Stay with me...
Ular ikkisining oʻrtasida qoldim. Kimni tanlashni ham bilmayman. Va biroz uzoqda telefoniga tikilib kelayotgan Soohani koʻrdim. Mening najot farishtam...
-kechirasiz yigitlar ikkingizni ham rad etaman. Sooha! Men tezda Soohaning oldiga borib uning qoʻlidan ushladim u toʻsaddan boʻlgan ishdan hayron edi. Men esa tez tez qadamlar bilan mahallam tomon ketishni boshladim
Jk- haha u ikkimizni ham rad etdi. Qoyil
Jay- senga aytgan edim. Uni bezovta qilma deb
Jk-men sendan kattaman meni hurnat qil. Va bu gaplarni aytish uchun unga kimsan? Jungkook kulishdan toʻxtab jiddiy ovozda gapidi Nima u bilan uchrashasanmi! Albatta yoʻq. Shunday ekan unga gapiramanmi yoʻqmi bu bilan ishing boʻlmasin tirrancha.
-sen kimni tirrancha deyapsan! Jay Jungkookning yuziga musht tushurdi. Jungkook ham boʻsh kelmadi. Ikkisi mushtlashib ketishdi toki bir sotuvchi kelib ularni ajratmaguniga qadar
Sooha bilan ketar ekanman u menga savol berishni boshladi
-Mina sekinroq yur. Ular kim edi. Hoy javob bersangchi. Hozir nima boʻldi? Nega yuraging tez uryapti
-hayr Sooha men uyimga keldim va bu haqida ertaga tushuntirib beraman hopmi? Hayr.
Sooha bilan hayrlashib tezda uyimga kirdim. Uyda onam meni kutib turgan edi
-ha sen ishga ketgansan ammo homom chirogʻini yoqib ketgansan. Elektr pulini toʻlamaysan yana chiroq va elektrdan foydalanasan.
-mm kechiring . Biroz shoshilgan edim
-sen foydasiz axmoq qiz. Seni tugʻmaganimda hozir hammasi yaxshi boʻlar edi. Otang va menga faqat Yeonjun yetarli sen bu uyga bu oilaga ortiqchasan! Foydasiz keraksiz buyum!
Uning gaplari meni hafa qildi. Yigʻlab yuborishdan oʻzimni tiydim va kechirim soʻrab xonamga kirdim. Eshikni qulflab eshikga suayandim ogʻzimni berkitib yigʻlashni boshladim. Ertasi kuni erta turdim kiyinib maktabga yolgʻiz ketdim. Kechagi onamning gaplari hamon yodimda.sinf xonasiga kirdim. Xona boʻsh edi. Boshimni parta ustiga qoʻydim. Biroz vaqt oʻtib yonimga kimdir kelganini sezdim. Bu Jang Wonyung.
-mmm men senga bir narsani koʻrsatmoqchi edim. Men bilan bora olasanmi?
Biz birgalikda kutubxonaga bordik. Va bir kitob javoni ortida turib Jay va Heesungni kuzatdik
-ularning suxbatini eshit Mina..
Hee- Jay tan ol sen Minani sevib qolding shunday emasmi?
Nima u buni qayerdan bildi... Lekin hozir unga aytish toʻgʻrimi?toʻgʻri men uni sevaman. Ammo buni hozir tan ololmayman.
Hee-rostini aytishing mumkin.. men ishonchli odamman.
Hee-nima? nega unda uni himaya qilyapsan, unga boshqacha munosabatdasan. Kecha uni rashk qilding axir.
Jay- shunchaki u kambagʻal va bechora unga rahmim kelyapti va achinganim uchun unga shunday munosabatdaman. Va u bu maktabdagi yigitlar haqida bilmaydi shunday ekan uni yomon koʻzlardan saqlamoqchiman. U menga huddi.... Singil yoki bishbanasiz qush kabi.
Jayning gaplari meni jahlimni chiqardi. U meni sevmasligidan hafa emasman. Men menga achinadigan odmamlardan nafratlanaman... Men ularning raxm shavqatiyu himoyasiga muhtoj emasman. Men oʻzimni himoya qila olaman. Men sendan nafratlanaman Park Jay.
