June 19, 2025

Déjá Vu

@ael.ura | 13-qism | By Mina

-shh boʻldi men shu yerdaman. U senga hech narsa qilmadimi? Yaxshimisan?

-h-ha yaxshiman. Yoʻq u hech narsa qilmadi. Men juda qoʻrqib kettim.. bolamizga nimadir boʻlishidan qoʻrqdim. U meni quchoqlab oʻtirar edi. Yuragim tez urardi va gapirganimda ovozim qaltirar edi.

-boʻldi hammasi yaxshi. Tinchlan.

Oʻsha tun Jungkook men bilan qoldi. Xonam atrofiga qoʻriqchilarni koʻpaytirdi. Oʻsha otboqar yigitni tergov qilishmoqchi boʻlishdi lekin uni pichiqlab ketishgandi. Balkondan pastga yiqilgani uchun baʼzi joylari singan edi. Uni davolashayotgandi. Lekin kimdir uni pichoqlab ketgan..

Flashback...

Pov/otboqar

Yujin xonim aytgan xona shu. Balkondan ichkariga kirsam boʻladi. Meni kut goʻzalim. Devor tirmashib chiqish uchun qulay edi. Shu sababli tezda chiqdim. Ichkariga kirganimda u yotoqda yotgan edi. Men yotoqga yaqinlashdim u meni sezib tezda yostiqlar otishni va baqirishni boshladi.ahh yaramas biroz jim tursa boʻlar edi. Ogʻzini qoʻlim bilan berkitdim ammo tishlab oldi. Eahik taqillashni boshladi ammo men allaqachon eshikni qulflaganman.biroz vaqt oʻtib. Birdaniga eshik ochilib Qirol Jeonni koʻrishim bilan nafasim orqaga tortildi. Demak bu qiz oddiy hizmatchi emas. Malika... Qirol Jeondan qoʻrqib orqaga qadam tashlay boshladim va qanday qilib balkondan yiqilganimni bilmay qoldim. Koʻzimni sekin ochdim qandaydir xonada edim. Toʻgʻrimda Yujin xonim turgan edi.

-sen vazifangni toʻgʻri bajara olmading

-siz uni hizmatkor deb aytgan edingiz. Malika ekanku. U menga qoʻlidan xanjar bilan yaqinlashdi

-yoʻq yoʻq Xonim kerak emas.. iltimos

-mm meni sotishing mumkin

-yoʻq sotmayman. Chin soʻzim hech kimga aytmayman koʻksimga qadalgan xanjarni sezdim butun hayotim koʻz oldimdan oʻtdi....

Flashback tamom...

Pov/Mina

Negadir bu ishning orqasida Yujinni koʻryapman. Chunki bu saroyda meni va homiladorligimni yoqtirmaydigan yagona odam bu Yujin. Uning qoʻlidan bunday ishlar keladi. Qiziq nega u haligacha homilador boʻlmagan. Jungkook bilan 2yildan buyon birga ekan. Hmmm yaxshisi bu haqida Sojin xonimdan soʻrash kerak. Uni xonamga chaqirtirdim. Va sekin gap boshladim.

-sojin honim. Men bir narsaga qiziqyapman. Nega Yujinning bolasi yoʻq?

-mmm malikam buning oʻz hikoyasi bor

-ayting qulogʻim sizda.

