October 29

πΎπ‘‚π‘€πΈπΏπΌπ‘Œπ΄ π’Žπ’‚π’šπ’ƒπ’† π’Šπ’ 𝒂𝒏𝒐𝒕𝒉𝒆𝒓 π’π’Šπ’‡π’†

1-BOB

Komeliya-mangu sevgi, sodiqlik va nafislikni anglatadi,shu bois tarixda komeliya gullari "cheksiz sevgi gullari" deb nomlangan.
____
____
Fransiya qirolligi 1420-yil
Reyms shahri

Tush vaqti, Reyms shahri tor va kichik bozorlaridan shovqin eshitiladi, ayrimlar arzimagan mahsulot ustida tortishsa ayrimlar ko'chalarning fayzli va yorug' ekanligi haqida valdirab mahtaydi, bolalar yururib salqin shabbodada varragini uchiradi, manashu salqin shamol bizni shaharning chekkasida joylashgan ikki qavatli uyning derazalari tomon yetaklaydi.
Uyning ikkinchi qavatida ochiq derazadan quyoshning hira nurlari ostida kirgan shamol yotoq ustida narsalarini yig'ishtirayotgan Aylining oppoq sochlarini silaydi.

Qizning sochlari shu darajada chiroyliki ko'rgan insonni yuzidan ko'ra sochlariga o'rab sehirlaydi.

Ayli pov:onamning kiyimlarini joylarkanman bu uyda u bilan o'tgan xotiralar yodimga tushdi,qachondir u yonimizga qaytishiga ishonardim ammo endi uyimiz ham ketdi.
Otam Fransuz onam esa chosonlik edi onamning o'limidan so'ng men Fransiyada qolib otam bilan yashadim,otam savdogarlik bilan shug'ullangani uchun shohona hayotda katta bo'ldim, ammo vafotlaridan so'ng men hali voyaga yetmaganim uchun barchasini tortib olishdi.
Men sharqqa,onamning yurti Chosonga ketyapman,onamning qarindoshlari meni qabul qilishini aytdi, ularning oilasi oddiy dehqonchilik bilan shug'ullansa ham ko'ngillari tozaligidandir balki.

O'yga cho'mgan Aylining birinchi qavatdan xolavachasi Yunhoning chaqirgan ovozi chalg'itdi.

-Ayli,xaltalarni olib tush arava tayyor

Kiyimlarni joylayotganda ichidan bir kitob tushib qoldi,buni avval ko'rmagandi yoki e'tibor bermagandi.

Kitobni usti e'tibor tortmas eski va yirtilgan edi,kitobni ochib ko'rdi va orasidan bir yirtiq varoqqa ko'zi tushdi.

-bu onamning kitobimi juda qiziq ko'rinishda ekan uni mendan berkitganmi?

Kitob yirtig'iga e'tibor bermay tezlikda narsalarni yig'ishtirib chiqishidan avval ko'zgudagi aksiga qaradi, so'lib qolgandi go'yo onasidan so'ng otasini ham yo'qotish oson bo'lmaydi endi u yetimga aylangandi Fransiyada yetimlarni xalq hushlamaydi, yaxshiyamki u endi sharqqa, Chosonga ketadi.Yaxshilab ko'zguga tikilganidan so'ng hayotining yangi eshigidan chiqib ketdi

Qiz tashqariga chiqib aravaga o'tirganidan so'ng aravakashning jilovi bilan harakatga kelgan otlar Sharqqa yaylovlar kezib yurishni boshladi

-oilangizda necha kishi yashaydi?

Arava ichidagi sukunatni buzib qarshisida o'tirgan Yunhoga savol nafas yuzlandi

-biz ko'pchilikmiz borganda hamma bilan tanishib olasan

-men hech qachon Chosonni ko'rmaganman meni qabul qilisharmikin?

