February 11, 2025

💙ICE SHART💙

5-QISM

Lisaning oilasiga o'tamiz. Ular baxtli yashashadi, lekin Hayun ularning orasiga sovuqchilik tushiradi.

Bir kuni kechqurun Yoongi ishdan charchab keladi. Lisa oshxonada ovqat tayyorlayotgan edi. Uning telefoni stol ustida yotardi. To‘satdan ekranda xabar paydo bo‘ldi:

"Jonim, men seni sevaman, lekin erim bor. Hozir ishdan keldi, faqat yozmang, kechqurun gaplashamiz."

Yoongi qotib qoldi. Ko‘zlari ekran yozuviga qadalgancha qahr bilan chuqur nafas oldi. Uning yuragi g‘azabdan gupillardi. Lisa... kim bilandir yashirincha gaplashyaptimi?

U telefonni oldi va xabar yuboruvchining nomini ko‘rdi. "LISA". Yoongi yanada jahli chiqib, telefonni stolga tashladi.

Lisa ortga burilib, Yoongining o‘ziga qarab turganini ko‘rdi. U nigohlarida sovuqlik va shubha borligini his qildi.

"Yoongi, nima bo‘ldi?" — Lisa unga yaqinlashdi.

Yoongi og‘ir ohangda so‘radi:
"Bu nima, Lisa?" — u barmoqlari bilan telefonni ko‘rsatdi.

Lisa darhol telefonni qo‘liga oldi va xabarni ko‘rib yuragi tez ura boshladi. Bu Hayunning fitnasi ekanini anglagan bo‘lsa ham, hozir buni Yoongiga tushuntirish qiyin edi.

"Yoongi, bu tushunmovchilik…" — Lisa shoshib gap boshladi, lekin Yoongi uni sovuq nigoh bilan to‘xtatdi.

"Tushunmovchilik?" — uning ovozi past va qattiq edi. "Demak, menga yashirincha kimdir 'jonim' deb yozishi va sen unga 'sevaman' deb javob berishing oddiy tushunmovchilikmi?"

"Bu men emas! Ishon menga!" — Lisa yoqimli ovozda tushuntirmoqchi bo‘ldi.

Yoongi uni sovuq holda kuzatdi. Ich-ichidan yonib turgan bo‘lsa-da, hissiyotlarini bildirmaslikka harakat qildi.

"Unda kim bu?" — dedi u, shubhali ohangda.

Lisa chuqur nafas oldi va asta gapirdi:
"Bu Hayunning ishi. U meni yoqtirmaydi, Yoongi. U bizning munosabatimizni buzmoqchi."

Yoongi jahl bilan kulib qo‘ydi.
"Shunday deysanmi? Demak, Hayun seni nomingdan boshqa erkakka 'jonim' deb yozgan va bu tasodifmi?"

Lisa ko‘zlari yoshga to‘lib, qo‘lini Yoongining qo‘liga qo‘ymoqchi bo‘ldi, lekin u orqaga bir qadam tashladi. Bu yurakni teshib yuboradigan harakat edi.

"Yoongi, men faqat seni sevaman. Ishon menga…" — Lisa pichirladi.

Yoongi esa xonadan chiqib ketdi…

Ular orasidagi sovuqlik yanada chuqurlashdi.

Lisa Yoongining sovuq nigohlarini eslab, yuragi g‘ash bo‘ldi. U bu tushunmovchilikni to‘g‘rilashni istardi, lekin Yoongi unga ishonmayotgandi.

Bir necha kun o‘tdi. Yoongi Lisaning yonidan o‘tganida ham unga qaramasdi. Kechqurunlar birga ovqatlanish yo‘qoldi, suhbat esa butunlay tugadi.

Bir kuni kechqurun Yoongi uning oldiga kelib, qat’iy ovozda dedi:
"Biz ajrashamiz."

Lisa seskanib ketdi. Ko‘zlari katta ochildi.
"Nima?" — uning ovozi titradi.

"Men endi bu munosabatni davom ettira olmayman. Ishonchim yo‘q. Bizning orasimiz tugadi, Lisa."

Lisaning yuragi yorilib ketganday bo‘ldi. U Yoongiga tikildi, lekin uning ko‘zlari hech qanday his-tuyg‘ularni ifoda etmasdi.

Lisa asta gapirdi:
"Yoongi, iltimos, menga bir imkoniyat ber. Ishoning, men senga hech qachon xiyonat qilmaganman."

Lekin Yoongi bosh chayqadi.
"Kech bo‘ldi, Lisa."

U xonadan chiqib ketdi.

Hayun buni eshitib, yuzida makkorona tabassum bilan jilmaydi. Nihoyat, uning rejalari ish berayotgandi.

U Lisaning yo‘qligidan foydalanib, Yoongiga yaqinlashmoqchi edi. Telefoni qo‘lida, u o‘zini bechora qilib ko‘rsatish uchun ko‘ziga yosh oldi va Yoongiga qo‘ng‘iroq qildi.

"Oppa..." — dedi u mayin ovozda. "Men buni eshitib, yuragim og‘riyapti. Seni baxtsiz ko‘rishni xohlamayman..."

Yoongi chuqur nafas oldi.
"Bu mening shaxsiy hayotim, Hayun. Bu haqda sen bilan gaplashgim kelmaydi."

Lekin Hayun bo‘sh kelmadi.
"Senga yordam bera olaman. Lisa senga loyiq emas. Balki sen boshqa inson bilan baxtliroq bo‘larsan?"

