April 8, 2025

Broken love

🕸 B R O K E N L O V E 💔

Ep/4

...... Hissiz boshlangan yaqinlik*.... hissiz tugadi.....
U sõngi nolalarini lablarimdan quvib chiqardiyu nafas rostlash uchun õzini yotoqga õtdi. Bu yaqinlikda* hech qanday his tuyğu yõq edi. Men buni yaqinlik* vaqtida payqadim. Shunchaki yoqilmli charchoq hissi va bazi nolalar bor edi xolos...
Men jinsiy aloqani ikki inson õrtasidagi muxabbatni kuchaytiruvchi vosita xisoblardim. Ammo Khanning kõnglida menga nisbatan hech qanday muxabbat yõq edi va bu yaqinlik* muhabbatni mustahkamlash uchun emas balki shunchaki qoniqish uchun edi..

Men unga teskari yotib ochiq badanimni pastelga kõmib oldim. Bir becha vor olingan tartibsiz nafasdan sõng u õz ritmiga tushib sekin õrnidan turganini xis qildim. Men uni ortimdan menga ,,ahvolingiz yaxshimi,, degandek tikilib turganini his qildim, ammo tiliga bu sõzni chiqara olmadi....
Bir necha daqiqa tepamda shu tarzda turgach õrnidan turib dushga kirib ketdi. Soniya õtmay ichkaridan suvning ovozi eshitila boshladi. Men ham dush qabul qilishim kerak...
Qaddimmi rostlab õrnimdan turmoqchi bolganimda qorinning pastki qismida ogriqni xis qildim. Xuddi bokiraligimni yoqotgan kun kabi... Ammo endi bokira emasman, va bizda shunchalik kuchli yaqinlik* bõldimi? Oğriqga qaramay õrnimdan turishga urundim va buni qildim. Ustimga pastel õrab bu uydagi boshqa dushga kirish uchun va iloji boricha bu yerni tezroq tark etish uchun ilk qadamni tashlaganimda oyoqlarim orasidagi oğriq bilan yerga quladim. Oğriq shu qadar kuchli ediki, men butun tanam titrayotganini xis qildim. Oğriqni va titroqni bosish uchun pastelni maxkam ğijimladim. Ammo oğriq vaqt õtgan sari yanada oğriq berardi.


Khan povv/

Suvning iliq tomchilariga yuz tutib ularni tanamda xis qildim. Har bir tomchi tanamga yoqimli tarzda qõnib tanam bõylab harakatlanmoqda. Lekin befoyda..
Men nima qildim? Va nega bunday qilganimni umuman tushunmayman. Sevgimi? Ayolga bolgan istak*mi? Yõq!! Men unga nisbatan bularning birortasini ham his qilmadim. Bu... boshqa narsa, boshqacha tuyğu! Balki sevgining boshlanishidir....

Yengil dushdan sõng egnimga yumshoq halatni ildirib tashqariga chiqganimda karavat ustida barchasi tartibsiz tarzda edi. Ammo u yõq edi. Bir nechta qadam tashlab garderobimga yõl olayotganimda ingroq ovozini eshitib joyimda tõxtadim. Karavatning balandligidan uning yon tomonida kimdir borligini payqash qiyin.. Sekin õsha tomonga yurdim va oyoqlari ostidagi qonga belangancha pastel ģijimlab òtirganini kòrib qòrqib ketdim. Darxol uning oldiga chòkib yelkalaridan ushlab ozimga qaratdim. Sòzsiz ham azob chekayotgani kòzlaridan kòrinib turardi. Buni men qildimmi? Qarshimdagi chorasiz, nimjon qizga juda juda raxmin keladi. Titrayotgan tanasini kotarib dushga olib kirdim.
Men uning homilador ekanini unutdimmi? Yaqinlik vaqtdi buni mutloq unutgandim.
Tezda dush qabul qilishiga yordamlashib, yana dushdan kõtarib olib chiqdim. Endi tanasi titramayotgandi...

Kiyinib uning garderobi tomon yugurdim. Qolimgan ilashga ilk shim va sviterni olib xonaga qaytdim va shoshilinch uni kiyintira bishladim. U qõl ostimda xuddi hissiz qòģirchoqdek harakat qilardi...U bilan gaplashib olish kerakligini xis qilardim.

~ Mina? Afsusdamisiz? )-Khan


Mina povv/

~Mina afsusdamisz?)- Khanning yuziga qaradim. U nima deyapti? Bolamni xis qilmayapman!
Men uning gapini rad etib bosh silkidim.
~... Khan, doktorga boraylik..)- Shu sizlarni lablarim orasidan bazõr siqib chiqardim. Khan ortiqcha savol bermadi. Meni qõllarida kõtarib pastga olib tushdi va mashina ichiga qondirdi. Oģriqning kuchligidan kòzlarimdan yodh sizib chiqa boshladi. Qon ketishi dush qabul qilganimdan sòng tòxtadi, ammo bu nimani anglatishini juda yaxshi bilaman. Bolam meni tark etmoqchi...