-sen go'zalsan, Chosonda go'zal qizlarni ezozlashadi xavotir olma

O'z savoliga javob olgan Ayli boshqa og'iz ochmadi va butun yo'l bo'yi jim ketti, uning hayollari faqatgina deraza ortidagi manzarani kuzatish bilan chalg'idi.

__
Keng bal zali, shoxona liboslar tabassumga to'la yuzlar, jo'shqin yuraklar

Shamlar bilan yoritilgan keng zalning markazida ikki juftlik raqs tushmoqda, yigitning kelishgan qomati uning qanday mukammalligini ko'rsatadi.... ammo uning yuzi ko'rinmaydi, yigit bilan birga raqs tushayotgan Ayli uning yuzini ko'rishga urinadi ammo harakatlari befoyda bo'ladi shu kezlda ular barchaning e'tiborida raqs tushishardi...

-Ayli ko'zingni och, uyg'on biz yetib keldik

Yo'lning uzog'idan uxlab qolgani uchun Yunho uni uyg'otganida ho'rsinib o'rnidan turdi

-barchasi tush ekan, yana.Lekin uning yuzi har doim ko'rinmaydi

Aravadan tushishgan zahoti Aylining boshi aylanib qoldi, tasavvur ham qilmagan muhit va odamlar. Shunga qaramay u o'zini erkin tutishga harakat qilardi uyga yetib kelisharkan uni ko'rgan odamlarning nigohlari juda g'alati va sovuq edi.

Uyga kirishgan zahoti ularning yoniga chiqqan Aylining xolasi og'lini bag'riga bosib iliq kutib olgandan so'ng Ayliga ko'zlarida quvonch bilan qaradi.

-seni yana ko'raman deb o'ylamagandim, ohirgi bor ko'rganda yarim yoshda eding, juda go'zal bo'lib ulg'ayibsan

Xolasi bilan iliq ko'rishgandan so'ng qolganlar bilan tanishib oldi va so'ngida uydan chiqqan xonim Lening kichik o'g'li Vonsu Aylini ko'rib ta'jublandi.

-onajon bu kim?

Ovoz kelgan tomon qaragan Ayli unga sovuq tikilayotgan yuzni ko'rib hayron bo'ldi, albatta hamma oilaning kamchiligi bo'ladi va bu oilada ham asosiy kamchilik tantiq kichkina o'g'il

-u singlimni farzandi, G'arbdan keldi

-g'arblik kelgindi demoqchimisiz?

-bas qil ona uni uy bilan tanishtiring

Noqulaylikni sezgan Yunho kichik ukasining gapini chekladi

-bu seni xonang Ayli bu yerda bazi narsalar boshqacha, ammo o'rganib ketasan ahir yarim bizdansan

-meni qabul qildingiz, hali rahmat ham aytmadim, rahmat xola, barchasi juda qulay

-unday dema, opamni juda yaxshi ko'rardim senga qaraganim sari u yodimga kelyapti

-.....

Ikkisi qurgan uzoq suhbat bugungi kunning vaqtlarini yeb yubordi

Shu tariqa ikkalasi ham kulishib gaplashib vaqtlarini o'tkazdi

Erta tong erta uyg'onib Chosonning tongini ko'rmoqchi bo'lgan Ayli uydan nariroqdagi yaylovga bordi va Choson tabiati Fransiya tabiatidan kam emasligini tushundi

Kalta tog'lar go'yo sun'iy daraxtlar, gullar va ular yonidagi archalar bari ajoyib

Ko'proq sayr qilmoqchi edi ammo erta tongdan ishlagani chiqqan dehqonlarni ko'rib uyga qaytishi kerakligini sezdi. Ular uchun uning oq sochlari biroz qo'rqinchli ko'rinishi mumkin shuning uchun tezroq ortga qaytdi.

