πΎπππΈπΏπΌππ΄ πππππ ππ πππππππ ππππ
Komeliya-mangu sevgi, sodiqlik va nafislikni anglatadi,shu bois tarixda komeliya gullari "cheksiz sevgi gullari" deb nomlangan.
____
____
Qizga yaqinlashib borayotgan sari havoda og'irlik yuzaga kelardi va so'nggi qadam devor bilan yakunlandi
Yigitning javobidan alanglab qolgan qiz nimalarni o'ylaganidan o'zini o'zi ichida lanatlardi
Shu gapni aytdiyu ortga burilib ketdi ammo qizning biroz qizargan yanoqlarini va kattalashgan qorachiqlarini ko'rib mazah aralash tabassum qildi
-nimani o'ylaganding?ko'rinishidan shunday yigitga o'xshaymanmi
Yigitning gaplaridan u nima haqida gapirayotganini anglab hijolatomus bosh silkitdi
-hecham unday emas o'zingizku shunday yaqin kelgan, men hatto nafas olishga qiynaldim
Oradan yarim soat otar otmay boshlab yuborgan ko'zasini eritish bilan ovora Taehyung ishga jiddiy kirishib ketib atrofidagi qizga e'tibor ham bermasdi
Boyadan beri xonani aylanib faqat haykallarni tomosha qilarkan, Ayli hammasini juda mukammal ishlanganidan hayratda ora orada Taehyungga qarab qo'yardi
-bu ishlaringiz mening vatanimda juda ko'zga ko'ringan bo'lardi
-menga shu yerdagi ishim yoqadi
Boyadan buyon ish bilan band bo'lganiga qaramay qisqa javob qildi
-bu yerda nega yolg'izsiz?atrogingizda hech kim yashamaydi, xavfli emasmi?
-meni yoqtirishmaydi, xavfga kelsak bu yerda yagona xavf o'zimman
-o'zingchi? nega bu yerdasan? seni yoqtirishmadimi?
qiziqqonlik bilan so'rayotgan qizning gapini kesib tashladi
-otam vafot etdi, meni hech kimim qolmaganidan ko'chada tunashimni istamagan xolavachcham o'zi bilan olib keldi
"ona" so'zini eshitgan qizning tomog'iga bir narsa turgandek bo'ldi, ko'zidan dumalagan bir tomchi yosh yigitning savoliga so'zsiz qaytarilgan javob bo'ldi. Onasi juda erta vafot etgan va uni yuzini eslab ham qololmagan qiz biroz o'yga chomarkan javob qaytardi
Qizning javobidan so'ng og'iz ochishni maqul ko'rmagan yigit chala qolgan ishiga sho'ng'idi
-shuncha vaqt gaplashib hatto sizni ismingizni so'ramabman ham
Yuzidagi yoshni qo'li bilan artib yigitga kaftini tutarkan ilig' jilmayib ismini aytdi
Qizning qilgan harakatlariga umuman tushunmagan yigit uning ochiq qolgan qo'liga nigoh tashlab turardi, bundan darrov esi kirgan qiz Taehyungni kaftini ushlab o'z kaftlariga olib siqib qo'ydi
-bu shunday qilinadi, mening mamlakatimdagi odamlar shunday salomlashardi, aytgancha ismingiz nima?
Yigitning ismini eshitib mamnun bosh chayqab qo'ygan qiz yana xonani ko'zdan kechirmoqchi bo'ldi va birdan ko'zi burchakda turgan ustiga mato tashlab qo'yilgan narsaga tushdi
Yoniga borib matoni ochib ko'rib bu ayol kishi haykaliligiga amin bo'ldi ammo ko'rinish jihatdan qolgan haykallardan ko'proq e'tibor berilgan.
Matoni to'liq ochib nazar tashlab qiziqib so'radi
-uni tushlarimda ko'raman, deyarli har tun
Bu gapdan jayratga tushgan Ayli o'z tushlarini yodiga soldi, u ham deyarli shunday tushlar ko'radi ammo u sherigining yuzini ko'rolmaydi
Tungi osmon ostida tashqaridan chiroqlar bilan bezatilgan Seulning eng qimmat va eng yaxshi klubi.
