February 17

Qonga belangan atirgul

"𝐒𝐞𝐯𝐠𝐢 𝐬𝐡𝐢𝐫𝐢𝐧 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐬𝐡𝐢 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤 𝐞𝐝𝐢...𝐋𝐞𝐤𝐢𝐧 𝐦𝐞𝐧 𝐮𝐧𝐢 𝐪𝐨𝐧 𝐭𝐚'𝐦𝐢 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐡𝐢𝐳 𝐪𝐢𝐥𝐝𝐢𝐦."

«Seni bоysundirish menga lazzat beradi. Qarshilik qilganing sari yanada go'zal bo'lasan, atirgulning tikanlari kabi. Bosh egmasang, sening go'zalligingni yana-da zo'ravonlik bilan o'zimga olib kelaman»

𝙲𝙷𝙰𝙿𝚃𝙴𝚁 1

Soya singari sharpalangan qiz changalzor oralab yugurmoqda. Oy nuridan boshqa hech narsa yo‘q — yovuz nigohlar orqasidan quvayotgandek, uning soyasi ham vahshiylik bilan harakat qiladi. Tashqaridan qaraganda, bu tun mutlaq sukunatda edi. Ammo ichkaridan... bu tun qiz uchun jonzotlarni titratadigan jinoyat sahnasiga aylanmoqda edi.

Oyoqyalang, ichi titrab, nafasi bo‘g‘ilayotgancha… Qizning usti-boshi kir, badani esa go‘yo azob chekish uchun yaratilganday – ko‘m-ko‘k izlar, tirnalgan joylar, qurib ketgan qon dog‘lari…Yuragi qafasga qamalgan qushdek urib, qochish uchun imkon qidirmoqda.

Qiz qochmoqda. 𝐔 𝐤𝐢𝐦𝐝𝐚𝐧𝐝𝐢𝐫 𝐪𝐨𝐜𝐡𝐦𝐨𝐪𝐝𝐚.

Yuragi qinidan chiqib ketay deyapti. Nafas olish tobora qiyinlashmoqda. Qanchalik tez yugursa ham – 𝐔 𝐨𝐫𝐭𝐢𝐝𝐚𝐧 𝐤𝐞𝐥𝐦𝐨𝐪𝐝𝐚.

Changalzor ichida o‘zini yo‘qotgan qiz, to‘satdan to‘xtadi. Shitirlash eshitildi.

Ko‘ngli behuzur bo‘ldi. 𝐎'𝐬𝐡𝐚 𝐭𝐨𝐯𝐮𝐬𝐡. 𝐎'𝐬𝐡𝐚 𝐪𝐚𝐝𝐚𝐦 𝐭𝐨𝐯𝐮𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫𝐢.

U orqaga burilib ham o‘tirmadi, yugurishda davom etdi. Oyog‘i loyga botdi, tikanlar boldirini tilib o‘tdi, lekin u yurishda davom etdi. Fikrlar faqat bir joyda – 𝐪𝐨𝐜𝐡𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤, 𝐪𝐨𝐜𝐡𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤, 𝐪𝐨𝐜𝐡𝐢𝐬𝐡…

Ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Nafasini rostlash uchun daraxt tanasiga suyandi, ammo bir zum o‘tmay, atrofda shitirlash eshitildi. Yuragi o‘sha daqiqada muzlab qolgandek bo‘ldi.

Tanish qadam tovushlari… O‘zi istamasa ham tanasi bu ovozni allaqachon eslab qolgan. Har bir qadam, har bir shitirlash unga og‘riqli xotiralarni olib kelardi. 𝐐𝐨𝐜𝐡𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤! 𝐐𝐨𝐜𝐡𝐢𝐬𝐡! 𝐋𝐞𝐤𝐢𝐧 𝐪𝐚𝐲𝐬𝐢 𝐭𝐨𝐦𝐨𝐧𝐠𝐚? Uning kuchi qolmagan edi. Oyoqlari titrab, endi unga bo‘ysunmasdi.

𝐊𝐞𝐲𝐢𝐧 𝐞𝐬𝐚... 𝐳𝐚𝐫𝐛𝐚

Tanasidan og‘riq o‘qday o‘tib ketdi.

𝐘𝐨'𝐪!

