Broken love
Universitetga kirishda telefonimni quvvati ochib qolganini payqadim. Suxon va Mivon meni boğish uchun kun davomida reja tuzishgani aniq. Chunki kecha tunda men ularga hech bir soz demay Jacksonning uyida qoldim. Albatta bu men istamagan tarzda rõy berdi...
Universitet ichiga shonğib auditoriyamiz tomon yurib ketarkanman yõlakda bir qator qizlarni tõdalanib turganini kordim. Etibor bermay õtib ketmoqchi edim ammo ularning barchasi menga odatdagidan õzgacharoq qarashdi. Qirmizi kurtkadagi qiz ular orasini yorib õtib qarshimga chiqganida esa qoshlarim osildi. Unga tushunmagan nigoh tikilib turarkanman, xuddi atay qilayotgandek, yuzimga qarab 32 tishini yalanğochlagancha qolidagi chiroyli naqshlarga ega oramki qoğozni menga tutqazdi.
~ Sen ham kel! Eski bõlsa ham dugonalarmiz axir. Tõyim kuni yonimda bõlishingni istardim.... Agar sen bõlmaganingda balki bu narsalarni hech biriga ega bõlmasdim)- U gapining oxirgi qismini quloğim ostida shivirlagach qõlim bu qoğozni ochmay turib nimaligini fahmladim. Lora esa mendan uzoqlashib tirjaygancha ketib qoldi.
Titrayotgan qolimda bu qoğoz turarkan u ham tanamga qoshilib titrardi. Atrofda hech kim yoq, yolakda yolğiz qolib uni sekin ochdim va ulkan harflar bilan bitilgan Khan va Lora ismlarini yonma yon kõrgan onimdayoq quladim. Õzim emas, ruhim, ongim, qalbim... Barchasi bir onda yerga quladi. Ammo jismim qanday tik turganini bilmasdim. Kõzlarimdan yosh oqarkan yuragim alam hissi bilan yonardi. Lora yuzimga tik qaragancha endi mening hayotimda yagona qimmatga ega insonim ham uniki ekanligini aytib ustimdan kulardi. Khan meni qanday olib kelgan bõlsa shunday oson tashlab ketdi. Birgina imzo bilan....
Qoğozni ģijimlab shu yerga tashlashni istadim, ammo ongimda uyğongan bu oğriq bunga yõl qõymadi. Inson nafratdan qanday kuch olishini hech tushunmasdim, ammo butun tanam boylab tarqakayotgan ğazab oti nafrat bilan qorishib meni oyoqga turishga undayotgandek edi. Kõzyoshlarim oqib tursada qaddimni tik tutib ortimga ogirildim va Universitetdan chiqishga oshiqdim.
Universitet ostonasiga yetishim bilan Jacksonni mashinasidan tushayotganini korib biroz tõxtab qoldim. Men tomonga yurib kelardi.
~ Mina..Quloq sol ertlabki voqea yuraginga oğir botgan bolsa uzr sõrayman. Bu taklifimga rozi bõlmasligingni bilsamda sendan soradim. Aytmasligim kerak edi kechir.
~ Jack men roziman. Nahotki fikringdan qaytgan bõlsang?)- Kõzyoshlardan namlangan yuzimni yengimga artdim. Labim burildi.
~ Haaa..
Jackson menga sinchkov qarab qõlimdagi ģijilangan qoğozdan barini tushungandek bosh silkidi va meni õziga tortib bağriga bosdi.
~ Jaxl ustida qilayotgan bõlsang keyin afsuslanasan. Bu filmda kõringanidek oson emas. Sen haqiqiy hayotda õynaysan! Bu ancha oğiriqli bõladi, kõz oldingda sevgan insoning qalban va ruhan qayta qayta azoblanadi buni korishga tayyormisan?
~ Garchi ishonchim komil bõlmasada... Haa! Iltimos nimadir qil!! Men boshqa bu qalb bilan yashay olmayman. Nega doim men azoblanishim kerak? Oxiri nima bilan tugashi qiziq emas! Õch olishni istayman!
Jackson meni yelkamdan yetaklab mashinaga õtqizdi. Qiladigan ishkarimiz borligini aytdi. Sõrab õtirmay rozi boldim. Agar bu ringdagi jang bolganda Mey Khanning chiroyli yuzi buzilmaguncha uni dopposlardim ammo men u bilan hayotda õynashimga tõgri keladi. Aniqroği u meni majbur qildi. Men latta qoģirchoq emasmanki xoxlaganida qõlimdan tutib zerikganida burchakga uloqtirilsa! Men u bilan hayotda õynayman va men uni hayot zarbalari orqali dõpposlayman!
õsha kuni, Malika uyimizga kelib bizni maxkam bağriga bosdi va takror takror minnatdorchilik bildirdi. Biz õsha kun kelganini sezdik va uni kulib kuzatdik. Ammo Suxon ikkimiz u bizning bir bõlagimizga aylanib qolganini sezib turardik. Gaplarimizda ham mano qolmagandi. Nuqul Mina haqida gaplashardik, uni soğinardik..
U barcha buyumlarini yiğib olib ketgandi ammo hayotimning bir bõlagiga aylanib qolgan õsha moviy kundalikdan bõlak! Menimcha u bu haqida unutib yuborgandi. Men hali barchasini bilmayman va bilishni istaganim uchun ham bu daftarni undan qizğandim. Barchasini bilganimda esa albatta qaytaraman...
Oqshom ancha tushib qolgan qiz esa labidagi lab boyoğini surish bilan ovora edi. Kutilmaganda telefoni jiringlab lab boyoğini shoshib joyiga qoydi va uni kõtardi.
~ Nega ayollarning ishi bitishi qiyin?
~ Buni ayol bõlganingda bilasan!
~ Yaxshiyam xudo meni erkak qilib yaratgan!
~ Yaxshi..)- Mina mexmonxona eshigini yopib lift tomon yugurdi liftga chiqib, tushishi bilan Mexmonxona yonida turgan hashamatli mashina eshigini ochib unga õtirdi.
