In Sreach of Solvation
3-QISM
— AFTER @mindinora_0993
— KANAL @norafanfic
"Ba’zan hayot seni eng qorong‘i tun ichida tashlab ketadi. Lekin ba’zan kutilmaganda kimdir seni qo‘lingdan ushlaydi."
IU qaltirab turardi. Xonasida tarqalgan xiyonatning achchiq hidi, Hyunjinning beparvo nigohlari, unga suykalib turgan begona qizning kulgusi — bularning hammasi yuragini chilparchin qilardi.
— Endi emas, — dedi Namjoon yana bir bor. Uning ovozi qat’iy va sovuq eshitildi.
Hyunjin uni istehzo bilan kuzatdi:
— Voy, qahramon paydo bo‘lib qoldimi? Qani, ko‘raylik-chi, sen IUni mendan olib keta olasanmi?!
U IUning qo‘lidan ushlamoqchi bo‘ldi, lekin IU instinktiv ravishda orqaga tisarildi. Hyunjinning qo‘llari havoda osilib qoldi.
— IU? — Uning ovozi avvalgidek beparvo emas, hayratga to‘la edi.
IU esa endi titramasdi. Ko‘zlarini eriga tik qilib, chuqur nafas oldi. Endi undan qo‘rqmasdi. Endi… u ozod bo‘lishi kerak edi.
— Men ketaman, — dedi IU past, lekin qat’iy ovozda.
Hyunjinning yuzi bir zum o‘zgarib ketdi.
— Men ketaman, — dedi IU yana bir bor. U Namjoon tomon bir qadam tashladi.
— Ketasan?! Sen qayerga ham borarding, a? Sen meniki, IU. Buni unutdingmi? Men seni boqaman, men senga hamma narsani berdim, sen esa menga xiyonat qilmoqchimisan?!
— Sen menga hech narsani berganing yo‘q, Hyunjin. Sen mendan hamma narsani olding. Orzularimni, baxtimni, ishonchimni… hayotimni!
Hyunjinning yuzi g‘azab bilan qizarib ketdi. U IUning bilagidan shartta ushladi.
— Sen meni tashlab keta olmaysan!
Namjoon keskin qadam tashlab, Hyunjinning qo‘lini siqib oldi.
— Qo‘yvor uni, — dedi u past va xavfli ohangda.
Hyunjinning yuzi burishdi. U Namjoonni itarishga harakat qildi, lekin Namjoon hech qimirlamadi.
— Sen kim bo‘libsan, a?! U mening xotinim!
— Mening xotinim emas, — dedi IU past ovozda.
IU chuqur nafas oldi. Yuragi qattiq urayotgan bo‘lsa-da, bu so‘zlarni aytishi kerak edi.
— Men sen bilan yashashni xohlamayman, Hyunjin. Bu mening hayotim, men erkin bo‘lishni xohlayman.
Hyunjinning yuzi burishdi. U IUning qo‘lini battar qattiq ushladi.
— Erkin? Sening erkinliging men bilan, IU. Bu yer sening uying!
IU ko‘zlarini yumdi. Yuragini og‘ritayotgan og‘ir yukdan xalos bo‘lishi kerak edi. Va nihoyat… u chuqur nafas olib, sekin ochdi.
Hyunjin shokka tushgancha, IUga tikildi.
IU lablarini tishlab, yutindi.
— Bu hazilmi?! Sen bolali bo‘lishni xohlamasding-ku! Sen menga aytarding, hali tayyor emasman, deb!
IUning ko‘zlari yoshga to‘ldi.
— Ha, men tayyor emas edim. Chunki sen meni shunday ahvolga solganding…
Hyunjinning yuzi burishdi. U Namjoonga tikildi.
— Bu senga nima?! Bu bizning shaxsiy hayotimiz!
— Ha, balki shundaydir. Lekin men senga ruxsat bermayman, IUni yana yerga urishingga.
— Bu bola meniki! Sen kim bo‘libsan, IU bilan ketishing kerak?!
— Bu bola meniki, Hyunjin. Faqat meniki.
Hyunjin esa g‘azabdan titrab turardi.
— Balki, — dedi u past ovozda. — Lekin men endi o‘zimni yo‘qotmayman.
IU Namjoon bilan eshik tomon yura boshladi. Yuragi hali ham tez urardi, qo‘llari titrardi. Ammo u ortga qaramadi. Chunki u endi ozod edi.
IU , Namjoon bilan uydan chiqdi. Yuragi g‘alati hislarga to‘lgandi—qo‘rquv, ishonchsizlik, ozodlik… Bularning barchasi bir-biriga aralashib ketgan edi.
Namjoon mashina eshigini ochdi.
— O‘tir, — dedi u muloyimlik bilan.
