My Savage girl
Taerining so'ngi gaplari qattiq va buyruq singari butun xona bo'ylab yangradi. Bu qat'iyatdan Lee ham huddi shunday Suna xonim ham qilt etmay qolishdi. Bu yerda boshliq kim anglab bo'lmas edi. Taeri biroz vaqt o'tgach o'ziga kelib, tik holatda turdi va unga qarab turgan ikkta insonga( ikki qora ko'z ) bir nigohini tashlab qo'ydida yana gap boshladi.
Taeri: Hoshhh agar menda ishingiz bo'lmasa men ketdim.
Taeri ularni nima deyishini ham eahitmasdan shunchaki xonani tark etdi va sinfxona tomon yo'l oldi. O'quvchilarning shovqini bilan to'lgan sinfxona oldiga yaqinlashib qolgan qiz qat'iyat ila eshikni ochdi va ichkariga tomon qadam bosdi. Qiz mag'rurona sinfga yolg'iz o'zi kirib kelarkan sinfda pichir-pichir boshlanib ketdi. Taeri bularni hech biriga e'tibor bermay o'zining o'rindig'i oldiga bordi va deyarli bo'mbo'sh holda turgan bejirim sumkasini bir yelkasiga ilib og'ziga chupachups solgan holda sinfni tark etdi. Taeri sinfni tark etgach hamma nima qilishi kerak ekanini unutib qo'ydi. Shunchaki sokinlik.
Taeri shunchaki maqsadsiz yo'lda ketar ekan birdan boshi kimgadir urilib ketdi. Taeri so'kingancha bu kimsaga qarakan o'ziga tanish bu chehrani ko'rib bir zum tinch qotdi. Va yana o'sha jahldorlik bilan qarshisidagi yigitga gapira ketdi.
Taeri: Sunghoon ko'zingga qarab yursang bi'lmaydimi boshimni naq yoray deding a
Sunghoon: Menku yo'limda to'g'ri ketayapman senchi? Hayolaring parishon! nima bo'ldi?
(Honey deb eshitilarkana👀) bilmaganlar uchun Honey- asalim sevgilim degan iboralar uchun ishlatiladi lekin bu yerda Taeri shunchaki Sunghoonni erkalab chaqiryapti hayollarni yig'ib olamiz )
o'zingni jinnidek tutma ertalabki urush yodingdan chiqdimi deyman.
Sunghoon: Bari esimda ammo nega uyga qaytyapsan.
Taeri ko'zini kosasi bo'ylab aylantirib, g'inshigancha gapira ketdi.
Taeri: Eey qanaqa uy. Meni uyga borish niyatim yo'q. Qayerga ketayotganimni o'zim ham bilmayman.
Taeri hayoliga kelgan fikrdan ko'zi chaqnab ketdi. Va mushuk ko'zlari bilan Sunghoonga qarab...
Taeri: Balki senikiga borarmiz yoki shunchaki birga bog' aylanarmiz
Sunghoon qiz do'stining aynan shu hislatini yoqtiradi:
- masqarabozdek jinnicha qiliqli
- Nimani istasa shuni bemalol har kimga ayta oladigan
Qizning har bir harakati bu yigitni o'ziga torta oladi. Unga na nozik xonimchalar, na bilimini maqtanadigan o'zicha olima qizlar va na boy xonimlar yoqadi. Yigitga faqatgini o'zining Taerisi yoqadi. Faqat u ! ( X: kimsan san
Sunghoon: Kazo kazolardanman
Lkn Taeri ham anoyilardan emas, buninff davomida bilib olasiz.)
Sunghoon ro'parasida turgan o'zidan birozgina millimetrlarga pastroq bo'lgan bu ko'zlari olovdek yonib turgan qizga bir nazar tashlab qo'ydi-da, nadir yodiga tushgandek qizga yuzlandi.
Sunghoon: Atirgulim men hozir sinfdan popkamni olib chiqay biroz kutib tur.
Ha aytgancha istasang do'kondan muzqaymoq olib yeb tursang bo'ladi.
Sunghoon shunday deb, Taeriga pul uzatdi.
Taeri esa Sunghoonga jinniga qaragandek yuzini jiyirib gap boshladi.
Taeri: Sunghoon sen jinni bo'ldingmi mega kimnidir na yordami na mehr muruvvatliligi kerak. Pulni esa o'zingga olib qo'y. Ha yana aytgancha menga gullar yoqmasligini bilasanku meni bunday atama!
Ha bu aynan Sunghonni qizi u boshqalardan rostan ajralib turadi. Agar uni o'rnida boshqasi bo'lganida jon jon deb yigitni pulini ishlatib tashlardi ammo u bunday qilishni istamaydi. Ammo masalaning ikkinchi tarafi ham bor, Sunghoon shunchaki qiz do'sti uchun ham pul sarflagisi kelgandi, lekin u rad javobini eshitdi....