Oyog‘i nimagadir tushib ketdi.Temir qopqon! U shunchaki yovvoyi hayvonlar uchun qo‘yilgan tuzoqqa emas, balki taqdiriga tushib qolgan edi. Yerdan qattiq sado chiqdi.Qiz oyog‘ining ichi yorilganini his qildi, issiq qon boldiridan oqar, Tanasi og‘riqdan larzaga kelardi, qiz tishlarini tishlariga bosib, o‘zini tinchlantirishga harakat qildi. Ammo ko‘z yoshlarini to‘xtata olmadi.
Lekin eng yomoni – endi u qimirlay olmaydi.

Ko‘z oldi qorong‘ilasha boshladi. Oyoq tovushlari esa tobora yaqinlashmoqda…

Sovuqlik... Qiz buni har bir neyroni bilan his qildi.To‘satdan, kimdir sovuq kaftlarini uning yuziga tekkizdi. O‘sha sovuq kaft... hayotini qoplagan zulmatning o‘zi singari.

Bu teginish – hissiz, behayolik bilan to‘la edi.Hech qanday iliqlik yo‘q edi. Faqat vahshiy nigohlar.

— "𝐐𝐨𝐜𝐡𝐢𝐬𝐡 𝐛𝐞𝐟𝐨𝐲𝐝𝐚 𝐝𝐞𝐠𝐚𝐧 𝐞𝐝𝐢𝐦-𝐚?" past, yo‘g‘on, ammo mayin edi. G‘alati darajada yoqimli... lekin ayni vaqtda jirkanch.

Sovuq qo‘llar uning iyagini ushladi va majburlab yuqoriga qaratdi.

Ko‘zlari to‘qnashdi.

— 𝐁𝐢𝐥𝐢𝐛 𝐪𝐨'𝐲, 𝐬𝐞𝐧 𝐟𝐚𝐪𝐚𝐭 𝐦𝐞𝐧𝐠𝐚 𝐭𝐞𝐠𝐢𝐬𝐡𝐥𝐢𝐬𝐚𝐧."

Hissiz, sovuq va butun vujudni qamrab oladigan ovoz.

Qiz nafas ham ololmay qoldi. Yuragi urishdan to‘xtadi. U endi qimirlay olmaydi… u endi na qocholadi, na qichqira oladi.

Va bu yerda hammasi tugadi.

Yo‘q.

Bu... shunchaki tush edi.


Qorong‘u xona. Eshik oldida biroz ochilgan derazadan faqat xira ko‘cha chiroqlari tushmoqda. Soat tungi 1:48.

Kim Suah jonholatda uyg‘onib ketdi. Butun gavdasi sovuq ter bilan qoplangan, yuragi esa qafasga qamalgan yirtqichdek urayotgan edi. Nafasi og‘ir, og‘zi ochiq qoldi. Shu ahvolda qancha vaqt yotganini bilmaydi. U hech narsaga qodir emasdi. Faqatgina shiftga tikilib, har safar o‘sha vahshiy nigohlarni eslardi.

Shu holat har kuni takrorlanadi.

Tushmi? Yo‘q, bu tushdan ham dahshatliroq.

Bu haqiqatning o‘zi edi.

Suah bu haqda hech kimga ayta olmaydi. Ota-onasiga ham, do‘stlariga ham. Chunki hech kim tushunmaydi. Hech kim bunga ishonmaydi. Axir, qanday qilib tushlar real his bersa?

U o‘zini tortib, soatga qaradi. 5:00. Yana bir uyqusiz tun.

Bir necha daqiqa o‘tirib, chuqur nafas oldi. Sovuq dush olishi kerak. Bu, hech bo‘lmasa, vaqtincha uni hushiga keltiradi.

Bugun Suah psixolog huzuriga borishi kerak. Shu umid bilan yashaydi: ehtimol, kimdir unga tushuntirib berar? Kimdir bu la'nati tushlarni to‘xtatishga yordam berar?

"𝐘𝐨'𝐪, 𝐛𝐮 𝐭𝐮𝐬𝐡 𝐞𝐦𝐚𝐬."

Ichidagi ovoz hech qachon jim bo‘lmaydi.

Darslar, odamlar, shovqinlar — hammasi fon bo‘lib ketdi. Uning qalbi butunlay bo‘m-bo‘sh. Atrofdagilar bilan gaplashish ham istamaydi. Hatto eng yaqin dugonasi bilan ham janjallashib qoldi.

