Broken love
Tanam qizib atrofimda hamon suykalib yurgan b*tchlardan charchadim. Men ularni holday tõygunlaricha yaqinlik* qilganimga qaramay õzlarida kuch topib yana menga suykalishyapti! Mana ular oddiy ayollardan nimasi bilan farq qilishadi...
Ikkisini ham chetga surib kiyina boshladim. Chõntagimdagi pulni chiqarib garchi allaqachon tõlov qilgan bolsamda buzilgan krvat ustiga uloqtirdim va xonani tark etdim.
Mashinamgacha qanday qadam bosib kelganimni bilmayman. Nafasim qisib mashina oynalarini pastga tushirdim. Osmondan maydalab yomğir yoğyapti. Havo bulutli, hali tong yorishishga ulgurmagan. Uyga borishni istamayman, uyda u bor va borishim bilan yana õsha hissiz haykal meni kutib oladi. Men rafiqam bilan nima qilaman endi?
Sovuq havoda kõnglim sovushini istab mashinani soxil tomon haydadim. Dengizni shovullagan ovozi miyyamga biroz bõlsada yengillik kiritgandek boldi.
Barchasiga yechim izlay boshladim. Nima qilishim kerak? U bilan nima qilaman? Qachongacha bunday davom etishini bilmayman, ammo uning sovuqqon yuzini kõrganimda yuragim orqaga tortib ketadi. Undan avval men unga bõlgan tuyğularimni tushunib olishim kerak. Bu sevgimi? Ammo men uni sevish uchun u haqida yetarlicha bilmayman, sevgan inson har doim mexr berishni va mexr olishni istaydi... Lekin men undan bularni istayapman..
Aqlim joyiga kelishi uchun miyyamga qattiq buyum bilan urgandek birdan sovuqda muzlab qolgan qõllarimni chontagimga solib telefonimni chiqardim. Meni dõstim bor! U menga yordam bera oladi.
📱Seyonaaa, hayrli tong! Hoziroq korishishimiz kerak. Ishxonanda kõrishamiz.
📲 Jin ursin Khan!! Bu nima? Hali tong yorishgani yoq. Uxlashga beerrrr)- Telefon ortida qizning qichqiriği eshitilib yigit telefonini quloğidan uzoqlashtirdi.
📱Bunga faqat sen yechim topa olasan! Yordaming kerak.
📲 Yordamim kerak bolsa barcha insonlar qatori qabulimga yozil. Boyvachchaliging menga õtmaydi!
📱 Erta tongdan eshiging tagida seni izlab borishimni korgan eringni tepa sochi tikka bõlishini istamasang 30 daqiqada ishxonangda korishamiz...
📲 ! Senn-!... Axir endi rafiqang borku, tong otmasidan meni bezovta qilmay vaqtingni unga sarifla!
📱 ...Bu rafiqam haqida... shuning uchun tezroq harakat qilib yetib kel. Kõrishguncha.
Telefonni õchirayotib uning ortidan qizning asabiy qichqirganini eshitdim. Õrnimdan turib mashinam tomon yurdim va 10 daqiqaga qolmay Seyonning ishxonasiga yetib keldim. Dõstim psixolog. Balki u yechim topar.... Yagona umidim shu... Men... nima uchun bilmayman, ammo kam muddatga bolsada bu qiz bilan yashadim va hatto bir marttalik yaqinlik*dan song men uni yõqotishni istamayman.
Seyonning ishxonasi ikki qavatli mõjazgina binocha. Eshikdan kirar ekanman peshtoqida yozilgan psexolog yozovini oqib õtdim. Ichkarida uning kotibasi bor. U meni kõrishi bilan tazim qildi. U qachon kelishimga qaramay doim shu yerda. Seyonadan farqli õlaroq erta keladi.
Unga qahva keltirishini iltimos qilib Seyonning xonasiga kirdim. Kresloga õtirayotib soatimga qarab qõydim.
Kotiba keltirgan qahvani ichib tanamga qon yugurgandek boldi. Tun oģir õtdi* Soatimga qarab qõydim. 15 daqiqa õtdi. Hozir keladi...
~ Mey Khannn!!!!- Eshik zarb bilan ochilib ichkariga ğazabga tolgan qiz bostirib kirdi va vaysay ketdi- Agar qõlimga qurol berishganda eng kõp tinchligimni buzgan inson sifatida birinchi bolib seni otardim)- Seyon avval egnidagi paltosini ildi song ğazab tõla nigohi bilan tikilib õrindiģiga õtirdi.
~ Bezovta qilganim uchun kechir..
~ ....Axxx! Barchasi bõldi! Endi kechirim sorashning ma'nisi yõq.. Uylanganinga hech qancha bõlmay yana nima boldi?
~ Biz bolamizdan ayrilib qoldik.. aniqroği u ayrilib qoldi..
~ Ey xudoyim! Taxmin qilishni boshladim. Rafiqang tushkunlikga tushib qoldimi? Sabr tilayman Khan- boyagi qichqirib olamni buzayotgan dõstimdan asar ham qolmadi. U mehr tola nigoxi bilan tikildi, xatto achindi...
~ U juda õzgardi Seyon... sovuq va hissiz! Men uni yana doim iliq tabassum qilishini va beğubor bõlishini istayman.
~ Extimol bularning barchasi men u his qilgan narsalarni tushunmaganim uchundir. Bilmadim, yechim topa olmayapman.
~ Men tushundim.. ammo boshida aytganinga tushunmadim, nega u ayrildi deding?
~ Chunki bola meniki emas)- Qarshimdagi dõstim hayratini yashira olmay qotib qoldi.
~ ..Men Sezgandim!!!! Sen yana kõngilchanglik qildingmi? Ammo bunisi juda katta fidokorlik Khan, birovning bolasiga otalik qilish... bu oson emas. Mayli, bu yoğiga nima qilmoqchisan? Yoq shoshma! Barchasini boshidan ochiq gapirib ber iltimos! Men bir xulosaga kelishim uchun..
Ikkilanib qoldim. Ammo unga ishonaman. Men unga barchasini aytib berdim. Boshidan oxiriga qadar. Mina bilan qanday korishganim va bolaning qanday nobud bõlganigacha.
Seyon barchasini jim turib qoshlari chimirilgancha eshitdi. Hikoya songida boshini silkib qõyib qaddini rostladi. Song kõzlarimga tik qaradi.
~ Gap unda emas, gap senda! Unga nisbatan nimani his qilyapsan? Avval shunga oydinlik kiritib olaylik
.
~...Men bilmayman Seyon. Bu sevgi emas. Men uni sevishim uchun uni yetarlicha bilmayman.
~ Bilasan! Sen uni kamida õzichalik bilasan. Menga hozir u haqida gapiryapsanu, tinmay uning xulqini qanday insonligini, qanday bõlishini istashingni aytyapsan. Sen uni juda yaxshi bilasan. Endi õzing ayt.. sevasanmi? Yõqmi?
