August 18, 2025

Mysterious Night 🌙

Havo bugun ancha salqin va nam. Osmondagi qora bulutlar esa yomgʻir yogʻishini anglatar edi. Lunaga esa aynan bu havo yoqar edi. U yoʻl ustidagi bir kichik qahvaxonaga kirar ekan, uning dimogʻiga oʻtkir qahva hidi urildi. U bu hidni chuqur hidlar ekan, yuzida mayin tabassum paydo boʻldi.

"Ajoyib va takrorlanmas ifor", — deya oʻziga yoqgan qahvani sotib oldi. Soʻng biroz salqin havoda sayr qilishni istab, sekin-sekin atrofga nazar tashlab keta boshladi. Yorugʻ koʻchalar tugab, tor va zax koʻchalar boshlanar ekan, qiz bunday koʻchalardan doim oʻtganligi sababli ikkilanishsiz oʻsha yerdan ketar edi. Quloqchinida esa oʻzi yoqtirgan musiqa, va u unga hamohang tarzda kuylab ketar edi. Musiqa tugashiga oz qolganda u biroz pasayib, atrofdagi tovushlar eshitila boshlar ekan, toʻsatdan qizning quloqlarini yirtgudek boʻlib oʻq ovozi jarangladi. Qiz tezlikda quloqchinni olib atrofga qarar ekan, ikki koʻcha narida gʻalati tovushlar eshitila boshladi. Qiz biroz hadik bilan oʻsha tomonga borar ekan, u yerda jasadga koʻzi tushdi. Luna turgan joyida qotib qoldi. Ammo tezda oʻzini tiklab, unga birinchi yordam uchun odam yoniga yaqinlashganda, yaralangan odam uning qoʻliga fleshka tutqazdi.

— Iltimos, uni himoya qiling, — deya qoʻllari holsiz pastga tushdi.

Qiz tezlikda politsiya va tez yordamga qoʻngʻiroq qilib, ularga vaziyatni tushuntirdi.

Tezlikda yetib kelgan politsiya qizdan boʻlgan vaziyatni soʻradi. Qiz esa bari aytib berar ekan, soʻngida yigit unga bergan fleshkani aytmaslikni afzal koʻrdi. Xodimlar unga rahmat aytib, uyiga yetkazib qoʻyishlarini aytishdi. Qiz esa rozi boʻldi. Qiz mashinaga chiqib xodim bilan ketar ekan, u negadir boshqa yoʻldan ketayotganini koʻrgach, tezlikda haydovchiga qaradi.

— Boshqalar ishiga burun tiqmaslik kerak ekanligini aytishmagan koʻrinadi, — dedi yigit yuzida vahshiy tabassum bilan. — Endi esa shunchaki bu dunyodan yoʻq boʻlib ketasan, qizaloq.

Qiz vahima ichida eshiklarni ochishga harakat qilar ekan, ular qulflangani qizni battar jazavaga tushurar edi. Toʻsatdan yoʻl oldida chiqib qolgan mashinani koʻrgan yigit keskin tormoz berdi.

Yigit mashina ichidan jahl bilan chiqib, yoʻl ustidagi mashina egasini koʻrishi bilan uni yoqasidan oldi.

— It, nega bu yerda mashinani toʻxtatgansan?

— Uzr, janob. Haligi, u yurmay qoldi, mana qarang, — deya unga mashina ichini koʻrsatar ekan, yigit unga biroz qarab mashina ichiga qaradi. Shu payt u beliga kuchli zarba berib, mashina ichiga tiqib qoʻydi. Soʻng esa uning yuziga uxlatib qoʻyadigan dorini hidlatib uni uxlatdi. Mashina ichidan bularni kuzatib turgan qiz kimlar orasiga tushib qolganini anglay olmay, koʻzlari katta-katta boʻldi.

Yigit mashina yoniga yaqin kelib, uni ochar ekan, taxmini toʻgʻri chiqqanidan xursand boʻldi.

— Siz kimsiz? — dedi qiz qoʻrquv ichida.

— Xonim, xavotir olmang. Men politsiya boʻlimidan detektiv Kim Taehyung boʻlaman, — deya qizga hujjatlarini koʻrsatdi.