Bu kichkintoyni boshida yoqtirmaganim uchun shu qadar afsuslanardimkii, nomusimni buzgan nomardning qilgan ishi uchun bolamni ayiblashga haqqim yòq edi! Men yomon onaman! Uni mitti kaftini tuta olmasdan yõqotish oyoqlarim orasidagi oğriqdadanda kuchliroq azob berayotgandi menga!

Mashina qachon yurib qachon shifoxona oldida toxtaganini sezmadim ham. Faqatgina Khanning ,, yura olasizmi?,, degan gapi hayollarimni joyiga qaytardi.

~ Urunib kòraman..)- Khanning hamroxligida asta qadam tashlagancha shifoxona ichkarisiga kirdik. Kirishim bilan xuddi meni kutib turishgandek arava bilan qarshimizga kelishdi va meni õtirģizib aravani ortidan itargancha olib ketishdi. Yõl yõlakay Khanning shifokorga vaziyatni tushuntirayotganini eshitdim. Shifokorning buyruģiga kõra meni aravada surib kelgan yigit homilamni kõrsatuvchi aparat qarshisiga olib keldi.

Negadir oyoq qõlim titrab ketdi. Bu stolga yotishdan qõrqyapman. Shifokor yaxshi xabar aytmasligini butun vujudim bilan xis qilib turardim. Ammo meni yotqizishdi. Shimimning zamogini yechib qornimga shilamshiq gelli tekshiruv moslamasini qõyishdi.

~ U õgil ekanligini bilarmidingiz?

~ Yõq...- Khan uning gapiga javob berib menga qaradi. Yuzimni aparat ekranidan burdim...- U yaxshimi? )- Khan

~ Vaziyat biz oylagandanda yomonroq.... Gap shundaki, chaqaloqning yuragi urmayapti...

Dunyo quladi. Butun jahon kõz oldimda qulab tushdi. Men õz bolamning qotiliga aylandim. Uni õldirib qõydim. Endi nima? Uni vujudimdan yulib olishlarini aytishyapti...

Shu qadar kuchli silkinib yiğladimki, barcha jismoniy oğriqlarni unutib faqat achishayotgan yuragimni ğìjimladim. Nafasim tobora siqilib borardi.

Keyingi soniyalarda Khan va doktor uzoq gaplashishdi. Khanning kõzlarida menga achinishni kõryapman.

~ Mina... Agar hozir bolani oldirsak... Keyin farzand kõra olmasligingiz mumkun.. Lekin shifokorlar bir necha kun shu yerda qolib bolani tushirish uchun molaja qilishlarini aytishdi. Qolishingiz kerak, tushundingizmi?)- Õlgan bolam ustidan hukm chiqarishim kerak... uni bõlaklarga bõlishni istamayman! Ammo shifoxona.. u meni bõgyapti.

~ Necha kun?

~ Uzoği 5 kun deyishdi. Xavotir olmang men yoningizda bõlaman.... Yana meni kechiring. Meni deb boldi..

Men faqat õzimni ayblayotgandim. Ammo tõgri. Bariga u aybdor. Barchasi Khanni deb bõldi. Ayni damda Khanni juda yomon kõrib ketdim. Lekin undan boshqa kimim bor? ...Oyimni quchoğiga kirib yiğlagim kelyapti....

🕸 B R O K E N L O V E

3 kun... 3 kundan beri shu lanati shifoxona oynasidan vujudimdagi õlik yurakni uzulib tushishini kutib derazadan tashqariga boqib yotibman. Ular bola tushayotganda kuchli oğriq bõlishini aytishdi. Ammo bu oğriq uni yurakchasi urmay qõygan kundan beri vujudimda uyğongan va bir onga bolsada sõngani yõq!

Khan har doim yonimda. Tunlari ham shu yerda tong ottiryapti. Bazan egnidagilarni alishtirish va bazi extiyojlarni amalga oshirish uchun bir necha soatga yõq bolib qoladi. Va darrov paydo boladi...

Unga nisbatan hech narsani his qilmay qõydim.. umuman bu olamga nisbatan biror tuyğuni tuymayapman! Barchasi õta hissiz va rangsiz! Zerikarli... õz ma'nosini yõqotgan. Meni tashvishga solayotgan yagona narsa endi hayotimning qanday davom etishi. Men Khan bilan ajrashishim kerakmi? Chunki men u bilan bola borligi uchungina turmush qurgandim. Õrtada bir martalik yaqinlik*dan boshqa hech narsa yõq, va bu shunchaki uning extiyoji edi. Bizda endi birga yashash uchun asos yõq. Menimcha bu yerdan chiqganimdan keyin ajrim xujjatlari qõlimga keladi. Ammo menga endi mutloq farqi yõq! Hech narsa bilan ishim yõq. U bilan tanishishim oldi qanday yashagan bõlsam bundan keyin ham shunday bõladi.. Hayotimni u kelishidan oldingi sahifalaridan davom ettiraman. Hatto yangi sahifa yarataman! Hissiz, barchasi befarq inson sifatida...

