One Paths , Two Heart
4-Qism
KANAL: ROYAL FANFIC AFTER: Noran Asumi
Azu Taehyunga yaqinlashadi va qo‘lini uning yuziga tekkizadi, titrab, hayajon bilan so‘raydi:
Azu (shivirlay): Nima bo‘lyapti?
Bir necha daqiqa o‘tadi. Taehyung og‘ir nafas oladi, ko‘zlari asta ochiladi. Ichidagi g‘azab va qo‘rqinch asta sekin tushadi, lekin u hali kuchsiz. U mashinaning ichki chiroqlarini yoqadi. Yorug‘lik ichida… ko‘ylagidagi qon ko‘zga tashlanadi. Juda ko‘p qon yo‘qotgan, tanasi titraydi, nafas olish qiyin.
Taehyung (qattiq, ammo charchoq bilan): Azu… senga nima bo‘ldi?!
Taehyung (baqirib, g‘azab bilan): Sendan so‘rayapman! Nima bo‘ldi?!
Azu qo‘llarini qo‘rniga qo‘yadi, yuragi qattiq uradi, lekin so‘z topolmaydi. Uning ichida nafaqat qo‘rquv, balki Taehyungga qarshi ichki nizolar ham kuchli. U biladi, agar endi yolg‘on aytsa yoki yashirsa, vaziyat yanada yomonlashadi…
Taehyung (qo‘llarini Azu tomon cho‘zadi, ovozi qattiq titraydi): Menga ayt! Endi!
Azu chuqur nafas oladi, titroq bilan Taehyungning ko‘zlariga qaraydi. Ichki monologida:
“U menga qarshi, lekin men ham yolg‘iz emasman. Men va bu kichkina jon… biz yashashimiz kerak.”
U asta so‘z boshlaydi, lekin og‘ir nafaslar va qo‘rqinch uni ushlab turadi. Taehyung esa uni mahkam ushlab turadi, qo‘li issiq, ammo yuragi qon va g‘azab bilan to‘la. Har bir daqiqa… ular orasida nafas olishi ham o‘lim va hayotning chegara nuqtasida.
Azu bir muddat jim turdi. Nafasi notekis, ko‘zlari yoshga to‘la. U nihoyat so‘zlashga kuch topdi.
Azu:
Men… hammadan bir narsani yashirdim. Men boshida aytishga qo‘rqdim. Chunki hamma buni bilsa meni yomon ko'rib qoladi . Buni aytsam siz ham yomon ko'rasiz chunki siz hisiyotsiz, sovuq odamsiz. Siz buni qabul qilmasingiz deb o‘ylayman…
Taehyung boshini baland ko‘taradi.
Taehyung:
Nimani yashirding Azu? Gapir
Azu lablarini tishlab, ko‘z yoshlariga chidamay davom etdi.
Taehyungning ko‘zlari kattalashdi. Nafasi bir zumda o‘zgarib ketdi.
Azu boshini egdi. Yelkalari qaltiradi.
Azu:
Kai…
Men uni qattiq sevardim… lekin u Minseoga uylandi. Men esa… men oddiy oilaning qiziman. Sizlarga, sizning oilangizga mos emasman deb o‘yladim. Shuning uchun bu haqda hech kimga aytolmadim…
Uning bolasi bilan yolg‘iz qolishni tanladim. Shuning uchun… Amerikaga ketmoqchiman.
Lekin buni hech kim bilmasin Hatto Kaii ham
Taehyung bir lahza qotib qoldi. So‘ng birdan portlagandek qahr bilan otilib dedi.
Taehyung:
Jinnimasman axmoq. Kai bilan . Umumman tushunarsiz . Lekin
Bu bola Kimlar oilasiga tegishli.Qanaqa Amerika
Azu qo‘rquvdan titrab bosh chayqadi.
Azu:
Men majburman janob…
Bu yerda hech kim meni istamaydi
Taehyung chuqur nafas olib unga qaradi. Ko‘zidagi g‘azab endi hisob-kitobga aylangandi.