Yoongi bir lahzaga sukut saqladi. So‘ng, sovuq ohangda:
"Bu masalada menga maslahat beradigan odam emasligingni unutma, Hayun."

U qo‘ng‘iroqni o‘chirib, xonadan chiqib ketdi.

Bu vaqtda Lisa esa yig‘lab o‘tirardi.

Yoongi uzoq o‘ylab ko‘rib, ajrashish qarorini qat’iy qabul qildi. U Lisaning telefonidagi noma’lum odam bilan yozishmalarini, «jonim» deb qo‘ng‘iroq qilayotganini eslab, yuragida qandaydir g‘ashlik sezdi. Ishonchsizlik ularning orasidagi tuyg‘ularni yemira boshlagandi.

Lisa esa Yoongini tushuntirishga harakat qildi.

"Iltimos, meni eshit! Bu hammasi tushunmovchilik. Men seni sevaman!" — dedi u ko‘zida yosh bilan.

Lekin Yoongi ko‘zlarini yumib, bosh chayqadi.

"Endi kech. Men ikkovimiz ham qiynalib yashashimizni istamayman. Sen menga yolg‘on gapirding, Lisa."

Shunday qilib, ular ajrashish jarayonini boshlashdi. Lisa ich-ichidan bu qarorni qabul qila olmasdi, lekin Yoongi ketishga qaror qilgan edi.

Bu vaqtda Hayun o‘z rejasini davom ettirayotgandi. U Yoongiga yaqinlashib, unga hamdard bo‘layotgandek ko‘rinardi. Unga g‘amxo‘rlik qilayotgandek, qattiq xafa bo‘layotgandek rol o‘ynardi.

"Men sening yoningda bo‘laman, Yoongi oppa. Seni hech qachon xafa qilmayman..."

Yoongi Lisa bilan ajrashish hujjatlariga imzo chekish uchun uchrashuvga kelgandi. Lisa esa ko‘zida yosh bilan unga qaradi.

"Iltimos, Yoongi, meni eshit. Bu hammasi tushunmovchilik!" — dedi u qo‘llarini mahkam ushlab.

Lekin Yoongi qattiq ohangda javob berdi:

"Endi hech narsa o‘zgarmaydi, Lisa. Biz ajrashamiz."

Shu payt Lisa bir lahzaga joyida qotib qoldi. Uning yuzi oqarib ketdi, boshi aylangandek bo‘ldi va to‘satdan hushidan ketib, yerga yiqildi.

"Lisa!" — Yoongi bir zumga qotib qoldi, lekin darhol unga yaqinlashdi va hushsiz yotgan rafiqasini bag‘riga oldi.

"Tez yordam chaqiring!" — deb baqirdi u xonadagi yordamchilarga.

Shifoxonaga yetib kelishgach, Yoongi asabiy holda koridorda yurardi. Yuragi tez urardi, ko‘z oldida faqat Lisaning hushsiz holati gavdalanardi.

Shifokor eshikdan chiqib kelib, unga qaradi.

"Tabriklaymiz, janob Min. Siz ota bo‘lasiz."

Yoongi bir necha soniya hech narsani anglab yetolmadi.

"Nima?" — deb so‘radi u shokka tushgan holda.

"Rafiqangiz homilador. U juda charchagan, stress va hissiy to‘lqinlanish unga yomon ta’sir qilgan. Lekin hozircha u va bolasi xavfsiz holatda."

Yoongi shifokorning gapidan karaxt bo‘lib qoldi. Ota bo‘lish… Bu so‘zlar uni shokka tushirgandi. Lisa hushsiz yotgan kasalxona to‘shagida qimirlamay, zaif holda yotardi.

Uzoq o‘ylab turib, Yoongi ichkariga kirdi. Lisa ko‘zlarini sekin ochib, uni ko‘rib, nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin Yoongi sovuq ohangda gap boshladi:

"Sen mening bo‘lg‘usi bolam uchun qolayapsan. Agar bu bola bo‘lmaganda, senga ishonmasdim va seni tark etgan bo‘lardim. Yo‘q, balki bu bola sening uynashingdan bo‘lishi ham mumkin…"

Lisaning ko‘zlari katta ochildi. Uning yuragi g‘azab va iztirob bilan g‘ash bo‘ldi. Qo‘llari titray boshladi.

"Agar shunday deb o‘ylayotgan bo‘lsang, test qildirishga roziman! Hech qachon hiyonat qilmaganman, Yoongi! Senga aytyapman, men faqat seni sevganman!"

Uning ovozi titrardi, yuragi esa og‘riqdan siqilib ketayotgandi.

Yoongi esa yuzini burib, oynadan tashqariga tikildi. Unga bu gaplarni eshitish ham, unga ishonish ham qiyin edi…💔💔💔💔

Dinka test o‘tkazildi. Natijalar kelguncha Lisa kasalxonada qoldi, Yoongi esa unga yaqinlashmas, faqat uzoqdan kuzatardi. U hali ham uning so‘zlariga ishonishni istamasdi.

Bir necha kundan so‘ng, shifokor natijalarni berdi.

"Tabriklayman, janob Min Yongiy. Bola siznikidir."

Yoongi qog‘ozga tikildi. Uning yuragi tez urdi, ammo yuzi hech qanday hissiyot ifodalamasdi. U bu bolani inkor qilmoqchi emasdi, lekin Lisa… uni kechira olarmidi?

Lisa asta o‘rnidan turib, Yoongiga tikildi.

"Endi ishonasanmi?" — dedi u past ovozda.

Yoongi chuqur nafas oldi.