Õylanib qoldim. Unga har qaraganimda va uni õylaganimda xis qilganlarim ichidan sevgini izladim..
~ Agar.. bu iliqlikni sevgi deb atash kerak bõlsa, unda men uni sevaman! Xõsh qanday yordam bera olasan? Men u bilan nima qilay?
~ Bilasanmi? Sen ayol emassanki uni tushunmaysan. Ozingni õrniga qõyib korganingda ham tushuna olmaysan. U yolğiz bòlgan. Sen uyda kamdan kam bòlagansan, u esa õz yurtidan, ota onasi barcha yaqinlaridan vos kechib sen bilan kelgan va yolğizlikda qolgan. Bunday vaqtda odam õzi uchun hamrox qidiradi. Sherik izlaydi va u menimcha farzandiga suyangan. Xatto men homilador bõlishim bilan farzandim bilan sirlasha boshlayman... u ham u bilan gaplashgan, uni oziga hamrox sifatida kòrgan. Sen esa õzing tuyģularingni anglamay turib unga hech narsani bera olmagansan... Farzandini yoqotgandan sõng u yana yolģizlanib qolgan. Yolģizlik juda yomon xilqat,, bu tashqi olamdan uzilish degani. Tassavur qil butun olam yakson bõldi, sen unda yolğiz qolding. Yashash uchun asosing yoq! Seni sevadigan, doim yoningda bolib qadirlaydiganlaring yõq. Bu juda oğriqli... Seni rafiqang hozir mana shunday tuyğularni tuyib yashayapti.... Yechimi mexr. Shunchaki unga mexr ber, sevishingni xis qilsin, uni qadirlaydigan inson borligini xis qilsin. Bu dunyoda kimgadir kerakligini xis qilsin.. gaplarim tushunarlimi?
~ Bori shumi? Barchasi bor yoği mehrdami-?
~ Haa, barchasi bor yoği etiboring va mehringda, ammo sen jur'atsizlik bilan mehringni undan yashirgansan.. Unga yaqinlashishdan qõrqasan. Bunday qilma, u seni rafiqang. Õrtangizdagi kelishuvga rozi bolayotganida u barchasiga tayyor bõlgan.
~ Ammo bir kun kelib uni sevib qolishimga emas. Men.. men hatto õzim bu qanday bõlganini bilmayman...ammo sening gaplaringni doim foydasi bõlgan. Katta raxmat.)- õrnimdan turib minnatdorlik sifatida uni bağrimga bosdim. Chõntagimdan qimmatli vaqti uchun pul chiqarayotganida doimgidek qichqirib qoldi...
Uyga qaytdim. Uy sokin va juda tinch. Quyosh endi chiqayapti. Eng birinchi dush qabul qilishim kerak! Jin ursin õzimni juda yomon xis qilyapman...
....Kõz oldim tosatdan yorqinlashib ketdi. Khanning telefondagi suxbati yuragimni qon qilib yiğlayverganimdan yuzim sezilarli darajada shishib ketgan. Xatto oynaga boqishga qõrqaman.
Kõzimni ochib xonamdagi pardalarni ochayotgan xizmatkor qizni kõrdim. Faqat u emas... Bir necha xizmatkorlar xonam ichida kezib yurib garedobimga kirib chiqishyapti. Sekin qaddimni rostlab ularni kuzatib harakatlarini anglashga urundim. Nima qilishyapti? Yangi kiyimlar sõramagandim. Shundog ham ular yetarli.
~ .. Nimalar bõlyapti? Bular nima?
~ Janob Mey kiyimlarini shu yerga kòchirishimizni sõradi..
Xizmatkor qizning yuziga tikilib qoldim. Nima xona alishamizmi? Yoki.... barchasi tugagadir. Khan bilan ayrilish fursati yetdimi? Nega yana kõzim achishib qiziyapti. Men bunga tayyor edimku!
Õrnimdan turib yuvinib kiyimlarimni alishtirdim. Oynaga qarab õzimni xotirjam tutishim kerakligini ming marotaba uqtirdim. Yuvinishxonasidan chiqib pastga tushib ovqatlanish uchun stol atrofiga bordim. Khan shu yerda, tinchgina nonushta qilyapti..
U jilmayib qõyib ovqatlanishni davom etdi. Chuqur nafas olib titrayotgan qolimga qoshiq oldimu maxkam siqdim. Tinchlanishga qancha urunmay bolmayapti. Tunda kelmaganini va nimalar bilan band bolganini juda yaxshi bilaman. Va hozir qõlimga ajrim hujjatlari tushishini ham kutyapman...
~ Tunda qaytmadingiz...)- qoshiqni siqib qõlimni yashirdim. Uni yuziga iloji boricha befarq korinishga urundim. U tõxtab sõz topa olmay tikilib qoldi.
~ umid qilamanki meni kutmadingiz.
~ Yõq.. ammo kelmaganingizni sezdim.
~ ...meni kechiring. Boshqa kech qolmayman.
Nima deyish mumkun. Tomoğimga tiqilib qolgan narsani yoqotish uchun tez chaynay boshladim.
~ Men ishga borishim kerak. Yaxshi õtiring. Umuman xonangizda qamalib olishni man qilaman. Internet titkilang, kitob õqing, televizor kõring. Xonada qamalib yiğlashdan boshqa hammasi. Qaytganimda tekshiraman.)- U oğzini artib chakkamdan õpdi va õrnidan turib gõyo bu odatiy holdek egniga kastyumini kiyib bir tekisda qadam tashlagancha chiqib ketdi. Butun tanam entikib ortidan tikilib qoldim, vaholanki men qõlimga ajrim hujjatlari tutqizishini kutgandim.
Ammo nega barini chigallashtiryapman? Bu shunchaki õpish, bu nimani õzgartirishi mumkun?
Ovqatlanib bõlgach xonamga chiqdim. Khan qamalib yiğlamaslikni aytdi, endi yiğlamayman.... chunki mening ham yaxshi yashash uchun haqqim bor. Hayotimni yangitdan boshlayman.
Khanning uyida ajoyib kutubxona mavjud. Men kitob õqishni sevardim. Umuman boshim muammo ichida qolgandan buyon birorta ham kitob õqiy olmadim. Duch kelgan bir kitobni tanladim va xonamga qaytib uni õqiyboshladim. Agar kitob chindan ham qizaqarli bõlsa va menga yoqsa men uni uzoģi bilan 2 kunda õqib chiqishim mumkun...
Kitob ichiga shõnğib kunning abed qismini qanday otkizib yuborganim esimda yõq. Boshimni kõtarib hojatxona borishni istaganimdagina kechki ovqat vaqti yaqinlashayotganini sezdim. Kitobimning esa bir necha varoqlari qoldi xolos...
Xonam eshigi soroqsiz ochilib Khan kirdi. Men hatto uning qachon uyga qaytganini anglamadim.
~ Umuman men uning nomiga qaramadim..
