November 18

πΎπ‘‚π‘€πΈπΏπΌπ‘Œπ΄ π’Žπ’‚π’šπ’ƒπ’† π’Šπ’ 𝒂𝒏𝒐𝒕𝒉𝒆𝒓 π’π’Šπ’‡π’†

5-BOB

Komeliya-mangu sevgi, sodiqlik va nafislikni anglatadi,shu bois tarixda komeliya gullari "cheksiz sevgi gullari" deb nomlangan.
____
____

Sovuq tomchilayotgan yomg'irlar ostida bir biriga tikilishda davom etayotgan juftliklarning diqqatini qo'llarini tortib olgan Ayli buzdi.

Ishida davom etgancha yarani qattiq bog'lab qo'ydi.

Oz muddatdan so'ng yetib kelgan Jungkookning odamlari darrov yarim hushda yotgan yigitni mashina tomon olib borishdi ularga qaragancha turgan Aylining yoniga kelib tirsagidan tutgan qo'riqchi Aylini ham mashina tomon ildamladi

-biz bilan borasan, qochishga harakat qilma

Yana bir bor o'zini mashina ichida ko'rgan Ayli bu safar hayratlanmasdi lekin faqatgina sirli va o'tkir ko'zlari ko'rinib turgan qora kiyimdagi odamlar uni ehtiyotkor bo'lishga undardi, Jungkookni boshqa mashinada Aylini boshqa mashinada olib ketishayotgandi.Atrofida o'tirgan erkaklarga qaramaslik uchun mashina oynasidan qarar ekan yomg'ir tomchilari ostida hira tortgan shaharning faqatgina kechki chiroqlari ko'rinardi.

Choisang kasalxonasida to'xtagan mashinadan qatorlashib tushgan odamlar Jungkookni ichkariga olib kirishdi ular bilan kirgan Ayli odamlar orasidan Jungkookga ko'z tashlarkan ahvolidan havotirlangani yuzidan yaqqol ko'rinardi.

Kecha-yu kunduz ishlaydigan shifoxona hamshiralari yugurib chiqdiyu Jungkookni mahsus aravachaga yotqizishdi.Aravacha operatsiya xonasiga kirib ketishigacha tikilib qolgan Chan o'z odamlari orasida kichkina bo'lib turgan sovuq va yomg'irdan irkaygan qizni ko'rib qoldi.Aylini yoniga borib uni devorga mihlab siquvga olarkan alamza aralash gapirdi

-sen Sohyunni odamisan, shundaymi? Aytib qo'yay Jeonga biror narsa bo'lsa qorningni maydalab Sohyunga yuboraman

Ko'zlarida tushunarsizlik aks etgan Ayli o'zini oqlashni boshladi

-gaplaringizga tushunmayapman, agar bu odamni o'ldirish niyatim bo'lganda allaqachon o'ldirgan bo'lardim

-u yerda nima qilayotganding? Jeon bilan qanday aloqangiz bor

-bizni hech qanday aloqamiz yo'q...

-yolg'on gapiryapsan

-Janob, Janob Jeon o'ziga kelganida aniqlashtiramiz, qizni o'zimiz bilan olishimizni o'zlari tayinladi

Devorga mushtlagancha qizdan uzoqlashgan Chan og'ziga sigara solgancha tashqariga chiqib ketdi

Oradan yarim soat o'tdi ammo hali hamon operatsiya davom etmoqda shifoxona kutish o'rindig'larida kutib o'tirgancha ko'zlari ilina boshlagan Ayli yonidagi ikkinchi o'rindig'ga boshini qo'yib yotib oldi.

____
____

Erta tongda ko'zlariga tushgan quyosh nuri tufayli ko'zini ochgan Ayli o'zini xonasida yana bir bor sovuq polda ko'rdi.Shu ondayoq turib xonaning bir burchagiga o'tirib o'ylay boshladi

-demak bu tush bo'lmagan, agar yana u yerga borsam o'sha yigit meni tinch qo'ymaydi ammo buni o'zim qilmayapman, agar Taehyungga aytsam u buni ertak deb qabul qilishi mumkin agar tushunganda ham u qanday yordam bera oladi.O'sha yigit....uni ismini Jungkook deb aytishdi, juda g'alati ism.