~ Hayrli kech... Ajoyib korinyapsan! Kel ikkimiz rostakamiga turmush qurib qõya qolamiz!
~ Jack!!!!)- Mina butun mashina ichini toldirib qichqirdi. Qichqiriğ ortidan Jacksonning kulgusi eshitilib mashinaning harakatga kelgan tovushi bilan qorishib ketdi..
Mashinadan tushayotganimda oyoqlarim qaltirab ketdi. Jack belimdan tutib qolmaganda yiqilib tushishimga oz qoldi.
~ Tayyormisan? Balki shu yerda biroz turarmiz?
~ Yõq, yetarlicha kech qoldik...
Jackson bosh silkib sekin qõlimdan tutdi. Qarshimizda 2 qavatli hashamdor tõy marosimi binosi turar, Jackson ikkimiz uning qarshisida qõl ushlashib turardik. Ichkarida meni butun umrga parchalaydigan manzara bõlishini bilardim. Titrayotgan tanamga sovuq shamol urilib yengil tortgandek bõldim. Ammo men uning qarshisida qachondir boshqa yigitning qõlidan tutib turish haqida õylamangandim. Meni kõrganda Khanning axvolini bilgim kelardi....
Jackson ikkimiz bir birimizga qarab olgach qollarimizni maxkomroq siqib ichkariga qarab yurdim. Yaqinlashganimiz sari issiqlik ufurib turar. Men esa hayajondan qattiqroq titrab, lablarimni tishladim. Jacksonning qõlini qattiroq siqib yubordim shekilli yuzi burishib menga qaradi.
~ Kechir... Jack men.. bilmayman menga nimadur bolyapti..
~ Quloq sol, õzingni qõlga olib barchasini unut. Biz rostakamiga juftlikmiz anglayapsanmi? Bir onga.. menga sevgan insoningdek boq.... Biroz tabassum qil iltimos, qiyofangdan seni bu yerga xuddi majburan olib kelgandek xis qilyapman õzimni..
Lablarimni tabassum qilishga unday olmadim. Jackson eshikni ochib bergach ichkariga kirdim. Qaynoq muhit, qaynoq odamlar... Jackson ikkimiz davra ichiga qol ushlashib singib borarkanmiz atrofdagilar bizga qanday qarashayotganini va õzlaricha shivirlashayotganini payqamay qolmadim. Xatto ,,Birinchi rafiqasi erining toyiga keldimi?,, degan sõz kulishimga sabab bõldi. Axir meni kelinning ozi lutfan taklif qilgan!
Davra õrtasi keng ochiq atrofida hamma toplanib turardi. Uzoqdan Khanning bagŕida Lorani kõrdim. Doim men bõlgan bu quchoğida õsha qiz baxtdan sarmast turardi. Khanning yuzidagi kulgusi va uni bağriga bosib erkalab turishi hammasiga nuqta qõydi. Sevgimning sõngi tomchisi ham tanam boylab meni tark etayotganini his qilardim.
Biz yaqinlashganimiz sari davra odamlarni bizga ular tomon yõlni ochib berardi. Jackson õzining yoqimli kulgusi bilan quloqlarim yonida tabassum qilishimni sõrab shivirlaganda unga jilmayib qaradim.
Davra ortasi bir birining qõlidan tutib quchoqlashib õtirgan kelin kuyov qarshilarida ularga kulib boqib turgan juftlikni korib ularga tikilib qolishdi. Khanning yuzidagi kulgusi sõnmasada endi xuddi majburan kulayotgadek kõrinayotgandi. Ammo bu holat bu yerda faqatgina kelinni quvontirib qiqirlab kulgancha Mhanning koksini silab qõydi.
~ Jackson?!)- Khan kõzlarini sust ochib yumib Jacksongga savol nazari bilan qaradi.
Jilmayib turgan yigitning qoshlari chimirilib Minaning qõlini qoyib yuborgancha Khanga yaqinlashdi.
~ Hayron qolganingdan kelishimni kutmagan korinasan. Axir ozing taklif qildingku!
~ Yoq nega endi xush kelibsan!
Jackson samimiy Khanni yelkasida urib uni quchib tabrikladi. Khanning nigohi Jacksonning yelkasi orqali Minaga qarab turardi.
~ Men uni taklif qildim!)- Khan gapini tugatmasidan Lora sakrab oldinga chiqib Minaning bõynidan quchib oldi.
~ Xush kelibsan..Ochiği men kelasan deb õylamagandim....
~ Uni ham taklif qilganingizni bilganimdan sõng menga hamrox sifatida kelishini soradim.... Menimcha bir birimizga yarashib turibmiz!)- Jackson Minaning qolidan tutib oldi. Khan õzining òtkir nigohi bilan ularga qarab lablarida jilmayishga urunsada boynida õynayotgan tomiri asabiylashayotganini sezdirib qoydi. Bu sotqin harakat Minaning jilmayishiga sabab bõlib Jacksonga yanada yaqinlashganda Khan kõzlarini olib qochdi. Loraning kõzlari Jackson va Mina hamda ularning qarshisida turgan Khanning ortasi òynab erini chalgitish uchun yegillik bilan Khanga otilib uni bağriga kirib ketdi. Goyo hech narsa kõrmagandek Khanning samimiy kulgusi tiklanib uni yelkasidan yengil silagancha quchib boshidan õpdi.
~ Bizni tabriklagani kelganingiz uchun raxmat. Istaganingizcha ziyofatdan zavqlanishingiz mumkun....
Barcha kõngilxushliklar orasida Jackson bilan õtirib ichimlik ichayotgan Mina bir necha oy ilgari uning oilasi bõlgan Khanning oilasi Lora va uni qanday bağriga bosib qutlayotganini korganda yuragi bilan boshliqda qolgandek ularga tikilib qoldi. Doim korishganlarida birga video oyinlar oynaydigan Khanning ukasi ham...Quloqlariga faqat achishib oğriyotgan yurak zarbi eshitilardi. Xatto uni qabul qilishni istamagan Khanning onasi ham Lorani xushlayotgani sezilib turardi. Extimol u ayyor qiz ularni kõnglini olishga ulgurgandir...
