January 18

My Savage girl

Taeri rostan ham do'sti unga qanday yaxshilik qilgan bo'lsa, barini unga qaytargan ammo bu safar chegaradan o'tib ketdi. Taeri Sunghoonni asabiy yuziga qarakan, u rostan ham oshirib yuborganini his qildi va nim tabassum qilgancha...

Taeri: Honiee bo'ldi asabiylashma, barchasi uchun raxmat bilaman buni men uchun qilyapsan ammo men rostan ham qarz bo'lib qollishni yoqtirmayman. Mayli bu safar buni haqqini to'lamayman.

Sunghoon qizning yoqimli tabassumini juda yoqtiradi, uni fikricha qarshisidagi qizning tabassumi butun koinot bo'yicha eng chiroyligi. Bilmadim balki buning sababi qiz asosan jiddiy holatda yurgani va kamdan kam hollarda tavassum qilgani uchunmi, yoki uni sevgani uchunmi yigitga bu kulku juda yoqadi. Ammo bir hisobdan Taeri faqatgina Sunghoon uchun tabassum qiladi holos. (Bu tabassumni kóraman deganla qanchayee, hursand bólish kerakda lii)

Taeri va Sunghoonni ko'zlari bir biraga boqib turarkan, ular anchadan beri bir borlariga tikilib turishganini anglagan qiz zudlik bilan yigitdan nigohini boshqa joyga ko'chirdi va odatiy ohangda gap boshladi.

Taeri: Hosh Sunghoonbek shunday qilib qayerga boradigan bo'ldik.

Yigit ham o'zini anglab olgan tarzda qizni savoliga javob qaytardi

Sunghoon: Balki sen aytgandek bog' aylanarmiz

Taeri do'stining bu gapini maqulladi va birgalikda bog' aylanishdi. Quyosh deyarli botiarkan, parkdagi atriaksiyonlarning chiroqlari ham birma bir yona boshladi. Sunghoon qiz do'stining bu yorug'liklardan kayfiyati ko'tarilayotganini ko'rib gap boshladi.

Sunghoon: Nima deysan mana bu atriaksiyonga birga tusharmiz?

Sunghoon qizdan buni so'rarkan, yuzidagi iliqlik yaqqol sezilib turardi.

Taeri: Uuuff Sunghoon bunisi endi oshib tushdi. O'zi shuncha narsani qo'yarga qo'ymay olib berding-a? Men keyin bunga o'rganib qolsam o'zing afsuslanasan hali bundan.

Sunghoon: Mayli mayli shunisi yaqxshi, bo'ldi gapni ko'paytirmasdan yur ketdik

Sunghoon qizni nozik qo'lalridan ushlab qarshisidagi karusel tomon yugurdi.

Ular deyarli bir kunini birga o'tkazishdi. Aslida ular ko'p birga bo'lishadi ammo bugun har kungidan juda esda qolarli va adrinalinga boy bo'ldi.

Taeri o'zida charchoqni his qilib, ko'zlari yumila boshladi va yonidagi yigitninsekin yengidan ushlab chaqira boshladi. Sababi uni hattoki gapirishga ham holi qolmadi, axir deyarli 10 soatdan beri yurishibdi.

Sunghoon kiyimidagi kuchsiz tortqilashni his qilib, qiz do'stiga nazar soldi.

Sunghoon: Taeri ancha holsiz ko'rinasan, menimcha sen haddan ziyod ko'p kachelyega minganing uchundir.

Yigit qizdan havotirlangancha suv olib keldi va qizga tutqazdi. Shu zaylda ular Taetining uyiga kelishdi va shu yerda hayrlashishdi.

Qiz bir amallab eshik toqasini ushlab, o'z honasiga ham yetib oldi va kiyimlarini alishtirmasdan ham uxlab qoldi.

*

Qiz erta tongdan g'inshigancha uyg'ondi va ertalabki yugurishga chiqdi. Taxminan 1 soatli tinimsiz ertalabki mashq va yugurishdan qaytgangan qiz o'zini ancha tetik his qilgach uyga qaytgach iliq dushga kirib ketdi. Badan tarbiyadan keyingi ter va charchoqlar go'yoki suv bilan birga qizni tanasini mayin silab yerga shitirlab tushardi.

Dushdan momiq halaar bilan chiqqan Taeri nam sochlarini avval sochiq bilan so'ngra maxsus soch qurutuvchi fen bilan qurtib, yana o'sha zerikarli maktabi tomon yo'l oldi.

*

Taeri har kungidek darslarga kechikib kirdi, baholangki ertalabdan bugun ham onatili darsi. Taeri yoqtirmaygina sinfxona eshigini o'ziga qarab tortdi va ichkariga hech bir ogohlantirishsiz, ruxsatlarsiz, bemalol kirib ketdi. U hech qaterga etibor bermayotgandi qachonki, begona erkak kishining biroz yo'g'onlashgan ovozi eshitilmagunicha.

