Two Paths , One Heart
Bugun Kai uylanyapti.
Hammaning yuzida tabassum, havoda baxtning hidi, faqat birgina yurak jimjitlik ichida yig‘layapti — Azuning yuragi.
Azu deraza yonida jim turardi. To‘y marosimining shovqini u yashayotgan kichik xizmatkorlar xonasiga ham eshitilardi.
Bu uyning har bir burchagi unga Kaini eslatardi — u bilan kulgan joylari, kechasi yashirincha uchrashgan onlari, “bir kuni biz ham baxtli bo‘lamiz” degan so‘zlari.
Ammo hayot har doim orzularga qarshi edi.
Kai boy oilaning o‘g‘li edi.
Azu esa xizmatkor ayol va erkakni qizi edi
Ularning muhabbati boshlanishi mumkin edi, lekin davom etishiga ruxsat yo‘q edi.
To‘y kuni...
Azu qo‘lida oq konvert ushlab turgancha titrardi. U endigina shifokordan qaytgandi. Ichida faqat bitta surat — kichkina yurak shaklida qora nuqta.
U sekin pichirladi:
— Kai... men sendan bola kutyapman...
Lekin u bu so‘zni ayta olmaydi. Endi hech qachon. Chunki u bugun boshqa ayolga uylanyapti.
Azu yuragini changallab, deraza orqali pastga qaradi. Kai oppoq smokinda, yonida Minseo — badavlat, mehribon, ammo Kaini hech qachon sevib qolmaydigan ayol.
Azu ularning yonidan o‘tganida hammaning nigohi sovuq edi. “Xizmatkor qizi,” deyishardi past ovozda.
Kai ko‘zini ko‘tardi — Azu bilan nigohi to‘qnashdi. O‘sha bir lahza dunyo to‘xtagandek bo‘ldi.
Azu jilmaydi. Faqat ko‘zlarida og‘riq.
Kai yuragi g‘alayon bo‘ldi, lekin hech narsa qila olmadi. U Minseoning qo‘lini tutdi — majburan.
Hammaning oldida “ha” dedi.
Azu esa ichida mingta “yo‘q”ni yutib yubordi.
To‘y tugagan kecha, Azu yolg‘iz o‘z xonasida o‘tirdi.
Derazadan yomg‘ir tomchilari oqardi. U qo‘lini qorniga qo‘ydi.
> — Men seni yolg‘iz o‘stiraman, kichkintoy. Chunki u bilmaydi...
U seni tan olmasligi mumkin.
Ko‘z yoshlari asta yonoqlaridan oqib tushdi. Tashqarida esa, u sevgan inson boshqa ayol bilan bir tom ostida kechani boshlayapti.
Shu kechadan boshlab, Azuning yuragi ikki bo‘lakka bo‘lindi — biri Kaini sevishda davom etardi, ikkinchisi esa bolasi uchun yashashni boshladi.