Hojatxonaga borishni istab qoldim. Sekin õrnimdan turib ulgarmasimdan qornimning pastki qismida uyğongan oģriq tufayli qulab tushishimga oz qoldi... Karavatimga tayangancha kõzlarimni chìrt yumdim.. Bu boshqa narsa.. Bu xojatxonaga borishdan kòra ortiqroq tuyģu. Kuchli ogriq butun boshli tanamni larzaga keltirib lablarimda ingradim. Xatto tayanib turish uchun kuch topa olmay sekin yerga quladim.

Bu oğriq nima ekanini tushunib yetganimda kõzlarimdan yoshlar otilib chiqdi. Ular shundoq ham tinmagani tufayli paydo bõlishi osonroq boldi. Qornimning ostki qismini gijimlagancha yiğlab baland ingradim. Oģriq shu qadar õrttiki men bolamning tanamdan qanday uzulayotganini suyak suyagimgacha xis qildim. Atrofda menga yordam beradigan hech bir zot yõq! Yagona umidim Khan ham...

Derazadan hamshiralarning xonam oldidan qanday õtib qaytayotganini kuzatib turibman ammo ularni chorlashga holim yõq..Shu qadar kuchli ingradimki, menimcha bu ovozni butun shifoxona eshitdi. Xonam eshigi ochilib egniga oq halat kiygan hamshira ayol kirganda, shu qadar sevindimki, hech qachon qachondir ularni korsam bu qadar sevinaman deb õylamagandim..

Hamshira yerda bukilib qolganimni kõrib qolidagilarni stolga qõydiyu men tomonga otildi. Qolimdan ushlab meni turğazishga undardi ammo oğriq tufayli biror harakatni qila olmasdim. Xatto kõzimdan oqayotgan yoshlarimni ham artish uchun qõllarim ishlamayotgandi. Gõyo oğriq bor joyni qattiq gijimlab tursam bari õtib ketadigandek..

Hamshiraning yordami bilan oyoqda zòrģa turgancha titrardim. Nega yotqizmayapti? Nega karavatga otirishimga komaklashmayapti? U meni battar azoblamoqchimi?
Hamshiraning qoliga tayangancha tikturib ingrardim. Jonim oğriyapti, ichimdagi tanamga jipslashgan mittiyurak mendan uzulib tushyapti!

Qon kelayotganini xis qildim. Qondan himoyalanuvchi vosita taqganligim tufayli bu meni u qadar bezovta qilmadi. Yuzim kõzyoshlarimga yuvilgan..

Eshik oldida barchasi yerga tushib sindi. Shishaning parchalangan ovozini aniq eshitib boshimni kòtarib qaradim.. Khan... U axvolimga guvox bõlib shu axvolda qõlidagi narsalarni tashlab yubordi va darrov men tomonga oshiqdi. Ammo ket!! Ketishini istayman! Meni bunday ayanchli axvolda kõrishini istamayman!!

~ Nima bõlyapti? Birorta dori yomon tasir qildimi? Nima bõlyapti javob bersangizchi!!)- Khan qollarimni hamshiradan yulib olib belimdan tutdi. Men esa uning qolida faqat ingroq bilan qaltirardim.

~Õzingizni bosing! Hech narsa yomon tasir qilgani yõq. Bola tushyapti. Bori shu birozdan sõng otib ketadi.

~ Bu...bu shu qadar azoblimi...

~ Siz nima deb õylagandingiz? Jonning bir parchasi bõladiyu osonlikcha tark etarmidi? Men doktorni chaqirib kelaman. Siz uni õtkizmaslikga harakat qiling. Tik oyoqda tursin. Yengilroq qutuladi.

Bekorlarni aytibdi! Oģriq undanda zõrayib borar, endi rostakamiga qattiq yiğlayotgandim. Khan qarshimda nima qilishni bilmay shoshib qolgan axvolda turardi. U meni tutib turgan qõlini qon qochguncha maxkam siqayotgandim.

Qattiq ingradim. Khanning kõzlarida menga nisbatan achinish hissini kordim. Yana kõzyoshlar...Bu erkak rostan ham men uchun yiğlayaptimi?
Khan meni darrov bağriga bosib belimdan maxkam quchib oldi. Qollarim õz õzidan uning yelkasiga õralib ustki kiymini qattiq siqdim. Kõzlarimni ham maxkam yumdim.

~ Bõldi, hozir õtib ketadi. Faqat ozroq sabr qiling chidang..

