May 17, 2025

I'm Uzbek Girl

— 8-qism— AFTER @mindinora_0993— KANAL ASUMI PARADOX

Tongda yana jimjitlik. Jin ketganiga yetti kun bo‘lgandi.

Lin: (karavotda yotar, shiftga qarar)
Men eslayapman... Jin oxirgi marta menga “har doim yoningdaman” degan edi. Ammo u ham ketdi. Hamma ketadi... Qachonlardir himoya bo‘lishimga ishongandim. Endi hech kim qolmadi...

U ohangsiz yurib, oynaga qaradi. Ko‘zlari qizarib ketgan. O‘zidan o‘zi yuragiga bosdi.

Lin:
Nega yuragim og‘riyapti? Jin... Sen ketding. Bir og‘iz xayr emas, bir og‘iz sabab emas. Sen hech narsa demading... Lekin yuragim biladi. Sen meni sevganing uchun ketding.

FLASHBACK – Bir hafta avval

Jin deraza yonida turgan, qo‘lida Lin yozgan kichik bir surat bor edi. Unga uzoq tikildi.

Jin:
Men seni sevardim, Lin. Sening har bir ko‘z yoshing – men uchun jannatdagi yulduzday porlardi. Ammo sen... sening yuraging hali menga qarab ochilmagan edi. Va men... men qoldim.

U ruxsizlik bilan karavotga cho‘kdi. So‘ng qog‘ozga so‘nggi gaplarini yozdi:

"Kechir. Bu mening yo‘lim emas. Meni kutma. Seni sevganim uchun ketaman. Yuragingda joy topolmagan muhabbat g‘oyib bo‘lishi kerak."
– Jin

Ertasi kuni Jin g‘oyib bo‘ldi. Telefoni o‘chdi. Ijtimoiy tarmoqlari yopildi. Hech kim unga yetolmadi. Hech kim uni ko‘rmadi.

Bugungi kun.

Lin hovlida turar, qorong‘ilikka tikilgan. Yonida kichik qorinida yurak urmoqda. Ich-ichidan og‘riq bosgan, quvonch emas, og‘riq.

Lin:
Menimcha, Jin ketgan. Chunki men unga ham dard berdim. Men odamlarni sindiraman. Men yomonman.

Qadam tovushlari. Lin ortiga qaraydi.

Lee Yuna (ko‘zlarida xabar):
Suno ertaga uylanayapti.

Lin (sokin, lekin ichki portlash bilan):
Kimga?

Lee Yuna:
Miyaga. Bilasiz-ku, o‘sha ayolni. Yig‘ilishlarda yonida yurgan... Mehribonlik niqobidagi...

Lin (ko‘zlari keng ochiladi):
Miyaga?! Axir u...

Lee Yuna (yig‘lamoqchi bo‘lib):
Ha. Bilaman. Mehribon qiz emas. Ham Sunoni sindira . Ammo... u shunchaki seni yoddan chiqarishga harakat qilmoqda, Lin.

NNishab yo‘ldan asta qadamlar tovushi eshitildi. Ko‘plab qora mashinalar, bezakli bayroqlar, oq libosli kelin va tutqun nigohli kuyov.

Bu Suno edi. Qorong‘i kostyumda, silliqlangan yuzida birorta ham tabassum yo‘q. Miyani qo‘lidan ushlab, to‘y marosimiga kirib bordi. Atrofda gul, tabassum, musiqa... ammo Sunoning yuragi... go‘yo tuproqqa ko‘milgan guldandek edi.

U kelin sari qaradi. Miya... u mehribon edi, go‘zal edi. Lekin bu nigohlar ichida Lin yo‘q edi.

“Men seni hech kim sevmaydi, sen hayvonsan...”

O‘sha gap yuragida abadiy muhrdek qolgan. U kechirmadi o‘zini. Linni sindirgani uchun. Unga zarar yetkazgani uchun. Endi... o‘zini jazolayapti.

Miyaning qo‘lini tutib, nikoh shartnomasiga imzo chekkanida, yuragi xuddi yana bir marta yorilgandek bo‘ldi. Bu to‘y — g‘alaba emasdi. Bu to‘y — qasos emasdi. Bu to‘y... taslimlik edi.
Maydon chiroqlar bilan bezatilgan. Mehmonlar orasida tanish yuzlar. Ularning orasida Lensien ham bor edi. Nogiron aravachasida, sekin yurib kirgan. U qog‘oz daftarini ko‘ksiga bosib kelmoqda.

Shu payt yonidan bir yigit o‘tib ketdi. Ko‘zlari jiddiy, lekin samimiy. U sekin to‘xtadi.

Hyunjin:
Salom. Sen Sunoning singlisisan, to‘g‘rimi?

Lensien (hayrat bilan):
Ha... Sizni tanidim. ismini aytmagan sirli yigit

Hyunjin (kulib):
Hyunjin. Sunoning eski do‘sti. Ko‘pdan beri ko‘rishmagandik. Sen esa... go‘yoki rangtasvirdan tushgansan.

Lensien (qizarib):
Rahmat. Menga bunday gaplar aytilmagan edi...

Hyunjin:
Ular ko‘rmagan. Men ko‘rdim. O‘sha mushukchani ham, seni ham qutqarish yaxshi boldi . Men seni tanigandim lekino'zimni tanishtirgim kelmadi
Lensien unga qarab jilmaydi. Yuragida issiqlik tug‘iladi.

Lin to‘y haqida eshitdi. Hatto rasmni ham ko‘rdi. Miya oq libosda, Suno esa yonida. Har bir tasvir, yuragiga bolta urayotgandek edi.

U o‘zini yotoqda bosib yotardi. Nafasi qisilar, har bir ohang — har bir xotira bo‘g‘zini ezardi.

— “Nega meni hech kim sevmaydi?.. Nega men hech qachon baxtli bo‘lolmayman?..”

Ko‘z yoshlari yostiqni ho‘l qilar, yuragidagi qichqiriq esa hech kimga yetmasdi. Faqat farzandi bor edi. Uning ichida... hali ko‘rinmagan, ammo hayotini davom ettiruvchi jon.

U bolani ko‘z oldiga keltirdi. Uning kulgusi, ilk “onajon” degan so‘zi... va Sunosiz hayot.

Lin bu qarorni aniq qildi.

Men bu bolani dunyoga keltiraman. Uni sevaman. Ammo... hech kimni boshqa yuragimga yaqin qo‘ymayman.