Qorong'uda ko'zni jilviratuvchi o'ynoqi chiroqlar ostida musiqaga hamohang raqs tushayotgan juftliklar, ba'zilari alkogol tasiridan joshqin raqsga berilsa ba'zilar uyalmay bir biridan bo'sa olardi, bir burchakda ichib o'tirgan mijozlar va ularga surkanayotgan fohisha ayollar, boshqa stolda esa qimor bilan band boyvachchalar, havo ayollar atiri va alkogolning bemaza hidi bilan qorishib ketgan, bundan tashqari bir biri bilan quchoqlashib, o'pishib, yopishib raqsga tushayotganlar havoning bosimini anchagina og'irlashtirgan, manashunday ishratxonaning ikkinchi qavatidan pastga tikilib o'tirgan Jungkookning yoniga boshqaruvchi Chan kelib o'tirdi
Telefonidan kerakli rasmni topib uni stol ustiga qo'ygan Chan Jungkook tomon surdi
-Seuldagi Cherry qahvaxonasida
-yaxshi demak behavotir qahva ichyapti, boshiga qanday kunlar tushishini bilmay
Telefondan nigohini olgan yigit yana pastdagi gavjum olamonga qaradi, uzoqdan burchakda o'tirgan uzun sochli ayolga qarab hayollari jirkanch narsalar bilan to'ldi, shu ondayog' turib Changa yana bir bor yuzlandi
-yangi kelgan qizlardan birini Vip xonamga jonat bugun dam olmoqchiman
Shunday degancha ortiga o'girilmay xona tomon kirib ketdi.
Yorqin katta zal, zalning yorqin chiroqlar va shamlar bilan to'lgan markazi, rangdor va hashamdor libosdagi ayollarning tabassumi, davrada barchaning nigohlari ostida raqs tushayotgan go'zal juftlik, yigitning bashang kiyimi uning qomatini yanada ko'rkam qilib ko'rsatmoqda, ammo uning yuzi hamon ko'rinmaydi, qancha harakat qilmasin Aylining hatto tanasi o'ziga bo'ysunmaydi, yigitning yuzi esa ko'rinmaydi
Birdan sabchib turgan Ayli xolavachchasi Jiahni ham cho'chitib yubordi
Shu gaplarni aytib xonadan chiqib ketgach Ayli yana o'z savollari bilan yolg'iz qoldi.
Tushga yaqin tayyor bo'lgan ko'zani olib ketish uchun Taehyungni uyiga kelgan Ayli eshikni uch marta taqillatdi, shu ondayog' ochilgan eshik ortidan Taehyung ko'rinish berdi.
ichkariga kirishlari bilan stol ustida matoga o'ralgan ko'zani asta olib qizning kaftlariga tutqazdi.
-barchasi sen aytgandek, xolang hatto farq ham topa olmaydi
-katta rahmat, sizdan yana bir narsa so'rasam bo'ladimi?
Taehyung gapir degandek bosh irg'ib qo'ydi
-endi yoningizga tez tez kelib tursam bo'ladimi?menga sizning ishingiz yoqib qoldi, iltimos
Marjon ko'zlarini pirpiratib mo'ltirab qaradi
-yo'q, umuman senga o'xshagan muommodan boshi chiqmaydiganlarni odimda olib yurgim yo'q
-iltimos, men faqatgina kuzataman
Yalinib mo'ltirab qarar ekan boshida buni umunan hohlamagan Taehyung uning ishib ketgan yuzini ko'rib rozi bo'ldi
-yaxshi faqat ish anjomlariga teginmaysan
Bir bukilib tazim qilgan qiz hursand bo'lgancha eshikdan otilib chiqib ketdi, eshikdan qarab qolgan yigit qizni maysalar ustida hursand sakrashidan unga uzoq tikilib qoldi shu onda uning yuragida bu g'alati qizga nisbatan kichik mehr deb bo'lmaydigan boshqacha his uyg'ondi-balki bu sevgidir.
Kunlar haftalarga haftalar esa oylarga ulanib ketdi
Ayli deyarli uch oydan buyon Taehyungning yonida va har kuni tushdan so'ng bu yerga kelib unga yordam beradi ishini tomosha qiladi, juda zeriksa uyning tashqarisidagi maysazorda yotadi, xolasiga esa yangi dugona topdim deb yolg'on gapirardi
Shu vaqtgacha birga bo'lgan Taehyung va Ayli bir biriga nisbatan his tuyg'ularni his etishni boshladi ammo buni tan olishni ikkisi ham
Taehyung endi qizga avvalgi kichkina qizga qilgan muomalasidek emas, mehribon munosabatda bo'la boshladi va uning qor kabi oppoq sochlari uning bu yerda ortiqcha ekanligini emas aksincha moychechaklar orasidagi atirgul ekanligini tushundi.
Shanba kuni ertalab Aylini zudlikda chaqirgan xolasi qizni eski va tor xonaga olib kirdi.