"Bola meniki ekan, lekin bu seni kechirishimni anglatmaydi, Lisa."

Lisaning ko‘zlari yoshga to‘ldi.

"Men hiyonat qilmaganimni bilasan! Men senga hech qachon xiyonat qilmaganman!"

Yoongi unga ortiqcha javob bermadi. U faqat:

"Men faqat bolam uchun bu yerda qolaman."

Lisaning yuragi sinib ketganday bo‘ldi. U Yoongining unga ishonmagani, unga sovuq qarashlari va faqat farzandi uchun yonida qolishini aytgani yuragini tilka-pora qilardi.

Ammo Yoongi ichida hamma narsa aralashib ketgandi… U Lisaning so‘zlariga ishonishni xohlardi, lekin yuragi hanuzda shubhalar bilan to‘la edi…

J-Hope va Rose hayotining yangi bosqichi

Rose va J-Hope turmush qurganlariga endigina uch oy bo‘lgan edi. Ular baxtli yashashardi, ammo Rosening otasi haligacha J-Hopeni to‘liq qabul qilolmagan edi.

Bir kuni kechqurun, Rose va J-Hope kechki ovqatni yeb o‘tirishgan paytda, Rosening telefoni jiringladi. U qaradi va yuzidagi ifoda o‘zgardi.

"Dadam…" — dedi u past ovozda.

J-Hope unga sinchkovlik bilan tikildi. Rose nafasini ichiga yutib, telefonni ko‘tardi.

"Ha, dada?"

"Ertaga uyga kelinglar. Muhim gap bor."

Rose bir zum jim qoldi. J-Hope esa sokinlikni buzib so‘radi:

"Hammasi joyidami?"

Rose yengil jilmayishga harakat qildi, lekin uning ko‘zlarida shubha bor edi.

"Ha… Faqat ertaga otam bilan gaplashishimiz kerak."

Ertasi kuni ular Rosening uyiga borishdi. Otasi jiddiy qarab o‘tirardi.

"Sen J-Hope bilan baxtlimisan, Rose?" — deb so‘radi u.

Rose ham, J-Hope ham hayratda edi.

"Ha, dada. Juda ham baxtliman."

Otasi chuqur nafas oldi va qog‘ozlarni stol ustiga qo‘ydi.

"Demak, bu shartnomani imzolashga rozisan?"

Rose qog‘ozlarni ochib, o‘qidi. Uning yuragi tez ura boshladi.

Bu nima?

Shartnoma sirlar bilan to‘la

Rose hayajon bilan qog‘ozlarni ochdi. U ichidagi bandlarni o‘qigan sari, yuragi tez ura boshladi. J-Hope esa uning yonida jimgina turardi, lekin uning yuzida taranglik sezilardi.

1-band: Rose J-Hope bilan turmush qurgan bo‘lsa ham, oilaviy biznesga aralashmaydi. Barcha qarorlar faqat Rosening otasi tomonidan qabul qilinadi.

2-band: Agar J-Hope Rose bilan ajrashsa, u hech qanday mulkka ega bo‘lmaydi, lekin farzand tug‘ilgan taqdirda, bolaning tarbiyasini Rose oilasi boshqaradi.

3-band: Rose oila sha’ni uchun har doim otasining qarorlariga bo‘ysunishi shart. Agar bunga qarshi chiqsa, u moliyaviy va ijtimoiy himoyadan mahrum qilinadi.

Rosening qo‘llari titray boshladi.

"Bu nimani anglatadi, dada?" — dedi u qaltiragan ovozda.

Otasi unga sovuq nigoh tashladi.

"Bu — oilamiz sha’ni uchun, Rose. Sen J-Hopega uylanganingni tan olaman, lekin men o‘zimni himoya qilishim kerak. Bu shartlarga rozi bo‘lsang, bu oilaning bir qismi bo‘lasan. Agar yo‘q bo‘lsa…"

J-Hope buni eshitib, lablarini tishladi. Uning qahri kelayotgan edi, lekin Rosega hurmat yuzasidan jim turardi.

"Siz meni sotib olmoqchimisiz, dada?"

"Yo‘q, men seni himoya qilmoqchiman."

Rose qog‘ozlarni ushlab turib, J-Hopega qaradi.

"Men nima qilishim kerak?"

J-Hope esa uning qo‘llarini ushladi va pichirladi:

"Bu sening qaroring, Rose. Lekin men hech qachon seni tark etmayman."

Lekin Rose buni aniq bilardi…
Bu shartnomada hammasi oddiy emasdi.

Bu oddiy shartnoma emas edi…
Bu oila siri edi.

Rose hujjatga imzo chekayotganida, qo‘li biroz titradi. Uning qalbida ikkita hissiyot kurashardi: majburiyat va sevgi.

"Menga bir kun vaqt bering," dedi u past ovozda. Otasi unga sinchkovlik bilan qaradi, lekin rad etmadi. "Ertaga javob berasan," dedi qattiq ohangda.

O‘sha kecha Rose va J-Hope yashirincha uchrashishdi. "Biz bu yerdan ketishimiz kerak," dedi J-Hope qat’iy ohangda.

"Qayerga?"

"Yaponiya."

Rose bir zum o‘ylab qoldi. Uning oilasi, hayoti va kelajagi shu yerda edi. Lekin yuragi allaqachon J-Hope bilan edi.

“Mayli, ketamiz…”

Ular yarim tunda aeroportga yetib borishdi. Yangi hayot ularni kutardi, lekin otasi bu ishni shunchaki qo‘yib yuborarmidi?