Nihoyat, psixolog huzuriga bordi. Eshikni ochishi bilan o‘zini g‘alati his qildi. Psixolog xonasiga kirganida, butun xonani o‘zgacha aura qopladi.Go‘yoki xona bo‘sh emas.

Psixologning nigohlari unga qadalganda, yuragi gupillab ketdi. Uning nigohi... boshqa odamlarnikidan farq qiladi.

U sezmagan bo‘lsa-da, psixolog sezdi.

Jimin, yosh, lekin tajribali mutaxassis, Suahning ko‘zlariga tikildi. Uning nigohi... boshqa odamlarnikidan farq qiladi. Bu ko‘zlar juda chuqur. Juda bo‘m-bo‘sh. Juda... siniq.

"𝐔 𝐧𝐢𝐦𝐚𝐧𝐢𝐝𝐢𝐫 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐝𝐢𝐦𝐢?"

— "𝐒𝐚𝐥𝐨𝐦, 𝐊𝐢𝐦 𝐒𝐮𝐚𝐡".– Jimin qo‘lini uzatdi.

Lekin qiz reaktsiyasiz. Faqat jim qarab turibdi.

Jimin unga sinchkovlik bilan tikildi. U qizni tahlil qilmoqda. Suah buni his qilmoqda.

Jimin ozgina tomog‘ini qirib, so‘rashdi:

— "𝐒𝐢𝐳𝐝𝐚𝐧 𝐛𝐢𝐫 𝐧𝐞𝐜𝐡𝐚 𝐩𝐬𝐢𝐱𝐨𝐥𝐨𝐠𝐢𝐤 𝐭𝐞𝐬𝐭 𝐨𝐥𝐚𝐦𝐚𝐧."

— "𝐀𝐡𝐚."

U har doimgidek avtomatik javob berdi.Jimin esa bosh chayqab qo‘ydi.Faqat so‘roq varag‘ini berdi.Qiz bir-bir varoqlarga ko‘z yugurtirdi. Savollarga qaradi... lekin yozishga shoshilmadi.

U qanchalik urinmasin – qog‘ozda hech narsa yoza olmadi.

— 𝐓𝐮𝐬𝐡𝐮𝐧𝐚𝐫𝐥𝐢. 𝐄𝐧𝐝𝐢, 𝐢𝐥𝐭𝐢𝐦𝐨𝐬, 𝐛𝐚𝐫𝐜𝐡𝐚 𝐬𝐚𝐯𝐨𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢𝐦𝐠𝐚 𝐨𝐜𝐡𝐢𝐪 𝐯𝐚 𝐡𝐚𝐥𝐨𝐥 𝐣𝐚𝐯𝐨𝐛 𝐛𝐞𝐫𝐢𝐧𝐠.

— 𝐗𝐨'𝐩.

Jimin oxiri unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar bera boshladi.

— Uyqusizlik bilan qiynalasizmi?

— 𝐇𝐚.

— Bosinqirash bo‘ladimi?

— 𝐇𝐚.

— "Bu tushlar real hayotga ham ta’sir qiladimi?"

— 𝐇𝐚.

Jimin chuqur nafas oldi. Keyin esa, eng muhim savolni berdi.

— "Siz hech qachon tushlaringizda... jinsiy tajovuzga uchraganmisiz?"

So'nggi savoldan qizning butun vujudi tizginsiz titray boshladi, uning rangi oqarib ketdi.U hatto nafas ham ololmay qoldi. Juda og‘ir savol. Juda nozik. Yuragi bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

𝐔... 𝐪𝐚𝐲𝐞𝐫𝐝𝐚𝐧 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐝𝐢?!

Shu zahotiyoq ko‘zlariga yosh keldi.Ammo javob aniq. Suah bosh irg‘adi. 𝐇𝐚... bu haqiqat.

Jimin bir lahzaga ko‘zlarini yumdi va og‘ir nafas oldi. Go‘yo, nimanidir tushungandek.Bu holat unga begona emas. 𝐋𝐞𝐤𝐢𝐧 𝐒𝐮𝐚𝐡𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐧𝐢𝐠𝐨𝐡𝐢… 𝐛𝐮 𝐨𝐝𝐝𝐢𝐲 𝐬𝐭𝐫𝐞𝐬𝐬𝐝𝐚𝐧 𝐞𝐦𝐚𝐬 𝐞𝐝𝐢.

