I'M UZBEK GIRL
9-QISM 1-FASLAFTER : NORAN ASUMIKANAL: ASUMI PARADOX
To'y hali ham davom etardi . Lekin Suno to'yxonafan chiqib ketgan edi.
Lin xonasida edi. Yuragi bezovta urardi. Go‘yo nimadir yaqinlashayotgandek.
Birdan…
eshik taqilladi.
Bu taqillatish baland emas edi. Ammo Lin yuragiga urildi.
Lin (uyqusirab): Kim?..
Sukut.
Keyin past, bo‘g‘iq ovoz:
Suno: Men… Sunoman. Kirsam bo‘ladimi?..
Lin o‘rnidan o‘tirdi. Nafasi ichiga tushib ketdi. Bu ismni eshitishga tayyor emas edi.
Lin (bir oz sukutdan keyin):
Nega…
(so‘ng)
Ha… kiring.
Eshik ochildi.
Suno ichkariga kirdi.
tabassum yo‘q, g‘urur yo‘q. Faqat cho‘kkan yelkalar va charchagan nigoh. Ko‘zlarida bir narsa bor edi — kech bo‘lib qolgan haqiqat.
U eshikni yopmadi. Go‘yo qochishga ham, qolishga ham tayyor emasdek.
Suno Lin tomonga bir qadam tashladi. To‘xtadi. Unga uzoq qaradi. Juda uzoq.
Suno (past ovozda):
Lin… men seni juda qattiq sevaman.
(Nafasi titraydi)
Ammo senga bunday qilishni xohlamagandim.
Lin jim. Ko‘zlarida yosh to‘lib boradi. Qo‘llari qaltiraydi.
Suno davom etdi:
Agar rostini aytsam… bu to‘yga keladigan bo‘lsak…
Men hech qachon u qizni sevmaganman.
Bu Linning yuragiga urildi.
Lin birdan kulgandek bo‘ldi. Ammo bu kulgi emas edi. Bu — sindirilgan odamning ovozi edi.
Lin:
Suno… siz meni yo‘q qildingiz…
U o‘rnidan turdi. Ovozi balandlashdi. Ko‘z yoshlari to‘xtamay oqardi.
Lin:
Ota-onamning oldida bosh ko‘tara olmayapman!
Odamlar nima deyapti, bilasizmi?!
Men… men uyatdan yashirinyapman!
U qo‘lini ko‘ksiga bosdi.
Lin (yig‘lab):
Mening aybim nima edi?..
Hizmatkor bo‘lganimmi?..
So‘ng ovozi sinib ketdi. Gap tugadi. Faqat yig‘i qoldi.
Suno bir qadam tashladi. To‘xtadi.. U yaqinlashishga ham jur’at qila olmasdi.
Xonada og‘ir sukunat.
Lin yig‘lar edi.
Suno esa ilk bor tushunardi —
ba’zi “sevaman” degan so‘zlar hayotni qutqarmaydi, uni vayron qiladi.
Suno bir lahza jim qoldi. So‘ng birdan oldinga chiqdi. Ovozida buyruq ham, yolvorish ham bor edi.
Suno:
Lin… iltimos… meni kechir.
Uning ovozi sinib chiqdi. Nafasi notekis.
Suno:
Men seni sevganimdan qilib qo‘ydim…
Boshqa hech qanday sabab yo‘q.
Lin ko‘z yoshlarini artmadi. Ular yonoqlaridan jim oqaverdi. U ko‘zlarini pastga qaratdi.
Lin:
Bilasizmi… men o‘zbek qiziman.
U boshini ko‘tardi. Nigohi o‘tkir, ammo charchagan edi.
Lin:
Bizda nomus birinchi o‘rinda turadi.
Men bu bolani yashiraman deyman…
(ovozi titraydi)
Ammo yashira olmayman.
Bu so‘zlar Sunoni urib yuborgandek bo‘ldi.
Suno bir qadam oldinga tashladi.
Suno:
Unda…
(bir zum sukut)
senga uylanaman.
Lin qotib qoldi.
Go‘yo vaqt to‘xtadi. Yuragi urishni unutdi. Nafasi ichida qoldi. U bu gapni kutmagan edi. Xohlamagan edi. Qo‘rqib ketgan edi.
Suno yaqinlashdi. Endi u yashirmadi. Ko‘zlarida yosh yaltirardi.
