June 10

πΎπ‘‚π‘€πΈπΏπΌπ‘Œπ΄ π’Žπ’‚π’šπ’ƒπ’† π’Šπ’ 𝒂𝒏𝒐𝒕𝒉𝒆𝒓 π’π’Šπ’‡π’†

16-BOB

~FINAL~

Komeliya-mangu sevgi, sodiqlik va nafislikni anglatadi,shu bois tarixda komeliya gullari "cheksiz sevgi gullari" deb nomlangan.
____
____

6 oydan so'ng

____
____

Qabr yoniga kelib o'tirgan qiz o'zi bilan olib kelgan gullarini qabr yoniga ekdi, ko'rinishi hali eskirmagan qabr yoniga gullarni ekib bo'lib yoniga o'tirdi va qo'llarini qabr toshi ustida o'yib yozilgan "Kim Taehyung" yozuviga qo'ydi.

-hayrli kun Taehyung, oradan olti oy o'tdi, u yer tinch bo'lsa kerak,sizga muhim habarni aytmoqchi edim, uch oydan so'ng ko'zim yoriydi, ha... bu Jungkookning farzandi, biz yana birga yashay boshladik, menda hammasi joyida, hattoki ajoyib, Jungkook menga yaxshi munosabadda bo'lyapti u yaxshi ota bo'lishga harakat qilyapti, unga mehrim tushishni boshladi, ammo sizni haliyam sog'inaman, shuncha vaqt yonimda bo'lganingiz uchun rahmat aytmoqchi edim.
O'zingizni ehtiyot qiling

ichidagi gaplarni aytib bo'lgach o'rnidan turdi, qabrga ozgina tikilib bo'ynidagi taqinchog'ni yechdi.

-bu onamniki edi.....ammo unda sizni xotiralaringiz ko'proq

Shunday degancha taqinchog'ni qabr yoniga ilib qo'ydi va u yerni tark etdi.Qabriston kirish eshigi yonida mashinaga suyangancha sigara tutatayotgan Jungkookning yoniga borgan Ayli qo'lidan sigarani yulib olgancha yerga uloqtirib yubordi

-aytgandimku tashlang deb, menga mumkin emas

-ho'sh aybimni qanday yuvay?

Qizni o'ziga yaqinroq tortib bir qo'lini qorniga ikkinchisini beliga qo'ygach hushomad qilishni boshladi.

-meni bu yerga tez tez olib keling

-bo'ldi yetarli, mashinaga chiq

eshiklarni ayoli uchun ochib bergach o'zi ham mashinaga o'tirdi.

-airoportga hayda

haydovchiga kerakli manzilni aytgach tushunarli degandek bosh egib qo'ygan haydovchi mashinani harakatga keltirdi

Airoportga yetib kelgach mashinadan tushib orqa bagajdan jamadonni olib ichkariga kirishdi.

-qayerga ketayotganimizni aytmadingiz ham?

-bir haftaga Yevropaga borib kelamiz, asal oyiga

-homilador ayol bilan bilanmi?

-nima qilibti? homiladorlik barini cheklamaydi, ketdik

Sakkiz soatli vaqt Jungkookning samalyotida tinch muhitda ketdi, Ayli hech narsa demay derazadan pastdagi mazarani tomosha qilib ketdi, Jungkook ham kompyuterdan bosh ko'tarmay ishlari bilan bandligi tufayli Ayliga e'tibor bermadi.

___
___

Fransiya ko'chalarini aylanayotgan juftlik bir necha vintage uslubdagi klassic binolar yonidan o'tib ko'cha markazida joylashgan favvora yoniga kelishdi.

-Fransiyani o'zgarib ketgan deb o'ylagandim ammo deyarli o'sha o'sha

-Fransuzlar milliyligini qadrlaydi, ularda Seul kabi zamonaviy shaharlar ko'p emas

-Jungkook meni qornim ochdi ovqatlangani kiraylik

Jungkook va Ayli kichik fransuz restoraniga kirishdi, u yerdagi taomlarni ko'rib ishtaxasi ochilgan Ayli har biridan bir hissa buyurtma berdi, stolni taomga to'ldirib ishtaxa bilan yeyotgan Aylini ko'rgan Jungkookning kulgisi keldi, chunki u koreys taomlarini bunchalik sevib yemagan, yoki unga koreys taomlari shu vaqtgacha yoqmaganmi?