Wonyung-afsus.. eshitdingmi u seni sevmaydi. Va shunchaki..
-ha eshitdim va bundan hursandman. Unga aytib qoʻy men uning raxm shavqatiga muhtoj emasman.
Kutubxonadan chiqib sinf xonasiga qaytdim. Kayfiyatim avvalgidan ham yomonroq edi.birinchi soatga kirishni umuman istamadim. Oʻsha Jayning yuzini koʻrishni ham. Ikkinchi soat biroz kayfiyatim yaxshilangach darsga kirdim. Menga havotir bilan qaragan Jayni koʻrdim.. uning yuzi biroz koʻkargan edi. Nazarimda kimdir bilsn mushtlashgan. indamasdan Soohaning oldiga bordim. Unga kechagi vaziyatni tushuntirdim. Ammo Wonyung bilan boʻlgan voqeani aytmadim. Dars davomida Jay menga koʻp marotaba qaradi yana jahlimni chiqarishni boshladi.
Sooha- Mina ertaga festivalning birinchi kuni...
-huh? Ha bahor festivalini aytyapsanmi? Men qatnashmayman.
Sooha- yoʻq Mina sen qatnashishing kerak bundan tashqari bizning sinfdan 5 ta yigit tanlangan... Heesung Jay Sunghoon Jake va... Sunoo.
-mmm ularni sotib olish uchun menda pul yoʻq.
-yaramas qiz meni alday olmaysan bugun sana 25. Va bugun sen oylik olasan va senda yetarli pul boʻladi.
-ahhh buni qayerdan bilding tovba.
-hoʻsh demak qatnashasan kimni tanlaysan? Men... Ummm Heesungni tanlamoqchiman.
-mmm ajoyib men... Hali bilmadim ertaga aniqlayman.
Tushlik vaqtida ovqat xonasiga kirishni hohlamadim va banana milk olib maktab stadioniga bordim u yer boʻsh edi. Boʻsh oʻrindiqqa borib yigʻlashni boshladim. Ota onamning gaplari va Jayning gaplari miyyamdan oʻchmayotgan edi. Yigʻlab oʻtirar ekanman yonimga kimdir keldi. Men koʻz yoshlarimni artib sekin unga qaradim va bu oʻsha yigit men 2 marotaba uchratgan kelishgan yigit-Jungkook.
-yoningga oʻtirsam qarshi emasmisan?
-yoʻq bemalol oʻtirishing mumkin.
-agar sir boʻlmasa nega yigʻlayapsan?
-shunchaki yigʻlashni yoqtiraman.
Jungkook yonimda turtan banana milkni koʻrdi va yengil tabassum qildi
-men ham yoqtiraman u sumkasidan bananli sutni oldi.
-yigʻlashing sababchisi kim yoki nima ekanlihini bilmadumu lekin bu chiroyli koʻzlardan oqayotgan yoshlar uchun oʻsha insonlar arzimaydi. Jungkook sekin yanogʻimdan bir tomchi yoshni artdi. Men unga tikilib qoldim. Ammo baland chalingan maktab qoʻngʻirogʻi meni real hayotga qaytardi tezda oʻrnimdan turib sinf xonasiga yugurdim.
Maktab stadionidan to dars xonasiga kelgunimcha ustoz deyarli darsni boshlagan edi. Sinf xonasiga kirganimda Sooha Heesung bilan oʻtirgan edi. Va faqatgina menga gʻazab va havotirli nigoh bilan qarab turgan Jayning yoni boʻsh edi. Men umuman oʻtirishni hohlamadim ammo ustoz deyarli darsni boshlagani uchun oʻtirishga majbur boʻldim. Uning yoniga oʻtirib stolimni surdim kutob daftarlarimni olib yuzimni yndan burib oʻtirdim. Birozdan keyin qulogʻimga taqin kelib pichirlagan ovozdan choʻchib ketdim