June 30, 2025

Déjá Vu

@ael.ura| 15-qism | By Mina

Erta tongda yaxshi kayfiyatda uygʻondim. Minho yonimda, Yujin yoʻq Jungkook endi oʻzim bilan qoldi. Hozir baxtliman. Toʻgʻrisini aytsam 21-asrga qaytgim kelmayapdi. Yaxshi kayfiyat bilan nonushta uchun pastga tushdim. U yerda Jungkook oʻtirgan edi. Meni koʻrib sekin tabassum qildi

-hayrli tong qirolim

-hayrli tong malikam. Minho yaxshimi?

-ha u hali uxlayapdi. Uning yoniga borib dasturxonga oʻtirdim

-mmm senda gapim bor. Minho tugʻilgani sharafiga indingga saroyda bazim uyushtirdim. Bunga ota onam, ota onang, Lia. Va bir nechta shaxzoda va zodogonlar kelishadi.

-mmm malika Lia rostanmi? Mmm bu juda ajoyib. Ota onam... Mmm ularni juda sogʻingandim bu habar menga juda yoqdi. Malika Lia kelishi meni juda hursand qildi. Lekin ota onam...men birinchi marotaba ota onamni koʻraman.. va birinchi marotaba ota ona mehrini tuyaman. Bu juda ajoyib..

-mmm ota onam qachon kelishadi?

-indingga tongda.

-vooy nega kech

-kech emas. Juda yaxshi vaqt.

-mmmm.

Nonushtadan soʻng xonamga qaytdim ota onam haqida oʻylashni boshladim. Va bir muammo borligini tushundim. Men ularni umuman tanimayman. Ular kelishganda qovun tushursam keyin hamma meni haqiqiy malika emasligimni bilib qolsa meni oʻldirishadi.. ahhh ota onam bu yerga kelishlari ham quvonchli ham qaygʻuli...oradan ikki kun oʻtdi. Saroy bazim uchun tayyorlangan barcha yerlarda gullar ovqatlarning shirin hidi... Erta tongdan kiyinib Jungkook bilan ota onalarimizni kutib olish uchun saroy darvozasiga chiqdik. Bitoz vaqt oʻtgach saroyga foytun yaqinlashib keldi. Men anglolmayapman bu mening ota onammi yoki Jungkookniki. Foytunda qimmatbaho kiyinga qirol va qirollicha tushdi. Jungkook ularga biroz bosh egdi.

-hayrli kun.. yaxshi yetib keldingizmi

men uning muomilasidan angladimki bu mening ota onam. Tezda borib ularni quchiqladim. Dramatik boʻlib koʻzlarimga yosh keldi.

-mmm oyi dada men sizlarni juda sogʻingan edim....

Lekin.... Hammasi men oʻylagandek boʻlmadi. Qirollicha sekin yelkamni silab kuldi. Qirol ham biroz qotib qolib keyin kulib yubordi. Men nima boʻlgani tushunmay sekin Jungkookga qaradim. U esa menga "hammasini boʻblading" degandek qarab turar edi. Keyin sekin kulib meni oʻziga tortdi. Men angladimki bu Jungkookning ota onasi

-mmm dada ona kechirasiz Mina menimcha biroz hayajonlanyabdi.

-mmm meni kechiring juda hayajonlandim.

Qirollicha- mmm hech qisi yoʻq boʻlib turadi. Biroz kulimsirab gapirdi. Ammo koʻzlarida quvonch bor

Qirol- kun uchun yaxshi kayfiyat malika. Mmm bizning shaxzoda qani?

-u saroyda. Dada kirishingiz mumkin sizlar uchun xona tayyorlatganmiz. Hozir qirol Kim ham kelib qolishsa kerak.

Uning ota onasi kirib ketishgandan keyin boshqa foytun yaqinlashdi. Va bu mening ota onam. Foytun ichidan avval qirol tushdi. Bu mening otam otamning yuziga qarab u bilan burnimiz va koʻzlarimiz oʻxshashini angladim. Va keyin onam tushdi. U juda goʻzal va nafis edi. Ota onamga birinchi marotaba qarab naqadar ularga oʻxshashimni sezdim. Va yigʻlab yubordim.tezda borib ularni quchoqlab oldim. Ular ham meni quchoqlashdi. Bu haqiqiy oila. Mening oilam. Men hayotim mobaynida birinchi marotaba his qilgan tuygʻu.

Ota onam va Jungkookning ota onasi bilan birga tushlik qildik. Birga suxbatlashdik. Vaqt ajoyib oʻtdi. Kechga yaqin xonamga qaytib bazim uchun tayyorlanishni boshladim. Koʻk keng fketli, ishgan ammo nafis koʻylakni kiydim Miyeon pardozim va sochimni turmaklashda yordamlashdi. Oynaga qaraganimda oʻzimdan koʻnglim toʻldi. Xona eshigi ochilib ichkariga Jungkook kirdi. U meni koʻrib yuziga tabassum yugurdi. U juda kelishgan... Menga yaqinlashib sekin qoʻlimdan ushladi.

-sen juda chiroylisan.. qoʻlimdan sekin oʻpib qoʻydi

Unga muhabbat va hayrat bilan qarar edim. Men uni sevib qoldim. U koʻzlarimga chuqur qarab keyin mendan boʻsa oldi. Boʻsa bir necha daqiqaga choʻzildi. Men bir umr u bilan shunday qolishga roziman. Keyin birgalikda mehmonlar yigʻilgan zalga bordik. Hamma bizni tabriklar edi. Musiqalar chalinib juftliklar uchun vals musiqasi yangradi. Jungkook yonimga tabassum bilan yaqinlashdi. Biroz egilib qoʻlini menga choʻzdi.

-balki valsni boshlab berarmiz...

-ha ...

Biz birgalikda markazga borib vals tushishni boshladik.harakatlarimiz nafis va muhabbatli...

-men seni sevaman... Mina... Uning bu gaplaridan yuzim biroz qizardi. Yurgagim tez urishni boshladi. Va nafasim qisayotganini sezdim. U ham buni sezdi shekilli sekin raqs maydonidan chekkga olib chiqdi va birga balkonga bordik

-axvoling yaxshimi?

-ha yaxshi ... Nazrarimda biroz hayajonlandim

-mmm nimadan hayajonlnanding? Keyin... Savolimga javob bermading... Meni... Sevasanmi?

Uning koʻzlariga bir daqiqa tikilib qoldim . Ha men uni sevaman. Hamma narsadan koʻproq. Ammo shu damda tan olish uchun tilim kelishmayotgan edi. Tezda uni oʻzimga tortib undan boʻsa oldim. Men uchun soʻzlar emas... Harakatlar muhim... U meni oʻziga yaqinroq toʻrtib boʻsani chuqurlashtirdi. Balkonga kimdir yaqinlashayotganini eshitib sekin undan uzoqlashdim. Bu Miyeon edi. (Ramontokani beliga tepdi😆🤦🏻‍♀️)

-malikam bezovta qilganim uchun uzr. Lekin Shaxzoda Minho yigʻlayapdilar.. nazarimda qornilqri ochgan

-mm ha hozir boraman. Jungkookga mayin tabassum qilib Miyeon bilan Xonamga qaytdim. Minhoni tinchlantirib uxlaganidan keyin yana bazimga qaytdim. Bazim zaliga qaytishdagi qorongʻu yoʻlaka kimdir meni oʻziga tordi. Men ikkilanmasdan uni quchoqlab boʻsa oldim. Ammo bu Jungkook emas edi...