Eshikdan kirgan zahoti burniga chang va mog'or hidi urildi va bundan yuzi burishgan Ayli darrov etagini og'ziga yopdi.
-juda haroba bilaman, bu qayer ekanligini tahmin qilib ko'r
Xolasi bergan savoldan atrofga nazar tashlarkan bu yerda eski va chirigan kitoblardan boshqa hech narsa yo'qligini bilib darrov javob qaytardi
-bu kutubxona, yoki aytganda javon
-bu oyingni kitoblari edi.Singlim kitob o'qishga shundayin berilib ketdiki otam uni hoxishini bajarish uchun uydagi yagona otimizni sotdi.
-oying ketganidan beri bu kitoblarga hech kim tegmadi faqatgina katta o'g'lim Yunho o'ziga keraklilarini yig'ib olgan.
-sen ularni tozala deyarli o'qishga joyi qolmaganlarni tashlab yubor, qolganlarini o'zing bilan olib qolsang bo'ladi baribir uncha yaroqli kitob chiqmaydi.
Deyarli uch soatdan buyon kitoblarni ajratayotgan Ayli anchagina charchadi, javon ohirlarkan yaroqli kitoblar sanoqli edi.Shuncha vaqt o'tsa ham charchaganiga va zerikkaniga qaramasdan har bir kitobni varoqlab chiqardi.
Har xil kitoblarni qo'liga oldi va bulardan mustasno bo'lmagan katta muqovali kitobni ichini ochganida bu oddiy kitob emasligi ko'rinib turardi.
Varoqlarida har xil jonivorlar, ajdarlar, o'simliklar va boshqa tushunarsiz narsalar rasmi chizilgan va bular haqida ma'lumot berilgan, ammo kitob ingliz tilida, Ayliga o'rta ta'limda ingliz tilini suvdek quyishgan shuning uchun unga bu kitobni o'qish qiyinchilik tug'dirmadi, kitobni varoqlay verarkan unda tasvirlanganlar uni qo'rqitishni boshladi albatta bu ertak kitob emas.
Varoqlarkan undan chiqqan yirtiq varoqni dastlab tashlab yubormoqchi edi lekin qog'ozni chekkasiga tushirilgan oy rasmi unga otasining uyidagi kitobni eslatdi.
Xonasidan o'sha kitobni topib olib kelgach uning yirtilgan betini ochdi, darrov uni o'ylantirib qo'ygan tushunarsiz so'zlar qog'ozni jipslashtirishga undadi.
Ikkilangancha qog'ozlarni birlashtirib undan hosil bo'lgan so'zlarni ovoz chiqarib o'qidi.
Ohirgi so'zlarni aytib tugatishi bilan oldida paydo bo'lgan qizil nurlardan yuragi daxshatga tushdiyu kitobni tashlab yubordi, ichidagi vahimadan qimirlolmay qolgan qiz birdaniga hushini yo'qotdi va polga qarab quladi.
Ko'zini qurigan daraxtlar yonida ochgan Ayli bundan avval bo'lganlarni eslashga urindi ammo ohirgi bo'lib muzdek polda yotgan tanasini ko'rgandi.
O'rnidan turib atrofga nazar tashlarkan yonidagi tikka toshlardan bu yer qabriston ekanligini tushundi, Fransiyada avval ham qabristonga tashrif buyurgan va u yerda ham shunday katta qabirtoshlar o'rnatildi lekin Sharqga borib biron marta bunday joylarni ko'rmagandi.
Qabr toshlarni aylanib o'tayotib ular ustidagi yillarni ko'rdi, qabristondan chiqib baland va toshdan qilingan uylarni ko'rib hayron tikilib ketdi, ko'rib turganlarini hatto tushida ham ko'rmagan, atrofdagi uylar ular yonidagi g'alati matohlar, sal naridan ko'rinib turgan odamlar hatto yurib ketayotgan yeri ham unga notanish.
Hech narsani anglab yetmaganidan va umuman uydan olisdaligidan sarosimaga tushib yugirishni boshladi, huddi ortidan yovvoyilar quvlayotgandek yugurishda davom etdi, bundan hatto katta yo'lga chiqib qolganini ham sezmadi ammo yugurishda davom etdi birdan avto yo'lga chiqib ketgach tezlikda harakatlanayotgan mashina darrov chetga burildi bundan cho'chib ketgan Ayli qo'llari bilan tanasini to'sib yerga o'tirib qoldi.
