November 23, 2025

Two Paths , One Heart

3-QISM
KANAL: ROYAL FANFIC AFTER: Noran Asumi

Oradan 2 kun o'tdi

Kimlar uyida katta ziyofat. Chiroqlar yorug‘, musiqa baland emas, ammo havo og‘ir.
Azu boshida oq, oddiy libos – yenglari uzun, ko‘zlari esa charchoqdan ko‘karib qolgan.

U bir necha soatdan beri mehmonlar orasida xizmat qilib yuribdi – choy, idish-tovoq…
Biroq hech kim undan minnatdor emas. Hech kim unga qarab jilmaymaydi.

Faqat Taehyung…
U Azu yonidan o‘tganda ham nigohini ko‘tarmaydi, go‘yo u mavjud emasdek.

Azu stolni tekislar ekan, qo‘llari titraydi.
Yuragi ham… lekin bu yurak charchoqdan emas. Ichida tug‘ilgan kichkina hayot uning har bir nafasini sezadi.

Azu:
Men ozgina tashqariga chiqib, dugonamga qo‘ng‘iroq qilib kelaman…

T.Otasi qo‘li bilan ishora qiladi – chiqaver.
Hech kim unga e’tibor ham bermaydi.

Azu deraza yonidagi kichkina balkonli yo‘lakchaga chiqadi. Dunyo jim.
Shamol yuziga uradi.
U telefonni olib dugonasiga qo‘ng‘iroq qiladi.

Dugonasi ovozi eshitiladi — quvnoq, issiq.
Azu esa charchoqdan yonayotgan shamdek.

Gaplashib o‘tirayotgan payt u ko‘chada chirog‘i yoqilgan qora mashinani ko‘radi.

Azu:
Bu mashinani uyda ko‘rmagan edim… kimniki ekan?

Mashina g‘alati turibdi – chiroq yonib, eshik yarim ochiq.
Azu shubhalanadi. Shunchaki o‘chirib qo‘ymoqchi bo‘ladi.

Telefonni o‘chiradi.
Pastroqqa tushadi. Mashinaga yaqinlashadi.

U ehtiyotlik bilan ichkariga egiladi.
Hech kim yo‘q.
Salon g‘alati toza. Hidi esa kuchli – erkak parfyumi aralash sovuq temir hidi.

Azu chiroq tugmachasini bosadi. Mashina ichida mayin yorug‘lik yonadi.
Keyin qiziqib orqa o‘rindiqqa ham o‘tib ko‘radi – bu mashina juda qimmat, juda… sirli.

Shunda…

MASHINA ESIGI SHART OCHILADI.

Og‘ir nafas, black maska, qora kiyimlar.
O‘sha mashina egasi — Taehyung.

U ko‘rinishi bilan odamni qo‘rquvga soladigan darajada sovuq.
Boshida qora shapka, qo‘lida qora qo‘lqop. Nigohi esa yirtqich hayvonniki kabi o‘tkir.

Azu qotib qoladi.
Ovoz chiqmaydi.

Taehyung mashinaga o‘tiradi. Mashina ichki yoritgichi Azu yuzini yorug‘ qiladi — qiz qo‘rqib titrayapti.

Ammo Taehyung uni ko‘rmaydi. Faqat telefonni ko‘targan.

Taehyung:
Ayting… topdingizmi?

Qora ekrandan qo‘pol ovoz:
Janob, uni o‘ldirgan guruh topildi. Sizga manzilni yubordik.

Taehyungning ko‘zida o‘t yonadi.
U mashinani yashin tezligida orqaga surib, gazni bosadi.

Azu orqa o‘rindiqda tiqilib qolgancha qo‘rquvdan qimirlamaydi.

Mashina qora tunni yirtilayotgandek uchib ketadi.

Taehyung

Mashina to‘xtaydi.
Qorong‘u, dim joy.
Sukut.

Taehyung qurolini chiqaradi. Metall tovushi Azu yuragini yoradi.
Taehyung mashinadan tushadi.

Azu ko‘rmaslikka harakat qiladi, ammo ko‘zlari ko‘rishga majbur.

Qorong‘u chang ichida 5ta erkak navbatma-navbat qator turgan. Qo‘llari bog‘langan.

Birining labida qon. Birining ko‘zida qo‘rquv.

Taehyung oldiga boradi.
Uning qadamlarida g‘azab, nafasida o‘t yuradi.