Rose va J-Hope Yaponiyaga yetib borishgach, shahar ko‘chalari ularni mutlaqo yangi hayotga olib kirayotgandek tuyuldi. Rose ichida qo‘rquv sezsa ham, J-Hope unga qo‘lini mahkam ushlab turardi.

Ular mehmonxonaga joylashgach, J-Hope Rosega termulib dedi:

“Endi biz faqat o‘zimiz uchun yashaymiz. Orqaga yo‘l yo‘q.”

Rose yengil xo‘rsindi, lekin yuragi tinch emas edi. Otasi bu ishni shunchaki qoldirib qo‘ymaydi.

Oradan bir necha kun o‘tib, Rosega noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. U shoshib javob berdi.

"Siz bizdan qochib qutula olmaysiz, Rose."

Bu otasining odami edi…

J-Hope uning qo‘lidan telefonni oldi va sovuqqon ohangda dedi:

"Endi Rose mening hayotim. Unga tegishga harakat qilmang."

Biroq, bu masala shunchaki tugamasdi…

Ertasi kuni Rose va J-Hope yangi hayot boshlash uchun uy topish maqsadida Yaponiyaning kichikroq shaharlaridan biriga yo‘l olishdi. Ular odam gavjum joylardan uzoqlashishni istashardi.

Ammo mehmonxonadan chiqishlari bilanoq, ularga notanish odamlar tikilib qarayotganini sezishdi. Rose yuragi tez ura boshladi.

"J-Hope… bizni topishgan bo‘lishi mumkinmi?"

J-Hope atrofga qarab, Rose qo‘lini mahkam ushladi.

"Hali erta xulosa chiqarmaylik. Lekin ehtiyot bo‘lishimiz kerak."

Ular taksiga o‘tirib, shaharni tark etishdi. Lekin yo‘lda haydovchi ko‘zgudan ularga shubhali qarab qo‘yayotgani Rosega yoqmadi.

"J-Hope, menga bu odam juda notanish tuyulmoqda…"

J-Hope uning qo‘liga ohista tegib, tinchlantirishga harakat qildi.

Ammo oradan bir necha daqiqa o‘tib, mashina kutilmaganda boshqa yo‘lga burildi.

"Bizni qaerga olib ketyapsiz?" — jahl bilan so‘radi J-Hope.

Haydovchi hech narsa demadi. Faqat jilmayib qo‘ydi.

Bu tuzoq edi…

Rose yuragi shiddat bilan ura boshladi. J-Hope esa haydovchining qo‘l harakatlarini diqqat bilan kuzatib borardi. Mashina sichqon o‘ti bosgan tor yo‘lakka burildi va atrof asta-sekin qorong‘ilasha boshladi.

"Bizni qayerga olib ketyapsiz?" — J-Hope yana baqirdi, ammo haydovchi javob bermadi.

Rose telefonini chiqardi va shoshib J-Hopega yozdi:

"Qochishimiz kerak."

J-Hope qoshlarini chimirdi. U haydovchining mashina old oynasida qandaydir qora yoping‘ich ortida nimadir yashiringanini payqadi. Shu payt haydovchi mashinani birdan to‘xtatdi va orqasiga burilib, sovuq nigoh bilan tikildi.

"Yo‘limiz shu yerda tugadi."

Rose J-Hopega qaradi. Ularga xavf yaqinlashayotganini his qildi. J-Hope eshikni asta ochib, Rosega shivirlagancha chiqish ishorasini qildi.

Ammo ular mashinadan tushishlari bilan, oldilaridan ikki nafar erkak paydo bo‘ldi. Qo‘llarida qora portfellar bor edi.

"Sizni shartnoma masalasida olib ketish topshirig‘i berildi. Xo‘sh, qayerga qochmoqchisiz?"

Rose dahshat ichida J-Hope qo‘lini siqdi. Bu odamlar otasi tomonidan jo‘natilganini tushunish uchun ortiqcha so‘z shart emasdi.

J-Hope chuqur nafas oldi va sekin orqaga tisarildi.

"Rose, yugur!" — deb baqirdi u.

Rose ikkilanmay ortga burildi va qo‘llarini mahkam siqib, barcha kuchini yig‘ib yugurib ketdi.

Ammo… orqa tomondan o‘q ovozi eshitildi.

O‘q ovozi atrofni larzaga soldi. Rose yuragi to‘xtab qolgandek his qildi va darhol ortiga burildi. Ammo hech kim yiqilmagan edi.

J-Hope ham hayron bo‘lib, atrofga qaradi.

Shu payt qorong‘ulikdan bir odam chiqib keldi. U jiddiy, qahrli qarash bilan ularga tikilib turardi.

"Dadangiz." — deb shivirlandi J-Hope.

Rose nafasi ichiga tushdi. Uning otasi — kuchli va nufuzli inson, hozir oldida turgan edi. Uning qo‘lida qurol yo‘q edi, lekin ortida ikkita soqchi bilan kelgan.

"Sen meni sharmanda qilding, Rose." — otasining ovozi qattiq va sovuq edi. "Bu tentak bilan qochish sening eng katta xatoying bo‘ldi."

Rose bo‘shashib qoldi, ammo o‘zini tik tutishga harakat qildi. "Men hayotimni o‘zim hal qilaman!" — u shunday dedi va J-Hope qo‘lidan mahkam ushladi.

Otasi chuqur nafas oldi, lekin ko‘zlarida g‘azab balqirdi. "Men seni baxtli bo‘lishingni xohlayman, lekin sen noto‘g‘ri yo‘lni tanlading."