~ Qora Qalb.. Bu kitobni men ham bilmayman- u yonimga õtirdi- Xõsh mazmuni qanday uning?
~ Bir qiz bor, chiroyli va yosh. U ot minishni yaxshi kõradi. Ammo bir kun oti quloqsizlik bilan uni uyidan uzoqga olib ketadi. Õrmon ichida ov qilib yurgan yigit uni uchratib qoladi va yordam berishga shoshiladi. Vaa qizni qutqaradi. Vaqtlar õtib bir birlarini sevib qolishadi, ammo otasining ortidan tushgan dushmanlar, bor alamlarini qizlari orqali olishga urunishadi va... qizni zõrlashadi.... Hali jonsiz bõlgan qiz õsha ondayoq vafot etadi... u sevgan inson esa u uchun qasos olishga butun umrini sarflaydi. Õsha dushman qiziga yaqinlashish orqali u ham zarba bermoqchi bõladi. Kõp urunadi, kõp yomonliklar qiladi, ammo õzi bilmagan holda u dushman qizini sevib qoladi. Õzini õlgan suyuklisining xotirasida xiyonati uchun kõp bor ayblaydi va dushman bilan birga õzini ham yõq qiladi..... Juda tasirli a? Men bu kitobdan sevgi haqiqiy azob ekanini yana bir bor tushundim..
Khanning xira nigohi kõzlarimda qotib qoldi. Men unga uni sevishimni aytdim, va kecha tundagi bolganlar tasavvurimda shakillanib qattiq azob beryapti. Extimol uning ham vijdoni qiynalayotgandir.. U sekin qõlimdagi kitobni olib stol ustiga qõydi va yuzimda õrmalagan kõzyoshimni artib yuzimni siladi.
~ Bugunga yetadi. Men yiğlamaysiz deb õylagandim. Ammo hatto kitoblar ham sizni yiğlata olyapti... Bugun tashqarida ovqatlanishga nima deysiz?
~ Tashqarida? .. uyda qolaylik.)- U lablarini qisib bosh silkidi va õrnidan turib tõğri mening garderobimga kirib ketdi. Birozdan sõng egnini alishtirib chiqdi.
~ Ha aytgancha, bugundan boshlab biz bir xonada yashaymiz. Er xotinlardek..
~ Ha! Bizda bu uchun ikkimiz ham imzo chekgan nikoh hujjati bor va nega biz barchasi qonuniyligiga qaramay alohida xonalarda yashashimiz kerak-?
~ Extimol... Bizning nikoh shunchaki kelishuv bolganligi tufayli..
~ Kelishuv-? Kim sizga bunday dedi-? Bilasizmi eng alam qiladigani nimada-? Bizda xatto asaloyi ham bõlmadi!!
Khanning yuziga ongsiz ravishda qarab turar ekanman kulgancha qolimdan tortqilab ketdi. Pastga tushib ovqatlandik. U bugun har doimgidan õzgacha, men bilan bir necha bor hazil qildi. Ovqatni menga tutdi, oğzimni ochganimda ozi yutib yubordi, shokoladli qiyomni yuzimga surtib tashladi. Xatto kulishni boshladim. Oxirgi kunlarda faqat kozyoshlarim menga hamrohlik qilishayotgandi.
~ Axx siz juda shirinsiz, maylimi yutib yuborsam?
Ovqatdan sõng yotoğimga chiqib shokoladga bulğangan yuzimni yuvdim. Yuvinish xonasidan chiqganimda Khan allaqachon karavatga chõzilgan edi. Etim zirqirab ketdi. Unga yaqinlashish meni seskantiradi. Men buni juda istayman, ammo baribir biroz hayajonli. Sekin yotiqga qõnib shiftga tikilgancha yotdim. U qõlidagi telefonini qõyib yuzini men tomonga burganda õzim sezmagan holda hayajondan lablarimni tishladim. Jin ursin nega teshib yuborgudek tikiladi?
~ Menga qarang..)- u tomonga sekin burildim. U shunday tikilib turib qõlini chõzdi va yuzim ustidagi sochlarimni ortga taradi. Yuzimdagi qõli yelkam orqali sirğalib belimga õralganda chinakamiga hayajondan uvushib qoldim.
Kozlarimni ochib õrnimdan turganimda xonamiz eshigi oldida turgan 2 ta jamadonni kordim. Biri meniki. Qayoqqadir ketyapmizmi?
Õzimga ozim savol berayotgan bir vaqtimda Khan biroz nam sochlarini silkigancha chiqib keldi. Egnida dush halati.
~ Aynan, sizni uyğotish uchun kelayotgandim. Yuvinib chiqing, tayyorlaning. Ketamiz.
~ Syurprizlarni yoqtirasiz deb õylagandim.
~ Tayyorlanib chiqib mashinada kutib turaman. Faqat tezroq iltimos.
Erinchoqlik bilan erkalikni qorishtirib yengil qadam tashlagancha dushga kirdim. Boshdan oyoq yuvinib sochlarimni turmakladim. Kipriklarimni qayirib egnimda tizzamdan biroz baland etagi parpar kõylak kiyib pastga tushdim. Õzimga bunday etibor bermaganimga ancha bõlgandi. Negadur õzimni tetik xis qilayotgandim.
Khan uyga chiqishim bilan tez yurishimga imo qilib bir necha bor signal chaldi. Ozining Hyundai mashinasida haydovchisiz õtirardi.
~ Qayerga boramiz?)- Mashinaga chiqishim bilan yana soradim.
~ Sabirning tagi oltin. Sabr qiling..
Mashina harakatga kelib yura boshlaganda boshimni õrindiqga suyadim. Uyqum kelib kõzlarim õz õzidan yumulib ketaverdi. Khan mashinada musiqa qõydi. Men erimning bundan qoshiqlari eshitishini bilmasdim. Barchasi American-pop va u bularni yoddan bilib aytmoqda. Uni kuzatib turib quvonchdan qichqirmaslik uchun jim kuzatib ketaverdim. Yoq chiday olmadim! Hech bolmasa uning yuzini qõshiqga mos harakatlaridan chapak chalib qõydim. U yoshboladek tabassumi bilan qõlimni siqib ushlaganda, men ham mahkamroq tutdim. Uning ulkan kafti va uzun barmoqlari orasida meni mitti qõlim yoqolib ketdi.
Kõp yurdik. Balki 3, 4.. estimol 5 soat.. Ammo yetib keldik. Ulkan uy atrofida dengiz bor. Uy dengizga yuzlanib turibdi.
~ Mening uyim. Yoqdimi?... Barcha armonlarimni ushaltirishni istab, ikkimiz uchun mõjazgina asaloyi tashkil qildim)- quloqlarim ostida shivirlaganda qõllariga yiqilishga tayyor edim.
~ haa, turmush qurganlar vaqtini choğ otkazishi uchun tashkil qilingan butun boshli oy..
~ Balki bir birimiz uchun imkon berib korarmiz deb õylab qoldim... Shunchaki voz kechib ketadigan oila emasmiz..