Uning tabiattan oq sochlari Fransiya aholisi uchun unchalik yangilik bo'lmasa ham bu yerliklarda hali o'zgacha sochli qizni ko'rmadi

Uyga borsa Lee oilasining stol oldida ovqatlanayotganini ko'rib ularga halaqit bermasdan ortga qaytaman deb turganida

-Ayli ovqatga kel

Birdan ortiga o'girilib xolasi unga qarab turganini ko'rdi va bir chekkadagi joydan o'rin oldi oila a'zolari ko'p, stol usti har xil taomlarga to'la, hamma gaplashar ekan Lee xonim gap boshladi

-Yunhoni qirol maslahatchisi yordamchisi qilib saylashibti, mening o'g'limda, shunday joyda ishlamasa taqdir hijolat

-aka endi qirollikda ishlash ajoyib bo'lsa keraga

aka endi qirollikda ishlash ajoyib bo'lsa keraga

-albatta, senga ham nasib qiladi kun kelib

Akasining gapiga yengil tabassum qilgan Vonsu Ayliga ko'zi tushdiyu yana qandaydir qitmirlikni boshlashni hoxladi

-ammo aka ishitishimcha g'arbdan kelganlar omadsizlik keltirar ekan

Ayliga yoqimsiz nazar tashlab gapirarkan barchaning ovozi o'chib qoldi hattoki oila boshi janob Lee yeyayotgan ovqatiga tiqilib qolishiga oz qoldi, aqlsiz gapirib yuborganni sababli biroz hijolat bo'lisharkan Ayli vaziyatni to'g'ri tushunganday ta'kidladi

bilmasam, ko'pchilik g'arblik kelgindilarni omadsizlik keltiradi deb aytdi

Ayliga yoqimsiz nazar tashlab gapirarkan barchaning ovozi ovozi o'chib qoldi hattoki oila boshi janob Chan yeyayotgan ovqatiga tiqilib qolishiga oz qoldi, aqlsiz gapirib yuborganni sababli biroz hijolat bo'lisharkan Ayli vaziyatni to'g'ri tushunganday ta'kidladi

-hech qisi yo'q bolalar har doim haqiqatni gapirishadi,shunday emasmi?

Achchiq kulgi bilan vaziyatni yoparkan endi Vonsu bilan it mushuk bo'lishini payqadi.

-ahh ammo Vonsu emas, unga homilador bo'lganimda juda ko'p yiqilganman, e'tibor berma

Oilada mazah bo'lganini ko'rgan Vonsu Ayliga qararkan mazah aralash tabassumini ko'rib darrov qovog' o'ydi
__

Soat millari tush vaqtidan o'tganda kir yuvish uchun ketayotgan xolasini to'xtatib bu ishni o'zi qilishini aytib yalinib, yolvorib arang xolasini ko'ndirdi, buning sababi u o'rmonni ko'rmoqchiligida edi, shunchaki o'rmonni ko'rmoqchi edi va mana bugun uning hikoyasi voqealari kirlar tufayli ochiladi.

Daryoni topish qiyin bo'lmadi, u o'rmonning chekkasida joylashgandi undan uyog'i esa quyuq o'rmon, yovvoyi hayvonlarga to'la o'rmon ammo hali quyosh botmagan shu sababli havfli hech narsa yo'q

Ayli pov:daryoni topib olib ata joylashib kiyimlarni daryoga solarkanman muzdek suv tanamni jivirlatib yubordi, suvda kirlarni suzdirib, ishqalarkanman bu menga zavqli tuyulardi, ayniqsa daryo yuzasidan chiqayotgan toza hid meni bu ishga yanaqa jalb qilyapti

Kir yuvayotganida yoniga tushib qolayotgan onasining tumori juda halaqit berarkan uni yechib bir chekkadagi tosh ustiga qo'yib qo'ydi va qarshisida u tomon kelayotgan odamlarga alangladi

Shoshmachi bu baliqchilarmi? adashmasam ularning orasida Vonsu ham bor

Orta yoshdagi yigitlar qo'llarida ko'tarib olgan qarmoqlari bilan bujmayib kelarkan ular orasidagi Vonsu Aylini tanib qoldi

-bu joy bizning joyimiz bu yerdan tezda ket

-bu yerga men birinchi keldim uni o'zlashtirolmaysizlar

Endigina kelib ho'jayinlik qilayotgan o'zidan kichik yigitlardan bo'sh kelishni istamadi

-biz bu yerda bir yildan beri baliq ovlaymiz nega endi bizni joyimiz emas

-men kir yuvib allaqachon baliqlarni qochirib bo'ldim baribir...