___
___

Ertalab operatsiya yaxshi tugagandan so'ng shifoxona yotog'ida yotgan Jungkookning yoniga Chan va bir ikki hodimlar kirib keldi

-ahvolingiz yaxshimi Janob? Havotirlandik

-menga yordam bergan qiz qani?

-siz haligi qizni aytyapsizmi? u yo'qolib qolibti, ammo qidiryapmiz

-qanaqasiga yo'qoladi burningiz tagidagi qizni ham yo'qotdingizmi?

-unga tayinlagandim agar qochsa o'ziga qiyin bo'lishini aytdim, odamlarimizni aytishicha u shu yerda bo'lgan ammo vaqt o'tib yo'qolib qolgan kasalxona kameralaridan ham uni chiqib ketayotganini ko'rmadik

Eshikdan kirib kelgan shifokorni ko'rgan Jungkook u tomonga boshini burdi

-uni toping.Meni yolg'iz qoldiring

Eshikdan hamma qatori so'ngida chiqqan Chan ohirgi bor xonada qolgan Jungkook va shifokorga ko'z tashlab ketdi.

-ahvolingiz yaxshiligi shunday ko'rinib turibti

-gapni cho'zmang doktor, yara juda kuchli edi

-ha qorningiz juda kuchli jarohat olgan ekan ammo jarohatni bog'lab qo'yishgan bu ko'p qon yo'qotishning oldini olgan

-agar shunday qilinmaganda men o'larmidim? ko'p qon yo'qotishdan

-deyarli, ammo tanangiz kuchli ekan, odatda juda ko'p jarohat natijasida tana bunday darajaga keladi

-qancha jarohat olganimni bilmaysiz

Natijalarni tekshirib hammasi joyidaligiga ishonch hosil qilgan doktor xonadan chiqib ketdi.Xonada Jungkook yolg'iz o'ylari bilan qoldi

-qayerga yashirinib olding

___
___

Derazasidan salqin shabboda kirib turgan xonada o'tirgan Taehyung yangi haykal ustida ishlayabti, uning yonida boyadan beri hayol surayotgan Ayli haykalga tikilgancha qotib qolgan.

-ko'zlari bo'ladimi?

Gapini eshitmagan qiz javob bermagach qo'llarini havoda silkitgan Taehyung hayollarini tarqatib yubordi.

-nimadir bo'ldimi? kelganingdan beri ko'zing haykalda hayoling boshqa joyda

-hammasi joyida, shunchaki bugun menga yangi hanbok olish uchun pul berishdi, bu yerdagi bozorga borib ko'rmaganman, shuni o'ylayotgandim

Bor gapni Taehyungga aytishni istamagan Ayli uni kerakli tomonga burib yubordi

-buni o'ylaydigan joyi yo'q, hoxlasang birga chiqamiz, nima deysan?

Berilgan taklifdan hursand bo'lib ketgan Ayli mamnun bosh chayqadi

...........

Chosonning eng mashhur va gavjum poytaxt bozori.Atrofda meva cheva va oziq ovqatdan ham ko'proq milliy liboslar va zebi ziynat taqinchog'lar qalashib yotibti, sotuvchilar odamlarni baqirib chaqirib haridorlarni yig'sa boshqa tomonda aslzoda erkaklar va yosh xonimlar qimmatbaho mahsulotlarga mahliyo bo'lyabti, kichkina o'g'ri bolalar sotuvchining olmalaridan olib qochyapti va buni sezgan sotuvchi bolalarning orqasidan quvib ketyabti, yosh aslzoda xonimlar yaltillovchi sezi zoymatlar yonida kulishgancha tanlashmoqda, bularning barini Taehyungning qo'llaridan tutgancha tomosha qilib ketayotgan Ayli ayniqsa ipak matosidan tikilgan hanboklarga juda ko'p nazar tashlayapti.Birdan to'xtab ishora qilgan Taehyung gapirdi

-mana eng yaxshi hanboklar do'koni, kirib ko'ramizmi?

