November 9, 2025

Two Paths , One Heart

2-QISM KANAL: ROYAL FANFIC AFTER: Noran Asumi

Oradan bir hafta o'tidi. Azu xonadan chiqmasdi . otasi uni nonushtaga chaqirdi va birga nonushta qilishdi .

Stol ustida choy sovigan, xonada og‘ir sukut.
Otasi deraza yonida, qo‘lidagi eski suratga qarab, charchoq bilan so‘zlaydi:

Otasi:
Qizim… sen Taehyung bilan turmush qurishing kerak. Uning bolasi seni juda yaxshi ko‘radi.
Uning otasi ham aytdi: agar qizing rozi bo‘lsa, sizlarga uy ham beraman, dedi...

Azu jim. Yuragi tez ura boshlaydi.
Otasi davom etadi:

Qizim, bilasan… bundan to‘rt yil oldin men bankrot bo‘ldim. Amaking bizni uydan haydab yuborgan edi. Endi bu imkoniyat… hayotimizni tiklash uchun yagona yo‘l.

Azu (past ovozda):
Dada… men yaqinda bir kompaniyada ishlayman, o‘qiyman ham. Albatta sizlarga o‘zim uy olib beraman.

Otasi:
Qizim, Taehyung yomon odam emas.

Azu:
U turmush qurgan erkak, men u bilan turmush qurmayman!
(Sokin, lekin qat’iy ovozda.)

Otasi (ko‘zlari jimirlab):
Qizim… iltimos qilib so‘rayman.

Azu o‘rnidan turadi, yuragida og‘riq, lablari titraydi:
Dada… u mendan ancha katta. Men endigina 19 yoshdaman…
U bizni xo‘jayinimiz, biz esa oddiy xizmatkormiz.

(Ichki monolog)

“Lekin dada… sizni sharmanda qilishni istamayman. Chunki men allaqachon sharmandaman… qornimdagi bola tufayli.”

Otasi jim, yuzida alam.
U so‘nggi marta qiziga qaraydi, so‘ng eshikka yo‘naladi:

Otasi:
Gap tamom… va salom.

Eshik sekin yopiladi.
Azu tizzasiga cho‘kadi, lablarini tishlab

Kech.
Uy jimjit.
Faqat soatning sekin urishi va shamolning deraza ortida shitirlashi eshitiladi.

Azu oshxonada dasturxon tayyorlayapti. Qo‘llari charchagan, lekin har bir harakati muloyim. Piyolalarni joylaydi, choy quyadi — lekin yuragi allaqachon sinib bo‘lgan.

Chiroq nuri uning yuziga tushadi — ko‘z ostida qora soyalar, ammo baribir ichida bir parcha mehr bor.

Shu payt eshikdan kichkina qizaloq — Nuran kirib keladi.
Qo‘lida ayiqqa o‘xshash o‘yinchoq.
Ko‘zlari yaltiraydi, ammo bu ko‘zlarda onasiz ulg‘aygan bola g‘ami seziladi.

Nuran (sekin):
Oyi...

Azu bir zumda qotib qoladi.
Qo‘lidan qoshiq tushadi, metall tovushi yuragini tilka-pora qiladi.
U asta orqasiga qaraydi, jilmayishga harakat qiladi, ammo lablari qaltiraydi.

Azu (mayin, ammo og‘riqli ohangda):
Nuran... men sening oying emasman, shirintoy.
Meni “opa” deb chaqir, xo‘pmi?

Qizaloq boshini egadi, o‘yinchoqni siqib qo‘yadi.
So‘ng pichirlab aytadi:
Ammo... bobom aytdi, yaqinda siz mening onam bo‘lasiz...

Azu yuragi siqilib, ko‘zlarini yumadi. Shu payt orqadan sovuq, tanish ovoz:

Nuran . 4 yoshda . Taehyungni qizi

Taehyung:
Nuran. Xonangga chiq.

Uning ovozi og‘ir, temirday sovuq.
Qizaloq darrov yugurib chiqib ketadi.

Azu sokin turganicha dedi:
Men uni ranjitmoqchi emasdim. Faqat ona demasin dedim...

Taehyung (keskin):
Ona desa ham ona bo'la olmaysan.
Bu yerda hamma narsa — majburiyat. Shu jumladan, sen ham.

