Devil's revenge epizod 7
Eshikdan chiqib ketar ekan bir ayolga tasodifan urilib ketdi. Ayoldan uzr soʻrab endi yuziga qaramoqchi boʻlgan vaqtda unga qoʻngʻiroq boʻlib qoldi. Yigit unga chalgʻib ayolga eʼtibor bermadi.
Yana jimlik soʻng yigit qoʻngʻiroqni yakunlab dorixona ichiga kirib ketdi.
__ xoʻsh, senga hali vaqt ekanligini aytgan edim, chagiya!!'--- yigit qizning quloqlari ostida vishillab.
___ Lekin men u bilan koʻproq oʻynashmoqchimam-- dedi qiz oʻynoqi ohangda.
___ bu kerak emas . Sen men bilan oʻyna --deya qizdan boʻsa ola boshladi
Yoongi dorixonadan dorilarni olib yana qayta shifoxonaga keldi. Uni hamshiralarga berib Ryuna yotgan xonaga kirdi. Qiz hali ham dori tasirida uxlab yotar ekan
uning oqargan yuzlariga qaradi. Xona suv quygandek jim jit edi.
Ammo bu jimlikni yigitning telefoniga bo'lgan qo'ng'iroq buzdi. Yigit tezda uni ko'tarib tashqariga chiqdi.
__ janob men kotibangiz Muyon man
__ janob kompaniyaga kelsangiz hamkorlar kelgan edi. Sizni kutib o'tirishibdi.
__ ahh jin ursin yodimdan chiqibdi. Men hozir 20 daqiqada boraman.
__ hop janob deya qo'ng'iroq yakunlandi.
Yigit hamshiralarga Ryunani xonasiga hech kimni kiritmasliklarini aytdi. So'ng tezlikda mashinaga o'tirib kompaniya tomonga
Erta tongda ko'zlarini Jungkook bag'rida yotgan qizga ko'zi tushdi. Yuna hali ham uxlar edi. Yigitning e'tiborini qizning uzun qora kipriklari, nim pushti kichik ammo qizga yarashan lablari tortdi. U sekin qo'llari bilan qizning yuziga tegar ekan qiz biroz g'ingshib qo'ydi. Buni ko'rgan yigit yuziga biroz tabassum yugurdi. So'ng sekin o'rnidan turib xonadan chiqib ketdi. Biroz vaqt o'tib qizning shirin uyqusini ko'ziga quyosh nuri tushib o'chirdi.
__mmm. Yoongi nega pardlarni ochding. Men... qizning hayoliga birdan kechagi voqealar keldi. O'rnidan sapchib turgan qiz atrofga qarab Jungkook bor yo'qligini tekshirdi. U xonada yo'q ekanligini ko'rgach biroz yengil tortdi.
So'ng sekin xonadan chiqar ekan xizmatchi unga yuqorida qirol Jeon kutayotganini aytdi. Qiz chuqur nafas olib biroz o'zini tartibga keltirib chiqishini aytdi.
Biroz o'ziga qarab olgandan so'ng sekin yuqoriga ko'tarila boshladi. Yuqoriga chiqar ekan saroy chiroyiga mahliyo bo'ldi.
__ ooo juda ham chiroyli. Ammo bu ko'ylak juda ham noqulay. Bu yerda sport kiyimlari yo'qmi-aa?
_deya qiz sekin sekin yuqoriga ko'tarildi. Dasturxon atrofiga kelar ekan Jungkook uni kelganini sezib unga qaradi.
Pov Jk:
Xuddi farishtani o'zi. Ammo u ilgari qizil rangdagi kiyimlarini yoqtirmas edi. U chindan ham xotirasini yo'qotgan ko'rinadi. Men tanlagan ko'ylaklarni kiyib chiqqan _ deya qizga u biroz kinoyali tabassum bilan.
Kel o'tir _ dedi yigit unga hayron ifoda bilan boqib turgan qizga qarab
Nonushta qilib ol. So'ng sen xotirangni biroz tiklashin uchun saroyni xizmatchilar bilan aylanib chiq.
__ kelaqol, nonushta qilib ol.
__ hop - deya qiz stol atrofiga o'tirdi.
__ bugun men bizga qaram bo'lgan saltanatlarga borib hal qiladigan masalalarni hal qilishim kerak. Bu ko'p vaqt olishi mumkin. Shuning uchun saroyni senga qoldirib ketaman.
qiz hali gaplarini tugatmasdan
yigit uning so'zlarini bo'ldi.
__ senga ishonaman. Bu qo'lingdan keladi. Iloji boricha tezroq qaytishga harakat qilaman. Sen esa shunchaki bu yerga qarab tur. Birinchi o'rinda saroyni aylanib chiq. Bunda senga bosh xizmatchi Silvia yordam beradi. U mening eng ishongan xizmatchilardan biri. Xuddi singlimdek. Sen u bilan juda qalin do'st eding yodingda yo'q. Shuning uchun eslatdim.
Nonushta dan so'ng seni ba'zi xizmatchilar bilan tanishtiraman.