X: Qizaloq menimcha senga odob nimaligini o'rgatishmagan

Taeri: Bilib qo'ying meni ismim Yan Taeri oddiy qizaloq emas. Yana juda ham to'g'ri topdingiz janob men odob haqida eshitish tugul o'ylamaganman ham

Taerining doimgidek sovuq aurali gaplari yigitni ichiga birozgina g'ulg'ula tushishiga sabab bo'ldi ammo bu oddiy maktab o'quvchisiga bo'sh kelgisi kelmay jiddiy ohangda gapira ketdi

X: Agar sizga bunday narsalar begona bo'lsa demak men o'rgatar ekanmanda.

Taeri: Janob menimcha bu gap kulgili emasdi

X Taerining bunday sovuqqonligini ko'rib hayratini yashira olmadi ammo ommaga buni bilintirgani yo'q.

X: Hosh Taeri xonim bir safarga kechiraman o'z o'rningga o'tirishing mumkin.

Taeri: Meni sizdan ruxsat so'raydigan joyim yo'q bilmasangiz. Yana men istasam hozirni o'zida bu lanati jinnicha maktabni tark etishim mumkin.

Taerining bu gaplarini eshitib X ni asab tolalari uzulishni boshladi

X: Taeri menga bunday jinnicha gaplaring o'tmaydi, hoziroq hech qanday tanqidlarsiz, gaplarsiz joyingga idamay borda, kitoblaringni olib, darsimda faol ishtirok et UQDINGMI

Taeri ilk bor vujudida qo'rquvni his qildi ammo yangi kelgan bu yosh va kelishgan ustozga bo'sh kelgisi kelmay gap qaytardi

Taeri: Ustoz (urg'u bilan) meni siz bilan pachakilashishga vaqtim yo'q. Darsingizni o'tavering qanchadan qancha qora ko'zlar bugungi dars qanday bo'lar ekan deb kelishgan faqat mendan tashqari!

X qizga anqatib qarab turar ekan Taeri qo'l ishorasi orqali bo'ling bo'ling degandek harakatlandi.

Shu bilan ona tili adabiyot darsi ham boshlanib ketdi. Shu sababli hammaning nigohi mavzuda edi. Ustoz shu darajada mahorat ila mavzuni tushuntirar ekan, o'qimaydigan insonni ham aqlli qilib yuboradi. Ayniqsa bunday kelishgan o'qituvching bo'lsayu qanday qilib dars qilging kelmasligi mumkin. Ustoz darsni tushuntirib bo'lgach o'quvchilarga vazifa berdi, o'zi esa o'z o'rniga o'tirdi. Barcha bu kelishgan erkakka yoqish ilinjida qo'lidan kelganicha mashqlarni bajarmoqda ammo doimgidek bizning qahramondan sado yo'q. Butun sinf dars bilan maahg'ul bo'lib hech narsaga etibor qaratmasdi bundan foydalanga erkak partaga boshini qo'yib, qulig'iga naushnik taqib uxlab yotgan qizga pinxona ko'z tashlab qo'yar edi. Buni hech kim sezmasada so'nggi partada asabiylashganidan oyoqlarini tinmay qimirlatayotgan yigit tishini tishiga qo'yib zo'rg'a stulda o'tirar edi. Sunghoon chiday olmay ohiri bu yangi kelgan o'qotuvchiga yuzlandi.

Sunghoon: ustoz balki o'quvchilaringizga oddiy nigohlar bilan qarasiz

Sunghoonning bu kestaqli gaplarini eshitgan o'qituvchi tutulib qolganidan sarosimada edi, muallim doimiylikni o'zida saqlagan holda shunchaki o'zidan ancha yosh kichik yogitga bir qarab qo'ydida shunchaki "Bu sening ishing emas" deb qo'ya qoldi holos.

Chiqish qo'ng'irog'i chalingach kipriklarini pirporatib istamaygina uyg'ongan qiz, o'zini bishqa olamdadek his qildi va har tomonga alangladi. Ohir bo'lib unga yeb qo'ygudek qarab turgan o'qituvchisiga ko'zi tushdi. Ko'zlar to'qnashar ekan ikki insonni ham yuragini g'alati hislar chulg'ab oldi.

X: Yan Taeri meni honamga tush

Taeri ustozining bu gaplarini anglay olmay qoldi va savolli ovozda gapirdi.

Taeri: Nega?

X: Darsimda uxlab yotding va ishtirok etmading ham seni jazolashga haqqim bor.

*

Sunghoon: Taeri nima qilasan uni oldiga borib, kel desa boravermaysanku kel yaxshisi uyga qaytamiz

Taeri: Men qo'rqoq emasman, faqat qo'rqoargina jang maydonidan qochishadi( auf☝️)

Taeri shu gaplarni aytgancha yangi o'qituvchisi uchun berilgan xona oldiga keldi va Sunghoonni gapariga qaramay eshikni taqillatdi.

Taeri ichkariga kirish uchun ruxsat olgach qatiyat bilan xonaga qadam bosdi.

Yan Taeri

Angry face of Sunghoon

Doimgidek X shaxs

For my triplet 💛

Fanficni 3-qismini ham ahiyri erinmasdan yozib oldim. Yoqadi deb umid qilaman. Xato va kamchiliklarim bo'lsa uzr tekshirmadim.