Devil's revenge epizod 5
❝ Har bir zulmat ortida yurakda to‘plangan alam yotadi... ❞
📌 Ushbu fanfic muallif xayoli mahsuloti bo‘lib, real hayotga hech qanday aloqador emas‼️ Ismlar o‘xshash bo‘lsa, bu shunchaki tasodif...
Qahramon sizni sevsa — dunyo uchun sizni yo‘q qilishi mumkin, ammo iblis sevsa — u butun dunyoni siz uchun yo‘q qiladi.
Jhope qizning bo'ynidan chuqur nafas olar ekan qiz ham u tomon qarab lablarini birlashtirdi.
Yigit ham qizni o'ziga yana yaqinlashtirib bo'sani chuqurlashtirar ekan sekin o'rnidan turib qizni yotoq tomon ko'tarib olib keta boshladi. Uni sekinlik da yotoq ustiga quyib bo'sa davomida qizni kiyimlairini yechishni ham unutmadi. Qiz ham unga ham ohang yigitning kiyimlaridan xolos qilar ekan endilikda ularga to'sqinlik qiladigan kiyimlar yo'q. Yigit bo'sa olar ekan qo'llari qizning tanasida sayr qilar edi. Lablaridan ajralib qizning bo'ynida o'z izlarini qoldirishni ham unutmadi.
__ mmmh qizning ilk nolasi og'zidan chiqar ekan yigit mamnun jilmaygan xolda ishida davom etar edi.
__ senga hech qachon to'ymasam kerak Jiwoo- dedi yigit ehtiros bilan qizning quloqlari tagida pichirlab.
Qiz esa bunga javoban yigitning lablariga labini bosdi. Jhope ham unga ham ohang javob qaytarar ekan qizni butunlay kiyim siz qoldirdi. Uzi ham kiyimlaridan holos bo'lish uchun qiz dan ajralib kiyim tugmalarini yechar ekan qiz ham unga yordamlashib kiyimlairini yechdi. Yigit qizning ko'*klariga qarab ularni og'ziga olib shimar ekan qizning qo'llari esa yigit sochlarini mahkam siqgan edi. Yigit biroz pastlashib qizning qorin bo'shlig'idan bo'sa olib pastlashdi.
Ryuna o‘z xonasida hali ham uyg‘oq o‘tirarkan, biroz nafas olish uchun ayvonga chiqdi. U yerda atrofni tomosha qilar ekan, qiz sevgan oy bugun to‘liq ko‘rinishda edi.
Qiz bir zumga oyga qarab tabassum qildi.
— Juda ham chiroyli, — dedi u. — Juda ham charchadim... Balki senga bular haqida biroz aytib berarman.
Qizning ko‘zlari yoshlandi. O‘tmishini o‘ylarkan, uning xotirasida qoladigan baxtli onlari yo‘q edi. Otasi vafot etmasidan oldin saroyda bazm uyushtirgan edi.
— Hammasi o‘sha bazmdan boshlangan edi, — dedi u achchiq tabassum bilan. — Agar o‘sha paytda uni ko‘rmaganimda edi, balki hayotim bunday bo‘lmas edi. Barchasiga esa ablah qirol Minho aybdor. Agar u meni zo‘rlamoqchi bo‘lmaganda, men Jungkookni hatto tanimagan bo‘lar edim. Barchasi uyushtirilganini juda kech bildim. Jungkook mendan foydalanayotganini kech angladim. Nega?.. Axir mening ham sevishga, sevilishga haqqim yo‘qmi? Men ham insonman axir...
U shunchaki ko‘nglim bilan o‘ynab, men bilan birga bo‘ldi. Otamning o‘g‘li yo‘qligi sababli mening turmush o‘rtog‘im taxtga o‘tishini bilib, mendan foydalangan. Bir iflos mahluq — Jungkook. Sendan nafratlanaman!
Bilasanmi, men bir kitobda o‘qigan edim: “Sevgan insoningni kamroq sev — vaqti kelib u bilan dushman bo‘lib qolishing mumkin. Dushmaningdan esa kamroq nafratlan — vaqti kelib u do‘stga aylanib qolishi mumkin.” Bu gap to‘g‘ri ekan. Seni qanchalik sevgan bo‘lsam, ayni damda sendan shunchalik nafratlanaman, Jeon.
Mening eng katta xatoyim seni hayotimga kiritganim bo‘ldi. Agar menga biroz mehr berganingda, men sen uchun dunyoni poyingga tiz cho‘ktirar edim. Sevmasang ham menga zulm qilmaganingda, men sen uchun dunyoni yo‘q qilar edim. Ammo sen — biroz bo‘lsa-da mehr bermading. Endi men seni yo‘q qilaman! — deya qiz ko‘zidan oqayotgan yoshlarni qo‘li bilan artib tashladi. So‘ng yana atrofni jim kuzatdi.
— Seni o‘z qo‘llarim bilan yo‘q qilaman. Birdan emas — asta-sekin. Azoblanib o‘lishing uchun qo‘limdan kelganini qilaman. Qiynalib o‘lasan... — der ekan, qizning hayoliga kelgan fikrdan birdan xursand bo‘lib ketdi.