__hop - deya qiz qisqa javob berdi.
Nonushta dan so'ng Jungkook Ryunani saroy xizmatchilari bilan tanishtirishni boshladi.
__ qirolicha tanish bu Silvia.
__ hayrli kun qirolicham - deya qiz Ryuna ga tazim berib egildi.
__ Silvia men ketganimdan so'ng qirolichaga saroyni ko'rsat. Uni bu yer bilan qaytadan tanishtirib chiqish seni vazifang. Aslo oldiga begonalarni yaqinlashtirma! Taomlari ga uzing javobgarsan. Men tezroq ketishim zarur qo'shinni yig'ib tong paytida chiqib ketaman.
__ tushunarli qirolim. Men qirolichamizni ko'z qorag'ichimdek asrayman. Siz havotir olmang.
__ unda sen keyinroq xizmatchilar bilan tanishtirasan. Hozircha esa men bilan yur _ deya Ryunaga yo'l berdi.
Qiz ham itoatkorlik bilan uning yonidan o'tib ketdi. Ryuna ketar ekan Jungkook unga nimadir ko'rsatish kerakligi yodiga tushib qoldi.
__ senga bir joyni ko'rsatish yodimdan ko'tarilibdi. U sening maxfiy joying edi. Uni faqat sen topgansan. Ammo bir marta menga ham ko'rsatgan eding. Istaysanmi u yerga borishni?!
Qizning ko'zlari porlab ketdi.
__ chindan ham mening maxfiy makonim bor edimi?
__ unda kettik - deya yo'l boshlab ketdi.
Ular saroy ichiga kirgach Yunaning xonasi yonidagi bog' yoniga keldi.
__ mahfiy joyim shu yermi?! Buni men oddiy bog' deb o'ylar edim - deya qizning kayfiyati tushib ketdi.
__ kim aytdi buni mahfiy joy deb! Bu yer oddiy bog'. Mahfiysi esa bu yerda - deya yam - yashil o'tlar devorlarni qoplagan joy oldiga borib o'tlarni ortga surdi. Shunda o'tlar ortga ketib kattagina tuynik ochildi. U yer qorong'u ziminton bo'lgani uchun Ryuna biroz qo'rqdi. Jungkook buni payqab mash'ala yoqdi. Uning yorug'i bilan tuynuk ichi yorqinlashdi. Jungkook esa qizga ortimdan yur degandek ishora qilib o'zi ichkari tomon kirib ketdi.
Ryuna ichkari tomon kirib borar ekan ko'rgan manzarasidan og'zi lang ochilib qoldi.
__ oo oo Jungkook aa bu yer bunchalik chiroyli - deya hayratdan ko'zlari porlar edi.
Yigit qizdan ko'zlarini uzolmay qarar ekan u baxtli paytida u ham negadir uzidan uzi tabassum qila boshladi
__ bu yer chindan chiroyli shundaymi?!
Yigit esa undan ko'zlarini uzmasdan o'tirar edi. Ryuna esa ortiga qarab unga tikilib turgan yigit ga qaradi. Jungkook hali ham ko'zlarini uzmasdan qarar ekan Ryuna ham unga jim tikilib turar edi birdan Jungkook uni o'ziga tortdi undan bo'sa oldi.
Ryuna pov:
Bu buu nima edi. U hozir mendan bo'sa oldimi?! Nega men qarshi chiqa olmadim? Jin ursin uning lablari shu qadar yumshoqlik bilan bo'sa olayapdiki? Jin ursin qarshilik qil hoy Ryuna..
Qiz tezda yigitni uzidan uzoqlashtirdi. Jungkook ham tezda uzini undan oldi.
Nega birdan bunday qildim?! Uzim ham tushunmay qoldim. U chindan ham go'zal va betakror. Men unga telba kabi oshiq bo'layabman.
Jungkook qizga bog'ni barcha joylarini ko'rsatdi. So'ng u yerdan chiqib ketar ekan qizning ko'zi bir burchak da turgan pianinoga tushdi. Ryuna uni chalishda eng zo'r edi. Otasi o'lgandan so'ng u uni chalishga vaqt topolmadi
__ ha lekin sen uni ilgari umuman chalmas eding. Menga ham chalib bermagansan. Ammo u bu yerda doim turar edi. Uni hozir chala olasanmi?
__ men yodimda emas. Lekin harakat qilsam buladimi?? Sizni vaqtingizni olmaymanmi?
__ yo'q aksincha. Men eshitaman.
Qiz sekin u tomon sekin qadam tashlab u pianino kursisiga o'tirdi.
Qiz nozik harakatlar bilan piano chalar ekan Jungkookning hayollari o'tmishga ketdi.
__ oyijon qarang qarang men Namjoon akam bilan nima yasadik - deya 5 yoshlar chamasidagi bolakay yugurib onasing oldiga borar ekan uyi yaqiniga kelganda ostonada qon izini ko'rib ko'zlari qo'rquvdan har tomonga qarar edi.
Uy ichiga kirganda esa onasi qonga belanib yotar edi.
Bolakay ko'zda yoshlari bilan onasini oldiga borib uning qo'llaridan tutdi.