Biz umuman oilamizmi? Kõnglini ogritgim kelmadi birga uyga kirdik. Biroz devan ustida suxbat qurib egnimizni alishtirdik. Atrof juda gõzal.. Uydan dengizgacha 50 metrlik masofa va atrofda bu uydan bolak hech narsa yoq. Palma daraxtlari va boshqa daraxtkarni hisobga olmaganda...
Kun issiq, kelganimdan beri qancha suv ichganim esimda yoq. Havo sovutgich ajoyib hizmat kõrsatyapti. Khan bir soatga mizğib qoldi. Uning yuzini tomosha qilib har bir predmetgacha õrganib chiqdim. qalin bõlgan qoshlari va silliq burni bor. Õpishda ulkan maxoratga ega ingichka lablari, tashlanib qolmaslik uchun etagimni ğijimlab lablarimni tishladim.
Kutilmaganda ochilgan kõzlar hayotimga nuqta qoygandek bõldi. Qõrqib ketdim.
~ Anchadan beri tikilib turibsizmi?
~ ...Men pastda basseyn kõrib qoldim. Unda suzishni istayman ammo tajribam yoq... Suvdan biroz seskanaman, ammo men chindan ham buni istayman..
~ Haa.. agar suzishni bilsangiz...
Khan xuddi mazax qilgandek kulib suzish kiymida tushishimni aytdi. Shuncha narsani gapirayotganimda buni õyladimmi? Yoq albatta!
Egnimga suzish kiymini kiyib oynaga uzoq tikilib õtirdim. Tashqaridan Khanning suvga shõnğigan tovushi eshitildi. Men bu holatda uni oldida turganimni tassavur qilgan onim qizarib ketdim va darxol chamadonimdan chiqargan sonlarimni yopib turuvchi fudbolkamni kiyib oldim. Shunisi ancha yaxshi! Har qalay boyagi korinishimdan kõra yaxshi.
Zinalardan oyoqlarim sirğalib tushayotib shisha devor orqali Khanni suv ichida qanday harakat qilayotganini kuzatdim. U shundoq ham shaxvoniy! Va bu uni yanada shaxvoniy kõrsatmoqda.
Basseyn bõyiga borib sovuq suvga tikilib turib fudbolkamni pastroq tortdim. Khan qaddini rostlab suzishdan tõxtab suv ichida turib oldi va hõl bõlgan sochlarini orqaga tarab menga boshdan oyoq qaradi. Fudbolkani yanada pastroq tortdim..
~ Bolam, sizningcha bu suzish kiymimi-?
~ Men.. ularda juda noqulay bõlyapman..
~ Qani...- Khan ikkala qolini yuqoriga uzatgancha menga tikildi- Qõlingizni bering!)- Titray titray sekin basseyn chitiga chõkib Khan men tomon uzatib turgan qõllariga õzimni otdim. Sovuq suv butun tanamni titratib uning yelkasini maxkam ushladim. Khan lablarida ustimdan kulgandek shahvoniy jilmaydi. Biz juda yaqin turib barcha masofani yopib qõygandik.
~ Bu kiyimda suzib bõlmaydi...- Uning qollari belimda õrmalab kõzkarimga tik qaragancha yarmi suvostida bõlgan fudbolkamni sekin kõtarib egnimdan yechib oldi va basseyn bõyiga uloqtirdi. Tanamda yengil ipli ich kiyim, bor edi. Entikganimni sezdirmay kõzlariga tik qarab turaverdim. Ammo Khan tanamga qarashni bir on ham õylamay qõllarimni qõyib yubormagan holda sekin uzoqlashdi. U harakatlangani sari oyoqlarimni harakatga keltirib u tomonga harakat qila boshladim. U suv yuzasida yotib olgancha meni ham ozi bilan harakat qilishga undadi.
Sezdim, oyoqlarim va qõllarim suvga qarshi harakat qilayotganini sezdim. Sekin õz ixtiyorim bilan harakat qila boshlaganimda Khan qõlimdan qõyib yubordi. Men kop suzdim. Boshdan oyoq shalabbo bolib Khanning qayoqqadir ketganini sezib qoldim. U qayerga yoqoldi-?
Suvning shidiragan tovushini aniq eshitdim. Ammo ortimga qarashga ulgurmay ortimdan kelgan taftni juda yaxshi xis qildim. Yalang tanamga uning yalang tanasi tegganida chuqir nafas olib titrab ketdim. U menga yanada yaqinlashib qõllarini ortimdan yelkalarimga qõyqancha sekin õpdi. Bu juda yoqimli... Khanning ham entikib nafas olayotganini quloqlarim ostida yaxshi xis qilib turardim. Qõli sekin yelkamni silab ich kiyimimga tushdi va uning boğlangan ipini tortib yecha boshladi. Men hech narsa qila olmayotgandim, hech narsa. Chunki uning harakatlari men uchun yoqimli tuyğularni uyğotayotgandi.
Kõkraklarimni berkitib turgan kiyimni qanday sirğalib tushganini xis qilib kõzlarimni maxkam yumib ochdim. Khan esa butun boshli qoli bilan yalang qolgan kòkragim ustidan maxkam quchib boynimdan õpa boshladi. Ochkõzlik bilan emas, barchasini bir maromda yumshoqlik bilan qilardi. Mayin ammo tinimsiz õpib chuqur sõrib turardi.
Ehtirosga berilib kõzlarimni yumdim. Uning lablarini hoziroq istab sekin u tomonga õgirildim. U yuzimni sichkovlik bilan õrganib belimdan maxkam quchdi. Qõlim bilan yuzini biroz siqib lablari tomon kõtarildim, ammo bõyim biroz yetmagani dufayli Khan men tomon egilib lablarimdan õpa boshladi. Bir birimizni shu qadar mehr va ehtiros bilan õpardikki, bu avvalgisi kabi emas, bu boshqacha xissiyotlarga boy. Biroz bir birimizdan uzoqlashib tikilib turdik. Khan tushunarsiz inson kabi, meni dast kõtarib oldi. Boynidan maxkam quchib olib men ham uni õpa boshladim. Qõlim bilan koksini silagancha yuzlariyu yoğon bõynini õpa boshladim. Suv yuzasiga chiqganimizda butun tanamizdan suvlar tomchilardi. Bu yanada ehtirosli...
Khan bilan kravatga qoniboq yana bir birimizning lablarimizga oshiqdik.
Bõsamizni buzganida yuziga tushunmagandek qarab yana opishni istashimni aytdim. Ammo u menga shunchaki kulib qarab shalabbo bõlgan õzining yagona kiyiminiham yechdi.....
~ Kõp? Sizda qancha? Menikidan kam emas! 1, 2, 3, 8, 9, 10😱
~ 😂 qolgan raqamlar qayerga yoqoldi?
~ Meni luğatim shular bor holos😂)- Mina kõpikli vanna ichidagi kopiklardan soqol qilib Khanning jağiga yopishtirib kuldi.