Birinchi odam:
Biz aybdor emasmiz, janob, bizga faqat buyruq…

Taehyung qichqiradi — qattiq, titroq bilan:
Buyruq?! uni o‘ldirasan amma bu, “buyruq edi” deysanmi?!

U odamning yuziga tepadi.
Odam yiqiladi.

Taehyung qurolni uning boshiga qo‘yadi.

Taehyung:
Bu — seni yo‘q qiladigan buyruq.

O‘q ovozi.
Bir jasad yerga quladi.

Azu qo‘lini og‘ziga bosadi. Nafasi qisilib ketadi.

Taehyung keyingisiga yaqinlashadi.
Uning ovozi past, ammo qo‘rqinchli:

Taehyung:
Kim yubordi? Gapir.

Odam:
Men… bilmayman…

Taehyung yana o‘q uzadi.
Uchinchi, to‘rtinchi…
Har bir o‘q – Taehyungning ichiga to‘plangan yillar og‘rig‘i.

So‘ngra oxirgi odam yoniga boradi.

Taehyung sochidan ushlab boshini ko‘taradi.

Taehyung:
Sen… mening hayotimni sindirding.
Endi men sening hayotingni sindiraman.

Odam:
Iltimos, yo‘q–!

O‘q.
Hammasi tugaydi.

Azu hammasini ko‘rdi. Ko‘zlari yoshlanib ketdi.

Taehyung chuqur nafas oladi. Qurolidan tutqichni yerga tashlaydi.

Azuning holati

Taehyung mashinaga qaytib keladi qulog'ida naushnik . Ammo uning ko'zlari qizil edi u yig'layotgandi. va ro'lni qattiq urardi . Azu jimgina sezdirmasdan yig'lardi ammo u qotib qolgandi . tanasi ishlamasdi.
Taehyung mashinasi ishga tushirdi . Va orqasidan yuk mashinasi harakatlana boshladi. 1 barcha soatdan so'ng mashina Bir tog'ni ustida to'xtadi ko'chada hech kim yo'q edi Taehyung mashinadan tushdi va oʻzidan odamlari ham boshqa mashinadan tushishdi .
Taehyung odamlariga ishora qiladi.

Taehyung:
Bularni daryoga tashlang. Iz qoldirmang.

Yuk mashinasi keladi. 5ta jasad chiqariladi.
Daryo ustidagi qorong‘u ko‘prikka olib chiqishadi.

Birma-bir tashlanadi. Suv qop-qora.
Har bir jasad suvga tushganda Azuni ichida nimadir sinadi.

Taehyung odamlariga:
Ketaveringlar.

Atrof sukunatga botadi.
Faqat shamol esadi.

Taehyung yerga cho‘kadi. Nafasi qisila boshlaydi. Ko‘zlari yoshga to‘ladi.
U boshini yerga qo‘yadi, ko‘kragi tez-tez ko‘tariladi. Qon bosimi ko‘tarilgan, stress… hammasi uni bosmoqda. U bu daryoga kelaversa uni fobiyasi boshlanardi .
1 necha daqiqadan so'ng mashinaga oʻtirdi va baqirib yig'lab yuborgan ovoz keldi
Taehyung : sen

Azu asta unga qaradi. Ovoz chiqarmaydi.

Taehyungni
ko‘zlari g‘azabga to‘la.

Taehyung:
Bu yerda… nima qilayapsan?

U qizning qo‘rqib, titrab turganini ko‘radi. Yuzida yosh. Qo‘llari muzdek.

Taehyung unga qarab bir zum jim turadi, so‘ng:

Taehyung (g‘azab bilan):
Bu yerda nima qilayapsan?!

Azu:
Men… men… tasodifan…

Taehyungning ko‘zlari kattalashadi.
Keyin u Azuni yuziga shapaloq tortadi.

Taehyung sendan so'rayapman axmoq deydi va uni bug'a boshlaydi
Taehyung : nega bu yerga kelding .
Azu hech narsa deyolmasdi va undan qon keta boshladi . Mashina qorong'u hech narsa koʻrinmasdi . Azuni koʻzlari yumila boshlagandi u Taehyunga qancha qarshilik qilmasin befoyda kuchi yetmasdi . To'satdan Taehyungni Fobiyasi kuchayib boshini ushlab qoldi ..........