~ Uni qanday ğazablanganini kordingmi? Bu hali boshlanishi...
~ Ammo ular meni juda tez unutib yuborishdi. Qara... u meni oilamni tortib oldi...)- yiğlashni istamagandi ammo bu yerdagi hamma narsa uni yiğlashga undayotgan. Mina kõzidan oqib chiqgan kõzyoshini barmoq uchida artib qoydi.
~ Ular afsuslanishadi, xotinboz dõstim esa ming pushaymon bõladi... Endi kayfiyatingni kõtarsangchi eyy!! Bugun sen va men dõstlik chegarasini biroz chetlab õtganmiz. Senga yaqinlashgudek bõlsam rashkdan aqldan ozadigan eringni ham qõlidan endi hech narsa kelmaydi. Shuning uchun xumordan chiqguncha birga xursandchilik qilamiz!!
Jackson oyoqda qolidagi qadax suvini ichib oyoqda likkilagancha qizning qõlidan musiqiy davraga tortqiladi. Mina u bilan birga oyoq uchida harakatlanarkan raqsdan kora Jacksonning harakatlari yuziga tabassum yugurtirardi.
Eshik taraqlab yopilib Khan bõynini bògayotgan galstukni ilib xonaga kiriboq uloqtirib yubordi.
~ Bu nima? Nega asabim buzilyapti?)- Tilidan shivirlab tishini tishiga bosib oyoqlari orasini keng yoyib karavatga otirdi. Bir nuqtaga tikilib turib asablarini tinchlantirishga urunardi.
Eshik tutqichi shiriqlaganda ichkariga õzini zorģa eplagancha keng oq koylagida Lora kirib Khanning ğazab ufurib turgan kozlariga qarab uf tortdi.
~ Bugun bizning toy kunimiz va sen meni mashinadan tushishim bilan xonamizgacha kõtarib olib kelishing kerak edi! Ammo negadir meni pastda yolğiz qoldrding! Men senga tushunmay qoldim?)- Lora arazlagandek yuzini burib qovoqlarini osib oldi. Khan kozini yumib oğir yutunib qoygach õrnidan turib uning ortidan quchib boynidan õpdi.
~ Kechir.. menga nima bõlganini bilmayman. Charchadim shekilli..
~ Bu charchoqdan emas! Sobiq rafiqang dardida yonayotganingni payqamasligim uchun kor bolishim kerak...
~ Unday emas!- Khan Lorani bilagidan qisib õziga ògirdi-Uning dardida emas! U bilan ishim yoq, menga desa b*tchlik qilmaydimi!! Sendan boshqasini istamayman... Bularning bari shunchaki charchoqdan... Xõsh charchoqni qondira olasanmi?
~ Meni yerga uryapsanmi?)- Lora taxdidli nigohi bilan Khanning ustiga bostirib borardi. Oxirgi nuqtaga yetganda Khanni karavatga itarib ustiga òtirdi. Khan uning harakatlarini shunchaki zavq bilan kuzatib kulardi. Qiz shoshqaloqlik bilan uning koylagi tugmalarini yechayotib bosa olish uchun egildi. Khan uning boshining orqa qismidan maxkam tutib turib javoban õpardi...
Bahor yaqin. Ammo havo hamon qaxraton qishning õrnini bildirib turardi.
Ulkan kompaniya yonida tõxtagan qora porschedan haydovchisining yordami bilan toq kõk rangdagi rasmiy kiyimda boylari õrtacha kelishgan yigit tushib kompaniya ichiga qarab yõl oldi. Liftning yordami bilan kerakli manzilga yetganda toğriga yurib yõlak oxiridagi kabina eshigini sorab otirmay ochdi. Shisha devorli xonada hujjatlarga komilib zerikib õtirgan yigit qoğozdan õynichoq yasab xona boylab uloqtirardi. Eshik ochilishi bilan qilayotgan ishidan chalğib boshini kõtardi va yuziga tavassum yugurdi.
~Aiguuu! Sen kõraman deb oylamagandim! Tez qaytibsanmi?
Jackson Khan ichkariga kirishi bilan õrnidan turib uni quchoq ochib kutib oldi.
~ Bu yoqqa õtirchi! Asal oyi qanday õtdi? Aniqroği asal haftasi deymizmi? Axir ketganingga 2- hafta bõlgandi.
~ Kompaniyamni boshqarib turganingda bunchalik tez qaytmasdim!
~ Otang boshqarayotgan bõlsa kerak deb õylagandim..
~ Otamning bu ishlarda uquvi kam. Kelishim bilanoq kompaniya ishlarini tekshirdim. Baribir hech kim uni meni kõnglimdagideng qilmaydi. Kamchiliklar kop!
~ Har doimgi Mey Khan! Uylangan bõlsang ham ish sen uchun birinchi õrinda!
~ Adashyapsan. Men ikkisini teng ushlay olaman.
~ Albatta.. ikkinchi bor uylanish qanday ekan?
~ Sen uylanmagan yigit uchun yomon õrnak bolyapsan!!
Jackson telefonni qõliga olib kotibasidan qahva soradi. Khan õzining kulgusi bilan sochlarining uchini silab qoydi. Bir necha daqiqadan song kotiba qahvalarni keltirib chiqib ketdi. Jackson Khanni qahva ichishga undarkan õziniki chetga surib qoyib uning kõzlariga kõz uzmay tikildi.
~ Men ham uylanmoqchiman...)- Jackson yuzida ayyora tabassum kasb etib Khanning uning gapiga qanday tasir kõrsatishini kutdi. Qaxva ichayotgan yigit esa bunga shunchaki kõz osti bilan qarab qòydi.
~ Minaga!)- Jackson xuddi ğalaba bayroģini kõtargandek lablari burchagida jilmaydi.
