πΎπππΈπΏπΌππ΄ πππππ ππ πππππππ ππππ
Komeliya-mangu sevgi, sodiqlik va nafislikni anglatadi,shu bois tarixda komeliya gullari "cheksiz sevgi gullari" deb nomlangan.
_____
_____
Sokin tungi daraxtlarning shamolda asta tebranishi ostida ikki juftlikning ko'zlari bir bo'ldi ammo bu muhabbat ko'zlari emasdi
-tushunarli, demak o'lishni hoxlaysan
Taehyung kamonini o'qini o'ziga qarata tortganida qizga birdan jon kirdi
-yo'q, yo'q men oddiy insonman, faqat otmang
Qizga boshdan oyoq qarab yugurganida shoxlarga ilashib yirtilgan etagini, to'zg'igan sochlar va sovuq va qo'rquvdan randan qolgan terisini ko'rib sekin kamonini tushurdi
-havotir olma o'zi yarimjon ekansan, senga to'ymayman
Mazah aralash gapidan so'ng qovog'i uchgan Ayli yigitni yoniga bordi
-bu yerda nima qilyapsan, yana yarim tunda
-men taqinchog'imni qidirayotgandim uni topmasam ketolmayman
-nima joningdan to'yganmisan bu yirtqichlarga to'la o'rmon
Chuqur uhh tortgan Taehyung oldinga qarab keta boshladi
Taehyungning ortidan yugurgancha ergashdi
-bu yerda o'zingiz nima qilayotgandingiz?
Shundan so'ng ikkisi ham o'rmon yo'li bo'yi jim ketishdi, o'rmondan chiqisharkan yonlariga mash'ala ko'tarib kelayotgan besh, olti odamni ko'rib Aylini yuzi havotirdan hayron tusga kirdi
Yangi oilasi uni topib kelib savolga ko'mib tashladi
-nega o'rmonga kirding? qanday sog' chiqding?
Yon atrofiga qarab hech kimni ko'rmagan Ayli hayratda uni atrofga qaradi ammo u allaqachon ketib bo'lgan edi.
Uyga yetib kelishgan zahoti Ayli eshik ostonasida uni kutib turgan yuzida jiddiylik va g'azab ufurib turgan xolasi va yuzida yengil mushtdan qolgan iz bilan ablahlarcha tirjayish aralash qarab turgan Vonsuni ko'rdi.
-sizlar bilan ertaga gaplashaman
Shunday degancha ichkariga kirib ketgan Lee xonimning ortidan Vonsu ham yugurgilab kirib ketdi.
Ertangi tong hamma sholi ekini ishlariga ketishgan vaqt uyda yolg'iz qolib guruch tozalayotgan Aylining hayollari kechagi uni qutqarib qolgan ammo hatto ismini ham bilmaydigan yigitda edi, uning mukammal yuzi, to'zg'igan qalin sochlari va ko'zlari o'z vatani Fransiyada ham uncha uncha yigitlarda uchramas va bu uni qolganlardan ajratib turardi
-hoyy, sen manabuni qidirayotganmiding?
(bu bolani harakteri taxtlar o'yini filmidagi Jofriyga o'xshidi, shahsan o'zimmi hayolimga faqat o'sha maraz kevottiπΏ)
Vonsuning qo'lidagi taqinchog' hayollari bilan bo'lgan Aylini turtib yubordi
-bir inson berdi, aytishicha u senga juda kerak emish
-nega endi, unideb onam bir hafta ekinlarga qarashishmni aytdi
-buni o'zing tilab olding, uni qaytar
-yuzimni ham ko'kartirding, kerak bo'lsa ol uni
Vonsu tomon borib uni qo'lidagini olmoqchi bo'lgan sari orqaga uzoqlashib u bilan talasharkan, birdan ikkisi taqinchog'ni qattiq tortdi-yu bolaning qo'lidan sirg'alib, kuchli bosim bilan Vonsuni ayvon devoriga urulishiga sabab bo'ldi, natijada devor burchagida turgan Ko'za sinib, mayda bo'laklarga bo'lindi.