-mmm lekin... mayli buni sizga aytganimni qirolimiz bilib qolmasin

-aytmayman. Bemalol aytishingiz mumkin

-hop demak. Siz va qirolimiz turmush qurishingizdan ikki yil avval. Yujin saroyga kanizak sifatida kelgan oddiy qishloq qizi edi. Qirolimiz shaxsan oʻzlarini uni olib kelgan edilar. Va men unga saroy qoidalarini oʻqishni va yozishni oʻrgatdim. Keyin esa qirolimiz va Yujin bir birlarini qattiq sevib qolishdi. Oradan biroz vaqt oʻtgach. Ular eski saroyga dam olish uchun ketganlarida Yujin homilador boʻlganini bilgan. Bundan qirolimiz ham juda hursand boʻlgan edilar. Ammo bu hursandchilik uzoqga choʻzilmadi. Qirolimiz juda zarur davlat ishi tufayli otda yolgʻiz saroyga qaytdi. Va ertasi kuni Yujin foytunda qaytayotganida ularga qaroqchilar xujum qilishdi va Yujinni pichoqlashgan. Shunda uning bolasi tushib qoldi. Bir muncha vaqt qirolimiz ham Yujin ham juda tushkun holatda boʻlishdi. Bir yil oʻtib Yujin homilador boʻlmaganidan keyin tabiblarga tekshirtirishdi va .... Yujin honim endi hech qachon bola koʻra olmasligi haqida habar oldik. Buni eshitgan qirolimiz kechayu kunduz Yujinning oldida girdikapalak boʻlib qoldi. Hatto davlat ishlarini ham chetga surdi. Ammo qirollicha bundan havotir oldi. Chunki taxtga va sulolaga voris kerak edi. Va qirolimizga sizga uylanishi haqida aytdi. Avvaliga qirolimiz qarshi chiqdi. Chunki Yujin buni hohlamas, qirolimiz esa Yujinni qattiq sevar edilar. Ammo qirollik masalalari qirollika voris kerakligi uchun. Va sizning oilangiz bilan qirollik sulhlarini tuzish uchungina qirolimiz rozi boʻldilar. Va bunday keyin voqealarni bilasiz.

Sojinning gaplarini eshitib koʻzimdan yosh oqdi. Yujin menga dushman boʻlsada men ham ayolman. U boshidan oʻtkazgan ishlarini eshitib oʻylab qoʻldim. Hozir men bilan shunday ish boʻlsa chiday olamanmi. Chindan ham Yujin uchun bu juda qiyin boʻlgan ekan. Va bundan tashqari Junhkook menga faqat bola va oilaviy kelishuvlar uchun uylangani meni yanada hafa qildi. Soojin xonim chiqib ketganidan keyin yigʻlab yubordim. Oʻzimga horligim keldi. Oʻz dunyoyimga qaytgim keldi. Oʻrnimdan turib butun xonani agʻdar tonkar qildim. Hamma joydan oʻsha lanati uzukni qidirishni boshladim. Ammo hech qayerda yoʻq....

Biroz vaqt oʻtgach. Eshik ochilib ichkariga Miyeon va qoʻlida qutilar koʻtargan bir necha hizmatkorlar kirishdi

-Miyeon bular nima?

-malika bular sizga soʻvgʻalar sayyoh Albert bularni siz uchun yuboribdi. Barchasi Yevropadan kelgan. Mmm sayyoh Albert juda zoʻr shunday emasmi

Qutilarni ochganimda turli matolar taqinchoq va kitoblar bor edi. Va bir kichikroq qutini ochganimda ichida shokalad bor edi. Shokaladni koʻtib hursand boʻlib kettim. Tezda ochib tatib koʻrdim. Juda mazali edi. Mmm men bularni juda sogʻingan edim

-malikam bu nima?

-bu shokalad

-mmm hidi yoqimli ekan.

-mmm tatib koʻrishni hohlaysanmi? Bu juda mazali.

-vooy yoʻq buni siz uchun olib kelishgan.

-mm yoʻq yeyishing mumkin ol. Biz dugonamiz buni esdan chiqarma. Olaqol

-mayli faqat bitta. Miyeon sekin bir shokaladni olib tatib koʻrdi. Yoqgani yuz ifodasidan malum.

-yoqdimi?

-albatta juda mazali.

Koʻzim quti yonidagi kichik qogʻozchaga tushdi

"Hali hamon bu shokaladlarni eslaysiz deb umid qilaman T.ALBERTdan...."

~~~~~

Oradan bir necha oy shunday oʻtdi. Oʻzimni Jungkookdan olib qochdim. Yujinga esa umuman gapirmadim. Hatto xonamdan ham juda kam chiqdim. Oʻzim bilan oʻzim ovora boʻlib qoldim. Hayollarim meni butunlay vayron qilayotgan edi. Bugun negadir xonamda oʻtirgim kelmadi. Saroyning asosiy zinasidan chiqib tushishni boshladim. Hudsi nimadir boʻladigandek oʻtirgim kelmas edi. Qornim esa hozir yumaloq va katta. Mening kichkintoyim hozir 7 oylik. Qornimni silab qornimga gapirib Zinadan tushib chiqishda davom etdim. Zinaga yana chiqayotganimda menga qarab turgan Yujinni koʻrdim. Ammo ahamiyat bermaslikka harakat qildim...