~ Hou, hou, hou, mõringizni ochib qoying. Santa sizga sovģalar keltirdi!
~ Yõq! Chunki Santa kelishiga hali ancha boorr.. Kim biladi balki siz Santa qiyofasidagi oğridirsiz
~ Bolam, yoshligingizda Echki va Bõri haqidagi matalni oyingiz kop bora õqib berganmidi😂?
Khan yuzidagi kopiklarni Minaning qitiģi kelib, suvni har tarafga sachratishi qaramay belidan maxkam tutib bõyniga artib oldi.
Kopikli vannadan sõng qurinib dushdan chiqishdi. Mina egnini alishtirish uchun shkafdan sonlarini berkitib turuvchi kiyim oldida tõxtab ikkilanish bilan ortiga qaradi. Khan devanda chõzilib qolgancha uni jim kuzatib yotardi. Yanoqlari qizargancha biroz ikkilanib labini tishladi.
~ 🖐...Sen..)- Taehyung kravatdan tushib Mina tomon sekin yurib kelib kõrsatgich barmoğini qizning labi ustiga qõyish bilan birga nigohini ham bir soniyaga lablariga qaratdi.
~ Khan siz...
~ Khan sen! - U ovozini biroz balandlatib takidladi. Qoshlari ham shunga mos tarzda chimirildi- Khan sen deb gapir..
Mina uni kozlariga qarab turib gapning mağzini chaqgani hamon nigohini olib qochdi.
~ Taehyung... teskari.. õgirilib tur iltimos..
~ Nimani yashirmoqchisan? Butun boshli kun davomida tanangni õrganib chiqishga ulgurdim.
~ Shunday bõlsada..bu noqulay. Iltimos..
~ Yaxshi , yaxshi..)- U sekin teskari õgirilganda qiz bunga ishon hosil qilish uchun bir necha daqiqa kiyinmasdan uni kuzatib turdi. U qimirlayvermagach sekin kiyinishni boshladi.
~ Bõldingmi? Tushlik vaqtini otkizib yubordikmi? Qornim och qoldi.
~ Yana biroz..., umid qilamanki men tomonga qaramayapsiz!
~ Yooq, nimani aytsam? Chap kokraging ustidagi mitti holni kõrmadim albatta
~ Tezroq bolmasang, seni ozim kiyintirishimga hech narsa tõsqinlik qilmaydi...
Khan egniga tõq rangli fudbolka va shortikda chiqgach pastga tushdik. U muzlatgichdan yeyish uchun yeguliklar olayotganda stulga õtirmoqchi bõldim. Ammo basseyn ichida suzib yurgan narsa diqqatimni tortib, stulga qonmasimdanoq tashqariga chiqdim.
Basseyn ichida suzib yurga yashil rangli narsani ich kiyim ekanligini tushunganimda kulgudan buralib qolmaslik uchun devorga tayandim. U suv yuzasida barcha tashvishlardan ozod kabi bemalol suzib yuribdi. Ammo uning vazifasi bor!!
~ Tinchlikmi?)- Khanning qorasi korinishi bilan uning reaksiyasini kutib tikilib turdim. Tushunarsiz ifoda bilan tikilib turib suv yuzasidagi buyumni payqagach hayrat bilan boqib sekinlik bilan yuziga kulgu yugura boshladi. Menimcha qattiq kulib yubormaslik uchun yuzini qõli bilan berkitib kengayib borayotgan lablarini tishladi. Men uning yuziga tikilib turib kulguyim sira yashira olmay kulishni davom etdim.
Khan barcha tishlarini kõrsatib men tomonga kinoyali qarab qõygach bassen boyiga otirib qoliga tayangancha suv yuzasida suzib yurgan bu ichki kiyimga qõl chozib uni oldi. Xuddi xazina topgan kabi namlanib shilpayib qolgan ichki kiymimni tepaga kotarib bayroq kotargandek silkidi. Jin ursin! Yuzim yana qizara boshladi. Yuqoriga kotarilgan qoliga sakrab uni olishga urundim ammo boyim pastligi pand berayotgandi.
~ Butun asaloyi davomida ukarni kiymaslikga sõz ber!
~ Mayli, aynan ularni kiymayman.
~ Yoq, jamodoningdagi barcha shu kabilarni.
~ Yaxshi, faqat ularni bunday silkishni bas qil. Tushirsangchi)- Kulgu bilan yalinish ohangi qorishib ketdi.
Khan qõlini pastga tushirib belimdan maxkam quchib lablarimdan chuqur õpdi.
Tuni bilan bularni õqib kozim qay vaqt ilinganini ham payqamay qoldim. Suxonning telefonda baland ovozda suxbatlashishi meni uyğotib yubordi. Aftidan yana oyisi bilan janjalashayapti
Tezda qolimdagi Minaning butun boshli hayoti tasvirlangan bu daftarni ustimdagi choyshab ostiga yashirib, õzimni hech narsa bõlmagandek tutib, boshimni qashigancha õrnimdan turdim.
Suxon asabiylashgancha yuvinishxonasiga kirib ketdi. Tez tez harakat qilib xona tomon yugurdim. Qõlimdagini choyshabdan sezdirnay sumkamga yashirib xotirjam boldim. Hech narsa kormagandek Universitetga ketish uchun tayyorlana boshladim.
Labimga lab boyoğimni surib bolib ularni bir biriga ishqalaganimda eshik qõngiroği fikrimni buzib boyoğim shuvalib ketdi🤦♀️ jaxl qilgancha eshik tomon shoshib uni ochdim.
~ ... hayrli kun. Mina sizmisiz?
~ Yoq. Unda nima ishingiz bor?
~ Unga jõnatma bor. Iltimos uni chaqirsangiz.
~ U hozir dushda edi. Men berib qoyishim mumkun.
~ Aa.. unda mana buni unga berib qoying. Mana bu yoqga buyurtmani qabul qilganingiz haqida imzo chekib yuborsangiz! Raxmat!
Rasmiy eltish xizmati kiymini kiygan yigit qõlimga katta faylpapka tutqazib ketib qoldi. Eshikni yopib ichkariga kirdim. Uni ochishim yaxshi emasligini bilardim, ammo qizuquvchanligim doimo bu borada ustunlik qilgan. Papkani ochib ichida bir necha varoqdan iborat hujjatni kordim.
Varoqning eng boshida ajrim hujjati yozuvini korib barchasini darxol angladim. Kecha õqiganlarim nima edi? Barchasi chalkash. Men õqiyotgan bu daftar ichidagilarda ular baxtli, ammo men kõzlarim bilan korib turgan olamda ular ajrashish arafasida.
~ Mivon menga taroq bera olasanmi?)- Egnida sochiq oragancha Mina dushdan shoshib chiqganida biroz angrayib qoldim. Hayolimni yiğib taroq olish uchun xonamga kirdim va uni olib chiqganimda bu hujjatlar allaqachon uni qõlida edi. Hujjatni tutib turgan barmoqlarini titraganini va kõzida yosh aylanayitganini payqab bir sõz deyishga qõrqdim. Uni qanday yupatish kerak ekanligini bilmayman.
