Dark embrace
April 16, 2025

Dark embrace final

Epizod 13

Tunda Jungkook va Mira

Tungi soya jimjit edi. Jungkook soy bo‘yida sokin turib, rejasining navbatdagi bosqichini amalga oshirish uchun Mirani kutardi. Mira unga yaqinlashib kelganida, u yuziga iliq, ammo yolg‘on tabassum bilan qaradi.

Jungkook: (muloyim ovozda) "Mira, kech kelding. Seni kutib qoldim."
Mira: (hayajon bilan) "Kechirim so‘rayman. Bir oz ishlashim kerak edi."
Jungkook: (uning qo‘llarini ushlab) "Hechqisi yo‘q. Seni ko‘rish uchun qancha kutishim kerak bo‘lsa, shuncha kutaman. Chunki... men seni sevaman."

Mira bu so‘zlarni eshitib, xuddi yuragi urishni to‘xtatgandek bo‘ldi. U anchadan beri Jungkookning bunday so‘zlarni aytishini orzu qilardi.

Mira: (tabassum qilib) "Jungkook... Men ham seni sevaman."
Jungkook: (uning ko‘zlariga tikilib) "Menga ishonganing uchun rahmat. Lekin endi sen haqiqatni bilishga haqlisan. Bu haqiqat seni og‘ritishi mumkin, lekin sen yolg‘on ichida yashashni xohlamaysan, to‘g‘rimi?"
Mira: (hayajon bilan) "Ha. Nimani bilishim kerak? Menga ayt, Jungkook."

Jungkook chuqur nafas olib, bir lahzaga o‘zini go‘yo ikkilanayotgandek ko‘rsatdi. Bu Miraning uning gaplariga yanada jiddiyroq e’tibor qaratishiga sabab bo‘ldi.

Jungkook: (qayg‘uli ohangda) "Bu Suga haqida. U sen va Yunaning ota-onasini o‘ldirgan, Mira. Buni men o‘zim ko‘rganman."
Mira: (hayrat bilan) "Nimaga ishora qilyapsan? Nega buni endi aytayapsan?"
Jungkook: (uni yupatmoqchi bo‘lib) "Mira, men buni aytishdan qo‘rqdim. Chunki bilaman, bu haqiqatni qabul qilish qiyin. Lekin Suga va Yuna buni yashirish uchun seni kuzatib yurishganini ko‘rdim."
Mira: (g‘azab bilan) "Ular meni kuzatishyaptimi? Nima uchun?"
Jungkook: (ko‘zlarini unga tikib) "Chunki ular haqiqatni bilishingdan qo‘rqishadi. Suga seni va opangni yolg‘on bilan aldab, sevgi va hurmatni o‘z foydasiga ishlatyapti."

Mira bu gaplardan so‘ng ich-ichidan qizib ketdi. U yuzidagi qahr va shubha alomatlari bilan Jungkookga qaradi.

Mira: "Bu rostmi, Jungkook? U bizning ota-onamizni o‘ldirdimi?"
Jungkook: (boshini egib) "Ha, bu rost. Men seni yolg‘onga to‘lib ketgan dunyoda yashashdan qutqarmoqchiman."

Mira hech narsa demay, tezlik bilan orqasiga qaytdi. Uning ongi shunchalik chalkash ediki, g‘azab va shubha uni ich-ichidan yeb borardi.


Yuna va Mira: Xiyonat ochiladi

Yuna Mirani kechqurun xonaga kirib kelganida darhol uning yuzidagi o‘zgarishni payqadi. Mira juda asabiy va g‘azablangan edi.

Yuna: (yumshoq ohangda) "Mira, biror narsa bo‘ldimi? Nima gap?"
Mira: (baqirib) "Menga o‘zing ayt, Yuna! Suga haqidagi haqiqatni mendan nega yashiryapsan?!"
Yuna: (hayratda) "Nima deyapsan? Suga haqida nima bilmoqchimisan?"
Mira: (titrab) "U bizning ota-onamizni o‘ldirgan! Buni menga Jungkook aytdi. U yolg‘on gapirmaydi!"

