War of secrets
— AFTER @mindinora_0993
— KANAL @norafanfic
Yoona onasining sovuq qo‘llarini mahkam siqib turardi. Uning nigohlari o‘zidan ketib, butkul bo‘shashib qolgandi. Yuragi qattiq siqilib, ich-ichidan baqirgisi kelardi, lekin ovozi chiqmasdi.
— "Oyi..." — ovozi shunchalik past chiqdiki, hatto o‘zi ham eshitmadi.
Ukasi ham yig‘lab, qaltirab turardi. U shoshib telefonga qo‘l uzatib, tez yordamga qo‘ng‘iroq qildi, lekin ich-ichida hammasi tugaganini his qilardi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tib, shifokorlar yetib kelishdi. Ammo ular faqat bosh chayqab, rasmiy tasdiq berishdi.
— "Kechirasiz, lekin onangiz hayotdan ko‘z yumgan..."
Shu so‘zlar bilan Yoonaning dunyosi butkul qulab tushdi.
Onasining dafn marosimi o‘tgach, Yoona hech kim bilan gaplashmay qo‘ydi. Kun bo‘yi xonasida o‘tirib, derazadan tashqariga tikilardi. Tashqarida hayot davom etardi, lekin u uchun hammasi tugagandi.
Ko‘z oldida faqat onasining so‘nggi lahzalari jonlanardi. Yuragi og‘rirdi, nafasi qisilib ketardi.
— "Men ham... o‘lishim kerak edi..." — deb shivirladi bir kuni.
Ukasi tashqaridan uni chaqirdi:
— "Yoona, bir oz ovqat yegin..."
Lekin Yoona javob bermadi. U xonasining eshigini qulfladi va ko‘zlarini yumdi.
Tashqarida hayot qaynardi, lekin Yoona uchun hamma narsa o‘z ma’nosini yo‘qotgandi.
Suga uzoqdan Yoona haqida eshitdi.
Uning ichida qandaydir og‘riq g‘ovlab turardi. Yoona juda ham qattiq qiynalayotganini bilar, lekin unga yaqinlasha olmasdi.
— "Bu mening jazoyim..." — deya pichirladi u.
Ammo ichki ovozi unday emasligini bilardi.
MJ esa Suga tomon yovqarash qilib turardi.
— "Hali ham uni yolg‘iz tashlab ketmoqchimisan?"
Ammo yuragi allaqachon Yoona tomon intilardi…
— "Nima deding?" — uning ovozi past, lekin keskin edi.
MJ yelkasini qisib, keskin kulimsiradi.
— "Sen ham, Jungkook ham Yoona uchun dushmansan. Axir bechora qizning otasi senga va Jungkookning otasiga bog‘liq sabablar bilan o‘ldi. Hatto mening ham otam shu o‘yinlarga qurbon bo‘ldi," — dedi u sokin, ammo alamli ohangda.
Suga bir qadam orqaga chekindi.
— "Yo‘q... bu mumkin emas," — deya shivirladi u.
— "Mumkin!" — deya qattiq gapirdi MJ. — "Sen hamon anglamadingmi? Yoona hozir yolg‘iz. Uning hayotini vayron qilganlar esa aynan bizlarning otalarimiz!"
Suga boshini changalladi. Yuragi g‘ash bo‘lib, nafasi ichiga tushdi.
— "Yoona... Uning otasi bu voqealarda aybdor emas edi," — dedi MJ sekin.
Bu so‘zlar Suganing butun dunyosini ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi. U shu paytgacha otasining ishlarini unutmoqchi bo‘lgan, lekin bu haqiqatdan qochish imkonsiz edi.
— "Sen Yoona bilan yana sevishgan bo‘lishni xohlading, to‘g‘rimi?" — dedi MJ kinoya bilan. — "Lekin haqiqatdan qocholmaysan, Suga. Yoona senga ishonib bo‘lmaydi."
Suga tishlarini g‘ijirlatib, qo‘llarini musht qildi. U MJga yaqinlashib, sovuq nigoh bilan qaradi.
— "Men hech qachon Yoonani og‘ritmoqchi emasdim."
— "Ammo baribir unga eng katta dardni sen berding."
MJning bu so‘zlari Suganing yuragiga xanjar kabi botdi.
U ortiga o‘girilib, Yoona tomon ketishni o‘yladi, lekin qadam tashlay olmadi. Chunki u bilardi… endi Yoona uni kechirmaydi.
Va bundan keyin u Yoona hayotida faqat og‘riq bo‘lib qolishi mumkin edi…
Hamma narsa o‘zgarib ketganday edi. Yoona universitetga kelmas, hech kim bilan gaplashmasdi. U go‘yo yo‘q bo‘lib qolganday edi.
Bu paytda MJ va Hanna bir xonada o‘tirib, Yoona haqida gaplashishardi.
— "Unga yordam berishimiz kerak," — dedi Hanna chuqur xo‘rsinib. — "Yoona butunlay o‘zini yo‘qotib qo‘ydi."
MJ stolga suyanib, past ovozda gapirdi:
— "Men uni tushunaman. O‘zi ham bunchalik ko‘p og‘riqni ko‘tarishga qodir emas edi. Endi butkul yolg‘iz qoldi."
Hanna unga qarab bosh irg‘adi.
— "Sen bilan do‘st bo‘lib ketamiz deb o‘ylamagandim," — dedi u kulimsirab.
— "Hayot har doim ham biz kutgan tarzda kechmaydi."