Azu ko‘zlarini pastga tikadi.
Shu payt og‘ir qadamlari bilan Taehyungning otasi kiradi.
Qo‘lida tayoq, yuzida esa yillar og‘rig‘i.

Taehyung

.

Azu

T.Otasi:
Azu, qizim… bu oilaning nomi seni himoya qiladi.
Sen rozilik bersang, hammasi joyiga tushadi.
Nuran uchun, bu uy uchun.

Azu jim. Yuragi gursillaydi.
Ko‘z oldida Kai bilan o‘tgan har bir lahza chaqnaydi — kulgisi, so‘zi, sevgisi…
Endi esa bu uyda faqat sovuqlik, begonalar, va majburiyat.

Azu (pichirlab, o‘ziga):
Men endi sevgini his qila olmayman...

T.Otasi : Nega ..

Shu payt Taehyung yuzini otasiga buradi.
Uning nigohi yongan, ammo ko‘zida chuqur og‘riq.

Taehyung:
Men rozi emasman, dada!
Men hali ham Melisani sevaman!
Nega siz meni baxtsiz hayotga tiqyapsiz?!

T.Otasi ovozini ko‘tarmay, lekin har so‘zini og‘irlik bilan aytadi:
Chunki baxt endi senga emas, qizingga kerak.
Melisa endi yo‘q. Hayot davom etadi, Taehyung.

Zal jim bo‘lib qoladi.
Shu payt yuqoridan oyoq tovushlari eshitiladi.
Zinadan Kai va Minseo tushib kelishadi.

Kai Azu’ni ko‘radi — u yengil, ammo sovuq libosda, boshi egik.
Azu nigohini ko‘tarmaydi, lekin yuragi urishni to‘xtatgandek.

T.Otasi (Azu tomonga):
Ayt, qizim.
Rozimisan?

Azu chuqur nafas oladi.
Yuragida mingta “yo‘q”, labida esa bitta “ha”.
U ko‘z yoshini yutadi, so‘ng boshini ko‘taradi.

Azu (qattiq, lekin titrab):
Ha... roziman.
Men Taehyung janob bilanv turmush quraman.
Va Nuranga ona bo‘laman.

Bir soniya — hamma narsa to‘xtaydi.
Hatto soat ham urmay qolgandek.

Kai qotib qoladi. Qoshi titraydi, lablari ochiladi, lekin hech narsa chiqmaydi.
Minseo esa uning qo‘lini mahkam ushlab oladi — Kai titrayapti.

Kai

Taehyung asta stulni surib turadi.
Uning ko‘zida chaqnash, yuragida portlash.

U to‘satdan stolni ag‘daradi.
Oshxona idishlari, piyolalar, choynaklar yerga sochiladi.
Shisha siniqlari havoda parcha-parcha bo‘lib chaqnaydi.

Taehyung (qichqirib):
Bu nikoh — kulgi!
Hech kim menga mehrni buyura olmaydi!
Hech kim mening yuragimni egallay olmaydi!

U stakanni devorga otadi — shisha parchalari Azuning yuziga sachraydi.
Azu qaltirab orqaga chekinadi.

Shu payt yuqoridan Nuran yig‘lagancha yugurib tushadi:
Dada! To‘xtang! Iltimos!

Taehyung to‘satdan to‘xtaydi.
U qizining titragan yuziga qaraydi.
Nuran qo‘lini cho‘zadi —
Dada... siz yomon bo‘lyapsiz…

Taehyung ko‘zlarini yumadi. Nafas ololmaydi.
So‘ng bir so‘z demasdan orqasini o‘girib, zalni tark etadi.

Qolganlar jim.
Faqat Azu tizzasiga cho‘kadi, qo‘lidagi sochiqni yerga tushiradi.
Ko‘zlaridan yosh oqadi, yonoqlari bo‘ylab shishaning mayda parchalari sirg‘aladi.

Ichki monolog:

“Sevgi o‘ldi.
Yuragimni tuproq bilan berkitdim.
Endi faqat bola uchun yashayman.
Chunki bu uydagi harorat — sovuq yuraklarning harorati.”

Derazadan shamol esadi.
Shamol chiroqni tebratadi, soyalar devorda raqsga tushadi —
va bu raqs Azuning sinib borayotgan hayotining raqsi edi.