— 𝐊𝐢𝐦 𝐒𝐮𝐚𝐡... 𝐬𝐢𝐳 𝐫𝐮𝐡𝐢𝐲 𝐳𝐨'𝐫𝐚𝐯𝐨𝐧𝐥𝐢𝐤𝐤𝐚 𝐮𝐜𝐡𝐫𝐚𝐠𝐚𝐧𝐬𝐢𝐳.

U shunchaki bu gapni aytdi. Ammo bu so‘zlar o‘qday sanchildi.Qiz dahshat ichida orqaga chekindi.

— 𝐘𝐨'𝐪... 𝐛𝐮 𝐦𝐮𝐦𝐤𝐢𝐧 𝐞𝐦𝐚𝐬! 𝐀𝐱𝐢𝐫, 𝐛𝐮𝐥𝐚𝐫 𝐬𝐡𝐮𝐧𝐜𝐡𝐚𝐤𝐢 𝐭𝐮𝐬𝐡 𝐞𝐝𝐢!

Ammo yuragi unga yolg‘on gapirayotganini bilardi. Bu tush emas edi.

𝐁𝐮... 𝐡𝐚𝐪𝐢𝐪𝐚𝐭 𝐞𝐝𝐢.

Suahning qo‘llari titray boshladi. Uning butun gavdasi qaltiragancha… ko‘z yoshlari jim oqdi.

U hatto baqirib yig‘lay olmadi. Bu azob ichkarida edi.

U har kecha tushlarida "𝐲𝐢𝐫𝐭𝐢𝐛 𝐭𝐚𝐬𝐡𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧𝐢𝐧𝐢" his qiladi. U qanchalik urinsa ham, uni tortib ketishadi. U qanchalik qochmoqchi bo‘lsa ham, o‘sha odam ortidan keladi.Ammo bularni hech kimga aytolmaydi.

𝐊𝐢𝐦 𝐡𝐚𝐦 𝐢𝐬𝐡𝐨𝐧𝐚𝐫𝐝𝐢?

Jimin ichida nimadir uzilganday bo‘ldi. U yillar davomida minglab odamlarning og‘riqli hikoyalarini eshitgan bo‘lsa ham… bu qizning hikoyasi boshqa edi.

Shunchaki, sekin, muloyim, lekin ishonch bilan, u o‘rnidan turdi. Qiz hech narsa sezmayotgandi.

Jimin qizning titrayotgan yelkasiga ohista qo‘l qo‘ydi. Bunday qo‘l tegish... o‘zga sezgi berdi. 𝐁𝐮 𝐲𝐨𝐯𝐮𝐳𝐥𝐢𝐤 𝐞𝐦𝐚𝐬. 𝐁𝐮 𝐢𝐥𝐢𝐪𝐥𝐢𝐤.

Jimin asta unga yaqinlashdi va Suahni ohista quchoqladi.

Qiz qimirlamadi.U bir lahzaga shokka tushdi. Ammo bu quchoqni rad eta olmadi.

Issiq edi. Ishonchli edi. Shuningdek eng muhimi – 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐢𝐲 𝐞𝐝𝐢.

U shu paytgacha hech kimning bag‘rida o‘zini bu qadar xavfsiz his qilmagan edi.

Ammo bu haqiqat uni qutqaradimi yoki yana ham tubanroq tubanlikka tortadimi — buni faqat vaqt ko‘rsatadi...

𝐀𝐦𝐦𝐨... 𝐪𝐮𝐭𝐢𝐥𝐢𝐬𝐡 𝐛𝐨𝐫𝐦𝐢?

Chunki o‘sha odam hamon u bilan birga.

𝐕𝐚 𝐮 𝐡𝐚𝐫 𝐝𝐨𝐢𝐦 𝐪𝐚𝐲𝐭𝐢𝐛 𝐤𝐞𝐥𝐚𝐝𝐢 .

Suahni tushidagi holat tasavvur uchun*

Jimin Suahni quchoqlashi tasavvur uchun

Yangi fanficimizni boshlab ham oldik, albatta meni qo'llab quvvatlaysiz degan umiddaman.

#Limits are defined only by your imagination.

Writer:LeeDahye