Khanning lablari ustidagi finjoni ham ozi ham qotib qoldi. U huddi gapni notoğri eshitgandek Jacksonga qaradi
Khan 2 soniya unga tikilib turdiyu birdan kulib yubordi. Qaxvani stol ustiga qõyib peshonasini yopgancha qattiq kuldi song õsha tabassum bilan Jacksonga yuzlandi.
~ Qaydan? Balki boshingni urib olmaganinga shubha bilan qarayotganim uchundir.
~ Bu senga qanday kõrinayotganini ahamiyati yõq... Men har doim unga qiziqish bilan qaraganimni bilasan. Shu tufayli ham u bilan birga vaqtingizda uni mendan juda kuchli rashk qilarding. Ammo hozir birga emassizlar! U õz hayotida sen esa õz hayotingdasan.
Khan Jacksonga huddi telbaga qaragandek qarab qattiq kulib qòydi.
~ Shuncha yillik turmushimiz haqqi aytishim mumkunki u rõzi bolmaydi.
~ Demak uni õzing oylaganchalik yaxshi bilmas ekansan..
Jacksonning nigohi yanada ayyorona tus olib tabassumi kengaydi. Bari xuddi õchakishayotgandek kõrinardi.
~Mina yolģiz va ayni damda mexrga muhtoj. Sen men uchun imkoniyatni oz qõling bilan yaratding. Bir umr uni orzu qilganman - Jacksonning kulib gapirishi Khanning yuzidagi tabassumni sondirib ģazabini oshirardi. Õzini xotirjam tutsada chakkasida õynayotgan yògon tomiri uni sotib qõyayotgandi. Bu Jacksonni yanada quvontirardi.- Men ham... rozi bõlmasligidan qorqagandim ammo u allaqachon rozi. Faqat men buni chiroyli tarzda õtkazmoqchiman. Barchaning oldida qõlini sõrayman va tez orada turmush quramiz!
Khanning kipriklari biroz õynab yuzini boshqa tomonga burdi. Jacksonning gaplari tanasidagi bor ğazabni ruxlantirgandek õzini uni õlardek dopposlamaslikdan zõrģa tutib turardi.
~ Nega u? Atrofing tõla qizlar. Ammo sen turmushidan ajralgan ayolni istayapsanmi?
Jackson Khanning kõzlariga qarab unga biroz yaqinlashdi.
~ Mening sendan farqim ham shunda. Men uni ... gard yuqmaganiga almashmayman.
Khan huddi birov boshiga qattiq buyum bilan solgandek gandraklab qoldi. Tishini tishiga bosib shu qadar qattiq siqdiki ularning sinib ketishiga oz qoldi. Õzini ruhan hotirjam qilishga qancha urunmasin qõlidan kelmasdi.
~ Hoy! Nega ranging õzgarib ketdi? Axir endi seni rafiqang bor. Uni esa sen uchun ahamiyati yõq!
Khan uning gaplarini tasdiqlagandek yuziga soxta tabassumini siqib chiqarib majburan jilmaydi. Jackson bilan ish borasida bir necha bor suxbatlashgan ketish uchun õrnidan turdi va kompaniyani tark etdi.
Jackson bilan hayrlashayotib ozimni qancha hotirjam tutishga urunmay uning qollarini juda qattiq siqdim. Ichimdagi jinim uni sinib ketgunga qadar siqishimni sòrardi. Tanamdagi tomirib bõylab qonning qanday shiddat bilan oqayotganini sezib turardim. Miyyam qizib, bõğzimga havo tiqilib qoldi...
Kompaniyadan chiqib mashinamga otirdim va haydovchimdan kalitni sòrab meni yolģiz qoldirishini sòradim. Mashinani yurgazarkanman butun vujudim birgina savoldan quturardi... Nahotki rozi bolgan bòlsa? U Jacksonga rozilik berganmi?
Kòzim oldi qoronģulashib miyyamga kelayotgan hayyolardan aqldan ozishimni sezsamda ularni tõxtata olmayotgandim. Men va uning barcha shirin xotiralarimizda endi mening òrnimga Jackson turardi.
U men silagan yanoqlarni silardi, men sevgi bilan boqgan kòzlarga tòyib boqardi, men òpgan lablardan extiros bilan òpar va men doim quchoģimda saqlagan uning mòrt tanasini quchardi...
Gaźabdan kòzimni chirt yumib mashinaning yolni òrtasiga tòxtatdim va bor kuchim bilan rulga bir necha bor mushtladim. Atrofda shovqin kòtarilib yòl oŕtasida tòxtab qolgan mashinam ortidan boshqa mashina kelib urildi. Peshonam bilan mashina ruliga qattiq urildim va nafas olishim qiyinlasha boshladi. Boshimni kòtarishga urunsamda uddalay olmadim. Miyyamda Jacksonning Minaga qanday tegayotgani gavdalanib juda past ovozda zõrģa ingradim. Gõyoki juda yomon tush kõrardim. Mina uning har bir teginishidan menga zavqlangan kabi tabbasum qilayotgandi. Jackson tomon harakatlanmoqchi bõlganimda esa kõz oldim qornģulasha boshladi. Sòngi bor quloqlarim ostida mashinamning boshim bilan bosib qolgangan singnalining kuchli yangrayotganini eshitdim va qoronģulikda ģoyib boldim...
Universitetda jismoniy tarbiya darsiga qatnashishni istamadim va shu tufayli ozimni bosh auditoriyalardan biriga urib yolģiz qolishni istadim. Parta ustida chòzilib yotib hayolimga tongda Mina bilan kòrishganimiz keldi. Men uning eri òsha qizga uylangani haqida eshitdim. Ammo u òzini maģrur tutishni juda yaxshi uddalayotgandi. Garchi uning ichida ruhi bilan kuchli jang borayotganini bilardim.
Tongda uni boshqa yigit olib kelganini kõrdim.... Boshqa kelishgan yigit.... u eri bilan ajrashdi...
Men ozimni hamon osha moviy daftar ichidagi hayotdan ajrata olmayotgandim va kozlarim bilan korganlarimga ishongim kelmasdi.