J-Hope unga qattiq tikildi. "Men Rose’ni sevarman va uni hech qachon tashlab ketmayman."

Bu so‘zlardan keyin otasi kulimsiradi. "Agar shunday bo‘lsa, isbotla."

U shartnomani J-Hope oldiga tashladi. "Bu shartnomani bekor qilishing mumkin, lekin faqat bitta yo‘l bilan."

J-Hope hujjatni ko‘zdan kechirdi va hayratdan ko‘zlari katta ochildi. "Bu nimani anglatadi?"

Otasi kulimsiradi. "Yaponiyadagi biznesimni qabul qil. Agar sen mening o‘rnimni egallashga rozi bo‘lsang, Rose bilan baxtli yashash huquqiga ega bo‘lasan."

Rose shokka tushdi. "Dada! Siz... bu juda og‘ir shart!"

Otasi unga qattiq qaradi. "Sevgi qanchalik kuchli ekanini ko‘rsat. Agar bu yigit sen uchun jonini berishga tayyor bo‘lsa, demak men xato qilganman."

J-Hope bir lahza sukut saqladi, so‘ng Rosega qaradi. Uning qo‘llarini mahkam ushladi.

"Men tayyorman."

Rose unga hayrat bilan qaradi. "J-Hope…"

Otasi qoniqish bilan bosh irg‘adi. "Mayli. Demak, bu shartnoma bekor qilinadi. Ammo men har doim nazorat qilaman."

U ortiga burildi va soqchilarga ishora qildi. "Kelinglar."

Rose va J-Hope bir-biriga qarab, engil nafas oldilar. Ular qo‘l ushlashgancha turgan joylarida qoldilar.

Ammo bu hali hammasi emas edi…

J-Hope bunday bo‘lishini kutmagan edi. Rose birdan hushidan ketib, uning qo‘llariga yiqildi.

"Rose! Rose! Ko‘zlaringni och!" — J-Hope vahima ichida uning yuziga qaradi, lekin u hech qanday javob bermadi.

Otasi ham to‘satdan rangi oqarib, soqchilariga ishora qildi. "Shifoxonaga olib boringlar! Tez!"

🚑 Shifoxona...

Rose operatsiya xonasiga olib ketildi. J-Hope kutish zalida joyida qotib qoldi. U titrayotgan qo‘llarini bir-biriga qattiq qisdi.

"Bu mening aybim... Agar men uni qo‘riqlagan bo‘lsam, bu sodir bo‘lmasdi..."

Shifokor tashqariga chiqdi. "Bemorda kuchli stress va charchoq tufayli hushdan ketish kuzatildi. U komaga tushgan."

J-Hope yuragi gursillab urdi. "Komaga?!"

Shifokor bosh irg‘adi. "Hozircha qanchalik uzoq davom etishini bilmaymiz. Lekin unga tinchlik va g‘amxo‘rlik kerak bo‘ladi."

J-Hope shifoxona xonasiga kirdi. Rose hech qanday harakat qilmasdan, og‘ir nafas olayotgan holda yotardi.

Uning yuziga tikilgancha, J-Hope mayin pichirladi:

"Rose, men seni hech qachon tashlab ketmayman… Iltimos, menga qayt." 😔❤️

J-Hope Rose yonida uzoq vaqt o‘tirdi. Uning qo‘llarini mahkam ushlab, yuragi g‘ash bo‘lib borardi. Hech qachon bunday ojiz holatda bo‘lmagan edi.

Oradan bir hafta o‘tdi… Rose hali ham hushiga kelmagan edi. J-Hope har kuni uning yonida bo‘lib, unga gapirardi.

"Rose, bilasanmi, senga qarab turish oson emas… Men seni baxtli ko‘rishni xohlayman, ammo hozir…" — u chuqur xo‘rsindi. "Sen uyg‘onsang, birinchi bo‘lib 'J-Hope, och qoldingmi?' deb so‘raysan. Bilaman."

🚑 Shifoxona koridori…

Rose’ning otasi shifoxona ichida qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, jiddiy qiyofada turardi. U o‘zining maxsus vakillariga ishora qildi:

"Bu voqea haqida hech kim bilmasin. J-Hope ham bizdan qochib qutula olmaydi. Tez orada Rose uyg‘onadi va men hammasini o‘z nazoratimga olaman."

📞 Shu payt Lisaning telefoni jiringladi.

U ekranga qaradi – bu Yoongi edi. Ammo u javob bermadi. Yuragi tez urardi. U Yoongini sevardi, lekin unga bo‘lgan ishonch butkul yo‘qolgandi.

J-Hope esa Rose yonida qolib, faqat bitta narsani xohlardi: uni yana ko‘zlari ochilgan holda ko‘rish.

🌿 To‘satdan Rose barmoqlarini sekin qimirlata boshladi…

J-Hope Rose'ning barmoqlari qimirlab ketganini ko‘rib, yuragi shuv etib ketdi. U shoshilinch ravishda hamshiralarni chaqirdi.

"Rose! Eshitayapsanmi? Iltimos, ko‘zingni och!" — u uning qo‘llarini mahkam ushladi.

🌿 Shifokorlar zudlik bilan xonaga kirib kelishdi.

Shifokor Rose'ning yurak urishini tekshirib ko‘rib, yengil kulimsiradi. "U asta-sekin o‘ziga kelmoqda, ammo biroz vaqt kerak bo‘ladi."