-u baribir tushunmaydi kiyimlarini otib yuborish kerak

orada gapga suqilgan Vonsuni gapidan Aylining fig'oni falakka chiqti

-Vonsu ahmoqlik qilma aks holda...

-buni qaranglar

Chekkada e'tibor tortgan bola qo'lida taqinchog' ushlab turardi

-u senikimi?

Qo'lidagi taqinchoqni daryo tomon tutib mag'rurona so'radi

-uni joyiga qo'y

-uni menga ot

Tezlikda osmonga otilgan taqinchog'ni ushlab olgan Vonsu uni Ayliga qarata gapirdi

-agar uni olishni istasang joyimizdan ket! tag'in daryoda cho'kib o'lmagin

-uni qaytarib ber

Ayli:uni qaytarib ber

-uchgacha sanayman
bir...

-iltimos...

-ikki...

-biyoqqa ber

Bolaning qo'liga yopishmoqchi bo'lib otilgan zahoti uch deb taqinchog'ni o'rmon tomon otib yubordi

Taqinchog'ini otib yuborganini ko'rib Ayli Vonsuni to'pposlashga tushdi ustiga chiqib olib yuzlariga qarata urarkan qolganlar uni arang ajratib olishdi

Ayli:lanati ket bu yerdan!!
Ket!

-buning uchun hali javob berasan!!

Yigitlar ichida mayna bo'lib o'zi uchun qadirli bo'lgan taqinchog'ini yo'qotganidan ko'zlariga yosh keldi ammo o'zida jur'at topib uni izlagani o'rmonga kirib ketdi

____
____

Oradan ikki soat o'tarkan allaqachon quyosh botgandi ammo Ayli hali beri taqinchog'ini topolmay yig'lashga tayyor bo'lib turibti

Ayli:qayerda qoldi,qayerda
uni topolmayapman, yo'qoldi oyimni taqinchog'i yo'qoldi,

Irillab yig'lab yuborgan qiz yana bir bor o'ziga nisbatan achinishni his qilyapti hali uyga qaytib borsa o'g'lini urgani uchun xolasi unga nima deydi, balki haydab yuborar.

Yig'layotgan qizning kalta daraxtlarning shitirlashi to'xtatdi, ko'zlari shitirlayotgan daraxtni pirpiramay kuzatib turganida daraxt shoxlari orasidan yo'lbars chiqib keldi.Buni ko'rgan Aylining yuragi to'xtab qolay dedi sekin asta orqaga chekinarkan yo'lbars ham tobora oldinga kelardi ohiri bor kuchi bilan yugurgan Aylini yo'lbars quvib borarkan tobora unga tashlanishga yaqin edi, bor ovozi bilan baqirsaham baribir qorong'i o'rmonda hech kim eshitmaydi va qutqarib qololmaydi, ammo birdan yo'lbarsga kelib sanchilgan o'q yo'lbarsni daraxt tagiga ag'anatdi.

Ayli pov:qo'rquvdan qolgan yuragim bilan bor kuchim bilan yugurdim hammasi tamom endi o'laman deb o'ylagandim lekin birdan yo'lbarsni yerda o'lik holda yotganini ko'rib u tomon borishga qaror qildim, shu vaqt bir necha millimetr ko'zimning yonidan uchib o'tgan o'q borib yonimdagi daraxtga tegdi va menga kamonda o'q tirab turgan yigit bilan ko'zim to'qnashdi

Uning kelishgan yuzi yuragimni teskari urishiga sabab bo'ldi

Taehyung:kimsan?arvohmi?

Yoqimli mutoola Blueky