Ha degandek bosh chayqagancha Taehyungning qollaridan yaxshiroq ushlab do'kon tomon kirib ketishdi

-hush kelibsizlar, bu yerdan istagan hanboklaringizni topishingiz mumkin

Ostonadan kirishlari bilan mijozlarni qarshisiga chiqqan sotuvchi samimiy bosh egdi

Kiyimlarni bir boshdan ko'rib chiqqan Ayli Taehyungga qarab ko'rsatdi

-mana shunisi

Kiyinish xonasidan hanbok kiyib chiqqan qiz tanlagan hanbokida yanayam jozibali ko'rinardi, qizga nazar tashlab hayratlangancha yana bir ikki variantlarni ko'rishini taklif qildi.

Bir necha bor har hil hanboklarni kiyib ko'rgan Ayli vanihoyat ohirgi kiygan och pushti komeliya gullari surati tushirilgan hanbokni tanladi, bu ko'ylakda u huddi komeliya gulidek porlardi va bundan do'kondan chiqquncha hushomatlar otgan Taehyung qizni hijolat qilardi.

Ikkalasi birga bozor aylanish chog'ida gullar sotiladigan rasta yonidan o'tib ketayotganda Ayli to'xtab qoldi.Uyining yonida juda ko'p rangdor gullar o'sgan va ularni tuvakka solib otasining xonasiga olib kirib qo'yardi bu unga odat bo'lib qolgandi chunki har doim otasi unga juda kichkina bo'lgan vaqtlari onang gulga aylangan va u eng chiroyli gulda yashaydi deb aytardi.

Bolalik xotiralari yodiga tushgan Ayli yorqin gullarga termulib qoldi, buni darrov payqagan Taehyung chalg'itish uchun unga tosh haykalchalarni ko'rsitdi

-bularga qara, menikidan yaxshimi?

-siznikidan o'tolmaydi, muallimam aytgandi yashiringan narsalar har doim eng zo'ri.

yana tomosha davomida idishlarni tomosha qilisharkan Taehyung so'rab qoldi.

-ovqat pishirishni bilasanmi?

-oz moz, nega so'rayapsiz?

-agar menga turmushga chiqsang deymanda

-nima kim meni sizga turmushga chiqadi dedi

-munosabatlar bu turmush degani, G'arbda qanday bilmaymanku bizda bu shart

-Bizda esa bu ikki tomonning roziligi bilan amalga oshiriladi

-bu gaping bilan sizga turmushga chiqmoqchi emasman demoqchimisan, azizam agar yo'q desang o'g'irlab ketaman

Yigitni o'ynoqi gaplaridan ko'zlari moshdek ochilgan qiz tahlanib turgan idishlardan birini olib yigitga otib yuborishiga oz qoldi

-hoy qiz chinnilarimni joyiga qo'yib qo'y, qanday betarbiya bo'ldi bu

-meni kechiring janob

Bosh egib uzr so'ragancha Taehyungga sharmanda bo'lgancha qarab ketdi.

Ayli shirinliklar bilan ovora bo'layotgan payt borib boyagi gullarni sotib olgan Taehyung gullarni orqasiga yashirgancha qizni yoniga bordi

-bu gullar sen uchun, boya ularga tikilayotganding

Taehyungni qo'llaridagi gullarni ko'rib hursand bo'lib ketgan qiz bosiq jilmaygancha ularni oldi

_
_

Shom vaqti kasalxonada bo'lishiga qaramay yotoqda o'tirgancha noutbukda ishalyotgan yigitning yoniga Chan va bir necha hodimlar kirib kelishdi

-Janob Jeon buni ko'rishingiz kerak

Planshetda kamera videolarni yigitga ko'rsatarkan videoni ko'rgan Jungkook tushunmay ikki marotaba ko'rdi ammo kadrdagi voqealar bir xil edi.

Videoda Aylining mudrab stolda yotgancha uxlab qolgani shundan so'ng uning birdan yo'qolib qolgani tasvirlangandi.