J-Hope chuqur nafas oldi, yelkasidan og‘ir yuk tushganday his qildi. "Rahmat… Rahmat."

📍 Bir necha soat o‘tgach…

Rose asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Avval xonadagi yorug‘lik unga og‘irlik qildi, lekin keyin J-Hope'ning xavotirli ko‘zlarini ko‘rib, sekin jilmaydi.

"Sen… bu yerda edingmi?" — ovozi juda zaif chiqdi.

J-Hope uning peshonasiga qo‘lini qo‘yib, "Men seni hech qachon tashlab ketmayman," — dedi sekin.

🥀 Shu payt eshik ochilib, Rose'ning otasi kirdi.

Uning jiddiy nigohlari butun xona bo‘ylab tarqalgan xotirjamlikni yo‘qqa chiqardi. "Rose, sen bilan gaplashishim kerak."

J-Hope xuddi himoya qilmoqchidek Rose’ning oldida o‘tirdi. "U endi uyg‘ondi, unga bosim o‘tkazmang!"

Otasi esa sovuq tabassum bilan J-Hope'ga tikilib qaradi: "Sen kim bo‘libsan menga gapirishga? Rose mening qizim, men uning kelajagini o‘zim hal qilaman."

🌪 Xonadagi havoning bosimi o‘zgarganday bo‘ldi. Rose nima qilishini bilmay, otasiga va J-Hope'ga qaradi…

🌙 Lisa va Yoongi: Oila Bilan Sinovlar

Lisa kasalxona xonasida yotardi. Uning yuzi oqarib ketgan, ammo harakatlari sokin edi. Yoongi esa xonaning bir burchagida sokin o‘tirar, ammo yuragi o‘zini tuta olmasdi. U hali ham Lisa'ga ishonishni xohlamas, lekin ichidagi otalik hissi buni inkor qilardi.

🔹 "Qanday his qilyapsan?" — sekin so‘radi Yoongi.

Lisa unga qaradi va jilmayishga harakat qildi. "Yaxshi… Faqat sening nigohing mendan yiroqlashib borayotganga o‘xshaydi."

Yoongi chuqur nafas oldi. "Sen ham mendan uzoqlashyapsan, Lisa."

Lisa past ovozda javob qaytardi: "Men faqat bolamiz uchun tirik qolishni xohladim… Sen meni sevmasang ham, u bolani yaxshi ko‘rasan, shunday emasmi?"

Yoongi bir necha soniya jim qoldi. Ha, u farzandini yaxshi ko‘radi. Lekin Lisa… unga nisbatan hamon ishonchsizlik bor edi.

📍 Shu payt shifokor kirdi.

"Siz ota bo‘lishga tayyormisiz, janob Min?" — dedi shifokor tabassum bilan.

Yoongi Lisa'ga qaradi. U hali aniq bir javob bera olmasdi, lekin yuragi asta-sekin yumshayotgandek edi…🌙 Lisa va Yoongi: Oila Bilan Sinovlar

Lisa kasalxona xonasida yotardi. Uning yuzi oqarib ketgan, ammo harakatlari sokin edi. Yoongi esa xonaning bir burchagida sokin o‘tirar, ammo yuragi o‘zini tuta olmasdi. U hali ham Lisa'ga ishonishni xohlamas, lekin ichidagi otalik hissi buni inkor qilardi.

🔹 "Qanday his qilyapsan?" — sekin so‘radi Yoongi.

Lisa unga qaradi va jilmayishga harakat qildi. "Yaxshi… Faqat sening nigohing mendan yiroqlashib borayotganga o‘xshaydi."

Yoongi chuqur nafas oldi. "Sen ham mendan uzoqlashyapsan, Lisa."

Lisa past ovozda javob qaytardi: "Men faqat bolamiz uchun tirik qolishni xohladim… Sen meni sevmasang ham, u bolani yaxshi ko‘rasan, shunday emasmi?"

Yoongi bir necha soniya jim qoldi. Ha, u farzandini yaxshi ko‘radi. Lekin Lisa… unga nisbatan hamon ishonchsizlik bor edi.

📍 Shu payt shifokor kirdi.

"Siz ota bo‘lishga tayyormisiz, janob Min?" — dedi shifokor tabassum bilan.

Yoongi Lisa'ga qaradi. U hali aniq bir javob bera olmasdi, lekin yuragi asta-sekin yumshayotgandek edi…

🔹 Lisa va Yoongi: Sovuq Munosabatlar

Lisa Yoongining uyi oldida turardi. Yuragi g‘alati his bilan to‘lgan edi. U Yoongiga hammasini tushuntirishni istardi, lekin u eshikni ochib, unga jaxl bilan qaraganida Lisa nima deyishini bilmay qoldi.

Yoongi uning nigohidan biror narsa izlagandek edi, lekin yuzida faqat sovuqlik aks etardi.

"Bu yerda nima qilib yuribsan?" — dedi u qattiq ohangda.

Lisa biroz qiynalib, so‘z topishga harakat qildi:
"Yoongi, men seni… bizni tushuntirmoqchiman."

Yoongi sovuq kuldi. "Biz degan narsa yo‘q. Agar bolamiz bo‘lmaganida, men seni allaqachon haydab yuborgan bo‘lardim."

Bu so‘zlar Lisani ich-ichidan og‘ritdi, lekin u ko‘z yoshlarini tiya oldi.

"Sen meni eshitishni istamaysan… Lekin men taslim bo‘lmayman."

Yoongi hech narsa demay, eshikni yopdi. Lisa uning sovuqligiga ko‘nikkan edi, lekin bu safar yuragi yana bir bor sinib ketdi.