Hanna kuldi va qo‘lini cho‘zib, MJga do‘stona ishora qildi.
— "Xo‘sh, endi Yoonani qanday tiklaymiz?"
MJ chuqur nafas olib, derazadan tashqariga tikildi.
— "Avval uni topishimiz kerak."
Hanna va MJ suhbatlashib o‘tirishgan paytda sinfxonaga Yoona kirdi.
Uning yuzi oldingidek sokin emasdi. Nigohlarida sovuqlik, yuragida esa g‘azab bor edi.
— "Meni topishingiz shart emas," — dedi u jiddiy ovozda.
MJ va Hanna unga hayron bo‘lib qarashdi.
Yoona asta ularga yaqinlashib, yonlariga o‘tirdi. U uzoq o‘ylangandek edi.
— "Men hammasidan o‘ch olishim kerak," — dedi u sekin, lekin qat’iyat bilan.
— "Kimdan?!" — dedi hayrat bilan.
Yoona pastga qaradi. Qo‘llarini musht qildi. Uning ovozi titray boshladi:
— "Suga, Jungkook… va eng avvalo, mening hayotimni vayron qilgan odamlarning barchasidan!"
MJ unga sinchiklab qaradi va bir lahzaga chuqur nafas oldi.
— "Bu oson bo‘lmaydi, Yoona," — dedi u sokin.
— "Men endi oson yo‘llarni izlamayman," — deya javob berdi Yoona.
Hanna uning qo‘lini ushlab, ehtiyotkorlik bilan gapirdi:
— "O‘ch olish seni baxtli qilmaydi, Yoona…"
Yoona unga nigoh tashlab, jilmaydi.
— "Baxt haqida o‘ylashni allaqachon to‘xtatganman."
"O‘ch olish – yurakdagi bo‘shliqni to‘ldira oladimi?"
Hanna va MJ Yoonaning ko‘zlaridagi sovuqlikni ko‘rib, tashvishlanib ketishdi. U ilgari ham og‘riq his qilgan, lekin hozir… u butunlay o‘zgarib qolgandi.
— "Yoona, sen oldingiday emassan," — dedi MJ past ovozda.
— "Qanday bo‘lishimni istarding?" — dedi Yoona kinoya bilan kulimsirab. — "Yana sevgi haqida orzu qilaymi? Xuddi hech narsa bo‘lmagandek yashaymi?"
Hanna chuqur nafas olib, unga iltimos qilganday qaradi.
— "Sen o‘zingga zarar yetkazadigan yo‘lni tanlama."
Yoona unga qarab bosh chayqadi.
— "Hamma meni yomon ko‘radi, Hanna. Meni hech kim tushunmaydi."
— "Men seni tushunaman," — dedi u sekin.
— "Sizning ham o‘tmishingiz og‘ir… Bilaman."
MJ chuqur nafas olib, o‘rnidan turdi va derazadan tashqariga tikildi.
— "Ha, men ham dushman orttirganman. Lekin o‘ch olish faqat og‘riq olib kelishini tushundim."
— "Sen nima qilding?" — so‘radi Yoona qiziqib.
— "O‘zimni kechirdim. O‘tmishni qo‘yib yuborishni o‘rgandim."
Yoona unga tikilib qoldi. Yuragi bezovta ura boshladi. O‘ch olish unga baxt keltiradimi? Yoki bu faqat yuragidagi bo‘shliqni yanada kattalashtiradimi?
Lekin u hozir bir narsani aniq bilardi: Bu yo‘lga allaqachon kirib bo‘lgan edi…
Yoona universitetdagi gaplardan keyin uyiga qaytdi. Hali ham MJning so‘zlari uning xayolini band qilardi.
"O‘tmishni qo‘yib yuborishni o‘rgandim."
Lekin Yoona buni uddalay olarmidi?
U kiyimlarini almashtirdi va kechki ovqat tayyorlash uchun tashqariga – do‘konga chiqdi.
Shahar ko‘chalari odatdagiday gavjum edi. Yengil shabada uning sochlarini silkitardi. Yoona do‘kondan zarur narsalarni sotib olib, uyga qaytish uchun yo‘lga tushdi.
Yo‘lda ortidan qadam tovushlari eshitildi. U shubhali sezgiga ega bo‘ldi va asta orqasiga o‘girildi.
Kimsasiz tor ko‘chaga burilganida, birdan kimdir orqadan uning og‘zini mahkam yopib oldi!
U qichqirishga ulgurmay, ikkinchi odam uning qo‘llarini ushlab, kuch bilan tor xiyobonga sudradi.
Yoona tebranayotgan chiroqlar ostida qora kiyimli ikki yigitni ko‘rdi. Ularning yuzi niqob bilan bekitilgan edi.
— "Qani, qizaloq, jim tur," — dedi ulardan biri shivirlab.
Yoona yuragi tez urayotganini his qildi. Kim ular? Nega ularni tanimaydi?
— "Nima istaysizlar?! Meni qo‘ying!" — deb qichqirdi u.
Lekin erkaklar faqat kulib, uni mashina tomon sudrashda davom etishdi.
Yoona qarshilik ko‘rsatdi, lekin kuchi yetmasdi.
Mashinaning orqa eshigi ochildi… va uni mashina ichiga tashladi va uni hushdan ketkazdi
Mashina tezlik bilan g‘izillab, qorong‘ulik ichida g‘oyib bo‘ldi.