~ Mina.... mana taroq..Iltimos hafa bolma! Sen baxtli bõlishga loyiqsan.
~ Bunga hamma loyiq.... nahotki bari shu qadar oson bolsa? Õrtangizda hech narsa qolmadimi? Sevgichi? Farzandlarchi? Ular bõlmadimi?
~ Mivon... men ona bola olmayman. Extimol. Khan shu sababli mendan yuz õgirgandir...
Hayratimni yashira olmadim. Men bilmagan yana nima qoldi? Nega ona bõla olmaydi?
U hayratlanayotgan kõzlarimga qarab turib yanoğidagilarni artdi va qõlimdagi taroqni olgancha tezda dushga qaytib kirib ketdi. Sõng ichkaridan uning suvga qorishib ketgan yiği ovozi eshitildi.
~ Bu nima? Kimdir yiğlayaptimi?)- Suxon ziragini taqgancha ichkaridan chiqib keldi.
~ Eri Minaga ajrim hujjatlarini yuboribdi)- men stol ustidagi qoğozlarga imo qildim. Suxon darxol ular tomon otilib kõzdan kechirib chiqdi.
~ Voy ablax! Erta tongdan sovuq xabarni nonushtaga yesin deganmi? Juda tõyimli bõldi!
Biz Mina chiqishini ancha kutdik. Xatto u bu dushdan bugun chiqishiga shubxalana boshlagandik. Ammo õylaganlarimizdan ozimiz hayratda qoldik. U ichkaridan chiqdi. Ammo bir boqishda hech kim uni ajrashayotgan ayol demaydi. Chiroyli kiyingan, uzun sochlari ajoyib turmaklangan va yetarlicha joziba bilan qilingan pardoz unda muammolar borligini sezdirnaydi.
~ Ketdikmi?)- Suxon ikkimiz bir birimizga kinoya bilan qarab qoydik.
~ Ha! Esimdan chiqay debdi. Menga ruchka bering.)- Suxon sumkasidan ruchka chiqarib ikkilanib unga uzatdi. U ruchkani oldiyu, ikkilanib otirmay õz imzosini qõydi. Biz Suxon bilan ikki marta hayratlangancha yana bir birimizga qaradik.
~ Seni tushuna olmayapman! Axir sendek yigitning yõlida orzumand qizlar qancha! Nega bu qizga yopishib olding?
~ Siz bu qiz deyayotgan odam mening rafiqam!! Nima deyayotganingizni õzingiz anglayapsizmi?
~ Axir endi bola yõq! Muammo nimada-?
~ Oyi men xotinimni sevaman! Va u bilan ajrashishni hayolimning chekkasidan ham õtkazmadim! Siz esa ajrimni talab qilyapsizmi? Nega bunday qilishim kerak?
~ Men bu qizga uylanishingni istamagandim! Umuman seni tõyingni bu tarzda bõlishini istamagandim. U katta va õziga xos boğda bolishi, kop kop odamlar seni va rafiqangni qutlash uchun kelishi kerak edi. Xatto kelin topib qõygandim.. Ammo ota onasining uyiga necha oylardan beri bormaydigan õğlim maslaxatlashmay barini hal qilib bõlgan ekan!! Men bularni hazm qila olmadim. Qilmayman ham. U bilan ajrashasan!
~ Hazm qiling. Qilishga majbursiz! Bu meni hayotim, meni oilam. Unda qanday yashashni õzim bilaman! Xotinim bilan esa ajrashmayman...
Eshik taraqlab ochilganda ikki qadam ortga tashlab yuzimni õgirdim. Qolim bilan kozimda qotib qolgan kozyoshlarimni tez artib tashladim. Khan barini eshitib turganimni tushunib bir on nima qilishni bilmay betartib nafas olgancha menga tikilib qoldi. Sõng sekin qol chõzib menga yaqinlashdi va ortimdan quchib oldi.
~ Quloqlaringni berkitib olmaganmiding?)- Uning shivirlagan ovozi kuchsiz tanamga oro bağishlagandek meni quchib turgan qoli ustidan õzimnikini qoydim.
~ Unda bularni bõlmadi deb hisobla kelishdikmi?
~ men... bilmayman...
U mõrt tanamni sekin õziga qaratib qolimdan ushlab kõzlarimga qatiy nigoh bilan qaradi.
~ Quloq sol, hech narsa, hech bir inson sendan uzoqlashishim uchun sabab bõla olmaydi. Õrtamizda 3- shaxs bõlmaydi... Seni tashlab ketmayman. Chunki sensiz yashay olmayman...
Yanoqlarimda kõzyoshlarimni artayotganda battar yiğlab qolidan tutdim. Tangrimga ming shukur qilardim. Chunki men unga chin qalbim bilan ishonardim......
~ Mina! Bu Khan!)- Hayolga berilib qolganimni sezmay ham qolgandim. Bir onga ular meni ruhimni olib qochishgandi. Qarshimda Suxon telefonimni menga tutqazib turardi. Ekranda ,,My home,, yozuvini kõrdim. Khanni shunday atardim. U rostan ham mening uyim edi. Ammo endi bunday emasku. Qiziq nega hali ham uni õzgartirmadim?
Õtgan galgidek jiği biyron bõlmasligi uchun signal õchmasdan gõshakni kõtardim
📲Umid qilamanki muammo chiqarmaysan. Barchasi silliq kõchishini xoxlayman. Bu ikkimiz uchun ham yaxshi..
📱 Barchasi orzu qilganingdek. Ularni qachon olmoqchisan?
📲 Bugunoq.. Balki õzing kelarsan? Sen bilan sõnggi marotaba qahva ustida suxbatlashamiz.
📱 Nima meni uchrashuvga taklif qilyapsanmi?) - Gapni hazilga yõydim. Kutganimdek u gaplarimdan kulib yubordi.
📲 Buni uchrashuv deb ataymaylik. Balki xayrlashuv...
📱Ha albatta... tushdan sõng boraman.
Gõshak uzildi. Õzimni bosishga urunsamda xõrsinib yuborganim atrofimdagi dugonalarimga yaqqol sezildi. Ular menga achinish bilan qarashayotganini korib biroz jaxlim chiqdi. Menga bunday, xuddi men juda ojiz insondek qarashlarini yoqtirmayman....
Tushlikni tugatganimizdan song xayrlashdik va men Khanning kompaniyasi tomon yõl oldim. Mashinadan tushib kompaniya ichiga kirib borarkanman, atrofdagilar hamon menga men uning rafiqasidek muomala qilishardi.. ammo ularning bari ikki yuzlamachilar. Chunki ular Khan va mening sobiq dugonam õrtasidagilarni allaqachon bilishlari kerak. Kim biladi Khan men bilan ajrashish haqida õylashi oldi ularning kõz õngida uni necha bora quchib õpgan? ...men kabi....Yuragim uvushib qattiq oğriq turdi. Nafas olishim qiyin kechsada õzimni tutishga urunardim.