📍 Bu voqeani uzoqdan kuzatib turgan Hayun ich-ichidan quvonib ketdi.

"Ajoyib! Ular orasidagi sovuq munosabat endi chuqurlashib boradi." — deb o‘zicha pichirladi u.

Endi u rejasining keyingi bosqichiga o‘tishi kerak edi.

🔹 Yoongi va Hayun: Sovuq Munosabatlar Yaqinlikka Aylanadimi?

Lisa bilan bo‘lgan janjallardan so‘ng, Yoongi o‘zini bo‘sh va charchagan his qilardi. Uning ichida qandaydir g‘azab bor edi, lekin u aynan kimga yoki nimaga qaratilganini tushunmasdi.

Shu kunlarda Hayun Yoongiga yaqinlashishga harakat qilar, unga tasalli berib, hammasi yaxshi bo‘lishiga ishontirardi.

"Yoongi, o‘zingni qiynama… Ba'zan odamlar munosabatlarni saqlab qolish o‘rniga, faqat o‘zlarini o‘ylashadi."

Hayunning bu so‘zlari Yoongining ichki og‘rig‘ini yanada kuchaytirardi. U Lisa haqida o‘ylaganda, yuragi siqilib ketardi. “U meni chindan ham sevganmi?” — degan savol miyasidan ketmasdi.

Lekin Hayun har doim yonida edi. Unga so‘zsiz tushunar, hech qanday bosim o‘tkazmasdi. Bir kuni kechqurun Yoongi Hayunning yonida o‘tirganida, u boshini sekin Hayunning yelkasiga qo‘ydi. Bu bexosdan sodir bo‘ldi, lekin Yoongi bu harakatni to‘xtatishni xohlamadi.

"Men charchadim, Hayun…" — dedi u past ovozda.

Hayun esa jilmayib, sochlarini silab qo‘ydi. "Men doim yoningdaman, Yoongi."

📍 Yoongi asta-sekin Hayunga ishonch bildirayotgan edi

Lisa o‘ziga kelganidan beri Yoongining sovuqligini sezardi. U Yoongining ko‘zlariga qaraganda, avvalgidek mehrni ko‘rmasdi. Endi faqat uzoqlik, begonalik bor edi…

Biroq, Lisa hali ham Yoongini sevardi. U bo‘lajak farzandini o‘ylab, oilasini saqlab qolishni xohlardi.

Bir kuni Lisa tasodifan Yoongini kuzatib qoldi. U ishxonadan chiqqach, mashinasiga o‘tirib, Hayun bilan gaplashib ketayotgan edi. Yoongining yuzidagi ifodani ko‘rib, Lisa ichidan nimadir uzilgandek his qildi. "Demak, u meni unutishga harakat qilyapti…"

Tunda…

Lisa o‘sha kuni kechqurun Yoongining oldiga borishga qaror qildi. U bor-yo‘g‘i haqiqatni bilmoqchi edi.

Lisa Yoongining oldiga kirib:

“Yoongi, sen menga endi mehring yo‘qligini ochiq ayta olasanmi?” — dedi, yuragi gupillab urar edi.

Yoongi unga bir qaradi-da, chuqur xo‘rsindi. "Bu savolga javobni allaqachon bilasan, Lisa…"

"Demak, Hayunni yaxshi ko‘rib qolding?" — Lisa shivirladi, ko‘zlarida yosh qalqib chiqdi.

Yoongi bir necha daqiqa sukut saqladi, keyin past ovozda:

"Men hali hammasini tushunib yetmadim… Lekin sen bilan endi avvalgidek bo‘lolmasligimni bilaman."

Lisa voz kechadi…

Lisa chuqur nafas oldi. Uning yuragi og‘rirdi, lekin u qanday qaror qilishini bilardi.

"Yaxshi, Yoongi." — dedi u past ovozda. "Men senga qo‘yib beraman. Agar sen Hayun bilan baxtli bo‘lsang, men senga to‘sqinlik qilmayman."

Yoongi biroz dovdiradi, bunday javobni kutmagan edi. Lisa har doim kurashardi, ammo bu safar… u shunchaki taslim bo‘layotgandi.

"Lisa…" — Yoongi nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin Lisa uning gapini bo‘ldi.

"Hamma narsa tugadi. Men endi sen bilan baxtli bo‘lolmayman. Sendan ajrashaman."

Shu so‘zlar bilan Lisa xonasiga kirib ketdi. U ortga qaramaslikka harakat qilardi, lekin yuragi ich-ichidan ezilardi…

Lisa ohista chamadonini tortib, Yoongining uyidan chiqib ketdi. Hech kim unga to‘sqinlik qilmadi. U ostonada bir lahza to‘xtadi, chuqur nafas oldi va orqasiga qaramasdan yo‘lga tushdi.

Yoongi esa hech narsadan bexabar edi. U o‘z ishlariga, Hayunning samimiy ko‘rinayotgan kulgusiga va o‘zini aldashga shu qadar berilib ketgandiki, Lisa endi uning hayotidan ketayotganini sezmasdi ham.

Lisa taksiga o‘tirib, ohista shivir qildi:

"Hammasi tugadi..."

Lekin haqiqat shuki, hamma narsa endi endi boshlanayotgan edi…

💔💔💔💔💔💔💔

Lisa ketdi, lekin yuragidagi og‘riq qoldi…
Lisa taksi oynasidan ortiga qaradi. Bu uy, bu shahar, bu hayot… endi uning emas edi. Yuragi bo‘g‘riqib, ko‘zlariga yosh keldi, lekin o‘zini ushladi. Endi ortga yo‘l yo‘q.