Suno:
Miyaga keladigan bo‘lsak… u ketadi.
Hammasi tugaydi.
U Linning yuziga qaradi. Juda yaqin.
Suno:
Faqat men bilan qol.
Seni juda qattiq sevaman.
Uning ovozi endi past edi. Sinib tushayotgan odamning ovozi.
Suno:
Men birinchi marta…
qaysidir qiz uchun ko‘z yosh to‘kayapman…
Va shu zahoti…
U Linni labidan qattiq o‘pdi.
Bu o‘pich muloyim emas edi.
Lin qimirlamadi.
U javob qaytarmadi.
Ko‘zlari ochiq edi.
Lin chuqur nafas oldi. Ko‘z yoshlari yuzida qoldi, lekin ovozi endi titramasdi.
Lin:
Men ham sizni sevib qolgandim.
O‘sha birinchi kuni… menga baqirganingizda.
Suno go‘yo shu joyda sinib tushdi. U ko‘z yoshlarini artdi va Linni quchog‘iga oldi. Bu quchoq shoshilinch edi, qo‘rqinchli edi.
Suno:
Rostdanmi, malikam?..
Meni kechirdingmi?
Lin javob bermadi.
Suno gapini davom ettirdi, go‘yo to‘xtasa hammasi yana qulab tushadigandek:
Hammasini tuzataman.
Hammasini to‘g‘irlayman.
Miyani ham bu uydan ketkazaman. Faqat men bilan qol.
Shu zahoti eshik ochildi.
Xonaga Jin va Miya kirib keldi.
Ikkalasi ham qotib qoldi.
Suno Linni qo‘yib yubordi.
Jin qo‘lida qurol bor edi. Qo‘li qimirlamas, nigohi sovuq. Bu yerga gaplashish uchun kelmagani aniq edi.
Xonada sukunat qulab tushdi.
Bu sukunat — portlashdan oldingi lahza edi.
Miya bir qadam oldinga chiqdi. Ovozi sovuq, lekin aniq edi.
Miya:
Suno, men osonlikcha ketmayman.
Sening onang tufayli bizning onamiz o‘zini o‘ldirgan.
Agar u bo‘lmaganda, otang onamga uylanardi. Bugun onamiz yonimizda bo‘lardi.
Suno gangib qoldi.
Suno:
Miya, nimalar deyapsan?..
Jin… u sening ukang emas.
Jin oldinga chiqdi. Qurolni mahkam ushlab turardi.
Jin:
Suno, men senga ukang emasman.
Bugun onamning qasdini sendan olaman.
Sen onamni o‘ldirding.
Va men sevgan qizni tortib olding.
Miya sekin jilmaydi.
Miya:
Bugun hammasi tugaydi.
Lin qotib qolgan edi. Nafasi ham chiqmay qoldi.
Bir zum.
Jin birdan Sunoni tepib, yerga cho‘ktiradi va ikkilanmasdan unga qarata o‘q uzadi.
Lin:
Yo‘q! Jin, bunday qilmang!
Jin Lin tomonga qaradi. Nigohi qorong‘i edi.
Jin:
Lin… endi sen meniki bo‘lasan.
Suno yerda, yarador holda zo‘rg‘a gapirdi:
Suno:
Jin… u mendan homilador… bilasan…
Jin javob bermadi.
Yana o‘q ovozi.
Suno harakatsiz qoldi.
Miya darhol buyruq berdi:
Miya:
Yigitlar, bu murdani yo‘qoting.
Jarlikka tashlang
Ular Sunoni olib chiqib ketishdi.
Miya Jin tomonga o‘girildi. Ovozi zaharli edi.
Miya:
Senga kelsak Jin… juda sodda ekansan.
Suno sening akang edi.
Sen esa meni o‘rnimgacha juda yaxshi xizmat qilding.
Lin hech narsa eshitmayotgandek edi. Ko‘zlari bo‘sh. Tanasi qaltirab, hushini yo‘qotdi.
Miya sovuqqina dedi:
Bu qizni odam savdogarlariga beringlar.
Yaxshi narx bo‘ladi.
U xonadan chiqib ketdi.
Jin joyida qotib qoldi.
Qurol qo‘lida osilib turardi.
U bugun nimani yo‘q qilganini endi tushunayotgandi.
Bugun…
haqiqatan ham
hammasi tugagan edi.