Ayli allaqachon ikta shirinlikni tugatdi ammo ishtiyoqi so'nmadi

-bu yerda yana olti kun qolsak sen yetarlicha vazn yig'asan

-bolaligimda biz asosan sabzavotlar yerdik, umrimda hech bunday shirinliklar yemaganman

-sen homiladorsan, shuning uchun bular mazali tuyulyapti

-men ketishdan avval uy uchun ham olib ketaman

Jungkook Ayliga kichik fotokamera olib berdi, Ayli barcha chiroyli deb hisoblagan joylarini video tasvirga olib yurdi, ular birgalikda Efil minorasiga chiqishdi va u yerni ham Ayli kamerags tushirdi, ko'lni va gullar bilan to'lgan bog'ni aylanishdi, hattoki Luvr muzeyiga kirib ajoyib galereyalarni tomosha qilishdi, bugun haqiqatdan ham Aylining yuzidan tabassum tushmadi bu esa Jungkookning ham ko'ngliga iliqlik berdi.

Ular tush vaqtida mehmonxonaga yetib kelishdi, o'zlari band qilgan xonaga kelgach ichkariga kirishdi, Jamadonlarni qo'yib yotog' ustiga o'tirgan Ayli Jungkookni kuzatdi, kiyimlarini almashtirib uxlashga tayyor holatda ustida bir dona shortikda chiqgan Jungkook yotog' ustiga o'tirib Aylining qorniga qo'llarini olib bordi.

-bugungi kun uchun rahmat aytmoqchidirsan?

-rahmat

-boshqacharoq

Jungkookning ko'zlaridagi uchqundan sezib ulgurgan Ayli yuzini burib oldi.

-Jungkook men charchadim

-sen shunchaki yot, qolganini o'zim qilaman

Qizning yuziga yaqinlashib qattiq bo'sa olgancha nafaslarni to'sdi, qaynoq va chuqur bo'sa ovozi xonada yoyildi.

___
___

Erta tong yotog'dan uyg'ongan Ayli Jungkookning yo'qligini ko'rdi va yana yotoqqa qayta yotdi.Eshik taqillaganidan so'ng eshikdan kirib kelgan hizmatchi ayol Ayliga ta'zim qilgach qo'lidagi patnis to'la taomlarni yotog' ustiga qo'ydi.

-nonushtangiz xonim

Qizning yuzida niqob bor edi, va Ayli kecha kelganidan buyon hech bir hizmatchida niqob ko'rmagandi, nonushtani yotog'ga qo'yish mobaynida qizning yuziga shubhali qararkan ko'zlari kimnidir eslatdi, hizmatchiga rahmat aytgach xonada yolg'iz qolgan Ayli biroz o'yga tushdi

-u nega niqobda, yoki kasalligi bormi?

Ayli buni oddiy holdek qabul qilishga urundi va yotog'dan turib yuvunish xonasiga kirib ketdi, birozdan so'ng qaytib kelgach taomlarni boshqa xonaga olib chiqib ovqatlandi.

Ayli kechagi kameradagi videolarni qayta tomosha qilib chiqti, u Taehyungdan keyin qaytib kulolmayman deb o'ylagandi ammo Jungkookga borgan sari o'rganib boryapti, bari to'g'ri, kitob orqali uch martada ham butun boshli shahardan bir inson bilan to'qnash keldi, hatto undan qochib ketganida ham yana birga bo'lishdi, ularni birga bo'lishlarini faqatgina Jungkook emas taqdir ham istayotgandek edi, shuning uchun ham o'rtadagi farzand tufayli u Jungkookga o'rganishi keyingi hayotini unga topshirishi kerak

____
____

Temir balkonga suyanib turgan Jungkook ochiq havoda telefonda gaplashardi

-bir haftadan so'ng qaytamiz, Ayli farzandimni sog'lom dunyoga keltirishi kerak, shuning uchun bu sayohatni tuzdim, Sunami? yo'q hali topilmadi, derazadan tushib ketganida o'lmasligi uchun davolatayotgandim, uni bunday o'lib ketishiga yo'l qo'ymayman, ammo shifoxonadan qochibti, haqiqiy tulki, uning eski uyini bilaman allaqachon u yerga o't qo'yganman, yashab qolsa ham uzoqqa bormasligi aniq, koreaga yetib borib qo'ng'iroq qilaman

Telefonni o'chirgach ichkariga kirib ketdi, Jungkook shuncha vaqt mehmonxonaning maxsus mashqlar zalida edi, mashhulotlardan so'ng Aylidan habar olish uchun liftga chiqti va kerakli xonaga yetib kelib ichkariga kirdi.

Yotog'xonada yotog' ustida horg'in o'tirgan qizni ko'rib yuzi tashvishli jiddiylashdi

-keldingizmi? qayerda edingiz?

-mashhulotlar bilan band edim, nimadir yuz berdimi?

-aytarli hech narsa biroz ko'nglim ayniyabti

Qizning yoniga o'tirib ko'zlariga tikildi Jungkook

-ko'rinishingdan yomonroqga o'xshaydi, juda oppog'san

-doktor aytgandi homiladorlikda bo'lib turadi

Qizning yanog'lariga ikki kaftini qo'yib erkalatib siladi

-aniq joyidami?