Yunaning yuragi qattiq siqilib ketdi. Bu gaplardan so‘ng u nafas olishga qiynaldi.

Yuna: (hayajon bilan) "Yo‘q... bu noto‘g‘ri. Suga bunday qilmagan. U bunday qilishga qodir emas!"
Mira: (qahr bilan) "Nega unga ishonasan?! U seni aldab kelayotganini tushunmaysanmi?!"

Mira g‘azab bilan xonadan chiqib ketdi. Yuna esa uning gaplaridan larzaga tushib, joyida qotib qoldi.


Yuna va Taehyung: Ongni boshqarish

Yuna g‘azab va shubha ichida, Suganing uyiga borishga qaror qildi. Yo‘lda esa Taehyung unga yo‘liqdi.

Taehyung: (tabassum bilan) "Yuna, kechqurun qaerga bunday shoshilayapsan?"
Yuna: (uning yonidan o‘tib ketishga urinib) "Bu sening ishing emas, Taehyung. Yo‘limdan chiq!"
Taehyung: (uning qo‘llarini ushlab) "Haqiqatni bilishga shoshilyapsanmi? Men seni to‘xtatmoqchi emasman. Faqat bitta maslahat: ehtiyot bo‘l. Haqiqat ko‘pincha odamlarni qaytarib bo‘lmas yo‘llarga olib boradi."

Taehyungning nigohlari Yunaning ko‘zlariga qadaldi. U asta-sekin Yunaning ongiga kirib, uning his-tuyg‘ularini boshqarishni boshladi.

Taehyung: (pichirlab) "Senga faqat bir narsani aytmoqchiman. Agar haqiqatni bilib, oldinga qadam tashlamasang, hamma narsani yo‘qotasan. O‘zingni himoya qilishni unutma."

Yunaning ko‘zlari bir lahzaga bo‘shashdi, ammo u buni sezmay, yo‘lini davom ettirdi.

Yuna ichidagi yonayotgan g‘azab bilan Suganing uyiga yetib bordi. Yuragi qattiq urardi. Barcha fikrlari chalkash edi. Xayolida faqat bitta narsa yaltirardi—qasos. U eshikni taqillatdi. Tashqi ko‘rinishidan shoshilmagan bo‘lishiga qaramay, yuragi gupillardi.

Eshik ochildi. Qarshisida Suga turardi. U doimgidek osoyishta va ishonchli tuyulardi, lekin Yuna uchun bu endi shunchaki yolg‘on edi.

Suga: (tabassum bilan) "Yuna? Kechqurun bu yerga kelishingni kutmagandim. Hammasi joyidami?"

Yuna: (ko‘zlari g‘azabdan yonib) "Yolg‘on! hammasi yolgon edimi?!"

Suga chuqur nafas oldi. Yunaning nigohidagi g‘azab va og‘riqni ko‘rib, yuragi siqildi. Lekin hali hech narsani tushunmagan edi.

Suga: (jiddiylashib) "Nima yolg'on—"

Gapini tugatishga ulgurmadi. Yuna oldinga qadam tashladi. U yonidan pichoq chiqardi. Hech ikkilanmasdan, hech bir shubha-gumonsiz, uni Suganing ko‘kragiga sanchdi.

Suganing ko‘zlari keng ochildi. U ortga tisarildi, lablari yarim ochilib, nima bo‘layotganini tushunishga harakat qildi. Og‘riq uning butun tanasini qamrab oldi, lekin bu jismoniy zarbadan ko‘ra, yuragidagi xiyonat hissi uni ezib tashlardi.

Suga: (og‘riq ichida) "Yuna... Nega aynan sen ..."

