June 16, 2025

Déjá Vu

@ael.ura | 12-qism | By Mina

Oradan ikki hafta oʻtdi Jungkook butunlay menga gʻamxoʻr boʻlib qolgan edi. Ammo Yujinni ham esdan chiqarmagan. Kun davomida davlat ishlari bilan band va ishlaridan boʻshagach mendan hol ahvol soʻraydi va tunni Yujinning honasida oʻtkazadi. Yaramas. Aslida men uning bolasini koʻtarib yuribman. Hmph.

Bugun Miyeon bilan saroy ot xonasiga bordik. Ohirgi vaqtlarda hashamatli kiyinish yoqmayapti shuning uchun oddiy kiyindim. Va otaxona oldida bir yigit Juda chiroyli otni ushlab turganini koʻrdim. Va ularga yaqinlashib otni siladim.

-qanday chiroyli ot...

-ha bu Yujin xonimning oti. Chiroyli shunday emasmi?

-Yujin xonimniki?

-ha qirolimizning oʻzlari shaxsan soʻvgʻa qilganlar.nima sen bilmaysanmi?

-yoʻq endi bildim

-qirolimiz Yujin xonimni qattiq sevadi. Nazarimda malikada koʻngli yoʻq

Men unga malika ekanligimni oshkor qilmadim va tabassum qilib undan uzoqlashdim. Undan uzoqlashayotganimda u menga boshqacha qarayotgan edi. Va orqadan kelayotgan Yujinni koʻrib tezda yuzimni burdim

Pov/Yujin

Yaramas malika. Yiqilib bolang tushib qolsa edi... ~ Jungkook menga sovgʻa qilgan ot tomon yaqinlashar ekanman Mina va otboqarning suxbatlashayotganini koʻrdim. Mina undan uzoqlashgach otboqarning yoniga bordim. Yigit Minaga shunday tikilib qolgan ediki hatto meni sezmadi. Sekin gap boshladim

-u chiroyli shunday emasmi? Yigit biroz doʻvdirab qoldi va biroz taʼzim qilib javob qaytardi

-ha juda goʼzal... Huddi farishtadek...

