hashamatga to'la chunki uning asosiy egalaridan biri JEON JUNGKOOK.
Keng shisha derazadan kirgan nurlar xonani yoritib Aylining uyg'onishiga sabab bo'ldi.Ko'zlarini ochishi bilan xira shira yorig'likni ko'rib ko'zlarini ishqalarkan o'z xonasida emasligini angladi.Atrofga nazar tashlab orqasiga o'girilgan on yonida uxlab qolgan yigitni ko'rib past qichqirib aralash o'rnidan turib ketdi, qizning ovozidan uyg'onib ketgan Jungkook uyqu aralash qisiq ko'zlarini ochib kecha tunda kiyimlarini ham almashtirmay uxlab qolganini angladi va hech narsa his qilmagandek yana uxlashda davom etdi.
-nima, nima bo'ldi o'zi?nega bu yerda yotibman, nega yana siz bilan?
Vahima aralash savol bergan Ayli ustiga qaradi lekin kecha qanday yotgan bo'lsa huddi shu kiyimdaligini bilib oz bo'lsada yengil tortdi.
Shu ondayoq yotoqdan turib ketmoqchi bo'lganida beliga o'ralgan qo'llar sabab yana joyiga yotib qoldi, yigitning kuchli qo'llari orasida qolganini bilib harakatlanmoqchi bo'lgan on battar siqarkan qimirlolmay qoldi.
-namuncha tipirchilaysan, tinch yotsangchi
Yigitning qulog'i ostidagi issiq nafasidan g'alati bo'lib ketgan qiz vaziyatdan chiqishga qaror qildi.
-chunki, chunki men siqilib qoldim
-ozgina yotay keyin qo'yib yuboraman
Jungkookning qo'llarini bo'shatishi bilan tezlikda turgan Ayli eshik tomon yugurdi uni hech bir havotirsiz labida tabassum bilan kuzatayotgan Jungkook tirsagini yostiqqa tirab yotib oldi eshik dastagini ushlab tortarkan ochilmagan eshik tufayli battar havotirga tushardi, dastani qattiq tortib, eshikni itarib tepsa ham eshik ochilmayapti.
ortiga qarab yotoqda uni kuzatib yotgan yigitni ko'rgan Ayli yengil uh tortdi.
Jungkookning gaplaridan joyidan jilmagan qiz yigitni asabiy baqirishiga sabab bo'ldi
Jungkookning baland ovozidan cho'chib ketgan Ayli sekin yotoq yoniga yaqinlashib yotoq burchagiga otirib oldi.
Jungkook ornidan turib u ham yotoqda Ayliga yaqinlashgancha o'tirib oldi va qizning avval e'tibor bermagan oppoq sochlariga qora ko'zlari bilan tikildi
Yigitning gaplariga tushunmagan qiz savol aralash tikildi
Qizning qarashlaridan hayron bo'lgancha savolni noto'g'ri berib qo'ygandek tushundi
Qizning gapidan aqildan ozgan insonga qaragandek qaragan yigit boshida uni ustidan kulmoqchidek o'yladi
-sendan ajdodlaringni so'raganim yo'q
-esingizda bo'lsa men bu yerlik emasman degan edim birinchi uchrashganimizda
-men bunday narsalarga ishonmayman, balki chet eldan qochib kelib o'zingni shunday tutayotgandirsan
Yigitni baribir ishonmasligini bilgan Ayli ortiqcha tortishmasligni maqul ko'rdi chunki o'zi ham uning o'rnida bo'lganida aytayotgan gaplariga ishonmagan bo'lardi
-yuzing va ko'rinishingdan ko'proq Yevropalikka o'xshar ekansan, necha yoshdasan?
-yosh va nafis gulga o'xshaysan huddi oq komeliya kabi
Shu gaplarni aytarkan qizning bir tutam oq sochlarini barmog'iga o'ragancha aylantirdi.
Shu onda sochlarini tortib olgan Ayli ortga surildi
-juda o'zingni olar ekansan, bokiramisan?
Birdan berilgan g'alati savoldan ko'zlari kattalashgan Ayli yigitning yuziga bergan shapalog'ini o'zi ham sezmay qoldi.
Bir ko'z ochib qaraganda g'azabdan qovog'i o'yilgan Jungkook tezlikda qizni ostiga oldi shu qadar bir biriga yaqin turardiki olayotgan nafaslari bir birinikiga urilardi.Jungkook qizning lablariga yaqinlashgancha bo'g'iq ovozda shivirlashlari qizning umurtqa pog'onasini titratib yubordi
-bokira komeliya, menga qarshi chiqma aks holda shunday sindiramanki qanday qilib meniki bo'lganingni bilmay qolasan
Qizning lablariga endi o'z lablarini bosgan on bir daqiqa ham o'tmay taqillagan eshik yigitning lablarini uzib chalg'ishiga sabab bo'ldi.