Yunaning qo‘llari titray boshladi. Yuragi qattiq urardi, lekin u ortga qaytolmasdi. Uning qalbida sukunat o‘rniga faryod hukmron edi.

Yuna: (yig‘lab) "Sen ularni o‘ldirding! Mening oilamni! Qanday qilib seni sevib qoldim?! Bu adolat!"

Suga og‘riqdan ko‘zlarini yumdi. Nihoyat, hammasini tushundi. Uning dushmanlari o‘z rejalarini mukammal bajargan edi.

Suga: (past ovozda) "Yuna..

Lekin Yuna endi tinglamoqchi emasdi. Uning yuragi iztirob bilan yirtilayotgan edi. Lekin... Nega yuragi og‘riyapti? Nega hozir baxt emas, balki bo‘shliqni his qilyapti?

Suga titragan qo‘li bilan Yunaning yuziga tegmoqchi bo‘ldi, lekin qila olmadi. Kuchli va qudratli qirol vampir... bugun eng yaqin insonidan zarba oldi. U asta-sekin tiz cho‘kdi.

Suga: (lablarida zaif tabassum) "Men seni... hali ham..."

Uning ovozi xira tortdi. Yuragi endi og‘rimayotgandek. Faqatgina yengillik. Qorong‘ilik uni o‘z domiga torta boshladi.

Yuna titragan qo‘llarini lablariga bosdi. U endi nima qilganini tushunib yetdi. Ko‘zlaridan yosh daryo bo‘lib oqdi.

Yuna: (faryod bilan) "Yo‘q! Men... Men seni o‘ldirmoqchi emasdim!"

Lekin kech edi.

Yunaning qo‘llari qonga belangan edi. U titrab turgan barmoqlarini Suganing ko‘kragiga bosdi, qon oqimini to‘xtatmoqchi bo‘ldi.

Yuna: (ko‘zlari yoshga to‘lib) "Yo‘q... iltimos... ketma!"

Suga og‘ir nafas oldi. Uning lablari zaif titrar, ko‘zlari esa Yunanikiga qadalgancha qolardi. U hali ham Yunaning yuziga mehri bilan boqardi.

Suga: (sekin) "Men... hech qachon senga zarar yetkazmoqchi bo‘lmagandim..."

Yuna ko‘zlarini yumdi. Yuragiga minglab tikan sanchilgandek bo‘ldi. Unga qanchalik nafratlanishga urinsa ham, ichida nimadir uni orqaga tortardi.

Yuna: (bo‘g‘iq ovozda) "Sen... sen ularni o‘ldirding... Otamni, onamni..."

Suga chuqur nafas olib, zaif jilmaydi.

Suga: (sekin, lekin qat’iy) "Ular sotqin edi, Yuna... Ular meni o‘ldirmoqchi bo‘lishdi. Men o‘zimni himoya qildim..."

Yuna seskanib ketdi. Nafas olishi qiyinlashdi.

Suga zo‘rg‘a harakat qilib, Yunaning qo‘lidan ushladi. Uning panjalari sovuqlashayotgan edi.

Suga: "Men sening oilangni shunchaki be’mani sabab bilan o‘ldirmadim. Ular bizga xiyonat qilishdi. Lekin... men senga hech qachon yomonlik qilishni istamaganman."

Yuna dahshatga tushgancha titrardi. Boshida haqiqatni eshitishni istagan edi, lekin hozir u bunga tayyor emasligini tushundi.

Yuna: (yig‘lab) "Yo‘q... bu yolg‘on! Axir ular meni yaxshi ko‘rardi... Ular..."

Suga og‘ir xo‘rsindi. Uning ovozi tobora pasayib borardi.

Suga: (shivirlagancha) "Meni kechir... Men seni sevaman..."

Yuna hayqirib yubordi. U pichoqni shoshilinch sug‘urib oldi, lekin bu faqat qon oqimini tezlashtirdi.