IU ikkilanib, atrofga qaradi. Birinchi marta o‘zini tashlab ketayotgan odamdek his qilardi. Hyunjinning uyida har doim asirlikda yashaganday edi. Endi esa… u mustaqil edi. Lekin qayerga borishini ham bilmasdi.
— Hozircha biror joyga boramiz. Asosiysi, bu joydan uzoqlashishing kerak, — dedi Namjoon.
IU indamay mashinaga o‘tirdi. Yuragi hamon tez urardi. Mashina yurgach, u ko‘zlarini yumdi va chuqur nafas oldi.
— Hozir qayerga ketyapmiz? — so‘radi IU ohangsiz ovozda.
— Bir tanishimning mehmonxonasiga. Xavfsiz joy, — dedi Namjoon unga bir qarab.
— Menga minnatdorchilik bildirish shart emas. Men shunchaki… — u gapini tugatmay, jim qoldi.
IU esa oynadan tashqariga tikildi. Kechki shahar chiroqlari uning xayollariga singib ketayotgandek edi. Uning hayoti butunlay o‘zgarayotganini his qilardi. Endi u yolg‘iz edi… Yo‘q, balki yolg‘iz emasdir. Uning ichida yana bir kichik yurak urayotgandi.
Mehmonxonaga kelishgach, Namjoon IUni xonasiga olib kirdi. Xona shinam edi—yorug‘ va iliq. IU chuqur nafas oldi. Nihoyat, xavfsizlik his qilayotgan edi.
— Xavotir olma, bu yerda seni hech kim topolmaydi, — dedi Namjoon.
— Bilmayman… Bu to‘g‘ri qaror bo‘ldimi?
— Albatta. Hali tushunmaysan, lekin vaqt o‘tib, o‘zingga minnatdor bo‘lasan.
IU sekin bosh irg‘adi. Yuragini og‘ir o‘ylar bosgandi. U hozir nima qilishini bilmasdi. Kelajagi unga noma’lum edi.
Namjoon birdan shoshilmay gap boshladi:
— IU… seni bir narsa so‘rasam bo‘ladimi?
— Nega unga shuncha yil chidading?
IU chuqur nafas oldi. U hamon buni o‘zi uchun tushunib yetolmasdi. Nega? Nega u Hyunjinning doimiy tahqirlariga chidab yashadi?
— Chunki… men sevgiga ishongandim, — dedi u asta
IU chuqur nafas oldi.
— Chunki… men sevgiga ishongandim, — dedi u sekin.
Namjoon bir lahza unga qarab qoldi. Uning ko‘zlarida og‘riq va afsus aks etardi.
— Sevgiga ishonish yomon emas… Lekin noto‘g‘ri odamni sevish — odamni halok qiladi, — dedi u ohangdor ovozda.
IU indamadi. Yuragida nimadir uzilgandek bo‘ldi. Axir, u Hyunjinni haqiqatan ham sevganmi? Yoki faqat unga bog‘lanib qolganmidi?
— Hali kech emas, IU. Sen yangitdan boshlashing mumkin, — davom etdi Namjoon.
— Lekin qayerdan boshlashimni ham bilmayman, — dedi IU xira jilmayib.
Namjoon jilmaydi.
— Avvalo, yashashni o‘rganishing kerak. O‘zing uchun yashashni.
IU bir lahza sukut saqladi. Keyin o‘zini bo‘sh qo‘yib, divanga o‘tirdi.
— Charchadim… — dedi u shunchaki.
Namjoon unga tikilib qoldi. Keyin sekin oldinga engashdi.
— Uxla, — dedi u muloyimlik bilan. — Hozircha faqat shuni o‘ylagin.
IU unga qaradi. Namjoonning ko‘zlari ishonch va iliqlik bilan porlardi.
— Rahmat… — dedi IU past ovozda.
Namjoon: Iu meni kimligimga nega qiziqmading
Iu: siz ishonchli odam bo'lsangiz kerak
Namjoon: esingdami onang turmush qurganida sen 17 yoshda eding. Seni....
Men.... Usha.... E.. Erkakni og'liman.
IUni yodiga ko'p hotiralar tushadi. Namjoon IUga tegajonlik qilmoqchi bo'lgani, Namjoon doim IUni urgani, Iuga sevgi isxor qilgani, Namjooni qotil va mafia bo'lgani, doim uni xo'rlagani , Namjooni uydan uydan o'gay otasi haydab yuborgani.
IU undan qochib qutilmoqchi bo'lib o'rnidan tez turib ketayotganda Namjoon uni qo'lidan ushlab ortiga tortadi.
Namjoon : Men seni qancha izlaganimni bilasanmi deb ayyarona kuladi. IU ichida : Bir hayvondan qutilaman deb ikkinchi hayvonnga tutildim deydi va yig'laydi. Namjoon esa tezda qizni labiga, labini bosadi