Miyyam chalkashliklardan qizib ketdi va Minadan yashirib olib qolgan daftarni sumkamdan chiqarib kelgan joyimdan ochdim.
Khan uyi eshigini ochib sekin jamadonini sudragancha ichkariga kirdi. Ustki kiymini yechar ekan kòzi bilan atrofga alanglab kimnidur izlardi. Uning ortidan esa boshdan oyoq qora kiyimga burkanib olgan yigit kirib òzini divanga tashladi.
~ Yaxshisi kamin yoniga bor. U narigi xonada. Men hozir qaytaman..
Khan yigitga sòzlarni uqtirib zinalardan kotarilish uchun endi ortiga ògirilgandada zinaning eng yuqori poğonasida egnida oq tungi pijamada uzun sochlari yoyilgan holda belidan tushib turgan qizning unga kòz uzmay tikilib turganini kòrdi. Qizning kozlari õta mayus va xorģin kòrinardi. Rangi esa òta oppoq..
Mina ikkisi bir birining nigohini payqagach qiz bir ovozi bilan qichqirgancha zinalardan pastga shoshib tusha boshladi. Khan uning qichqiriğidan zavqlangacha kulib lablarini tishladi. Mina zinadan tushishi bilan kuch bilan ozini uning bağriga otdi va bõynida maxkam yopishgancha oyoqlari bilan belidan quchib olganda Khan bir necha qadam ortga siljib ketdi. Hali xonani tark etib ulgurmagan yigit esa ularning ortidan oģiz ochgancha ularga tikilib turardi.
~ Ouu, yaa, yaa, sekinroq chagiyaaa...
~ men ham... ammo axvoling yaxshi emasmi? Senga nima boldi?)- U Minani yerga qõydi ammo belidan maxkam quchishni davom etib uning shishgan kõzlari va oqarib ketgan yuziga sinchkovlik bilan qaradi.
~ Qattiq shamolladim. Doim menga meni bağringda asrab har qanday havfdan himoya qilishga soz berganding. Ammo sen bu gal juda uzoq muddatga ketding!
~ Azizam kechir. Men afsusdaman... Doktor kõrigidan õtdingmi?
~ Bu haqida keyin gaplashaylik maylimi? Bu kim?)- Mina Khanning ortida ularga qiziqish bilan qarab õtirgan yigitga ishora qildi.
~ Oo! Sen bundan xursand bolasan! Bu Jackson. U Tailandlik...
~ Rostanmi? Rostan ham Tailandlikmisiz? Men ham Tailandlikman)- Mina Khanning bağridan chiqib Jackson tomon qadam tashlab salomlashish uchun qol chõzdi va javoban qollari siqilgach yigitga qiziqish bilan qarashni davom etdi.
~ Siz ham Tailandlikmisz? Khan menga rafiqasi Tailandlik ekanini aytmagandi.
~ Nega endi sen bilan rafiqam haqida suxbatlashishim kerak?) - Khan Minaning bilagidan ushlab òziga tortdi va ensasini qotirib kõz osti bilan Jacksonga qaragancha uning peshonasidan õpib qõydi.
~ Yaxshi... xonim siz bilan keyin suxbatlashamiz. Men hozir kamin yoniga bormasam bõlmaydi.
~ Mina deyavering! Hamshaxaringizni har doim ham uchratavermaysiz.
~ Yaxshi.. Siz ham Jack deyishingiz mumkun.
~ Bekorlarni aytibsiz. Siz hali rasmiyatchilikni chetlaydigan darajada yaqin bõlib nima qildingizki bir biringizga senlab murohat qilasiz. Bõlmaydi!
~ Khan, u mening hamshahrim..
~ Bõlsa bordir menga nima? Kamin anavi xonada)- Khan qayerga borishni bilmayotgan Jacksonga yana bir bor eslatib Minaga ògirildi va uni kòtarib oldi.
~ Bizni qiladigan ishimiz kòp)- Khan uni zinadan kotarib chiqarkan Mina uning yanoqlarida tinmay opich qoldirib tishlardi. Khan xonaga kirgach uni karavat ustiga yotqizib tagiga bosib olganda tipirchilay boshladi.
~ Meni tobim yõq. Xatto nafas olishga qiynalyapman
~ Men shunchaki ularga tõymoqchiman. Faqat ularga...)- Khan yuzini qizning boyniga komarkan qollari bilan pijamasini old tugmalarini yechdi.
Qizning ovozi gòyoki olis olislardan eshitilardi. Khan kipriklari ham oģirlik qilgan holda kòzlarini zõrğa ochib qarshisida unga havotir bilan tikilib yuzini silayotgan Lorani kõrdi.
~ Hayriyat!! Men qõrqib ketdim!
Khan unga bir necha soniya tikilib turgach sõnggi voqealar yodiga tushib sekin yotgan õrniga õtirdi va shifoxonada ekanini darrov angladi.
~ Kichik avtoxalokat deyishdi. Ammo men aqldan ozayozdim. Sendan juda qattiq havotir oldim)- Lora kõzyoshlarini oqizgancha Khanning bõyniga osildi. Khan ham uni havoban baģriga bosib sochlariga yuzini komib hidlaganda sekin qollari boshashib kõzlarini ochdi va unda uzoqlashdi. Bu ifor... u kutgan ifor emas. U yoqimli, ammo Khan umuman boshqa iforni tuyushni istagandi
~ Khannn! Men keldim!)- Palata shiftga qarab yotgan yigit kõzlarini ochib ulgurmasidan qõynida qoģirchoqni xis qilib jilmaydi. Qiz kirishi bilan ozini uning bağriga otib erkalik qila boshladi. Khan esa uning sochlarini silab qoydi. Qiz shundan song qaddini rostlab unga otirishiga yordam berdi va õzi bilan olib kelgan paketlarni ocha boshladi. Xona ichini yoqimli is tutib ketdi.
~ Bular nima?)- Khan paket ichidagilarga qiziqish bilan qaradi.
~ Tushlikni birga qilamiz deb, kopgina yemish sotib oldim.