~ Qila olmayapman! Jonim oğriyapti Khan... Men bolamni yoqotdim. Uni jajji qolchalaridan ushlab, xidiga tõyishni shu qadar istayotgandimki...

~ Tshsh.. hammasi yaxshi bõladi. Barchasini boshidan boshlaymiz! Kelajakda yana farzandlarimiz bõladi. Chris, Seohyeon, Milan... Barchasi bõladi!

Kelajakda?... Men ortiq Khan bilan kelajak yõlimni tasavvur qilmay qõygandim. Balki u bu gaplarni shunchaki meni tinchlantirish uchun aytdi.
Uni boynidan maxkam quchib bor ovozim bilan qichqirdim. Balki Khanning quloqlari kar bõldi... Ammo men ortiq ichimda hech narsa qolmaganini juda yaxshi xis qildim. Kõz oldim qoronğulashib Khanning qõllariga quladim. U yoği esimda yõq...


Hozirgi Kun
2023- yil Seoul!

Mivon qolidagi moviy rangli daftarga kõzyoshini oqizib, uni yopdi. Sumkasidan rõmolchasini olib burnini yengil artgach daftarni sumkasiga solib õrnidan turdi. Miyyasida yana chalkash õylar uyğotgancha Universitet tomonga yõl oldi.

Mivon povv/

Men bu ayolning metin irodasiga tan berdim! Demak farzandini yoqotgan ekanda... Ammo qani õsha Khan vada qilgan Kris, Seohyeon, Milanlar..
Miyyamdagi õylar chalkashib ketdi!

****

~ Qayoqda eding-? Nega arvohdek yoqolib qolding-? Odam ham shunday lom mim demay daf bõladimi?)- qancha vaqt õtdi? Men bu kitob ichiga shõnğib ketganimdan vaqt õtganini ham sezmadim. Shunchaki qornimning bezovta bõlishi va barchaning oshxona tomon yõl olishidan sezdimki tushlik vaqti bõlgan. Men 2 para darsni õtkazib yubordim!
Oshxonaga kirganimda Suxonni idishiga taom olayotganini kordim va qolimga idish olib uning yoniga bordim..

~ Meni kõnglim buzilib qoldi. Ogohlantirish uchun vaqt yoq edi!)- Suxonni menga tikilib turgan õtkir nigohidan nigohimmi olib qochib taom sola boshladim.

~ Sen.. Rostan ham yaxshimisan? Balki doktorga borarmiz?

~ Aneoo! Bu jiddiy emas. Shunchaki yoqimsiz nmadir yeb qoydim... Sizlardachi? Ya'ni... Minadachi? Uning eri bilan nma boldi?

~ Aysh! Sõrama, men senga aytmay..

~ Yaa aytaqol! Aytgancha uni ozi qani?

~Mina qanaqadir ishlari borligini aytdi. Tushlikga kela olmaydi... Uning eri Minaga xiyonat qilibdi!

~ Buni shundoq ham bilgandik, keyinchi?

~ Gap shundaki unga yaqin dugonasi bilan xiyonat qilgan! Jin urgur bu qiz bizning Universitetimizda õqigan yillarini eslayman! Men uni katta extimol bilan B*tch deb atagan bõlardim. õsha vaqtlar ham Mina bilan yaqin edi, ammo Universitetdan haydalganidan song ular orasidagi munosabat tõxtagan deb õylagandim. Ammo bizning oqkõngil malikamiz õz boshiga òzi saqich yopishtirgan ekan! Endi yiğlab yuribdi...)- Suxonning asabiy gapirib titrayotgan lablaridan bir soniya bolsa ham kozimni uzmay stolga joylashdik.

~ Men baribir tushunmadim, barchasi xira korinyapti, ochiqroq gapir..

~ Bilmayman Mivon! Bilmayman! Uning dugonasi va eri qanday yaqinlashishgani haqida xatto qizning õzi ham bilmaydi...)- Suxon taomiga qoshiq suqib uni oğziga soldi va tez chaynab yutdi.
Nega barchasi bunchalik jumboq! Burnimni jiyirib men ham ovqatlana boshladim. Miyyamga kelib urilgan savolni tashqariga chiqarishga oshiqib yeyayotganimga tiqilib qoldim.

~ Yaa, senga nima boldi? Ma suv ich..)- Suxon uzatgan suvni bir kõtarishda ichib biroz tinchlandim.

~ Hhaligi..... Õsha sen aytayotgan qiz, nega haydalgandi? Endi nega qaytdi?

~ Agar xotiram pand bermayotgan bõlsa tuxmatga qolgan edi. Õğirlikda ayiblab tuxmat qilishgan! Bilasanmi uning fe'l atvori yomon bõlsa ham qõli egri emasligiga ishonaman!

~ Xõsh nega qaytdi?

