A SILENT HEARTBEAT
— 2-qism— AFTER @mindinora_0993— KANAL ASUMI PARADOX
Ertalab quyosh derazadan tushayotganida ham Cerien ko‘zlarini ochmadi. Kechagi voqealar yelkasiga toshday bosilib turardi. U endi bu uyga qaytmasligini bilardi. O‘sha kecha u eski dugonasining yotoqxonasida tunab chiqqan. Endi esa yangi sahifa — yangi ish — yangi odamlar kutayotgandi.
Modellik agentligining binosi baland, zamonaviy edi. U yerga kirganida yuragi g‘alati tarzda urib ketdi. Ichkarida har kim o‘z ishi bilan band, qattiq qadamlar, kameraning chaqnashi, xodimlarning qog‘ozlar bilan yugurishi — bu dunyo mutlaqo boshqacha edi.
Cerien birinchi qavatdagi kutish zalida turarkan, eshik ochilib, baland bo‘yli, qattiq nigohli yigit kirib keldi.
Jungkook: Men sizlarga ogohlantirgandim. Gapira olmaydiganlarni ishga olmaymiz, degandim!
Cerien chuqur nafas oldi. Telefonini chiqardi va yozdi.
Cerien (telefonida): "Gapira olmaydiganlar odam emasmi?"
Jungkook qattiq nafas oldi. Ko‘zlari g‘azab bilan yonib turardi.
Jungkook: Men shunchaki bunga qarshiman. Bu menga yoqmaydi!
Cerien hech tortinmasdan yana yozdi.
Cerien (telefonida): "Bu yerda sen shunchaki ikkinchi darajali direktorsan."
Jungkookning jag‘i qattiq qisildi. U Cerienning qo‘lidan tutib, uni biroz tortib oldi. Uning kafti sovuq va kuchli edi. Cerien cho‘chib ketdi, lekin bir soniya o‘tmay qahva stakanidagi suyuqlik to‘satdan Jungkookning ko‘ylagiga to‘kildi.
Jungkook: (g‘azab bilan) SEN NIMA QILYAPSAN?!
Uning ovozi butun ofisni larzaga soldi. Xodimlar to‘xtadi, ba'zilar yurishini sekinlashtirdi. O‘sha payt orqa eshik ochildi va xonaga bir yigit kirdi — bunday jozibali, tinch, ammo ta'sirli ko‘zlar... Cerien uni kecha qorong‘u ko‘chada to‘qnash kelgan yigit deb darrov tanidi.
Taehyung: Jungkook, yetar. Hamma narsa aniq — ayb sizda.
Cerienning yuragi gursillab urdi. Taehyung unga bir qaradi. Nigohlari ilik edi, lekin nazarida nimadir yashiringan edi.
Cerien (ichida): "Bu... kechagi yigit."
Taehyung :( kulib) Nima bo'ldi cerien xonim kecha qochib ketdingiz deb kuldi
Ofis hali ham kofe hididan to‘liq xalos bo‘lmagandi. Cerien qo‘lini ko‘kragiga bosgancha turar, yuragi har soniyada battar urardi. Uning nigohi hali ham Jungkookda edi. U esa sokin, ammo ich-ichidan o‘rtanayotgan bir odamdek turardi. Shunda telefon jiringladi. U asta ohangda javob berdi:
Bir necha lahza jimlik. Ammo u jimlikning ortida bir ummon bor edi. Telefon orqali kelgan ovoz past, cho‘kkan, qo‘rqinchli edi:
??? (telefon orqali): Uyingiz... bosib kirildi. Bu mafiyalar. Ular rafiqangizni...
Jungkook: … Va qizimni?..
??? (nafasini tortib): Qizingiz... topilmadi. Rafiqangiz... uzr... u... u o‘ldi. Ammo qizingiz yo‘q... ularni bitta topmadik.
Shu so‘z bilan hammasi o‘zgardi. Jungkookning yuzidagi qotib qolgan ifoda parcha-parcha bo‘ldi. Ko‘zlaridagi sovuqlik o‘rniga dahshatli bo‘shliq va qattiq qayg‘u keldi. Uning qo‘lidan telefon ohista yerga tushdi, singan tovush yurakni tilardi. U orqaga qadam tashladi, o‘zini tutishga urinardi, lekin ichidan yirtilayotgan edi.
Jungkook (pichirlab): Sana... Sana...
Cerien bu sahnaga guvoh bo‘lib, nima qilishni bilmay qoldi. U avval ushbu odamni shunchaki qo‘pollik va kuch sifatida ko‘rgan edi. Ammo hozir – bu odam sinayotgan edi. Ichidan singayotgan edi.
Cerien (ichki monolog): Sana… bu... uning qizi ismi... U qizini yo‘qotdi...
Taehyung tezda yonlariga keldi. Uning nigohi avval Jungkookda, keyin Cerienda edi.
Taehyung: Nima bo‘ldi? Jungkook?
Jungkook lablarini qimirlatar, lekin so‘z chiqara olmasdi. Nihoyat, u pichirladi:
Jungkook: Rafiqam... u o‘ldi. Sana... yo‘qolgan.
Ofis birdan jim qoldi. Hatto havoda ham og‘irlik hukm surdi. U hamma tomondan toraygan devorlar orasida ezilgandek bo‘ldi.
Cerien unga bir necha qadam yaqinlashdi. U nima deyishini bilmasdi, lekin so‘radi:
Cerien: … Qizingiz... necha yoshda edi? Telfonda yozdi
Cerien ko‘z yoshlarini tutolmadi. To‘qqiz yosh… Bu faqat bola. Uni o‘ldirishmagan. Demak… uni olib ketishgan. Bu — reja bo‘lgan. Hamma narsa boshidan tuzilgan puxta qasos.
Jungkook shokka tushib qoldi va ko'zidan yoshini artib yugurib chiqib ketdi