~ Seni... sogindim. Kasalxonadaligingdan beri tuzuk ovqatlanmadim ham. Ozib ketganim sezilmayaptimi?
~ Menimcha endi qolipga tushding!
~ Hoyyy!)- Lora kichik mushtchasi bilan Khanning yelkasiga bir necha bor urdi. Khan uning jiģiga tega olganidan xursand bolib kuldi.
~ Hazillashdim. Darrov lablaringni burma..
~ Aytgancha ertaga senga javob berisharkan! Bu yaxshi habar bõldi toğrimi?)- Lora ovqatlar solingan patnisni Khanning oldiga qõyib qarshisida õzi õtirdi. Qõliga sanchqini olib bir necha salat bolagini ilashtirdi va Khanga yedirish uchun uning lablariga yaqin tutdi. U oģzini katta ochib salatni olganda sanchqining yarmigacha oğzi ichida ğoyib boldi. Lora jilmayib shu zaylda unga ovqatlanishi uchun yordamlashardi. Ammo qizning õtkir nigohlari ayyorona tus olib Khanga tikilib qoldi. Qolidagi sanchqini esa taom ustida aylantirardi.
~ Nima boldi?)- Khan uning axvolini payqab toliq qiziqish bilan qaradi.
~ Hmm..)- Khan rozi bolib boshini silkiganda Lora unga yana taom tutqazdi va shu bilan bir vaqtda aytdi.
~ Bugun Jackson Minani qõlini soradi. Bu Universitetda hammaning koz ongida sodir boldi.- Khan kutilmagan habarni eshitib 2 soniya havoda qotib qoldi. Sõng õzini befarqdek tutib ogzidagi taomini chaynay boshladi. Oraga sukunat tushdi. Faqat likopcha va sanchqining bir biriga urulgandagi tovushi eshitilardi.
~ ... U nima dedi?)- Khan ovqat chaynarkan kozlarini likopchadagi tomonga qaratib ozini befarqlardek tutib soradi.
~ Kim? Minami? U xursandchilikdan yettinchi osmonda uchayotgandek edi! Jacksonning boynidan maxkam quchdida ,,Roziman,, deb aytdi...- Khanning uzun barmoqlari ustiga yopilgan pastelni maxkam siqdi. Yogon tomirlari sezilib , nigohini bir nuqtaga tikib qoldi. Ģazabdan oğzidagi taomini ham tez tez chaynardi.
~ Khan..?)- Uning hayoli oziga kelganda qarshisida qoshiqda taom tutqazib turgan xotinini korib ozini bosgandek boldi. Ammo qizning qolini chetga surib õrnidan turdi.
~ Kim menga hozir ketishimga qarshilik qila oladi?
Lora Khanning kiyinishida yordamlashdi. Sõng ikkisi qoltiqlashgancha palatadan chiqib ketishdi. Khanning ikki oğiz sozi doktor uchun yetarli bõldi. U Lora bilan qol ushlashgancha shifoxonadan chiqib ketdi...
Quyosh endi ufqga kotarilayotganda Universitet atrofi talabalar bilan tolgandi. Hamma Baland bino tomon oshiqardi. Universitet yonida toxtagan qora mashinadan Khan tushib aylanib otdi va qizga tushishiga yordamlashdi. U Loraning boynidan namoyishkora opib u bilan hayrlashdi. Bino oldida bu ikkisi juda tanish bolganlar ularga tikikib turardi.
~ ..Nima deyotganding?)- Suxon Minaning diqqatini tortish uchun barmoq qarsilatdi. Mina u tomon ogirilib qosh uchirdi. Sõng achiq tabassum qilib kichik sumkachasidan 2 ta ajoyib naqshli qogoz chiqardi.
~ Bu sizlarga! Kelasizlar toğrimi?
~ Men.. men nima deyishni ham bilmayman)- Suxon hayratdan sochlarini siqib ortga tarab sekin huddi u kabi hayratda qotgan Mivonga qaradi.
~ Juda xursandman. Sizlar mening maxsus mexmonim bolasiz. Men deyyarli hech kimni taklif qilmadim. Faqat sizlar.. Qolganlar Jackning mexmonlari.
~ Menchi? Men seni õzimnikiga aytdimku! Seni oq libosda kõrishni istayman!)-Qizlar ortga õgirilishganda lablarini otkir rangli bõyoqda bõyab ularga jilmayib qarab turgan bu qizni tepib haydash uchun borlarini berishlari haqida õylashdi. Ammo uning millioner eri bunga nima derkin? Ular bu fikr miyyalariga kelishi bilan uni ham b*tch xotiniga qoshib kaltaklashni orzu qilishardi.
~ Albatta! Seni yodimdan chiqarmadim. Ular kabi maxsus mexmon bõlmasangda seni kutaman..
Mina sumkasida xuddi shu kabi yana boshqa wedding_tickedni olib Loraning qõliga tutqazdi. Qiz uni ichini ochib qarab lablari keng yoyilgancha tabassum qildi.
~Ertagami? Bu juda tez sodir bõldi... Men boraman! Khan bilan!
~ Albatta, u Jacksonning mexmoni sifatida shundoq ham taklif qilinadi... endi men ketishim kerak, tõy uchun kop harajatlar mening zimmamda. Jackson ishga komilgan! Sizlarni yordamingiz kerak bõladi. Men bilan borasizmi?)- Mina Suxon va Mivonga umid bilan qaradi. Gap shundaki uning dõstlari ikkilanib õtirmay rozi bolishdi. Ular ortlarida turgan qizni chetlab otib Jacksonning Mina uchun hadya qilgan mashinasiga chiqishdi va Lorani u yerda yolğiz qoldirishdi...
~ Albatta men unga nima qilayotganingni kormaydigan darajada axmoq emasman. Uni senga berib qõyishim uchun nafas olmayotgan bolishim kerak... tõy marosimi unutilmas bolishiga ont ichaman!)- Lora qolidagi toy taklifnomasiga qarab kuldi va bino ichiga singib ketdi.