-mmm menda bir taklif bor ...

~~~~

Otboqar yigitdan uzoqlashib Saroy eshigiga yetganda Jungkookni koʻrdim. Hursand boʻlib ketdim va unga yaqinlashdim.

-qayerda eding?

-otxonaga borgan edim

-mmm u yerga boshqa borma bolamga ziyon yetadi.

-hmmm u meni ham bolam.

-baribir koʻproq meniki

-yoʻq meniki men uni qornimda koʻtarib yuribman.

-men esa uni shu qorningga solganman u yaramas jilmayib gapirdi

-huh yaramas uyatsiz. Yengil yelkasiga urib qoʻydim Undan koʻra menga qulupnay olib bering. Saroyda qolmagan. Shunday katta saroyda qulupnay topilmasa hmph

-qulupnay? Bu nima? Yeydigan narsami?

-nim a qulupnayni nimaligini bilmaysizmi?

-yoʻq bu nima?

-bu...meva . Demak bu davrda qulupnay boʻlmagan ahh men qulupnay hohlayman.

-meva. Bunday mevani eshitmagan ekanman. Qanday koʻrinishda?

-bu qizil oq va sariq nuqtachalari bor yashil bandli biroz kichikroq meva.

-hmm sen victoriani aytmayapsanmi?

-victoriya?

-ha qizil yumaloqroq, yashil bandli va mayda sariq oq holli.

-ha ha.. otamning saroyida bu qulupnay deyilgan. shu meva

-mmm shundaymi hizmatkorga aytaman.

Jungkook hizmatkorni chaqirib Victoria soʻradi ammo hizmatkor saroyda victoria qolmaganini aytdi.

-mmm men qulupnay yeyishni hohlayotgan edim. Jungkook endi bolamning burni puchuq tugʻiladi...

-mmm bu mevaning nomi Victoria, va mening bolam. Va burni puchuq boʻlmaydi chunki hozir bozorga borib buni olib kelishlarini buyuraman.

-yoʻq men oʻzim tanlab olgim kelyapti

-seni hizmatkorlar bilan bozorga yubormayman ayniqsa bolamni koʻtarib yurganingda

-mmm unda siz bilan birga boramiz. Va bu mening bolam

-hmmm mayli boramiz bu faqat bolam uchun. Kettik

Foytunga oʻtirib saroyga yaqin boʻlgan bozorga yoʻl oldik

-bozorda oʻzingni malika kabi tutma.u yerga biz oddiy odam sifatida boryapmiz va buni ustingga kiy. qimmatbaho ziragingni yech.

-mmm nega? Bular oʻzimga yarashgan ahir.

-hozir foytunda qolishing kerak boʻladi. Hammasi shunda ular senga yarashganida

-nima?! Qaytadan ayting ular menga yarashganmi... Mmm u jim boʻlib yuzini burib oldi.

Bozorga yetib kelgach ustimga oddiy yopinchiq kiydim. Jungkook ham. Biz huddi oddiy lekin biroz boyroq er hotin kabi edik. U mening yuzimga qaradi va sekin yuzimni boshimdagi orqaga osilib turadigan roʻmol bilan yopdi. Va qolimdan ushlab meni yaqin tutdi

-yonimda yur. Bozor yosh honimlar uchun xavfli.

U bilan birga bozor ichiga kirdik.va taxminan 50 yoshlar atrofidagi qulupnay sotayotgan ayolning yoniga bordik

-qulupnaylar shirinmi? Jungkook qoʻlimdan siqdi va oʻzi gapirdi

-victorialar qanchadan boʻlyapti?

-kilosi 50 wondan

-50? Nega juda qimmat? Qayerniki?

-sharqdan. Dengiz yoʻllaridagi qaroqchilar tufaydi deyishyapti. Kemachilar kecha qitolimizga maktub yozishibdi. Va qirolimiz bunga chora koʻrishlarini aytibdilar. Qirolimiz juda yaxshi. Kecha madrasa va bozorlarda aylanibdilar. Va bechoralarga yordam beribdilar.aytishlaricha qirol oddiy xalq kabi kiyinib olgan ekan. Xalq shunday qirolimiz borligidan mamnun shubxasiz men ham.

Qoyil Jungkook juda xalqparvar. mmm xalqi uni juda yaxshi koʻradi

-ha ..mmmm tanla qaysi biridan hohlaysan.

-mmm bunisidan

-mmm siz er xotinmisizlar?

-ha u mening hotinim.

-hotiningiz juda chiroyli ekan..

Ayol qulupnayni kiloga tortish davomida gapirdi. Yuzim biroz pushti rangda boʻldi. Qulupnaylarga qarar ekanman koʻzim ajoyib bir mevaga tushdi dragon fruit... Men olishni hohladim. Va biroz Jungkookning qoʻlidan siltadim menga qaragandan soʻng gapirdim

-bundan ham olaylik

-bu nima mevami?

-ha bu meva hali yangi kecha gʻarbdan keldi. Nomi esimdan chiqdi mmo mazasi noodatiy.

-yoʻq olmaymiz bu hali sinalmagan balki zaharli boʻlsachi. Bolamga nimadir boʻlsachi? kerak emas Victorianing oʻzi yetarli

-yoʻq hvavfli emas iltimos olaylik mmm men bu mevani har kuni yer edim bu umuman havfli emas!

-mmm nazarimda hotiningiz homilador.

-ha shunday. Mayli faqat bola uchun. Agar biron narsa boʻlsa qara Mina. Qanchadan bu gʻalati meva?

-donasi 70won

-70? Mina buni olmaymiz menda yetarli pul yoʻq. Pulim kam edi. Victoriani olamiz boʻldi

Huh qirolning puli boʻlmas emish aldoqchi..mhmm shoshma.. men qoʻlimga qaradim va qimmat uzukni yechdim

-xonimbu uzuk haqiqiy tilla va toshi esa olmos. Bu uzukni sizga bersam menga bu mevadan bera olasizmi?

-mmmm choroyli uzuk ekan. zodagonlardanmisiz?

-ha . Mina kerak emas. Ketishimiz kerak

-iltimos olaqoling

-mmmm mayli faqat homilador boʻlganingiz uchun.

Men juda hursand boʻlib kettim. Jungkook esa kulimsirab qulupnayni koʻtarib turar edi. Men uzukga ikki dona mevani almashdim.

-ikkingiz ajoyib juftlik ekansiz. Sizlarga baxt tilayman.

-raxmat ..

Foytunga qaytib oʻtirdik

-endi baxtlimisan?

-ha juda ham

-saroyga borganda bu mevani avval tabiblar tekshirishadi keyin esa hizmatkor tatib koʻradi agar xavfsiz boʻlsa buni yeyishingga ruxsat beraman.

-mmm bu umuman xavfsiz va mazali meva. Bolam buni hohladi bu meninh aybim emas.. birozgini chiqib qolgan qornimni siladim Mmmm mening bolam..

-mmm bu mening bolam

-yoʻq chunki siz bu mevani olib bermadingiz... Men qimmatbaho uzugimdan vos kechib buni oldim

-chindan ham pulim kam edi

-qarang sizdek qirolni yonida puli boʻlmasa

-men yonimda koʻp pul olib yurmayman. Va 1 yashik victoria 200 won boʻldi.

-hmmm vooybo pulingiz ketsa hotiningiz va bolangizga ketibdi.

-mayli mayli. Muhimi bolamning burni puchuq tugʻilmasin. Hohlagan narsangni ye. Hohlaganingni qil.

-saroydan Yujinni ketkazaylik u menga va bolamga yoqmayapti.

-lekin menga yoqadi. Va u shu yerda qoladi. Unga aytaman yoʻlingdan kamroq chiqadi.

Hali hmam oʻsha Yujinni sevadi. Hmph.

