May 27, 2025

❤️SEVGI UCHUN❤️

1 QISIM

qiz sevsa yigit sevmaydi yigit sevsa qiz sevmaydi agar ekalasi sevishsa ota onasi ruhsat berishmaydi

Yangi kun, yangi imkoniyatlar bilan ochildi.
Seul shahrining eng nufuzli maktablaridan birida, o‘quvchilar qattiq tartibda harakatlanishardi. Bu yerda faqat boy oilalar farzandlari o‘qirdi.

TASUROT UCHUN

Yunhe maktab hovlisiga kirib keldi. U yangi edi, biroz uyatchan, ammo ko‘zlari o‘tli edi. U qo‘lidagi kitoblarini mahkam ushlab, yangi joyiga moslashishga harakat qildi.

To‘satdan, hovlida kimdir uning oldida paydo bo‘ldi. Bu – Cha Woo Min edi. U sportchi kiyimida, ammo yuzida qat’iyat va biroz sovuqqonlik bor edi.

Woo Min ko‘zlarini biroz toraytib, Yunhe tomon qaradi. Unga qarash butun maktabdagi qizlarni jim qoldirdi.

— “Sen yangi kelganning, Yunhe?” — u so‘radi, ovozi qattiq va ishonchli edi.

Yunhe boshini egib, muloyim javob berdi:
— “Ha, Cha Woo Min. Menga bu joy hali biroz noodatiy...”

Woo Min jilmaydi, biroq uning jilmayishi sovuqqon edi, yuragida esa sirli og‘riq bor edi.

Maktabdan keyin, Yunhe Cha Woo Minning uyiga borishni xohladi. Ammo u uyning atrofida birinchi bor qattiq xavfsizlikni his qildi. Yuqori devorlar, kamera va kuchli quriqchilar uyning har bir eshigini qamrab olardi.

Yunhe yigitga yaqinlashib, eshik oldida to‘xtadi.

— “Bu yerga kirish qiyin ko‘rinadi...”

Woo Min boshini ko‘tardi va o‘ziga ishonch bilan dedi:
— “Bu mening dunyom, Yunhe. Bu yerda faqat mening oilam, yaqinlarim kiradi. Quriqchilar boshqa hech kimni o‘tkazmaydi. Ammo sen uchun eshik har doim ochiq.”

Yunhe yuragida iliqlik his qildi. Shu zahoti bilib oldiki, bu yigit unga faqatgina sevgisini emas, balki dunyosining kalitini ham berishi mumkin.

CHA WOO MINING UYI🥰

Yunhe va Cha Woo Min maktabda birga yurishardi. Har safar sinfdan chiqib, kutubxonaga borish, hovlida birga o‘tirish ularning kundalik odatiga aylangan edi.

ULARNING KUTUBXONASI