Sunghoon va Taeri shunchaki do'stlardir, ammo Sunghooni Taeriga nisbatan yuragi faqatgina do'st sifatida urmaydi. Yigit qiz do'stiga nisbatan hislarini erkin bayon etishni istaydi ammo qo'rqadi ha u qo'rqadi... Huddi oddiy pulni bergandagkdek shunchaki vos kechilib ketilishdan qo'rqadi,rad javobini eshitishdan qo'rqadi. Yigit agar u qiz do'stiga sevishganlar bo'lishni taklif qilsa, ular hattoki qaytib do'stlar ham bo'la olishmasligini biladi.
Sunghoon ortiqcha hayollar bilan chalg'ishni istamay sinfxona tomon yugurdi. Xonaga yetib kelishi bilan hech qayerga e'tibor bermay shunchaki sumkasini ko'tarib sinfni tark etdi.
Sunghoon: Hosh atirgulim ketdikmi? Qayerga borishni istaysan?
Taeri Sunghoonni yana bir bor uni Atirgulga tenglashtirganini eshitib yigitga o'tli nigohlar bilan qarab qo'ydi.
Sunghoon: Mayli mayli yo'lbarscham.. Nega bunchalik ko'zlaring odamni yep qo'ygudek qaraydi.
Taeri: Bilmadim endi buni ulardan so'ra hih
Taeri shunday deb unchalik uzun bo'lmagan ammo hipcha beligacha keladigan sochlarini siltab qo'ydi.
Ular ikisi ham tinch holda shunchaki yo'lni davom etar ekan, bu sokinlikni muzqaymoq sotadigan amaki buzdi.
Muz: Hosh sevishganlar (anjan marajnik yeysizlarmu) issiq kunda muzqaymoqqa nima deysiz juda mazali
Sotuvchining bunday sho'x ohangda bilmay noto'g'ri gapiga Sunghoon bilinar bilinmas hursand bo'lsa qiz bundan mustasno. Uning endigina asab tolalari tinchlanyotgan edi ammo, bu begunoh amakini bilmay aytib yuborgan bu gapi Taerini e'tiboridan chetda qolmadi. Qiz bor g'azabini shu kishidan olish niyatida, huddi sher o'ljasiga hujm qilmoqchi bo'lgandek biroz muddat qarab turgach baqira ketdi.
Taeri: Nima siz ko'chadan duch kelgan odamga shunday deysizmi? Nima birga ketsa, sevishgan bo'laveradimi? Balki do'stdir, balki qarindoshdir, hattoki aka-singil bo'lishi ham mumkin. Ammo sizga baribirda tovaringizni o'tkizsangiz kifoya
Sunghoon yana bir bor hali beri Taeriga sevishini aytish erta ekanini angladi.
Taeri bor alamidan bu bechora kishiga baqirarkan Yigit sekin qizni og'zini kaftlari bilan jim degadek yopti va qarshisidagi aybsoz aybdor bo'lib qolgan insondan uzur so'radi.
Sunghoon: Kechirasiz amaki. U biroz qizishib ketdi. Siz shu yerda kutib turing.
Yigit qizni sal nariroqqa olib borarkan,Qiz yigitdan qutilishga jon jahti bilan chiranardi. Bu tipirchilashlarni to'xtashiga Sunghoonni jahldan yonib turgan ko'zlari va yuqori tempdagi ovozi sabab bo'ldi.
Qiz shunchaki jim bo'lib qolgach, Sunghoon boyadan beri ularni kuzatib turgan sotuvchi oldiga bordi va ikkita muzqaymoq sotib oldi. Shu bilan sotuvchi yo'lida davom etar ekan yigit qizning oldiga qaytdi va qo'lidagi bitta muzqaymoqni umga uzatdi
Taeri: Sunghoon nega olding bularni
Qiz asabiy savolli gapirarkan, yogit shunchaki
Sunghoon: Ko'p gapirmasdan shunchaki buni ye
Taeri do'stining bunday sovuq ammo mehrli gapini eshitib erishni boshlagan muzqaymoqni yalay boshladi
Taeri: Juda mazali ekan raxmat. Uyga borgach senga albatta pulini to'layman.
Qizning ohirgi gapi Sunghoonni jiddiy tortishiga sabab bo'ldi
Sunghoon: Taeri sen nega doim bunday qilasan, Do'st sifatida hech narsa qilishga haqqim yo'qmi
Mana ffni ham ikkinchi qismini tugatib ham oldik. Xato va kamchiliklar bo'lsa uzur. Tekshirmadim bu safar