~ Hammaning miyyasida shu savol! Agar endi Mey Khan rostan ham Mina bilan ajrashib bu qiz bilan turmush qurayotgan bõlsa, uning millioner, butun mamlakatga donği ketgan eri bor tushundingmi? U uchun rafiqasining bunday iltimosini bajarish barmoq bilan chumoli ezishdek oson... Ammo endi uni men uchun xurmati qolmadi. Qanday beor inson bõldiki sevib yashayotgan xotinining oldiga jazmanini keltirib qõysa?

Suxonning hech narsani bilmay jaxl qilishi tabiiy. Balki asl haqiqatni bilganda u ham men kabi Na Khanni va Na Minani ayiblay olardi...

Balki Khan Minaning farzandi yoqotgandan sõng unga raxm qilib yoniga olib qolgandir, shu vaqtgacha unga nisbatan hech bir tuyğuni xis qilmay yashagandir. Bundan charchagan bõlishi tabiiy... U ham inson. Uning ham hayotdan bahra olib yashashga haqqi bor!

Oshxonada taomlanib bõlgandan sõng ikki tomonga tarqadik. Suxon ozining darslariga men ozimnikiga... Ammo yõlakda men osha Khanning sevgilisini uchratdim. Uning qiyofasi yodimda saqlanib qolgan ekan. Umuman olganda, u ham chiroyli! Unda kelishgan qomat, chiroyli chehra va har qanday erkak kishini õziga torta oladigan nimadur bor.. Ammo Minaning undan farqli jozibasi shundaki, u mağrur va singanini hech kimga kõrsatmaydigan ayol! U õzini yaxshi kõradi. Balki shuning uchun ilk korishdayoq e'tiborimni tortgan. Õzini sevadigan ayollarni hamma sevadi...
Qiz yonidagi boshqa qiz bilan jilmayib suxbat qurgancha nigoxini menga qadab õtib ketdi. Uning kõzlarida biroz kibrni kordim. Mana nega u Suxonga yoqmaydi. Ryukzagimni tõğirlab yõlimni davom etdim..

Butun darslar davomida chalğishga urunib õzimni darslarga faol qatnashishga undadim. Õylaymanki barcha savollarga yaxshi javob bera oldim

Ammo Sumkam ichidagi bu moviy daftar meni õziga tortaverardi. Nazarimda Men Mina haqida barchasini bilib oldim. Ammo qiziqarli asarga mehr qoygan kabi bu daftarni õqigim kelaverardi... Balki bu daftardagilarni kitob qilishganda, u butun dunyoga mashhur bõlardi...

Darslardan sõng kutubxonaga ba'zi kerakli kitoblarni izlab bordim. Kutubxona dars qilish uchun eng qulay va eng sokin joy... Kerakli kitoblarni olib orindiqga õtirdim va darslikni ochdim.. Ammo sumkamning ochiq oğzi ichidagi moviy narsa meni oziga tortardi. Shu daftar tufayli bir necha darslarimni qila olmadim. Menga ular muxumroq!! Sumkamni oğzini yopib darslarimni qilishga kirishdim


📲...

Qiz telefonining ringtonidan seskanib sumkasini tez kavladi va tinimsz jiringlayotgan telefonini olib, ekranga tikilib qoldi..

,,Nega qõnğiroq qilyapti?- Telefonini sira kotarishni istamay õchirib qoyish ilinjida yon tomonini bosmoqchi bolganda qizning telefon tutib turgan qolidan kelib tutishdi. Mina qovoqlarini solib qolidan tutgan insonga qaradi va birdan chexrasi yorishib ketdi.

~ Jackson? Xudoyim bu yerda nima qilyapsan?

~ Shunday kutib oladimi?)- Yigit Tailand tilida gapirib Mina uchun quchoğini ochishi bilan, jilmayib õrnidan turib uni javoban quchdi. Bõyi yigitnikiga yetmagani tufayli oyoqlari uchida turishga majbur bõldi.

~ Seni soğinibman kichkitoy! Hali ham bõying õsmadimi?

~ Sen õzing uzunsan! Qayerdan kelib qolding? Meni qanday topding? Tailandga ketmaganmiding?

~ Maylimi õtirib olsam?)- Jackson qizning sanoqsiz savollaridan gangib uning qarshisidagi õrindiqga õtirdi va õziga yangi qahva aytdi.

~ Koreaga kelganimga bir hafta bõldi. Shu yerdan õtib ketayotgandim, seni tanidimu mashinamni tõxtatib tõğri yoninga kelaverdim.... Õzing yaxshimisan? Hali ham õqishingni davom ettiryapsanmi?

~ Eng oxirgi kursda õqiyapman. Shu yil õqishni bitiraman!