Bugungi uchrashuv tufayli anchagina asabiylashgan va galstugi bo'shashgan Jungkook mashinaning orqa o'rindig'ida tizzasidagi noutbukda bir nimalar qilib ketardi, mashina kompaniya tomon ketayotgan vaqt svetafor chizig'ida birdan yugurib chiqqan qiz haydovchini esankiratib qo'ydi, shu ondayoq burilgan mashina yo'ldan chekkaga chiqib ketdi, bundan
asabiylashgan Jungkook haydovchiga qovog'ini iyarkan mashina oynasidan qarab vaziyatni tushundi.
Qo'rquvda ko'zyosh to'kayotgan qizning yoniga to'plangan olamon uni video va rasmlarga olardi ammo hech kim yordam berish haqida o'ylamadi
Ayli Pov:qayerdaman o'zi, nima o'ldimmi? nega hamma narsa qo'rqinchli, atrofda yurib ketayotgan jonsiz otlar huddi teatr tomoshasi kabi kiyinib olgan odamlar, baland minoralar va yorqin nurlar, bularni bari tushmi, yoki meni o'g'irlab boshqa joylarga olib kelib qo'yishdimi?
Hanuz rasmga olayotgan odamlar orasidan yoshi katta ayol chiqib qizni turg'izishga urindi, qizni qo'lidan ushlab avto yo'ldan olib ketarkan sal avval to'plangan olamon tarqalib ketdi, qizni yetaklagan ayol ko'cha o'rindig'iga(skameka)o'tirg'izib yana o'z yo'lida ketdi.
Mashinani qattiq tepki bilan ochgan yigit o'rindig'da o'tirgan qiz tomon borarkan soyasida to'silib qolgan qizga g'azab aralash qarardi.Yig'idan yosh bo'lgan yuzini artarkan boshida yoniga kelgan insonni payqamagan Ayli tepasida juda jiddiy qarab turgan yigitni ko'rib qo'rqib ketdi
Shusiz ham atrofidagi voqealar yetarli bo'lgan Ayli etibor bermaganlikka olmoqchi bo'ldi.Bundan battar asabiylashgan yigit bu safar qo'rs va baland ovozda so'radi
-tilingni yutib yubordingmi?o'zingni mashina tagiga tashlab menga muommo olib kelmoqchimiding
hanuz javob bermagan qizni ikki yelkasidan tutgan yigit qizni qarshiligiga uchradi
-menga tegmang, gaplaringizga tushunmayapman, mendan nima istaysiz o'zi
Qattiq ohangda gapirgan qizga hayron tikilgan yigit unga boshdan oyoq nazar tashladi
Qizni boyadan beri dovdirashi Jungkookni qonini qaynatib yubordi, shu onda qizni qo'lidan sudragan yigit uni darrov mashina ichiga itardi.
-nima qilyapsiz?kimsiz o'zi, nega menga yopishib oldingiz
Injiqlik qilib savol berayotgan qiz tobora jig'iga tegarkan yonidan joy olgan yigit mashina eshigini zarb bilan yopib haydovchisiga buyurdi
Atrofida bo'layotgan tushunarsizlikdan g'azabi chiqayotgan qiz tinch ohangda yigitdan so'rashga qaror qildi
-kimsiz?nega menga yopishib oldingiz?
-sen nega o'zingni mashinam tagiga tashlading?
Endi og'iz ochmoqchi bo'lgan qiz birdan tinchlandi
-bilmayman,qayerda ekanligimni bilmayapman, bu yer qayer?
-Sen Janubiy Koreyadasan, poytaxt Seulda.
Birdan o'ylanib qolgan Ayli shu onda bu onasini kitobi bilan bog'liqligini tushundi, barchasi kitobdan so'ng boshlandi demak uning muqovasi ham bejizga yirtilmagan, onasi buni xavfliligini bilgan va buni odamlar ko'zidan yashirish uchun varoqlarni yirtgan ammo omadsiz Ayli bu ishni qildi va hozirda buning uchun afsuslanyapti.
Manzilga yetib kelgan mashina katta kompaniya yonida to'xtadi, eshikni ochib tushishgan zahoti sekin ketayotgan qizning orqa yoqasidan tortgan Jungkook uni joyida to'xtatdi.
-men shu yerda qolganim yaxshi o'ylab olishim kerak
Yonida boshini quyi egib olgan qizning sochlariga tikilib qisqa tabassum qildi va unga yaqinlashib qizning bo'yi tengi egildi
-yaxshi, agar yana taqdir bizni uchrashtirsa, mendan qocholmaysan
Shunday degancha ortiga burilib kompaniya eshigi tomon kirib ketgach aytgan gaplaridan hayron bo'lgan Ayli ortidan tikilib qoldi.