Qizdan ajralib yotoqdan turgan Jungkook eshik yoniga kelib ortiga o'girildi, unga alam bilan qarab turgan qizga nazar tashlab eshik qulfini ochib chiqib ketdi va eshik ortidan qayta qulflangan ovoz eshitildi
Kunning eng issiq pallasiga yetgan vaqt o'z ustaxonasida ish bilan band Taehyung har daqiqa derazaga qarab qo'yardi, bugun sevgilisi Ayli kelmaganidan ko'ngli notinch bo'lib borardi chunki ular uchrashishni boshlashgandan buyon har tong quyosh bilan birga uning uyiga borib oladigan Ayli bugun tushgacha qorasini ko'rsatmadi
-odatda erta kelardi, muhim ishlari bormikin
Keng xonaning yarmi shishali devor va pardalar bilan to'silgan xona markazida katta yotoq va uning to'g'risida mahsus kiyinish xonasi(garderob)joylashgan, xonaning chekkasida uzun katta ko'zgu ko'zgudan esa o'z tanasiga tikilgan Ayli kiyinish xonasiga kirib ketdi.Atrofi kiyimlar bilan o'ralgan chap tomonida turli xil qimmat soatlar o'ng tomonida esa qator taxlangan atirlar yana boshqa tomonda oyoq kiyimlar juda qiziqarli ko'rinadi.
Oyoq ostigacha tushgan oynadan ko'rinib turgan manzaraga uzoq tikilgan Ayli dunyoning boshqa tomonida insonlar bunday yashashini bilmasdi, juda katta, qulay va toza shahar, shu onda unda ham bu shaharda yashab ko'rish istagi uyg'ondi bu yerda juda ko'p narsalarga tushunmasa ham hammasini o'rganib olishni hoxlashi ajoyib.
Terazaga tikilgan on eshikdan kirgan yigit qizni e'tiborini tortdi, hech bir so'zsiz kiyinish xonasiga kirib ketgan Jungkook biroz vaqt o'tib ish kiyimida tayyorlangancha chiqib keldi, Aylini yoniga yaqinlashib kelgani sari orqaga tisarilib shisha derazaga urilgan qiz qamalib qoldi qizning yoniga kelib sochlarini silagancha hotirjam gapirdi
-kompaniyaga ketishim kerak, sen bilan keyin yaxshilab gaplashamiz ungacha hech qayoqqa ketib qolma
Eshikdan chiqib ketishi bilan joyida yiqilib polda o'tirib qolgan qiz yana uyiga qaytib ketishiga umid qildi ammo yana bu yerga qaytishni qaytsa ham yana bir bor bu vahshiy bilan uchrashmaslikni hoxlardi
Kun botargacha shkafdan topgan har hil kitobu varoqlarni o'qib chiqqan Ayli juda zerikdi qog'ozdagi hech narsa tushunmagach ohiri to'xtatdi va yumshoq yotoqda yotgancha hayol surishni boshladi odatda hayol surish eng sevimli mashg'ulotlaridan chunki u bu narsa bilan reallikdan chiqadi va iloji yo'q narsalar ham hayollarida amalga oshishi mumkin.Inson odatda hayol surish orqali juda tez uxlaydi Ayli ham bundan mustasno emas shunday ekan qanday uxlab qolganini ham sezmadi
Kun botar vaqt qattiq tuproqda ko'zini ochgach yana uyga qaytganini sezgach shukurlar aytgancha yotib oldi uy tashqarisida tuproqda yotgan Aylini ko'rgan xolavachchasi darrov onasini oldiga yugurgilab ketdi
-oyi, oyi Ayli anavi yerda yotibti, qarang
Qolganlarni ham yetaklab chiqqan qiz haligacha qum ustida yotgan Aylini yoniga bordi
hech narsani eshitishni hoxlamagan Ayli o'rnidan turib xolasiga yuzlandi
-juda charchadim, ertaga aytib bersam bo'ladimi?
kuni bo'yi yo'q bo'lganidan havotir olgan qarindoshlari uni holi qo'yishdi va xonasiga kirishiga ruhsat berishdi
Xonasiga kirishi bilanoq o'ylab o'tirmay javonda turgan kitobni olib derazadan irg'itib yubordi
-manashu kitobni deb bugun men ko'p narsalarga majbur bo'ldim
Shu on ertalab Jungkookning qilgan ishlari ko'z oldiga kelganda uyatdan yaniqlari qizarib yotib qoldi
Kompaniyadan qaytgan Jungkook qulflangan eshikni ochishi bilan ko'rgan manzarasidan shokga tushdi, xonada hech kim yo'q edi, yotoqda eski kitoblar va kompaniya hujjatlarini sochilib yotganini ko'rdi kiyinish xonasiga kirdi ammo u yerda ham hech kimni ko'rmay asabiy devor mushtladi
Telefonini olib kerakli raqamlarga qo'ng'iroq qildi
Telefonni o'chirib yana bir bor yotoqda sochilib yotgan hujjatlarga ko'z tashladi
-sen rostan ham men bilan mushuk sichqon o'ynamoqchisan, komeliya
Reaksiyalar Aylini topib Jungkookni oldiga olib borishga yordam beradiπ