Aylining og'zidan birdan qon otildi, qonni ko'rgan Jungkook daxshatda hushidan ayrilayotgan qizni ko'tarib tashqariga otildi

-shifokor chaqiring, tezroq

____
____

Shifoxonaning kutish zalida kimdir chiqishini tinmay kutayotgan Jungkook o'zini bosolmasdi, ohiri eshikdan chiqqan erkak e'tiborini tortdi.

-bizni kechiring, Janob Jeon, qo'limizdan kelgani onani saqlab qolish bo'ldi, bolani saqlab qololmadik

Fransuzcha shevada hamdardlik bildirgan shifokor Jungkookni yolg'iz qoldirgancha yo'laklar bo'ylab ketdi.

Eshitgan gaplaridan quloqlari gang bo'lib qolay deyotgan Jungkook joyida qotib qolgandi, olti oy sabrsizlik bilan kutgan farzandini bir arzimas xato uchun yo'qotishi, bundan habar topgan Aylining ahvoli uni tashvishga solayotgandi.

Birozdan so'ng xonaga kirgan Jungkook mahsus karavat ustida yig'layotgan qizning yoniga bordi

-bolam?, u qayerda?

Tinmay ko'z yosh to'kib qorniga qo'llarini bosarkan Jungkookdan talab qila boshladi

-Jungkook bolam qayerda? uni topolmayapman

Tipirchilab hansirab yig'larkan qizni ko'ksiga olib ovutishni boshladi Jungkook

-Koreaga qaytib ketamiz, seni kim zaharlaganini topaman

__
__

Ayli shifoxonadan chiqganidan so'ng mashinada hech narsa demadi, hattoki samalyotda ham, u shunchaki jim va ichida dunyolarni qulatardi.

Ikki kun o'tdi ammo Ayli o'z xonasidan hatlamadi, bir burchakka tiqilib derazadan kirayotgan xira nurlarni tomosha qilardi, bu o'tgan ikki kun Jungkook Aylini ortiqcha bezovta qilmadi, u bilardi, Ayli hammasini o'ylab olishi kerak.

Uchinchi kun xonaga o'zi kirdi, qo'lidagi patnisni polga qo'ydi va biroz jim o'tirdi, Aylini unga e'tibor berishini kutdi, ammo Ayli ko'zlarini harakatga keltirmasdi.

-ovqatlanib olishing kerak, organizming zaiflashib ketadi

Ammo javob yo'q, sukunat.

-komeliyam, menga qara, birinchisidan ayrilgan bo'lsak yana farzandlar dunyoga keltirish mumkin

-men senga yana farzand berolaman

Ayli hanuz javob bermadi, Jungkook ovqatni o'sha yerda qoldirib o'rnidan turdi

-buni yeb qo'y, kelgunimcha qolmasin

Jungkook eshikni yopib chiqib ketishi bilan derazaning ortidagi tovushni sezdi Ayli

Zinalardan tushish mobaynida hizmatchiga Aylining xonasini tartibga keltirishini buyurgan Jungkook tashqariga chiqib qo'liga sigara olgancha og'ziga olib borib tutatdi.

-eshitaman,
uni ovqatdan zaharlangan deyishdi, osha kuni xonaga kim kirgan bo'lsa barchasini tekshiring, buni kim qilgan bo'lsa ham yoki menda yoki Aylida adovati bor

Telefonni o'chirib sigarani qattiq tortib havoga chiqargancha turgan Jungkook shoshib kelayotgan boyagi hizmatchini ko'rdi

-nima gap?

-Janob, xonim, ular xonada yo'q

Hansirab gapirayothan hizmatchining gapini eshitib tepa qavatga chiqib ketgan Jungkook eshikni ochgan u yerda bo'sh xona va ochiq derazani ko'rdi.

_____
_____

-qanday qilib eng yaxshi deb saralab olgan qo'riqchilarim uyimdagi xazinani olib chiqib ketishayotganda osmonni kuzatgan bo'lsa

Jimlik.Hech kim javob berolmaydi, bundan yetarlicha asabiylashgan Jungkook qurolini chiqarib shiftga qaratib uch marta otdi, bundan cho'chib ketgan qo'riqchilar hayiqib qolishdi

-jo'nang, hamma joyni yaxshilab tekshiring, bo'lmasam sizlar uchun qabr toshlar yasataman

Barcha zudlik bilan tarqala boshlagach telefoniga kelgan habarni ochib ko'rdi

-sevgilingni so'ngi bor ko'rmoqchi bo'lsang, yetib kel.

Habar kimdan kelgani noaniq ammo endi barchasi aniq, Jungkook eng yaxshi qo'riqchilarni olgancha unga yuborilgan manzilga jo'nab ketdi.