Yuna: (faryod qilib) "Yo‘q, yo‘q! Ketma! Iltimos, ketma!"

Yunaning butun tanasi titradi. U o‘zining nafas olishini eshitib turardi, lekin bu ovoz unga begona tuyulardi. Yoningdagi eng qadrli insonning harakatsiz yotishi... bu azob edi.

Yuna: (bo‘g‘iq ovozda) "Bu mening xatoyim..."

U hozirgina o‘zining hayotidagi eng muhim insonni yo‘qotgan edi.

Lekin... ortga yo‘l yo‘q edi.

Suga: (past ovozda) "Yuna... Men seni sevdim. Har doim... Seni sevganman..."

Yuna uning jimib qolgan tanasiga tikildi. Ko‘zlarida yosh, yuragida esa og‘irlik bor edi. Nafas olishga qiynalib, ichkariga yugurdi. Eshikning tepasidagi tokchada turgan bir kichik quti uning e’tiborini tortdi. Qutini ochib qaraganida, ichidan bir eski kundalikni topdi.

> "Bugun yana tushimda u paydo bo‘ldi. Yuna. Uning kulgusi... qanday qilib bir insonning tabassumi butun bir abadiy umr egasini titratishi mumkin? Men unga hech qachon haqiqatni ayta olmayman. Men unga yaqinlashayotganimni bilaman, lekin ortga qaytish yo‘q. Agar u haqiqatni bilsa, meni nafratlanib tark etadi... Yo‘q, men bunga chiday olmayman."

Yunaning ko‘z yoshlari kundalik sahifalariga tomchilay boshladi. Uning yuragi og‘rirdi, nafas olishi qiyinlashdi.

U shoshilinch ravishda boshqa sahifalarni varaqladi.

> "Uning ota-onasi... Men ularni o‘ldirishni istamagan edim. Ammo ular meni o‘ldirishga harakat qilishdi. Agar men buni qilmaganimda, bugun men bu yerda bo‘lmasdim. Yuna meni hech qachon kechirmaydi... lekin men uni yaxshi ko‘raman. Agar qachondir bu haqiqat ochilsa ham, u baxtli bo‘lishi kerak. Agar u meni unutishi kerak bo‘lsa ham... faqat baxtli bo‘lsin."

Yunaning yuragi siqilib borardi. Nafas olishga zo‘r berar, ammo bu yurakdagi og‘riqni yengillata olmasdi.

> "Agar ertaga hammasi tugasa... unga o‘zim haqiqatni aytmoqchiman. Balki u meni tushunar. Balki... "

Bu yerda yozuv to‘xtagan edi. Keyingi sahifalar bo‘sh edi.

Yuna kundalikni ko‘kragiga bosdi. Butun vujudi larzaga kelib, ko‘z yoshlari cheksiz oqardi.

— "Men adashdim... Men adashdim..."

U o‘z hayotida eng muhim odamni o‘ldirgan edi. Haqiqiy qotil u emas, Yunaning o‘zi edi.

Qorong‘u tunda dengiz bo‘ron kabi to‘lqinlanardi. Osmonda hech qanday yulduz ko‘rinmasdi. Go‘yo butun olam Yunaning ichki bo‘shlig‘iga hamohang edi.

U dengiz bo‘yida turardi. Sovuq shamol sochlarini o‘ynardi. Ko‘z yoshlari endi qurib bo‘lgan, yuragi esa allaqachon sindirilgan edi.

— "Men sendan kechirim so‘ray olmayman... Axir men seni o‘ldirdim..."

Uning tovushi shamol ichida g‘arq bo‘ldi. Oyoqlari og‘irlik bilan oldinga yurdi. Sovuq suv oyoq uchlariga urildi. Har bir qadam uni abadiy tinchlikka yaqinlashtirdi.

So‘ng...

U o‘zini dengiz quchog‘iga tashladi.

Suv uni yutib yubordi.

Va osmon jim qoldi.