Khan kompaniyasida ishlar bilan band mahalda Jackson bostirib keldi va uning ish stoli ustiga chõzilib otirib tishlarini korsatgancha jilmaydi.
~ Bu yer senga xolangni uyi emas! Boğib qoymasimdan stolimdan tush!)- Khan uni payqamagandek qoğozlaridan bosh kotarmay mingirladi.
~ Hey! Menga bir qara! Qarasangchi!
~ Yuzimdagi xursandchilikni nahotki kormayotgan bolsang?
~ Koryapman. Qarshimda tishlarini yalonğochlab tirjayib otirgan va shu tufayli telbanamo kõrinayotgan insonni payqadim!
~ Men uylanyapman! Tabriklash orniga nimalar deyapsan?)- Jackson arazlagandek ozini kresloga tashlab kotibaning Khan uchun keltirgan qahvasini ichib qoydi.
~ Bunday quruq emas. Sen yaqin dostimsanku meni quchishing kerak! Buni birga nishonlashimiz kerak!
~ Kechir Jack rostan ham bukarga xushim yoq!
~ Nega? Men Minaga uylanayotganim uchunmi?)- Jacksomning tabassumi sõnmadi, ammo boshqasi bilan almashdi. Khan nihoyat qogozlardan bosh kõtarib unga yarq etib qaradi. Ichida qaynayotgan bu kuch hoziroq qarshingdagini burnini sindir deyayotgandi. Chunki Khanning õzi ham nega bunday bõlayotganini hazm qilolmayotgandi. U Lorani sevadi va Minadan kõngil uzganiga ancha boldi. U xatto Mina bilan birgaligida ham bu qiz bilan kõp munosabatlarda bõlgan va shu tufayli ham unga boğlanib qolgan. Minadan osongina ayrila olishiga sababchi bõlgan yagona insonini sevishiga ishonchi komil edi. Ammo nega uni telbalardek qizğanayotganini tushunmasdi. Aqli bunday qilmaslikga undamasin, yuragi kõnmasdi
~ Menda mana bu bor!- U nikoh uzugi taqilgan barmoğini korsatdi- Va men bu uzukni taqgan ayolni telbalarcha sevaman. Sening mashuqang bilan.... ishim yoq! Umid qilamanki u bilan ajoyib juftlik bolasizlar....
U ozi aytgan sozlarga õzini ishontirishga urunayotgandek oğur yutunib qõydi.
~ Yaxshi! Unda bu senga! Men shaxsan õzim berishni istadim... Mana shu yeriga qara! Ismimiz yonma yonligida juda chiroyli korinayapti toģrimi?
Khan soxta tabassumini siqib chiqarib taklifnomani oldi. Jackson uning yelkasiga qoqib qõyib kelishini soradi va chiqib ketdi.
Kõzlarida uzun kontur tortilgan, uzun sochlari ertakdagi õrmon malikalariniki kabi turmaklangan qiz oyna qarshisida etagini maxkam siqib notekis nafas olib turardi.
~ Mina! Sen hammadan gõzalsan! Shu kozguni sindirishimga majbur qilma, hamma bizni kutyapti!)- Minaning oynaga 2 soatdan beri qayta qayta tikilishini tomosha qilayotgan Suxon oxiri yorildi.
~ Men gõzalligimdan havotirda emasman... Men ozimni yengishga urunayapman. Õzim bilan kurashishga urunayapman.. Chunki bu men emasman! Men bunday qilmasdim...
~ Nima? Fikringdan qaytdingmi? Ey xudoyim bu sharmandagarchilik! Shuncha odam pastda bizni kutib turibdi. Kelin tõyni istamayapti deymanmi?
~ Men unday demadim. Men pastga tushaman..
Mina Suxona tomon ogirilib unga hamroxlik qilishini sõradi ikkisi pastga tushib maxsus mashinaga õtirishdi va mashina cherkov tomon harakatlana boshladi. Mina qalbi tubida isyon qilayotgan ruhi bilan kurashishdan charchagandi. U tongdan beri u bilan kurashadi. Uning ruhi sevgan insonini azoblamaslikni aytadi, ammo uning ongi unga mutloq qarshi chiqadi. Qiz bu ikkisi orasida aqldan ozayozgandi..
Cherkovning unchalik ham tola emaskigi Minani biroz quvontirdi. Baribir barchasi soxta. U oziga shunday taskin berardi.
Jackson topgan soxta* rohib guvohligida uning qarshisida turdi.
~ Minaq, sen atay qilyapsan toğrimi?
~ Biz ikkimiz ham atay qilyapmiz!
~ Yoq! Sen õyindan tashqari õyin õynayotgandeksan. Rostini ayt ongimni zaxarlamoqchisan toğrimi?
~ Ha! Seni õzimga sexrlab qoymoqchiman!
Ikkisi cherkovdagilarning nazdida bir biriga bolgan muhabbatidan kulayotgandek kõrinib, soxta rohib nikox marosimi oqishni boshlashi bilan ikkisi jim bolib uning savollariga javob berishdi. Hal qiluvchi ,,Ha,, sõzi ikkisining ham labidan chiqishi bilan Jackson bõsa olish uchun egildi, Mina uning oyoģini shu qadar qattiq bosdiki u 180° gradus bilan ortga õgirildi.
~ Hoy-! Boldi qil! Hamma kelin mukkasidan ketgan aroqxor ekan deb õylaydi!
~ Oh, bu ikkinchisi edi... Jack barcha qilganlarimiz chipakga chiqdi. U kelmadi, Khan yoq!)- Mina nafasi siqib sochlarini ortga taradi. Egnidagi kõylak u uchun shu qadar tor korinardiki..
~ Xulosa qilishga hali erta, bazm endigina boshlandi
Jackson Minaning belidan tutib uni raqs bilan chalģitishga urundi. Hammaning nigohi davra ortasida raqsga tushayotgan juftlikda edi. Ammo Minaning qiyofasi Jacksonnikidan farq qiladi. U shunchaki u bilan raqsga tushadi va õsha onda eshik oldida paydo bolgan juftlikni korib Jacksonning yelkasidan maxkam siqadi.