U Yoongini sevardi. Hali ham. Lekin Yoongi… unga bo‘lgan ishonchini allaqachon yo‘qotgan edi. Endi esa Hayunning yonida edi.

Taksi sekinlik bilan uzoqlashar ekan, Lisa yuragiga botayotgan haqiqatni qabul qilishga majbur bo‘ldi. Yoongi endi uni xohlamasdi.

Yoongining tarafi
Yoongi Hayunning gaplariga quloq solib turgan edi, lekin uning miyasi boshqa joyda edi. Ich-ichidan nimadir uni ezardi. Lisa hozir qayerda? U nima qilmoqda?

Hayun esa jilmayib:
— Yoongi, seni uzoq vaqtdan beri kutyapman… Sen mendan uzoq yurding, lekin men senga eng mos odamman, — dedi.

Yoongi unga bir qarab oldi. Hayun chiroyli edi. Muloqot qilish yoqimli. Lekin negadir, yuragi hali ham bo‘sh edi.

Shu payt xizmatkor ichkariga kirib keldi:
— Janob Min, Lisa xonim uyimizni tark etdi.

Yoongining yuragi bir lahzaga to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

"Lisa ketdi? Nahotki?"

Hayun lablarini tishladi. Rejasi ish bergandi.

Lekin Yoongi buni tushunish uchun juda kech bo‘lishi mumkin edi…

Lisa aeroportda pasportini topshirayotganda yuragi tez urardi. U biletni qo‘liga mahkam siqib oldi. "Shu bilan hammasi tugadi" deb o‘ziga-o‘zi shivirlagancha, chuqur nafas oldi.

Sevgi uni sindirdi. Yoongi uni sindirdi.

U oxirgi bor telefonini yoqdi. Hech qanday xabar yo‘q edi. Yoongi hatto uni qidirmadi ham.

Ko‘zlarini yumdi. Keyin og‘ir qadamlar bilan samolyotga chiqdi. U endi boshqa davlatda, boshqa hayot boshlaydi.

Yoongining tarafi
Yoongi kechqurun uyiga qaytdi. Uy har doimgidan bo‘sh va sovuq edi. Lisa yo‘q edi.

U divanga o‘tirdi va chuqur o‘yga toldi. Lisa yo‘q. Balki u haqiqatan ham ketgan…

Lekin nega yuragi bo‘sh qolganday his qilmoqda?

Shu payt xizmatkor kirib keldi:
— Janob Min… Lisa xonim bugun xorijga uchib ketganini eshitdim…

Yoongining boshi qotdi.

Lisa boshqa davlatga ketdi?!

Nafasi bo‘g‘ildi. Yuragi shiddat bilan urdi. Nega? Nega u bunday his qilayapti?!

Telefonini oldi. Lekin… kech edi. Lisa ketgan edi.

J-Hope qog‘ozni mahkam ushlab, yana bir bor o‘qib chiqdi. Uning ichida ikkita qarama-qarshi his-tuyg‘u bor edi: Rose bilan baxtli hayot kechirish istagi va bu biznes dunyosining xavf-xatarini yaxshi bilishi.

Rose esa qo‘rquv bilan unga tikilib turardi. "J-Hope, agar bu ish sen uchun og‘ir bo‘lsa, qilishing shart emas…"

J-Hope uning qo‘llarini ushlab, bosh chayqadi. "Men seni yo‘qotishni xohlamayman, Rose. Agar bu bizning kelajagimiz uchun bo‘lsa, men barchasiga tayyorman."

Rose ko‘zlari yoshga to‘ldi, lekin u tabassum qildi. "Biz birga bo‘lamiz, shundaymi?"

J-Hope chuqur nafas oldi va otasiga tikildi. "Men qabul qilaman."

Otasi jilmaydi. "Juda yaxshi. Unda hozircha bu erda qolasan. Men seni tayyorlayman."

Rose J-Hope’ni qo‘yib yuborishni xohlamasdi, lekin otasining qaroridan voz kechish ham imkonsiz edi. Ular bir-biriga so‘nggi marta qattiq quchoq ochdilar.

Shu payt...

Kutilmaganda, Rose bosh aylanishini his qildi. Ko‘z oldi qorong‘ilashdi, va u J-Hope qo‘lida hushidan ketdi.

"Rose!" – J-Hope qichqirib uni quchoqladi.

Otasi ham hayron bo‘ldi. "Nima bo‘ldi unga?"

J-Hope yuragi gursillab urardi. "Biz shifoxonaga borishimiz kerak!"

U Rose’ni quchoqlagancha mashinaga yugurdi va shifoxonaga olib bordi. U yerda shifokorlar uni darhol tekshirishga olib ketishdi.

30 daqiqa o‘tdi…

J-Hope asabiy kutib o‘tirar, har daqiqada oyoqqa turib, yana joyiga o‘tirib olardi. Nihoyat, shifokor chiqdi va unga tikildi.

"Tabriklayman. Rafiqangiz homilador."

J-Hope shokka tushdi. "Nima?"

Shifokor jilmaydi. "Rafiqangiz homilador deyman. Uni haddan tashqari stress va charchoq qiynagan. Shu sababdan hushidan ketgan."

J-Hope joyida qotib qoldi. Rose… homilador edi?!

Endi u nafaqat Rose uchun, balki oilasi uchun ham mas'ul edi.

5-qism tugadi...........