War of secrets
—2-FASL 2-qism— AFTER @mindinora_0993— KANAL ASUMI PARADOX
Ofisdagi o‘sha holatdan keyin Haneul o‘zini g‘alati his qildi. Yuragidagi vahima bosilgandek, lekin ko‘ngil tubida qandaydir g‘ira-shira og‘riq qolgan edi. Kechalari uyqusi tinch edi, ammo kunduzi ko‘zlaridagi notanish nigohlar tinchlik bermasdi.
J-Hope esa o‘z ishlariga berilib ketdi. U har kuni ofisda muhim uchrashuvlar, kengaytirish loyihalari bilan band edi.
Jhope: O‘tmishning Qorong‘u Sochlari
Tong shafaqi hali yorilmagan, ammo yuragida yillar davomida qamrab olgan zulmat hali ham yorug‘likni tan olmasdi. Jhope o‘zini band qilgan, xotirasidan qochishga urinayotgan bir odam edi. Biroq inson qanday urinmasin, o‘tmish uni bir kun baribir topadi.
Jhope: Men baxtli edim. Boshida.
U va sobiq xotini - Rina - universitetda tanishishgan. Rina - chiroyli, dono, o‘ziga ishongan ayol edi. Jhope esa hayotida ilk bor kimnidir haqiqatan sevdi. Ular birga ko‘p vaqt o‘tkazishdi, rejalashtirishdi, orzu qilishdi.
Ammo muhabbat ba'zida kamlik qiladi.
Rina zamonaviy hayotdan ko‘proq narsa istardi. Jhope esa oddiylikni. U oilani, farzandni, sokinlikni xohlardi. Rina esa ko‘proq ijtimoiy faollik, jamiyat ichida tan olinish, va nihoyat... boshqa bir erkakni xohladi.
Jhope: Bizning oramizga... boshqasi kirdi.
Ularning orasi sovidi. So‘kinishlar, janjallar, yolg‘onlar ortidan yolg‘izlik keldi. Rina boshqa erkakka ketdi. Jhope esa faqat bitta narsani iltimos qildi:
Jhope: Menga qizimni qoldir. Men uni yaxshi ko‘raman.
Ammo Rina bunga ko‘nmadi. Shart qo‘ydi: agar qizimni ko‘rmoqchi bo‘lsang, haftasiga bir marta kelasan. Men qarshilik qilmayman. Lekin uni olib ketmayasan.
Oradan vaqt o‘tdi. Rina yangi erkak bilan turmush qurdi. Qiz esa ikki dunyo o‘rtasida ulg‘ayardi. Jhope har juma kunlari borardi. U uchun bu kun - butun hayot edi.
Shu haftadagi juma esa o‘zgacha edi.
Jhope: Bugun qizimni ko‘raman. Haneul, sen ham yur, tanishtiraman.
Haneul: Albatta. Qizchingni ko‘rishni xohlayman.
Ular sovg‘a olishdi, mashinada qizcha yashaydigan uychaga yo‘l olishdi. Ular eshikni taqillatishdi. Ichkaridan kichkina qizaloq yugurib chiqdi:
Jhope uni bag‘riga bosdi, hidi, nafas olishi... hammasi unga tinchlik bag‘ishlardi. Ammo bu baxt uzoqqa cho‘zilmadi.
Ichkaridan o‘gay ota chiqdi. Uning qo‘lida stakan, ust-boshidan spirt ishi anqirdi.
O‘gay ota: Nega baqiryapsan, ahmoq qiz?!
Shu zahoti u qizaloqni tortib oldi va qattiq urdi.
Qizaloq: Aaaa! Dada! Yordam bering!
Ammo Haneul birinchi harakat qildi.
Haneul: Uni qo‘yvor! Nima qilayotganingni bilasanmi?!
O‘gay ota: Bu mening uyim! Sen kimsan o‘zi?!
Jhope: Bu mening qizim! Qo‘lingni tort undan!
Erkak yana gapirmoqchi bo‘ldi, ammo Jhope uni qo‘lidan tortib oldi va urdi. Birinchi zarba. Keyin ikkinchisi. U o‘zini to‘xtata olmay qoldi. G‘azab, og‘riq, achchiqlik hammasi aralashib, portladi.
Rina: Nima bo‘layapti bu yerda?!
U eshikdan yugurib kirdi. Ko‘zlari g‘azabdan chaqnab turardi.
Rina: Jhope! Nima qilayapsan?! Erimni urayapsanmi?!
Jhope: U qizimni urdi! Men bunga chidamayman!
Rina: Sen uni urayotganing bilan nima o‘zgaradi?! Bu sening uying emas! Men bu bolani senga bermayman!
Jhope: Men qizimni olib ketaman, sizlar uni xo‘rlayapsizlar!
Haneul: Rina, siz ko‘rmayapsizmi?! Qizingizni eringiz urdi!
Rina: Hey, axmoq! U men bilan qoladi! Uni otasi urmaydi! Qaysi aqli joyida odam o‘z qoizini uradi?!
Jhope: Men qizimni himoya qildim!
Rina: seni qamattiraman erimni urding va qizimni olib ketmoqchisan!
Jhope qizini quchoqlab, ko‘zlariga qaradi.
Qizaloq: Dada... meni olib keting... iltimos...
Jhope: (ko‘z yoshlarini yutib) Qanday qilib qizimni bu do‘zaxda qoldiray?
U o‘rnidan turdi, hech narsa demay, ortiga qaramasdan chiqib ketdi. Haneul ortidan yugurdi.
Haneul: Jhope, to‘xtang! Qayerga
Jhope: Bilmayman. Lekin shu yerga qaytmayman.
Shu ondan boshlab, Jhope o‘zini yomon ko‘ra boshladi. O‘zini ayblay boshladi. U qizini asray olmadi. U oila saqlay olmadi. Va eng yomoni... hali ham qizining ko‘zlaridagi og‘riqni eslaydi.
Jhope: (ichida) Men yana yuragimda shuni his qildim... men hali ham uni yo‘qotdim. Men hali ham yolg‘izman.
Ammo ertasi kuni u yangi xabar olindi. Yangi loyiha. Yangi yo‘nalish. Yangi ofis rahbari.
U uchrashuv vaqti hammaga sovuq muomila qildi . Hammaga . Jungkook uchrashuvdan chiqdi
Haneul: Salom
U unga qaramadi ham. Sababi oddiy edi.
Haneul bu sovuq nigoh ortida nima borligini hali tushunmasdi.
Ammo yaqin kunlarda, ular tushunib yetadilar: o‘tmish hech qachon o‘tmaydi.
Keyingi qismda: Haneul va Jungkook ishda qarama-qarshilikka tushadilar. Rina esa Jhopeni sudga bermoqchi. Qizaloq esa kechasi onasidan qochib, Jhopega keladi...