-lanati bu sening ishing, buni qirolichaning shahsan o'zi sovg'a qilgandi,
-seni deb! agar onam kelib buni ko'rsa seni kelgan joyinnga qaytarib yuboradi
-ammo endi nima ham qilolamiz uni yamolmayman.
Qo'rquvdan va alamdan jahl qilayotgan bola hayoliga kelgan narsadan birdan g'alati tabassum qildi
-uni nima qilish kerakligini bilaman
Savol aralash qaragan Ayli uni yana nimalarni boshlamoqchiligini bilsa ham nima demoqchiligiga qiziqdi
-keng yaylovdan o'tsang uzoqda yagona bir uy bor, o'sha yerda buni qaytadan yasab berishadi, ammo ehtiyot bo'l u juda daxshatli
-meni o'limga kuzatib qo'yyabsanmi?
-boshqa ilojingiz bormi opajon?
Uning asab buzuvchi qiyofasidan ko'ngli buzulgan Ayli tavakkal qildi chunki haqiqatdan ham boshqa iloji yo'q edi
Singan ko'zalarni yig'ishtirib aytilgan joyga ketayotib taqinchog'ini bo'yniga taqib oldi
-uni kimdan oldi? U menga bu judayam kerakligini qayerdan bilardi?
Quyosh botishidan avval uyga yetib borishi kerakligini bilib qadamlarni tezlatib, uzoqdan bir uyga ko'zi tushdi, haqiqatdan ham atrofda hech kim yo'q va yolg'iz yashashiga ishonch hosil qildi, qo'lidagi haltachani mahkam ushlab olib uy tomon yaqinlashib bordi.
2025 yil Koreya
Ayni shu vaqt soat 09:15
Koreyaning gavjum va zamonaviy ko'chalari, osmonopar binolar va hashamdor do'konlar, Seulning markazida joylashgan baland va haybatli bino yonida to'xtagan hashamatli mashinadan tushgan baland bo'yli va kelishgan yigit bino tomon kirib borarkan yonidan chiqqan har bir hodim bosh egib tazim qilardi.Bosgan qadamidan o't chiqib o'zining betakror aurasi bilan ko'rgan insonni zaiflashtirishga qodir va hozirgi vaqtda bu kompaniyaning bosh direktori hisoblangan yigit Jeon Jungkook edi.
Liftga o'z qo'riqchilari bilan birgalikda chiqib ketar ekan yo'lidan chiqqan Kotib Lim o'z joyini egallab bugungi rejalarni tushuntira boshladi.
Shoshilganidan yengining tugmasini taqishni unutgan Lim darrov tugmasini to'g'irladi
Yuqori qavatda joylashgan o'z xonasiga chiqib kresloga o'tirarkan monitorni yoqib hisobotlarni ko'rib chiqa boshladi.Ortidan xonaga kirib kelgan kotib Lim reja va hisobotlarni tushuntira boshladi
-bugun tushda majlis belgilangan
-undan so'ng hamkasblar bilan uchrashuvga borishingiz kerak...
Gapini bo'lganidan so'ng hayrat bilan Jungkookga qarar ekan sovuq va jiddiyat ufurib turgan ko'zlarini kotib Limga qaratdi
-menga boshqaruvchi Channi chaqiring
Bosh eggancha xonani tark etgan kotib Lim biroz o'tib o'zi bilan boshqaruvchi Channi olib keldi
Yana bir bor bosh eggancha xonani tark etdi.
-muhim ishingiz bormidi? Janob Jeon
Boshini kresloga tashlagancha og'ir nafas olib sovuq ko'zlarini Changa tikkan Jungkook gap boshladi
-senga aytgan ishim?xo'sh nima bo'ldi?