~ Hayrli kun xonim!)- Eshik oldida õtirgan kotiba menga jilmayib qaraganda jilmayib javob berib eshikni ochib ichkariga kirdim.
Khan kõzlari yumuq boshini kresloga tashlab jim yotardi. Kirganimni sezgach kõzlarini ochdi. Unga qanday munosabat bildirishni bilmay qotib qoldim. Odatda ajrashayotganlar bir biri bilan yaxshi munosabatda bõlishmaydi
Ammo men õzimni mutloq befarq tutishni istardim. Huddi hayotimda hech nima õzgarmagandek. Xuddi u kabi...
~ Salom. Õtir.. Qahva ichasanmi?)- U taklif kiritganda bosh silkib qõyib uning qarshisidagi kresloga õtirdim.
Telefon orqali kotibasiga 2 ta qahva buyurdi va biri sutli bõlishini aytganda jilmayib qõydim. U meni 5 panjasidek bilardi..
~ Mana ular..)- Hujjatlarni sumkamdan chiqarib qõliga tutqazdim. Huddi imzolaganimga ishonchi komildek ochib ham qaramay chetga surib qõydi. Unga qarab turib yana bir bor amin boldimki, uni menga bolgan sevgisi ziğirchalik ham qolmabdi. U befarq edi, xuddi men bu xonada yõqdek...
Kotiba qaxvalarni keltirganida õzimga tegishlisini olib lablarimga yaqin tutdim.
~ Endi nima qilmoqchisan?)- qahvam ichayotib kõz ostim bilan unga qarab qoydim.
~ ...Hayotimni kelgan joyidan davom ettiraman. Shundoq ham u davom etyapti. Aza ochish shart emas... Aslida nega buni sõrab qolganinga hayronman. Axir meni keyingi hayotim sen uchun hech qanday ahamiyatga ega emasku!
~ Tõğri. Shunchaki odob uchun sõradim)- U kuldi.
~ Men seni shundoq ham bilaman. Menga õzingni odobli qilib kõrsatishing shart emas..)- Men ham kuldim.
Qahvam tugaganda ketish uchun õrnimdan turdim. Biz tuzik gaplashmadik ham. Shunchaki bir birimizga qarab qõydik... Agar bu avvalgi vaziyat bõlganida men unga hatto stulga qanday õtirib turganimgacha aytib bergan bõlardim. U esa meni jon quloği bilan tinglardi. Lekin u meni tinglamay qõyganiga ancha bõlgandi. Kabina eshigiga yaqinlashganimda titrab ketdim. Men bu yerdan tashqariga chiqishim bu bizning eng sõnggi uchrashuvimizligini bildirardi. Ortimga sõnggi bor qarashni juda istardim. Uning chiroyli va sinovchan yuziga songi bor tõyib qarashni juda istardim. Ammo irodam yõl qõymay mushtimni siqgancha eshikdan tez qadam qõyib chiqdim va iloji boricha bu yerni tezroq tark etishni istadim.
Kun kech bõlganiga qaramay sohil bõyida ancha vaqtgacha sayr qilib yurdim. Sõng oyoğimda madorim qolmay yerga õtirib titrayotgan tanamni quchdim... Bugun tongda hujjatlarni imzolayotguncha boshqa yiğlamayman dedim ammo umrim shu zaylda bõlsa men umrim oxirigacha yiğlayman. Hayot meni tuğilganimdan beri kõzyoshlarsiz qõymagan..
Telefonim jiringlaganda bu Suxon yoki Mivon ekanini taxmin qilib sumkamni titkiladim. Ammo bu boshqa..
📱Nima sen ham meni uchrashuvga taklif qilmoqchimisan?
📲 Sohil boyi shu maxalda ancha sovuq emasmi?) - Qoshlarimni chimirib atrofga alangladim. Ortimga õgirilganimda 40 metrcha narida, yõl ustida uning mashina ichidan boqib turgan yuzini kõrib jilmaydim
📲 Seni millionta odamlar orasida ham farqlash qiyin emas.
📱 Qanday? Chiroyli yuzimdanmi?
📲 Oyisi ayiqga aylanib qoladigan malikanikiga õxshash sochlaringdan.
📱 Jack!!!)- qattiq kulganimdan sohil bõyidagi barcha meni tingladi shekilli. Nahotki sochlarim shu qadar daxshat bõlsa?!
📲 Seni mashinada kutaman. Tezroq kel!)- Jackson telefonni õchirib qõydi. Õrnimdan turib qum bõlgan engnimni qoqgancha uning mashinasi tomon yurdim. Mashina eshigini ochib ichiga õtirganimda qadrdon dõstim meni maxkam bağriga bosdi.
~ Shu mahalda bu yerda nima qilayotganding?
~Sovuqotsang oğriqni sezmaysan..
~ Bu gapni qayerdan olding? Biror joying yaralanganda ustiga muz qoyilishidanmi?
Uning yelkasiga urib qattiq kuldim.
~ Qisman shunday desa ham bõladi..
~ Xõsh endi oğrimayaptimi unda?
~ Oğriyapti... ammo avvalgidek emas!
Jackson nimadir deyish uchun oğiz ochdiyu ammo ulgurmasidan telefoniga kelgan xabardan shoshib qoldi. Uni õqiy turib negadir qiyofasi õzgardi va menga ğalati qarab qõydi. Song kõzlarini olib qochdi.
~ Jack! Nega menga bunday qarading? Nimanidir yashiryapsan! Bõlaqol ayt!
~ Hech narsa dedimku, ahamiyati yõq!)- telefonini chõmtagiga tiqishga urunayotganda qõlidan yulib oldim. U õzini lanatlab peshonasiga urdi va menga qiziqish bilan tikilib turdi. Kelgan habarni kõrishim bilam muzlab qoldim. Khan uni õzining butun Koreaga shov shuv boladigan tõyiga chaqiribdi.
Tomiğimga nimadir tiqilib qoldi. Nafas ololmay qoldim. Faqat tikilib turardim.
Ammo yuragimdagi oğriqni faqat õzim his qilardim. Khan Lora uchun ajoyib ulkan tõy hayda qiladi va barchaning kõz õngida cherkovdan nikohda õtishadi. Barcha u meni tark etganini biladi va barcha tinimsiz u bilan ajrimimizu, 2- tõy marosimi lol qoldiradigan darajada bõlganini gapiradi. Zero men va Khanning qachon turmush qurganimizni hech kim sezmay qolgandi. U shu qadar oson va tez bõlgandiki bitta imzo bilan yakun topgandi. Men bularni u bilan qanchalik orzu qilganimni xatto tasavvurham qila olmasdim. Ammo u mening orzularimni suğurib olib õzining yangi sevgilisiga berdi.