~~~~

Oradan bir necha kun oʻtdi. Tun. Xonamda uxlashga tayyorlanib yotdim. Miyeon shagʻamlarni bir qismni oʻchirib meni xonada yolgʻiz qoldirdi

Pov/Jungkook

Yujin bilan birga yotar ekan u oʻyladi... Bugun negadir koʻnglim gʻash... Nimadir gʻalati.. balki Minani tekshirib kelarman . Yoʻq u allaqachon uxlayapti. Koʻzlarimni yumib uxlashga harakat qildim ammo qulogʻimga chalingan baqiriq ovozidan koʻzlarim ochildi. Bu aniq Mina. Unga nimadir boʻlyapti. Turishga harakat qigʻdim ammo Yujin halaqit berdi. Ammo yana bir baqiriq ovozini eshitgach Yujinni itarib tezda Minaning xonasiga yoʻl oldim. Eshigi tagida Miyeon va qoʻriqchilar eshik ochishga harakat qilishar ammo eshik qulflangan. Ichkarida Minadan boshqa yana kimdir bor Mina baqiryapti. Qoʻriqchini chatga surib eshikni turtdim ammo eshik juda mustahkam. Kalitlarni olib kelishganda tezlik bilan eshikni ochdim. Ichkariga tezda kirdim. Mening Malikam yotoqda yigʻlab oʻtirar va yotiq chetida ung tegmoqchi boʻlgan bir ablah. Shoshma bu... Oʻsha yihit men saroyga olib kelib otbaqar qilib tayinlagan yigit. Tuzimni yeb tuzligʻimga tupirgan it.

-sen nima qilyapsan! Qanday hadding sigʻdi malikaning honasiga kirishga!

Yigit qoʻrqib ketti menga va Minaga qaradi va orqaga qadam taashlay boshladi va balkonga yetib kelgach pastga quladi

-men men bilmagan edim... Malika ekanligini bilmagan edim...meni kechiring..

Men tezda borib Miani quchoqladim va uni tinchlantirishni boshladim.

-shhh hammasi joyida men shu yerdaman.. u senga hech narsa qilmadimi? Yaxshimisan..