-tezroq topib kallasini oyog'im ostiga tashlanglar,o'tgan safargi hujumidan so'ng bir necha kun jarohat bilan ishlashimga to'g'ri keldi, jin ursin buni
-bugun chegaradan olib o'tiladi
Bir bukilib xonani tark etgan Chandan so'ng xonada yolg'iz sovuq o'ylari bilan qolgan Jungkook shisha oynadan shaharga qaradi
Kunduzi shaharning obro'li va qudratli biznesmenlaridan bo'lsa, kechasi qora ishlarning boshi va qisman tungi shaharda o'z hukmronligini o'rnatgan, endigina 27 yoshni qarshilagan bu yigit shaharda juda katta qudratga ega va uning kunduzgi niqob ostidagi yuzi tunda haqiqiy mahluqni ko'rsatadi.Ammo shunga qaramay ko'pchilikning ideallik namunasi hisoblanadi.
Soat millari tush vaqtiga yaqinlasharkan allaqachon uy ostonasida turgan Ayli uyga sinchiklab nazar tashladi. Ko'rinishi huddi G'arbcha eskirgan tomlari o'simlik va gullar bilan qoblangan bundan tashqari eshigiga "ket" deb yozib qo'yilgan bu uy odamni ichiga g'ulg'ula so'ladi albatta.
Soat millari tush vaqtiga yaqinlasharkan allaqachon uy ostonasida turgan Ayli uyga sinchiklab nazar tashladi. Ko'rinishi huddi G'arbcha eskirgan tomlari o'simlik va gullar bilan qoblangan bundan tashqari eshigiga "yaqinlashma" deb yozib qo'yilgan bu uy odamni ichiga g'ulg'ula so'ladi albatta.
Ohirgi beshinchi bor eshikni taqillatgandan so'ng ochilgan eshik ortidan abgor ahvolda chiqib kelgan yigit Aylini ajablantirdi
-meni tanidingiz to'g'rimi?o'tgan safar sizga rahmat ham ayta olmagandim
Eshik tagida uzoq turib qolgan qiz chivin chaqqanday ichkariga eshikda turgan Taehyungga ham etibor bermay kirib ketdi
-bularni sizga olib kelgandim, sizni bu bo'yicha usta deb eshitdim
Haltani qo'yib ichidagi bo'laklarni ko'rsatib chetga surildi
-bu ko'za, u qirolicha sovg'asi ekan, ammo behosdan sindirib qo'ydim
-men haykaltaroshman, kulol emas
Boya kirganidan beri atrofga yaxshi qaramagan Ayli endi xonani ko'zdan kechirdi va atrofda turli ko'rinishdagi va turli yo'nalishdagi haykallarni ko'rib bir tomondan hayratlangan bo'lsa, bir tomondan Vonsu tomonidan aldanganini his qildi.
-qo'lingizdan kelishiga ishonaman, yana bir bor yordam bering
-qo'limdan kelishini qayerdan bilasan?
-ijod mahsullaringiz buni ta'riflab beryapti
Stol yoniga yaqinlashib siniqlarni ko'zdan kechira boshlarkan
Xonani ko'zdan kechirib chiqayotgan Ayli befarq javob qaytardi
-ho'p mayli uni yasab beraman, ammo
-ammo uni pulini qanday to'lamoqchisan?
Birdan berilgan savoldan esankirab qolgan Ayli o'zi tomon yaqinlashib kelyotgan oyoq tovushlarini sezdiyu darrov ortiga qaradi
-m-men bir necha kundan so'ng sizga haqqini olib kelaman
-yo'q, haqqi kerak emas, faqat bir narsa
Qiz tomon yaqinlashib kelarkan noqulaylikni his qilayotgan Ayli tobora ortga qadam tashlardi va buning so'ngi devor bilan tugadi, Taehyung qizga juda yaqin kelgan holda qulog'iga asta shivirladi