Qiz biroz tinchlangandek bosh silkib qoʻydi.

— Xonim, men bilan yursangiz, baʼzi savollarim bor edi.

— Hop.

Ular yigitning mashinasiga minib shaharga qarab ketishdi.

— Agar qarshi boʻlmasangiz, mening uyimda gaplashib olsak. Koʻcha siz uchun xavfli boʻlishi mumkin.

Qiz boshida ikkilanib, keyin bosh silkidi.

Taehyung uyiga kelgach, uy eshiklarini ochib qizga kirishga yoʻl berdi. Qiz esa sekin uyga kirar ekan, biroz qorongʻi boʻlgani sabab yana havotirlana boshladi. Yigit esa tezda uy chiroqlarini yoqib, uni mehmonxonaga taklif qildi.

— Marhamat, oʻtiring.

Qiz sekin divanga oʻtirdi.

— Xonim, sizga savol beraman. Iltimos, faqat rost javob bering. Hozir sizning soʻzlaringiz men uchun juda muhim.

— Hop, yaxshi.

— Unda eng boshidan boshlang.

Qiz unga ham politsiyaga aytgandek aytdi, yaʼni fleshkani aytmadi.

— Ular kim oʻzi? — dedi qiz oʻylanib turgan yigitga qarab.

— Bilasizmi, ular Koreyadagi eng xavfli mafiya aʼzolari. Men ularni anchadan buyon kuzataman. Lekin bugun biroz koʻzdan qochirdim. Doʻstim ularning ichida josus edi. Ammo endi u yoʻq. Siz guvoh boʻlgan qotillik aynan mening doʻstim bilan bogʻliq. U maxfiy hujjatlarni olishi kerak edi.

Chunki bugun ularning mollari kelishi kerak edi. Doʻstim soʻnggi lahzada tuzoqqa tushganini aytdi va ketayotgan paytimda politsiya mashinasi nega shahardan chiqayotganini koʻrib shubhalandim va ortidan bordim. Mashina ichida doʻstim boʻlsa kerak deb oʻylagan edim, ammo siz bor ekansiz.

— Ha, men ularni chindan politsiya deb oʻylagan edim. Ammo adashibman. Sizga rahmat, siz boʻlmaganingizda men bu dunyoni oxirgi marta koʻrgan boʻlar edim.

— Rahmatga hojat yoʻq. Bu burchim. Ammo men maxfiy maʼlumotlarni ola olmadim. Endi ularni toʻxta olmayman, — dedi Taehyung horgʻin ovozda.

— Bilasizmi, sizni doʻstingiz menga bir fleshka bergan edi va uni himoya qilishimni aytdi. Men hatto politsiyaga ham aytmadim. Chunki nima borligini bilmayman. Balki maʼlumotlar uning ichidadir.

— Ohh, xonim, rostdanmi?! Meni juda ruhlantirdingiz. Uni koʻrsam boʻladimi?

— Ha, mana, — deya qiz unga ichki choʻntagidan fleshkani olib berdi.

Taehyung tezda uni telefoniga qoʻyar ekan, ichida chindan ham ular shartnoma tuzgan mafiya, omborxona, pul va kontrabandalar haqida maʼlumotlar bor edi. Yigitning yuzida tabassum paydo boʻldi.

— Endi sizlarni yoʻq qila olaman. Rahmat, Yan, — deya yigit doʻstiga tashakkur bildirdi. — Xonim, sizga ham rahmat.

— Luna. Xonim deyish shart emas.

— Rahmat, Luna.

— Endi men keta qolay. Kech boʻldi. Sizga ham rahmat, — deya qiz sekin oʻrnidan turar ekan, yigit unga:

— Menimcha, siz biroz muddat shu yerda qolganingiz yaxshi. Chunki ular sizni qidirishmoqda.

Qiz oʻylanib qoldi.

— Bu mumkinmi? — dedi sekin.

— Ohh, ha, albatta. Men erta tunda ularni yoʻq qilaman. Shundan soʻng bemalol ketishingiz mumkin.

— Ha, albatta. Rahmat.

— Mana bu xonada uxlashingiz mumkin.

Qiz sekin bosh silkib xonaga kirdi.