___
___

Eski binoning tomida stolga bog'lab qo'yilgan qiz qo'llarini yechishga harakat qilardi

-bu sen eding, mehmonxonadagi hizmatchi, bolamni qotili

-oshanda meni to'xtatishing kerak edi

-Suna, senga nima qilgandim, nega menga nisbatan suiqasd qilaverasan

-sen, sen mendan sevgimni tortib olding, seni deb hammasini yo'qotdim

-ho'sh menchi? Jungkookni qo'lida azoblanmadi deb o'ylaysanmi? o'zim sevmagan inson bilan yashab sevganimni yerga ko'mdim

-sen nimaniyam tushunarding, uni sevardim, ammo sevgimni Jungkook nafratga aylantirdi, meni yuzimni u shu ahvolga soldi

Benzinni berilgan chizig'ga sepib bo'lgach o'rnidan turib niqobini olib tashlagan Suna Ayliga qaradi, qizning yuzida qolgan katta chandig'ni ko'rgan Ayli hayratda qoldi

-Jungkookning xatosini to'lovini sen to'laysan azizam

Qo'lidagi gugurtni benzinga tashlab undan hosil bo'lgan olovga kitobni qo'ydi, Ayli kitobni darrov tanidi va uni kim o'g'irlab olganini tushundi

Eshikdan bir to'da odamlar bilan chiqgan Jungkook olov ostidagi sevgilisini ko'rdi, ammo ularni payqagan Suna Aylini stoldan ajratib sochidan siqimlagancha ortiga yashirindi, ikkinchi qo'li orqali qizning qornigs pichog' tiradi

-barcha ortga o'tsin

Qizning ishorasi bilan Jungkook qo'riqchilarga uzoqlashishini buyurdi va o'zi yaqinlashdi

-Suna tirik va yaxshi yashamoqchi bo'lsang, Aylini qo'yib yubor

-hech qachon, yuzimni ko'ryapsanmi? seni deb shunday bo'lib qoldim endi sening turagingda shu chandig'ni qoldiraman, anaviga qara, kitob yonyapti, kitobni kim ochgan bo'lsa uning lanatiga uchraydi, bu esa Ayli edi, kitob uni o'ldiradi

-Suna aqlingni yig'

-qo'rqyapsanmi? Jeon

Suna qo'lidagi pichog'ni qizning qorniga sanchib oldi va darhol ortda turgan qo'riqchilar Sunaga qarata o'q uza boshladi, bir necha bor o'q yegan Suna ortga borib binodan yiqilib ketdi.

Aylining yoniga borgan Jungkook qizni bag'riga oldi, Ayli shu zahoti yerga yiqildi va qorin qismidan qon oqa boshladi, shu zahoti osmondan momaqaldiroq ovozi eshitilib yomg'ir quydi.

Yomg'ir olovni o'chirdi ammo kitob allaqachon qora kulga aylanib bo'lgandi, Jungkook yomg'ir ostida qizni yuzini silab yig'larkan Ayli Jungkookni kaftini ushladi

-Ayli chida, meni tashlab ketma

Qizning qoni yomg'ir suvlariga yuvuldi

-Jungkook, men sizga tegishliman, bir kun yoningizga qaytib kelaman, faqat o'zingizni ehtiyot qiling

-Ayli agar ketsang seni kechirmayman, komeliyam, sevgilim iltimos

-sizni sevaman

Qizning ohirgi so'zlari shu bo'ldi, ko'zlari so'ngi bor yumuldi, Jungkook yomg'ir ostida qizning o'lik tanasini bag'riga oldi.

_____
_____

14 oydan so'ng

Qabr yonida turgan yigit uning yoniga oppog' komeliyalarni qo'ydi

-salom sevgilim

Biroz shu holatda turgancha qabr toshni ohista o'pdi va sekin qabr yonidagi "Kim Taehyung" ismi yozilgan qabrni hatlab o'tib ketdi.

Jungkook qabristondan chiqarkan ohirgi bor ortiga o'girildi va atrofga qaradi shu bo'yi mashinasi yoniga borib uchun burilarkan oyoqlariga kelib urulib ketgan kichik tanani sezdi.

-kechirasiz amaki

kichik uch oyoqli velosipedni minib olgan oppog' sochli kichik qizchani ko'rib uning bo'yi tengi egilgan Jungkook qizning maftunkor yuziga tikildi

-isming nima?

-Ayli

qizcha shunday degancha velosipedini minib ketib qoldi, eshitgan ismidan hayratda qolgan Jungkook o'rnidan turarkan velosiped minib ketayotgan qizchani kuzatdi.

-Ayli

Tamom

Hurmatli mutolaachilar biz bilan 16 sahifa birga bo'lganingiz uchun tashakkur.Yana bir hikoya tugallandi va qaytib yozilmaydi, 2- faslning chiqishi esa sizlarning fikringizga bog'liq yana bir bor muallif tomonidan tashakkur