~ Ajoyib! Senga bergan taklifim esingdami? U haliham õz kuchida. Õqishni bitirganingdan sõng meni kompaniyamda ishlashing mumkun.. Agar rashkdan telba bõlgan ering rozi bõlsa.... - Jackson qahvaxona xodimi keltirgan qahvani ichdi. Minaning esa yuzidagi tabassumi biroz susaygandek tuyuldi- Esimda, senga kotibam bõlishni taklif qilganimda oğzi burnimni qon qilay degandi... Nima bõldi? Biror muammo bormi?

~ Jack.. Biz Khan bilan ajrashyapmiz..)- Mina titrayotgan labini yashirish uchun yuzini egib kõzlarini olib qochdi. Jackson qolidagi qahvasi labi oldida toxtatib unga qarab qotib qoldi.

~ Nima jiddiy aytyapsanmi?

~ Haa, barchasi jiddiy..

~ Yo xudoyim! Aqldan ozdingizmi? Nima sababdan ajrashyapsizlar? Axir... juda yaxshi endingizku! U seni sevardi, sen esa uni! Shuning uchun boya qonğiroğiga javob bermayotganmiding?

~ Hm... Khan endi meni sevmaydi. Uni hayotida boshqa ayol bor..- Mina labini tishlab kozi atrofida aylanayotgan yoshni ortiga qaytarishga urundi. U kõngli singanini hech kimga korsatishni istamaydi. Xatto eng yaxshi dõstiga ham! - Shu sababli ajrashyapmiz. Men ham.. ortiq u bilan yashamoqchi emasman. Hayotimni yangidan boshlayman. Barchasini õzim xoxlagandek davom ettiraman..)- Jackson qizning hozir yiğlab yuborishga tayyorligini sezib unga achinib qaradi. Dalda bergisi keldiyu, ammo Mina bunday qilishlarini yoqtirmagani tufayli indamadi.

~ Juda yaxshi bolibdi

~ nima?

~ Endi men bilan ishlashinga qarshilik qila oladigan kim bor? Hech kim!

~ Jack qõysangchi men kotiba bolmayman!!

~ Senga kim kotiba bõlasan deyapti? Kompaniyamda ish orinlari kõp. Shulardan birida ishlayverasan...- Jacksonning gapini Minaning telefoniga bolgan qonğiroq uzib qõydi. Mina ikkilanib turib gõshakni kotardi.

📱 Eshitaman?

📲 Millionta ishing bolsa ham telefonga javob ber!!

📱Nima istaysan?

📲 Xõsh.. ajrim shartnomasi uchun nimadur istasang hoziroq ayt. Menga sendan hech narsa kerak emas. Ammo xotinim sifatida seni talab qilishga haqqing bor.

📱 Khan, hazillashyapsanmi? Sendan hech narsa olmayman!

📲 Juda soz! Men barchasini taxlashni boshladim. Advakat yetkazishi bilan imzola!

📱Yaxshi...

Gõshak uzildi. Mina telefonni siqib sumkasiga tashladi. Jackson uni yuzidan barchasi yomonligini tushunib uni chalğitishga urundi.

~ Xõsh, taklifimga nima deysan?

~ Niyatim kompaniyada ishlash emas edi. Kompyuter soxasida kurslarga qatnadim. Nima deb õylaysan, mendan yaxshi haker chiqadimi?

Jackson Minaning gaplarini tinglab qaxva ichayotib, ichgan qahvasiga tiqilib yõtala boshladi. Mina uni holatiga tushunmay kuldiyu qoğoz sochiq uzatdi.

~ Xix, eringni barcha pullarini õzlashtirib olish uchunmi? Hecham keragi yõq! Seni doim bezarar yurushingni kõrishga odatlanganman. Õzingdan boshqa odamni yaratma iltimos. Tinchgina meni kompaniyamda ishlayqol! Seni ishboshqaruvchi qilaman. Bilasan kop vaqtim Tailandda õtadi. Bu yerdagi kompaniyaga ham kimdir qarashi kerakku! Senga ishonganim uchun aytyapman!

~ Yaaa, kayfiyatimni tushirib yubording! Mendan yaxshi haker chiqardi..)- Mina qolini koksi ustiga boğlab devanga suyanib labini burdi. Jackson unga yuzini burishtirib qarab qõl siltadi.

~ qõysangchi..


~ Suxon men keldim! Imm.. nima pishiryapsan?

~ Spagetti!

~ Hididan mazali chiqayotganga õxshaydi... )- Mivon qozonda pishayotgan taomga sanchqi suqdi va lağmonni uzun chozgancha oğziga oldi.

~ Deyyarli pishib qoldi! Mina kelsa birga ovqatlanamiz..

~ Hali ham kelmadimi-?

~ Hozir kelib qoladi. Yuvinib chiq.

~ Yaxshi....

Xonaga kirib sumkamni karavatim ustiga tashlab, egnimdagilarni alishtirish uchun yengil fudbolka va tizzamgacha bõlgan kalta shorti olib yuvinishxonasiga kirdim. Men yuvinib chiqgunimcha Mina kelibdi..