— Oh, seni qanday qiynashni bilaman, chog‘i. Yana bir marta qochishga to‘g‘ri keladi, — deya yuqoridan pastga qaradi. Yarim tun bo‘lganligi sababli u yerda soqchilar juda kam edi. Bor soqchi ham mudrab o‘tirayotganini ko‘rgan qiz, hozir ayni vaqti ekanligini bildi va sekin choyshablardan uzun arqon to‘qib, uni pastga uloqtirdi.
Sekin yerga qadam bosar ekan, hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilib, kutubxona tomon ketdi.
Uning barcha gaplarini eshitgan Jungkook esa bir lahza hayolga cho‘mildi:
— Chindan men unga ko‘p zulm qildim. Rostan ham u sevilishga haqli edi. Qasos tufayli uni uylamadim ham. Hozir uning qalbida men uchun juda kuchli nafrat bor — men buni his qilyapman. Balki unga Jhope aytgandek biroz mehr berishim kerakdir. Axir u mening rafiqam... Ammo men unga hatto qo‘limni ham tekkizmaganman. U to‘g‘ri aytdi — u baxtli bo‘lishga haqli. Mayli, mendan alamini olsin... Ammo endi men “biz” bo‘lishimiz uchun harakat qilaman. Lekin u meni chin dildan yo‘q qilmoqchimi?.. Uning ortidan borishim kerak, — deya yigit qiz ketgan yo‘l tomon uchib ketdi.
Qiz tez-tez ortiga qarab yurdi. Hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, biroz sekinlashdi.
Kutubxonaga yetib kelgach, biroz nafas rostladi. Bu yerda u juda ko‘p bo‘lar edi. Deyarli barcha kitoblar u uchun tanish edi. U giyohlar hususiyatlari haqidagi kitobni olish uchun kitoblarga ko‘z yugurtirar ekan, eng tepada turgan bir kitob uning e’tiborini tortdi.
— Bu qanday kitob bo‘ldi ekan?.. Unga ilgari ko‘zim tushmagan. Balki e’tibor bermagandirman. Ammo juda qiziq. Balki bu — men izlayotgan kitobdir, — deya qiz sekin yuqoriga ko‘tarildi.
Kitob muqovasi juda ham eski edi, bu esa uni hayratlantirdi.
— Bu ancha eski kitob ekan... Hatto ustidagi yozuvlarni ham ko‘rib bo‘lmayapti, — deya qiz kitob ichini ochar ekan, u yerdagi jumlalarga ko‘zi tushib hayratda qoldi...
Yuna kutubxona qarshisida mashinani to‘xtatib, u yer ishlayotganligiga ishonch hosil qilib, mashinani avtoturargohga qo‘ydi. So‘ng o‘zi uchun tanish bo‘lib ketgan kutubxona xodimasi oldiga borib salomlashdi.
— Hayrli kech, Yang xonim, — dedi qiz ayolga tabassum bilan.
— Oh, sizga ham hayrli kech, Yuna. Kech bo‘lganida bu yerga kelganingizga qaraganda, ishda muammolar borga o‘xshaydi, — dedi ayol ham unga iliq tabassum bilan javob berib.
— To‘g‘ri, muammolar bor. Bilasiz-ku, men bu yerga muammolardan biroz holi bo‘lish uchun kelaman.
— Bilaman, bilaman, qizim. Siz tashvish chekmang, bu muammolar ham bir kun tugaydi.
Qiz "to‘g‘ri", deya boshi bilan tasdiqlab qo‘ydi.
— Xo‘sh, biror dramatik kitob o‘qiysizmi yoki shunchaki dam olasizmi?
— Biror kitob o‘qimoqchiman. Lekin qanday kitob tanlashga biroz ikkilanayapman.
— Xo‘sh, sizga biroz bo‘lsa-da taskin beradigan kitoblar yuqorida, Yuna. Ammo hozir mening ishlarim bor.
— Bemalol, xonim. Men o‘zim tanlayman yoqqan kitobni, — deya qiz yuqoriga qarab qo‘l siltadi.
Yang xonim va Yuna bir-birlariga hurmat yuzasidan bosh egib, o‘z ishlariga tarqaldilar. Qiz zinalar bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilar ekan, qanday kitob olish haqida o‘ylardi.
So‘ng ko‘zlari bir kitobga tushdi. U barcha kitoblardan ajralib turardi. Qiz o‘sha kitobni olish uchun qo‘l cho‘zdi.
---
°
°
Salvator qirolligi. 1275-yil.