Nafas olishga qiynalganim uchun eshikni ochib tebrangancha mashinadan tushdim. Ortimga qaramay oyoqlarim chalkashib yurib ketarkanman Jackson ortimda yugurayotganini bilardim. Ammo uni kelmasligini istardim va shu bois qadamimni yanada tezlatdim. Hozir yolğiz qolishni istayman. Ammo oyoqlarim chalishib yiqilib tushdim. Jackson darrov meni tutib quchoqlab oldi. U meni quchishi bilan boynimdagi oğriq yõqolib kõzyoshlarim yuzimni kuydirib sizib chiqdi. Ortiq õzimni ushlab turolmay uning bağrida yiģlab yubordim. U bilan õtkazgan baxtli onlarimiz õtmishga aylanganidan ichim yonardi. Barchasi juda juda alam qilardi. Men õzim hohlab bunday taqdirni tanlamagandim! Men ham barcha kabi sevgan insonimga oq libosda turmushga chiqishni va bizning ilk baxtli kechamiz bõlishini istagandim. Ammo men uning uyiga birovdan ortirilgan bolam va buzilgan* holimda kirib borgandim. Oddiy, fudbolka va qora shimda....
Qattiq yiğlayverib hiqqichoq tutib qolganidan Jacksonning yoqasini maxkam siqib ushlab oldim. Ortiq kuchim qolmagandi. Harakatlana olmasdim. U ongimni õqigandek meni kõtarib mashinasi tomon olib bordi va orqa õrindiqga yotqizib eshikni yopdi. Titrayotgan tanamni zaif quchib jim boldim. Kõzyoshlarim yanoğimni kuydirishni tõxtatmadi...
Kõzlarimni ochib õrnimdan turayotganimda boshimdagi kuchli oğriq tufayli aqldan ozaman deb õyladim. Jackson barini oldindan sezgandek qarshimda dori va stakanda suv tutqazib turadi. Dorini yutib biroz suv ichgandan sõng qaddimni rostlab õtirdim.
~ 8- qavat zinasidan qulagandek xis qilyapman õzimni.. Boshim qattiq oğriyapti.
~ Bu kop yiğlaganingni oqibati. Tunda zõrğa uxlatdimku seni!
~ Nima qilay barchasi tõplanib turgan ekan. Hech ozimni tõxtata olmadim....
Oraga sukunat chõkdi. Yana tomoğimga nimadir tiqilib qoldi. Jackson nimadir demoqchidek qarab turar, tinmay barmoqlarini õynab labini tishlardi.
~ Hey malika, Menga turmushga chiq!
Yerga egib turgan boshimni keskin kõtarganimdan qattiq oğrib qoldi. Men Jacksonning kõzlariga chuqurroq qarab jaxldan lablarimni qisdim.
~ Esdan oğibsan! Bu haqida qanday õylading?
~ Oddiy...)- Uning bemalolligi shu qadar qonimni qaynatardiki asab tolalarim tufayli kasal bolib qolishim aniq edi.
~ Oddiy? Bu oddiy narsa emas. Bunga yengil qarab bõlmaydi. Sen miyyangda nima xoxlashingni yaxshilab õyladingmi?.
~ Haa, qarorim qat'iy!)- Yuzim burishib ketdi. Dõstim sifatida yagona suyangan insonim erta tongdan menga turmushga chiqish taklifini beryapti.
~ Kerak emas Jack. Yana bir insonni baxtsiz qilishni istamayman. Khan men bilan nima uchun ajrashayotganini ikkimiz ham xis qilib turibmiz axir. Men unga ham senga ham hech narsa bera olmayman. Shu bois yillar õtib sen ham mendan beziysan. Huddi u kabi. Qolaversa sen hali uylanmagansan! Hayotingni mendek eridan ajrashgan ayol bilan boğlamoqchimisan? Bu axmoqlik!
~ Seningcha men bularni õylamadimmi? Men hech narsaga ishonch hosil qilmay turib taklif kiritmayman buni yaxshi bilasan..
~ Jackson sen meni dõstimsan! Senga faqat shunday qaray olaman!
~ Men ham seni sevaman deyotganim yõqku!
~ Nima?) - Karavatdan tushib endi ketish uchun harakat qilayotgandim. Ammo u qolimdan ushlab tõxtatib qoldi.
~ Deylik...Biroz rõl õynaymiz..)- U kõz qisib qõydi. Meni esa qoshlarim chimirildi.
~ Men uchun?... Oh, yõq! Aytmoqchisanki ikkimiz soxta nikohdan otamizmi?
~ Bu nega kerakligiga tushunmayapman!
Nega ekanini bilmayman ammo uning gaplari kulgimni keltirdi va achiq tabassum qildim.
~ Demak biz Khanga ozor berish uchun turmush quramizmi? Rozi emasman. Nega endi hayotimda qadri qolmayotgan inson uchun nimadir qilishim kerak.
~ Qadri yõqmi? Yaxshi unda men õsha ablax eringni bugun mashinamda bosib ketaman! Tõy marosimi õrniga butun Korea uning achinarli õlimi haqida sõzlaydi.
Kõz oldimda qonga belanib, parchalanib yotgan sevgan insonim gavdalandi. Bir onga nafas olishdan tõxtab qoldim. Hayolim õzimga kelganda titrab ketdim.
~ Uni yõqotishdan qõrqding tõğrimi? Aytishim mumkunki u ham shunday. Shunchaki õsha qiz uni qanday gipnos qilganini bilmayman, ammo u bilan chalğigan. Extimol u sendan yuz chandon ayyoroq va aqilli bõlishi mumkun. Shu sababli ham Khanning ongi õzida emas, unda... Va Khan seni 5 panjasidek yaxshi biladi. U bilan ajrashganingdan sõng ham unga xiyonat qila olmasligingga, hech qachon boshqa erkakga imkon bermasliginga ishonchi komil. U õz oilasini qurib ular bilan yashashni davom etadi va sendan ham kõngli tõq bõladi. Chunki sen turmush qurmaysan. Mana nega u bunday qilyapti. Uning yõqolgan aqlini joyiga keltirib qõyish kerak. Men buning yagona chorasini aytdim qarorni sen qabul qilasan..)- Jackson huddi ertak aytgandek labini burib stakandagi suvni kotarib ichib yubordi. Men esa uning gaplarini hazm qila olmayotgandim. Khanning menga qilayotganlari shunchaki aldanish tufayli deb bolmasdi..
~ Sen aqldan ozibsan! Mexribonliging uchun raxmat. Ammo bular hech biri mantiqga tõğri kelmaydi.... Yaxshilab dam ol...men..õqishga boraman!)- Sumkamni ilib uydan chiqib ketdim.
Taksi tõxtatish uchun qõl kõtarib yol yoqasida tursamda hayolimda Jacksonning taklifi aylanardi. Men uning aytganlari va Khanning amallarini solishtirardim. Agar bular rost bõlsa men ham uni azoblashni bor vujudim bilan istayman...