Taehyung:
Yaxshi
Kelishib olaylik
Ikkalamiz turmush quramiz
Ammo sen menga yaqin bo‘lmaysan
Ukamning bolasini meniki deyman
Sen esa ota-onamning menga xotin topish haqidagi bosimidan meni qutqarasan
Buning evaziga qizimga onalik qilasan
Azu unga hayrat va iztirob bilan tikildi.
Azu:
Demak… siz menga hech qanday iliqlik ko‘rsatmaymiz
Taehyung sovuq ohangda javob berdi.
Taehyung:
Mendan iliqlik kutma
Men Melisani jonimdan ortiq ko‘rganman
Bolaning tug‘ilishini kutamiz… keyin istasang ketishinga ruxsat beraman
Azu sekin bosh irg‘adi. Ko‘zidagi yoshlar yana oqdi. Mutlaqo gapira olmas edi.
Shu payt birdan tashqaridan vahshiyona o‘q ovozlari yangradi. Mashinaning oynasi qarsillab yorildi. Azu seskanib baqirib yubordi. Taehyung uni darrov bag‘riga tortib oldi. Azu qo‘rqinchdan qotib qolgandi.
Tashqarida bir qo‘pol ovoz jarangladi. Soqolli erkakning baqirig‘i daryoning ustidan aks sado berdi.
Soqolli erkak:
Taehyung
Sen nega men odamlarimni o‘ldirding
Endi sening ham o‘liging shu daryoga tashlanadi
O‘q yana o‘tdi. Mashinaning kapoti orasidan tutun ko‘tarildi. Taehyung Azuni yanayam mahkam quchoqlab egildi. Azu hushidan ketdi.
Shu payt uzoqdan mashinalar farasi yaqinlashdi. Motorlar shovqini. Tezda otishma boshlandi. Taehyungning otasi va Kai yetib kelgan edi. Ular soqolli erkakning odamlari tomonga o‘q yog‘dirardi.
Otishma bir necha daqiqa davom etdi. To‘da boshlig‘i esa qochib qoldi. Ortiqda yarador odamlar, tunda taralgan tutun va quloqni qomatga keltiradigan jimlik qoldi.
Taehyungning otasining kotibi xonaga yugurib kiradi.
Kotib:
Janob
O‘g‘lingiz Taehyung Melisani o‘ldirgan odamlar tomon ketdi
Bormasangiz bo‘lmaydi
Shu payt xonaga Kai kirib qoladi. U gaplarni eshitib ranggi oqarib ketadi. Otasi bilan birga yugurib chiqadi.
Azu hushsiz holda shifoxonaga olib kelindi. Taehyung uni qo‘liga ko‘targancha yugurardi. Hech kimni yaqiniga ham yo‘latmasdi.
Shifokor chiqib, jiddiy ohangda gapirdi.Bemorni yaqini zudlik bilan xonamga . Kai borayotgan edi Taehyung uni turtib yugurib ketdi
va eshikni qulfladi
Shifokor:
Janob
Bola juda xavfli holatda
Nobud bo‘lish ehtimoli katta
Sababi xonimdagi qo‘rquv va ichki kasallikning kuchayib ketishi
Lekin yana bir yashirin kasallik bor
Hozircha aniqlay olmayapmiz.
Taehyung:
Iltimos
Ona ham
Bola ham sog‘ chiqishi kerak
Tushundingizmi
Shifokor:
Qo‘limizdan kelganini qilamiz
Taehyung xonadan chiqdi. Shu payt Kai shoshilib keldi.
Kai:
Aka
Nega siz u yerga bordingiz
Siz Azuga kim bo‘lasiz
Taehyung bir lahza indamadi. So‘ng qattiq, sovuq ohangda javob berdi.
Taehyung:
Bugundan boshlab
Uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i
Va qornidagi bolaning otasi
Kai g‘azabdan lablari qaltiradi. U Taehyungga yaqinlashdi.
Kai:
Siz . ....
Taehyung ; ha men ukajon men unga tezroq uylanishini kerak bu hatoni bilmay qilib qo'ydik
Kai Taehyunga qarab musht tushirdi Taehyung g'azlablanib unga ham qaytarib musht tushirdi shunda otasi kelib ikkalasini ajratdi .......