Qiz kitobdagi so‘zlarni o‘qib, hayratda qoldi. Uning ma’nosini tushunish uchun yana qayta o‘qidi:
“Ikki olam tutashsa, malika uni qoni bilan yopadi. Qiyofadosh o‘zini uning aslidek tutadi. Olamlar aro sayohatdagi inson har to‘lin oy kechasida o‘z olamiga qaytadi va u bu yerda yangi oy chiqgunga qadar bo‘ladi…”
Qiz biroz unga tikilib turdi, gap nima haqida ekanligini tushunmadi. Keyingi sahifani ochmoqchi bo‘ldi, ammo o‘sha paytda kitob varag‘i qizning qo‘lini kesib yubordi va uning qoni kitob varaqlariga tomdi. Qiz hayron bo‘lib kitobni yopmoqchi edi, shu onda kitob ichida nur paydo bo‘ldi... va qiz hushidan ketdi.
Yuna kitobga endi yetaman deganda, uning ko‘z oldi birdan xiralashib, hushini yo‘qotdi.
Bu vaqtda Suga Namjoon uyda yo‘qligidan foydalanib, kutubxonaga keldi. Yang xonim uni tanib, iliq kutib oldi:
— Xush kelibsiz, o‘g‘lim. Yuna ham biroz avval kelgan edi. Uni qidirayapsizmi?
— Xush ko‘rdik, Yang xonim. Ha, uni qidirayotgan edim.
— Rahmat, xonim, — deya yigit unga ta’zim qilib, zinalardan yuqoriga ko‘tarildi.
Zinalardan chiqarkan, yerda hushsiz yotgan Yunani ko‘rib, tezda uning yoniga yugurdi. Uni ko‘tarib olib pastga tushib ketdi. Ularni ko‘rgan Yang xonim xavotir bilan yigitga yaqinlashdi.
— Menimcha, yiqilib ketgan. Hozir uni shifoxonaga olib boraman. Siz xavotir olmang, xonim, — deya qizni mashinasiga joylab, o‘zi mashinani bor tezlikda haydab shifoxonaga olib ketdi.
°°°
Salvator qirolligi. 1275-yil.
Jungkook ham kutubxonaga kelib, ichkariga sekin kirdi. U yerda yuztuban yotgan qizni ko‘rib, hayratdan tezda uning yoniga yugurdi. Yerga qarasa — qon. U darhol qizning boshini ko‘tardi. Qizning boshi yorilgan edi. Tezlik bilan uni ko‘tarib, saroyga uchib ketdi.
Saroyga yetib kelgach, Jungkook qizni tabib yoniga olib bordi. Tabib esa tezda giyohli suv tayyorlab, qizning boshidagi qon ketishini to‘xtatdi. So‘ng boshiga malham surtib, uni bog‘lab qo‘ydi.
— Uning ahvoli qanday? — Jungkook jiddiy ohangda so‘radi.
— Qirolim, malikamizning boshi biroz lat yegan. Men malham surtib, qonni to‘xtatdim. Birozdan so‘ng o‘zlariga keladilar, — dedi tabib.
Yigit "yaxshi" degancha bosh silkib, xonadan chiqib ketdi. Yo‘lakda ketar ekan, apil-tapil kiyinib kelayotgan Jhopeni ko‘rdi.
— Hoy, Ryunaga nima bo‘ldi? Askarlar aytishicha, uni tabib oldiga shoshilinch olib ketibsan. Unga tegmading, to‘g‘rimi?
— Hoy, hoy, men unga tegmadim.
— Buni xonada gaplashamiz. Yur.
Yigit ham biroz nafas olib, Jungkook ortidan xonaga kirdi. Jungkook esa qon bo‘lgan ust-boshiga qarab, uni almashtirish uchun javon tomon bordi. Jhope esa yotoq ustiga o‘tirib, yigitning gapirishini kutdi.
— U yana qochib ketdi, — dedi nihoyat Jungkook.
— U kutubxonaga borgan edi. Ortidan kuzatib, men ham bordim. U yerga kirganimda, u hushsiz yotardi. Tezda uni saroyga olib keldim. Bor gap shu.
— Sen uning qochishiga qanday yo‘l qo‘yding?
— Bilasanmi, men o‘zgarmoqchiman. Men va uni "biz" qilmoqchiman. Sen to‘g‘ri aytding. Men unga mehr berishim kerak. Chin dildan biz — u tufayli kuch-qudratga ega bo‘lyapmiz. Shuning uchun buni yaxshilab o‘ylab ko‘rdim, — dedi yigit.
Jhope unga hayrat bilan qarab turib:
— Sen to‘g‘ri qaror qabul qilding, Jungkook, — deya o‘rnidan turib, yigitning yelkasiga qoqib, xonadan chiqib ketdi.
Jungkook esa hammomga kirib, ustidagi qonlardan halos bo‘lgach, yana tabib yoniga bordi.
Yigit u yerga kirar ekan, malika ham endi uyg‘onayotgan edi. Jungkook tezda uning yoniga borib, qo‘llaridan tutdi. Qiz sekin ko‘zlarini ochib, atrofga qaradi. Qayerdaligini umuman tushunmadi. So‘ng birdan qo‘lidan ushlab turgan yigitga tikilib qaradi va qo‘rquv bilan baqirib yubordi:
— Aaa! Se... se... sen... Kimsan?! — dedi qiz, dahshat ichida titrab.