Dasturxon atrofida uning qarshisiga õtirarkanman titrab ketdim. Men uning sirlarini oqiyotgandan beri, uning oldida õzimni aybdor xis qilib kõzlariga qaray olmayapman...
Suxon õrtaga taomni qoydi. Õzimiz uchun ajratilgan likopchaga yetarlicha olib taomlana boshladik.

~ Men... õzim uchun kvartura izlayapman.

~ Nima-?

~ Nima-?

Suxon ikkimiz bir vaqtda savol nazari bilan Minaning yuziga qaradik. U bizlarni birin ketin kõzdan kechirib kulib yubordi.

~ Kvartira😅. Yashash uchun! Bu yer talabalar yotoqxonasi axir. Bu yerda turishim mumkun emas. Habar topishsa menga qõshib sizni ham haydashadi.

~ Lekin.. mayliyu... Kvartirani qayerdan olasan? Ya'ni pulini qanday tõlamoqchisan?

~ Menga ish boyicha takliflar yetarlicha bõlgan! Ammo Khan hechqachon ishlashimga ruxsat bermasdi. Endi ishlashim mumkun.. Universitetimizning kompyuter bõlimiga ishga kirdim. Vaqtinchalik albatta. Ammo maoshi meni quvontirdi. Ertadan ish boshlayman. Birinchi maoshni oldindan olishim mumkun.. Yonimdagi pullarni qõshsam, men bemalol kvartiraning boshlanğich tolovini qila olaman..)- U nega quvonayotganiga tushunmadim. U bizdan shu qadar bezor bõldimi?
Suxon ikkimiz bir birimizga qarab qõydik. Mina bizni bezovta bolayotganimizni sezib ikkimizning ham qõlimizni ushladi.

~ Qizlar, menga qilayotgan yaxshiliklaringizni hech qachon unutmayman. Bu uchun katta raxmat. Oğir kunimda yonimda bolganingiz uchun ham. Qolaversa hozir ketayotganim yoq. Avval õzimga uy qidirishim kerak...

~ Biz senga õrganib qolgan edik)- Suxon

~ Men mexmonga kelib turishga vada beraman. Sizlar ham borasizlar! Kelishdikmi?

Mina bizni tinchlantirgandan sõng davom etdik. Meni u emas, sira unga berishni istamayotgan sumkamdagi buyum havotirga solyapti. Uni õqib tugatmasimdan unga berishni istamayman!!

Tun tushishi bilan ikkisi ham uxlab qoldi. Men esa kichik fonarcha bilan ustimga yengil pastel õragancha sumkamdagi daftarni kotarib zaldagi devanga chiqdim.


2019- yil 12- dekabr

Vanihoyat meni siqayotgan Lanati shifoxonadan qutulib uyga keldim. Khan tongda meni uyga tashladiyu, õzi haydovchisi hamrohligida kompaniyaga ketdi...
Kelganimdan beri karavatimdan õng tomonga qarangancha yotib sira qimirlamadim. Nazarimda uy qoronğulashgandek, uning har bir burchagi qora bulut qoplagandek qoronğu... Kelganimdan beri yolğiz hamroxim qornimdagi kichkintoy bilan birga bu uydagi yolğizlikni yengishga urunardim. Ammo endi u ham yoq. Men mutloq yolğiz qoldim.

U haqida õylashim bilan kõzimni qaynoq yoshlar qoplayapti va toki uxlab qolmagunimcha meni tark etishmaydi. Yiğlashni yomon kõraman! Kõzlarim oğrib shishib ketadi, sõng burnim bitadi..Tezroq uxlashim kerak...

Khan povv/

Kompaniya ishlarini har doimgidek iloji boricha quyosh botguniga qadar tugatishga harakat qildim. Bilaman men majburlamasam, u ovqat yemay õtiradi. Qõlimdan kelgancha hal qilganimcha qilib, qolganini ish boshqaruvchimga topshirib uyga shoshdim.
Aytganimdek, kelganimda karavat ustida qanday qoldirgan bõlsam shu xolatda uxlab yotardi. Egnimdagi kostyumni yechib devan ustida tashladim va uning oyoq uchi tarafga õtirib, derazadan tushib turgan xira yoruğlikdan shishib ketgan yuzini kõrdim. Bir onga bolsin yiğlashdan charchamaydi. Yiğlamagan vaqtida hissiz haykaldek... bazan uni uyğotishga ham qõrqaman. Uyğotishim bilan haykaldek hissiz harakat qila boshkaydi. Keyin tuni bilan uxlamay yiğlab chiqadi..