Shundan keyin chekada turgan hodim malumotlarni aytishni boshladi

-shaharda ham hatto butun Koreyeda ham bunday ko'rinishdagi shahs topilmadi, undan tashqari u ko'cha kameralarida atiga ikki marta tushgan boshqa videosi yo'q Koreyaga yangi ko'chib kelganlar orasida ham bu qiz haqida malumot yo'q Janob

-nima u arvohmikin?

-menimcha bunday o'ylashga sabab yo'q, qaysidir davlatdan qochoq bo'lib kelgan bo'lishi mumkin

Planshetni asabiy yopgach uni uzatgan Jungkook yana noutbukga qaradi

-u yana qaytib keladi, u huddi men bilan o'yin o'ynamoqchiga o'xshaydi

_____
_____

Ko'l ustida qurilgan ayvonda Taehyungning yelkasiga boshini qo'yib olgan Ayli qo'lidagi gullarni hidlab hidiga sarmasd bo'lyabti.

-Taehyung agar bir kun hech kim topolmaydigan joyga ketib qolsam nima qilasiz?

-seni izlab topaman albatta

-agar u yer bu dunyoda mavjud bo'lmasachi?

-nega bunday g'alati savol berganingni bilmayman ammo u goh o'liklar dunyosi bo'lsin goh boshqasi seni topish uchun o'sha yergacha boraman

-sizni birinchi ko'rganimda bunday deb o'ylamagandim

-insonning sirti boshqacha bo'ladi, seni uchratmasimdan avval men ham o'zimni shunday deb o'ylagandim

Qizning yuziga egilib unga yaqinlashishni boshlagan yigitni nima qilmoqchi ekanligini tushungan qiz darrov yuzini burib oldi, bundan aybdorlik hissi uyg'ongan Taehyung yuzini boshqa tomonga burib oldi

-kechir

-hozircha bunday narsalarga tayyor emasman, bizga qo'llarimizning birlashishi ham hozircha yetadi deb o'ylayman

-agar sen hoxlamasang men bunga majburlay olmayman

..........

Tun yarmida qattiq uyquga ketgan qizning xonasida nimadir nur socha boshladi, javonda turgan kitobdan chiqayotgan nurlar qizni atrofini o'rab olarkan buni payqamay uxlayotgan qiz bundan keyingi bo'ladiganlariga tayyor bo'lishi kerak edi.

____
____

Shifoxonadan tunda shifokorning ogohlantirishlariga qaramay chiqib olgan yigit shaxsiy mashinasiga o'tirarkan telefoniga kelgan qo'ng'iroqni ko'rib darrov javob berdi

-eshitaman

Telefon ortida eshitgan gaplaridan telefonni o'chirdiyu mashinani yurgizishni boshladi

Yarim soat demay mahkamaga yetib kelgan Jungkook ichkariga to'g'ri kirib stolda uxlayotgan qizni yoniga kelib tiz cho'kib o'tirdiyu yuzlariga tushib turgan sochlarini oldi.

-Uni qidirilayotgani haqida e'lon bergan ekansiz janob, uni do'konning yonida yotganini ko'rishgan shundan so'ng shu yerga olib keldik, qotib uxlab qolgan ekan

-sizga aytilgan pullarni beraman

-katta rahmat janob Jeon

Qizni qo'llariga kelin uslubida ko'tarib olib chiqib ketishidan oldin yana bir bor politsiya hodimiga yuzlandi

-uni topganingiz haqida hech kim bilmasin

shunday degancha mahkamadan chiqib ketgach yigit qizni mashinaning orqa o'rindig'iga yotqizib rulga o'tirgancha uyi tomon haydadi.

Katta ko'p qavatli bino avtoturargohida to'xtagan mashinadan tushgan Jungkook qizni ko'targancha lift tugmasini bosdi.

Uyga kirishlari bilan yonidan chiqqan hizmatkorlar tazim qilarkan Jungkookning qo'llarida piching qilmay uxlayotgan qizga ko'z tashlashardi.

Xonaga kirib uni yotoqga asta qo'ygach yonig stul olib joylashdi

-men bilan mushuk sichqon o'ynash uchun qaytib keldingmi?

Yoqimli mutoola Blueky
Bundan keyingi qismida hot bor.Reaksiyani ko'paytirselar tezroq qolganini o'qiysilar