July 14, 2025

Déjá Vu

@ael.ura | 17-qism | By Mina

Koʻzlarimni oppoq xonada ochdim. Nima men oʻldimmi? Men qayerdaman? Sekin yon atrofga qaradim qoʻllarimga ukollar ulangan boshim tepasida aparatlar axvolim haqida habar berib turar edi. Yonimda oʻtirgan hamshira meni sezib tezda doctorni chaqirish uchun xonadan chiqdi. Men oʻzimni yaxshi his qilyapman lekin boshim aylanyapti. Nima men Jungkookni faqatgina tushimda koʻrdimmi? Bu shunchaki tush boʻlishi mumkin emas... Eshik ochilib ichkariga doctor kirdi.

-Mina men Doctor Leeman. Axvoling qanday gapira olasanmi.

-men ... Qayerdaman? Ovozim past chiqdi

-mmm sen shifoxonadasan. 1oy avval sen avto halokatga uchrading va shifoxonaga kelib comaga tushding. Boshingda ogʻriq yoki tanangdami bormi? Koʻzlaring qanday koʻryapti. Doctor meni tekshirishni boshladi. Demak bu voqealar Jungkook bilan oʻtgan hammasi shunchaki comadagi uyqu tasiridanmi? Yoʻq bunday boʻla olmaydi..

Mana hushimga kelganimga ham 1hafta boʻldi. Bugun menga javob berishadi. Psixologni xonasiga bordim

-salom Mina. Axvollaring qanday 1 oy davomida comada boʻlding biror narsani eslay olasanmi?

-ha .... Agar rostini aytsam. Meni oʻsha kuni mashina urib yuborgandan keyin ... Choseon qadimgi koreya qirollik davrida uygʻondim. Va qirolga turmushga chiqdim. Va hatto farzandli ham boʻldim. Shifokor mening gaplarimni eshitib huddi jinniga qaragandek qaradi

-bu gʻalati tuyulishi mumkin lekin bu rost

-Mina men bu shifoxonada 15 yildan buyon psixologman. Va sizdagi holatni koʻp uchratganman. Bazilar malika bazilar aristakrat bazilar esa hizmatkor. Bu narsa coma holatidagi miyaning firklashi va choʻpchak yaratishi. Va bu shunchaki sizning comangizda boʻlgan kichik hayot. Buni unitasiz havotir olmang.

Psixolog xonasidan chiqib aftoxalokatdan keyin bu yerga kelganimdagi buyumlarimni olishga bordim. Shkafni ochib sumkamni telefonimni oldim va oʻsha uzuk va chaqaloq kiyimi. Demak bu yolgʻon emas bu rost edi...Minhoning kiyimini quchoqlb hisladim v a biriz yigʻladim. Men narsalarimni olib xonadan chiqganimda bir hamshiraga koʻzim tushdi nima Miyeon?ha bu chindan ham Miyeon. Men uni sogʻingan edim borib uni tezda quchoqladim. Koʻzlarimg a yana yosh toʻlishni boshladi

-Miyeon! Seni juda sogʻindim... U bir necha daqiqa qotib qoldi keyin sekin gapirdi

-toʻgʻri ismim Miyeon lekin sizni tanimas ekanman nazarimda kimdir bilan adashtiryapsiz. Yoki avval qayerdadir uchrashganmizmi

Men unga aytmoqchi boʻldim ammo u ham psixolog kabi ishonmaydi shuning uchun shunchaki uzoqlashdim.

-chindan ham, meni kechiring dugonamga juda oʻxshar ekansiz...

Miyeondan uzoqlashib nervapatolog xonasiga bordim. Xonaga kirar ekanman koʻzim shifokorning niqob taqgan yuziga tushdi. U menga kimnidir eslatyapdi.

-salom bu doctor Jeonmi?

-ha siz comadagi qiz... Mina shundaymi?

-ha shunday

-hosh axvolingiz qanday boshingda ogʻriqlar yoʻqmi?

-yoʻq faqat biroz aylanyapdi. U meni teshkirar ekan koʻzim uning bejigiga tushdi "Jeon Jungkook" juda tanish ism,tanish qosh va koʻz... Balki bu ..

-demak boshingizda hammasi yaxshi. Men sizga dorilar yozib beraman. Qachon uyingizga qaytasiz?

-bugun uyimga qaytaman

-mnm siz uchun hursandman demak bu dorilarni iching va ikki haftadan soʻng yana bu yerga keling sizni tekshirishim kerak.

-raxmat doctor hayr.

-hayr.

Uning yuzlariga qaradim ammo sochlari qoshlarigacha tushgani uchun men oʻxshatmadim. Shifoxonada chiqib uyimga qaytdim. Va hammasini oʻylashni boshladim demak men 1 oy davomida comada boʻldim ammo Jungkookning qirolligida bir yil yashadim buni aniq ealayman. Va oʻsha sotuvchi boshidan juda shubxali edi... Va boyagi doctor ahh uning koʻzlari menga nimanidir eslatyapdi ammo eslay olmayapman. Balki toʻliq yuzini koʻrganimda eslardim? Oradan ikki hfafta oʻtdi. Va men angladimki malika boʻlishga oʻrganib qolgan ekanman. Tayyor ovqatlar menga hizmat koʻrsatadigan hizmatkorlar.. lekin oʻgʻlim Minho va Jungkookni juda sogʻindim... Haqiqiy malika ularga qanday munosabatda ular sogʻayishdimi?..

Flashback (Mina oyna ichida qaytganida Jungkook qirolligida)

Mina oynadan oʻtib ketishi bilan haqiqiy malika eshikdan kirib keldi. Albert unga tabassum qilib dori berdi

-malikam bu qirolimiz va shaxzoda uchun...

-ha raxmat sizga...

Malika dorini olib doʻkondan chiqib ketti. Albert esa Mina unga bergan uzukni qizil qutiga soldi va hayoliga yoʻlakda Mina undan boʻsa olgani kelib miyigʻida kuldi. Uzuk qutisini yopishi bilan quti ustiga tillarangda "Mina" deb yozildi. Albert qutini huddi shunday qutilar oldiga qoydi. U yerda qizil koʻk yashil qutilar bor edi. Ammo qizil quti uch dona edi. Va bu rangdagi quti eng yaxshi tanlovni anglatadi.

Albert-yaramas qiz chindan ajoyib edi...

Saroy...

Malika saroyga qaytib dorilarni Minho va Jungkookga berdi. Ozmuncha vaqt oʻtib ular hushlariga kelishdi. Haqiqiy malika huddi Mina kabi edi. Endilikda Qirol Jungkook va Malika Mina baxtli hayot kechirishmoqda....

Davomi bor...