~Mina...)- Qolimni uzatib sekin yelkasidan silab yuziga tikildim. Gapimga parvo qilmay kõzini ochmadi. Ammo yuzini sekin qimirlatib lablarini shishirib oldi. Yanoqlari negadir qizarib ketdi. U tushida nima korayotgani menga qiziq!
Yuzidan ushlab uni lablaridan õpishimga nima qarshilik qiladi? Uning lablariga qarab turib oğir yutundim. Ammo bunday qilishga juratim yetmaydi.

~ Mina turing. Mina...)- Mina kõzlarini ochib xira nigohi bilan menga qaradiyu darrov õrnidan turib ketdi. Sõng boshini changallab oldi.

~ Aaai.. boshim...

~ Oğriyaptimi?

~ ha.. biroz, birdan turganimga qattiq oğriq turdi..

~ Hm, men sizga nima dey? Ovqatlanmadingiz! Nuqul yiğlayapsiz! Soatlab och qorinda uxlayapsiz! Men bilmayman. Siz hoziroq õrningizdan turib pastga ovqalanish uchun tushasiz, yoki men doktorga qõnğiroq qilaman!!

Uning nigoxida menga bõlgan ğazab va nafratni korib seskanib ketdim. 2 soniya menga shunday tikilib turdiyu sekin õrnidan turib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Birozdan sõng nam sochlarini yuqoriga yìgib olgancha yuvinishxonasidan chiqdi.

Uning yuzidagi befarqlik tobora yuragimni siqib borayotgandi. Tushunaman, bolasidan ayrildi va balki farzand meniki bõlmagani tufayli ichim achishmayotgandir. Ammo xotinimning yuz ifodasiga qarab yonib boryapman!

Unga yaqin borib egilib turgan yuzini iyagidan kotardim. Kõzlarimga õsha xissiz ifoda bilan tikilganida yuragim orqaga tortib ketdi. Qancha? Yana qachongacha bu hol davom etadi?

Biz pastga tushdik. U hech bir qarshiliksiz ovqatlangani uchun xursand bõldim. Ovqatlanib bõlgach birga telivizor korishni taklif qildim. Ammo dam olishni istashini aytib yuqoriga chiqib ketdi...

Oradan bir hafta õtdi.

Khan bõynidagi boyinboğini asabiy tarzda bir necha bor aylantirdi. Ammo õxshayvermagach, uni olib uloqtirdi.

~ Jin ursin!!!)- Jaxl bilan qõlini beliga tirab peshonasini ushlab sochini ortga taradi.
Endigina uyqudan turgan Mina uning yerda yotgan bõyinboģi va asabiy tez tez nafas olayotganini ochiq eshik orqali kõrib sekin xonaga kirdi. Yerda yotgan boyinboğni olib Khanning beliga tiralgan qõlidan ushlab kravat yaqiniga olib borib õzi karavat ustiga chiqib Khanga bõyi yetmagani uchun tizzasi bilan turib oldi. Bõyinboğni sekin uning boyniga ilib yanada yaqinroq borib boğlay boshladi.
Khan notekis nafas olib qizning hamon õsha bafarq ifodadagi yuziga tikilib mushtini yanada maxkamroq siqdi. Qarshisidagi inson uni rostakamiga ğazablantirib sabr kosasini tõldirdi. Uning hamma narsaga befarq bolishi Khanni deyyarli aqldan ozdirdi. U qizga qanchalik yaqinlashishga urunmasin, qiz uni õzidan itardi. Endi esa uning boyinboğini hotirjamlik bilan boğlayapti...
Khan uning birbiriga tegib turgan lablari, tepaga taralgan qoshi va uzun qayrilgan kipriklariga tikilib turib shovqinli yutundi. U bu qiz unga har yaqin turganida u bilan qattiq jinsiy aloqani xoxlayapti. Ammo jur'ati yetmaydi..

Mina bõyinboğni boğlashi bilan Khan tezda undan uzoqlashib kastyumini olgancha bir soz demay chiqib ketdi. Mina uni ortida sekin chiqib pastga qanday telefonda gaplashayotganini jim kuzatdi.

📱 Men uchun 2 tasini hozirlang! Yõq, yõq. Birovning ostiga kirganini boshqasiga tiqishtirasiz tushunarlimi? Meni kõnglimni ozdirmay gard yuqmaganidan hozirlang... Bir necha soatda u yerda bõlaman!..

Khan gõshakni õchirib bir soniya ostonada tõxtab qoldi va ortiga õgirilib yuqorida unga kõzlarida yosh aylanib kuzatib turgan xotinini korib shovqinli nafas olib tomoğidagi yògonini oynatgancha yutunib uydan chiqib ketdi. Mina buni tushunmaslik uchun axmoq bolishi kerak edi. Qiz jağini qisib, lablarini qimtib ktzyoshlarini barmoq uchida artdi. Yiğlamoqchi emasdi ammo bolmadi..
Gard yuqmagani, birovning ostida yotmagani...Khan shunday dedi. Albatta gard yuqmagan b*tch buzulgan xotinidan maqulroq..