~ Ular keldi..)- Mina ovozi titrab Jacksonning quloğiga pichirladi. Jackson ortiga ogirilib jilmaydi va qoli ostidagi qizning chakkasidan õpib qoydi.
Khan va Lora ularning yoniga kelishmadi. Aniqroği eshik oldida biroz bazi mexmonlar bilan ushlanib qolishdi.
Ular mexmonlardan bõshab ikkisi tomon harakatlanayotganda Jacksonning qoli Minaning beliga aylanib bordi. Mina ikkisi ularni kormayotgandek tutishardi. Khan va uni qõltiqlab olgan Lora ularga yetishiga hech qancha masofa qolmaganda Jackson Minaning yuziga keskin yaqinlashdi va qiz seskanib ketdi. U xuddi baxtdan sarmast odamdek burnini uning kichik burunchasiga tekkizib suzildi.
Jackson Minaning lablaridan bosa olish uchun õzinikini uning lablariga qattiq bosganda qiz kozlarini ochgancha havoda qotib qoldi va bu Khan Jackson bilan salomlashish uchun qõl chozgan bir vaqtda sodir boldi. Uning ham qõli havoda qotib, qarshisida berilib õpishayotgan bu ikkisiga tikilib qoldi. Qovoqlari shu zaxotiyoq osilib lablarini tishladi. Oğriqli jilmayib Lora tomonga yuzini burdi.
Mina Jacksonning koksiga qancha tirnoqlarini botirishga urunmasin bu unga tasir qilmasdi. Mina chiday olmadi. Isyonkor ruhi tufayli kõzlaridan yosh sizib chiqib Jacksonning yanoğiga tekgandagina u qizdan uzoqlashdi.
~ Yolğiz qolganimizda, teringa somon tiqaman!)- Mina majburan jilmayib, xuddi Khan va Loraning kelganini endi payqagandek qosh uchirdi
~Hoy bu meni birinchi toyim! Senda unday emasdi!
~ Ammo uning ham ikkinchi tõyi..)- Khan kozi osti bilan qizargan yanoqlari va namlangan kõzlarini yashirishga urunayotgan qizga alam bilan boqdi.
~ Adashyapsan. Bu uning ilk oq libosi, ilk toy marosimi)- Jackson aniqlik kiritdi. Khan labi burchagida jilmayib qoydi.
~ Nima bõlsa ham, sizlarni tabriklayman. Kechikganimizning sabibi rafiqamni biroz tobi qochdi.
~ Mazur tutinglar. Negadur konglim behuzur boldi. Khan bormasligimiz mumkunkigini aytdi. Ammo yoq deb oyoq tirab oldim. Men sizlarni... baxtli juftlik ekaningizni kõrgim keldi..
Lora erkalangandek Khanning qoliga osilib kelib kuyovga beğubor jilmayib qaradi. Qani edi uning ichki dunyosi ham kulgusidek beğubor bõlganda...
Bazm boshqalarning fikri bõyicha benuqson davom etayotgadi. Khanning lablari tabassumda bolsada, uning nigohi oq libosda boshqa erkakning quchoģida baxtdan sarmast ayolda edi. U qadahini shu qadar maxkam siqdiki uning chakkasi dars ketdi.
~ Khan? Nima qilyapsan?)- Lora qadahni uning qolidan yulib oldi.
~ Imm, yana konglim ağdarilyapti jin ursin! Hozir qaytaman!)- Qiz õrnidan shoshib turib mexmonlar orasini yorib otgancha chopib ketdi.
Khan u yoqolguncha uning ortidan qarab turdi. Song ornidan turib toğri kelin va kuyov tomon bostirib bordi.
~ Uni menga berasanmi?)- Khan Mina tomon qol chozganda Jacksonning qoshlari chimirildi.
~ Yoq! Bugun u meniki!)- Jackson xuddi Minani qizģangandek ortiga yashirdi. Khan umidi songandek jilnayib qõlini qaytarib oldi. Ammo Jackson uning ketishiga yol qoymadi.
~ Hoy! Nega mendan sorading? Uning hohishi õzida. Õzidan sora!)- Jackson Khan va Minaning allaqachon bir birida tõxtab qolgan nigohiga qarab turib sekin chetga chiqdi. Khan Mina tomon qadam tashlab qolini chõzdi.
~ Men bilan raqsga tushasanmi?
Mina uning nigohini qochirmay qõlini yigitning keng kafti ustiga qoyishi bilan Khan uni maxkam siqdi. Ammo endi bu qol unga tegishli emaskigi yodiga tushganda siqimni bõshashtirdi. Bu juda oğriqli tuyulardi..
U Minani davra õrtasiga yetaklab chiqib belida qollarini aylantirdi va qizni shu qadar oziga qattiq tortdiki, ularning tanasi deyyarli jipslashib qolgandi. Musiqa boylab harakatlanisharkan Mina kõylagiga chalishib ketardi.
~ sen raqsga tushishni bilmaysan!
~ Men raqsga tushishni bilmayman!
Ikkisi bir vaqtga aytgan sõzlaridan hayratlanib tikilib qolishdi va bu otli qarashning davomi kulgu bilan qorishib ketdi.
Khan xuddi mahliyo bolgandek Minaga tikilib qoldi. Goyo dunyoda hech kim yoq. Ikkisi yolğiz qolib ketishgan va bir birlariga tikilib õtirishdan boshqa ishlari yoqdek.
~ Bu libos... senga yarashibdi...
~ Jackson bilan cherkovda qasamyod qildingizmi?
~ Ha! .. endi to abad birgamiz. Õlim bizni ajratmaguncha...
Khanning tabassumi yoqolib Minaning belidan qanday qõpol siqganini ozi ham payqamay qoldi. Mina buni his qilsada hech narsa demadi. Xatto qarshilik ham qila olmasdi. Agar bu yigit hammaning oldida undan bõsa oladigan bõlsa, u sõzsiz unga javob qaytarardi... Har holda Khan shunday õylaydi