Yarim tunda qiz chanqagani uchun oshxonaga suv ichish uchun bordi. Stakanlar yuqorida boʻlgani uchun ularni olishga harakat qilib qoʻllari bilan yaqinlashtirar ekan, toʻsatdan yuqoridagi barcha stakanlar tushib ketdi. Qiz birdan boʻlgan bu ishdan qoʻrqib qotib qoldi. Birdan tutgan qoʻllar sabab ikkisi ham polga yiqildi. Yiqilgan paytda esa barcha stakanlar yerga tushib chilparchin boʻldi. Qiz koʻzlarini sekin ochganda yigitning ustida edi. Lablari esa lablari ustida edi.

Luna biroz muddat yigitning koʻzlariga qarab qoldi. Jigarrang koʻzlar, qora sochlar, pushti ammo yigitning oʻziga yarashgan lablar. Yigit ham undan nigohini uzmas ekan, Luna tezda oʻzini oʻnglab uning ustidan turdi.

— Aaa, haligi, uzr. Men suv ichmoqchi edim.

— Hechqisi yoʻq. Albatta. Mana, — deya unga suv uzatdi.

Qiz suvni ichib, oʻz xonasiga kirdi.

Erta tongda ular nonushta qilar ekan, Taehyung unga bir-bir qarab qoʻyar edi.

— Bugun tunda bir oʻzingiz qolasiz deb qoʻrqaman. Agar qoʻrqsangiz, birorta xodim chaqirishim mumkin.

— Agar siz qarshi boʻlmasangiz, men ham siz bilan borsam boʻladimi? Men bunday narsalarga juda qiziqaman.

— Bu siz uchun xavfli boʻlishi mumkin.

— Iltimos.

Taehyung biroz unga qarab: “Yaxshi”, — deya bosh silkidi.

Vaqt ham yarim tunni koʻrsatar ekan, Taehyung va Luna allaqachon manzilda edi.

Oradan bir soat vaqt oʻtgach, omborda qadam tovushlari eshitila boshlar ekan, ular tovush chiqarmaslik uchun yanada ichkariroq kirishdi. Ular shartnoma tuzishar ekan, Taehyung allaqachon jigʻi biyron edi. Uning guruhi shu vaqtgacha kelishlari kerak edi. Ammo birdan omborda qattiq kulgu ovozi yangradi.

— Qoyil, nega hech taslim boʻlishni bilmaydi? Aa, bu yigit, — deya erkak Luna va Taehyung turgan joyga kela boshladi. Yigit ularni uyushtirilganini bilarkan, yuragida biroz hadik paydo boʻldi.

— Jin ursin, qanday qilib… — dedi yigit asabiy. — Demak, ularni oʻldirishgan. Luna, sen shu yerda qol. Ular seni bilmaydi. Ular ketgach, sen ham ket.

— Yoʻq. Men sizni yolgʻiz qoldirmayman. Men ham siz bilan.

— Sen oʻlishing mumkin.

— Menga qiziq emas. Men siz bilan.

— Bilasanmi? Bilasanmi, men hozir iqror boʻlmoqchiman. Men ilgari bir qarashda muhabbatga ishonmas edim. Ammo seni koʻrib bu xato ekanligini bildim! Men seni sevib qoldim, Luna, — deya yigit unga tikilib lablarini bir-biriga bosdi.

Qiz ham unga javob qaytarib, uni sevib qolganini tan olar ekan, mafiyalar allaqachon ularni topishdi.

— Essiz, ikkigingiz bir-biringizga toʻyolmas ekansizda, — deya kuchli kuldi.

Endi ularni otishga chiqarmaslik uchun bir zumda tayyorlana boshladi, biroq birdan ombor ichi oʻq ovozlariga toʻldi.

— Biz keldik. Doimgidek oʻz vaqtida, — deya ularni qoʻlga oldi.

Oradan ikki yil oʻtgach, Luna va Taehyung turmush qurishdi. Ular baxtli va farzandlar bilan yaxshi yashamoqda.


Ushbu mini fanfic davomida men bilan birga boʻlganingidan xursand man. Reaksiya va fikr yozishni unutmang 💋

Mini fanfic