January 8

Lily of the monster

π‘΄π’†π’π’Šπ’π’ˆ π’‰π’‚π’šπ’π’•π’Šπ’Žπ’ˆπ’‚ π’”π’†π’—π’ˆπ’Š 𝒅𝒆𝒃 π’‚π’•π’‚π’π’ˆπ’‚π’ π’•π’–π’šπ’ˆ'𝒖 𝒒𝒂𝒄𝒉𝒐𝒏 𝒗𝒂 π’’π’‚π’π’…π’‚π’š π’Œπ’Šπ’“π’Šπ’ƒ π’Œπ’†π’π’ˆπ’‚π’π’Šπ’π’Š 𝒐'π’›π’Šπ’Ž π’‰π’‚π’Ž π’”π’†π’›π’Žπ’‚π’š π’’π’π’π’…π’Šπ’Ž.π‘¨π’Žπ’Žπ’ π’ƒπ’π’”π’‰π’Šπ’…π’‚ π’Žπ’†π’ 𝒔𝒆𝒏𝒅𝒂𝒏 𝒒𝒂𝒏𝒄𝒉𝒂𝒍𝒂𝒓 π’π’‚π’‡π’“π’‚π’•π’π’‚π’π’ˆπ’‚π’π’Šπ’Žπ’π’Š π’ƒπ’Šπ’π’”π’‚π’π’ˆ π’†π’…π’Š.𝑺𝒆𝒏 π’Œπ’†π’•π’ˆπ’‚π’π’„π’‰ π’π’Šπ’‰π’π’šπ’‚π’• π’‚π’π’ˆπ’π’‚π’…π’Šπ’Žπ’Œπ’Š:𝑴𝒆𝒏 π’”π’†π’π’Š π’’π’‚π’π’ƒπ’Šπ’Žπ’π’Šπ’π’ˆ 𝒕𝒖𝒃-π’•π’–π’ƒπ’Šπ’…π’‚π’ π’”π’†π’—π’ˆπ’‚π’ π’†π’Œπ’‚π’π’Žπ’‚π’,π’π’†π’Œπ’Šπ’ π’‚π’’π’π’Šπ’Ž π’‚π’’π’π’Šπ’Ž π’ƒπ’–π’π’Š 𝒓𝒂𝒅 π’†π’•π’Šπ’ƒ π’šπ’‚π’”π’‰π’‚π’ˆπ’‚π’. π‘Ίπ’†π’π’Š π’”π’†π’—π’Šπ’”π’‰π’Šπ’Žπ’π’Š π’Œπ’†π’„π’‰ π’‚π’π’ˆπ’π’‚π’ƒ π’šπ’†π’•π’ˆπ’‚π’π’Šπ’Ž 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 π’Œπ’†π’„π’‰π’Šπ’“...

π„π«π­πš 𝐭𝐨𝐧𝐠
Quyoshning zarrin nurlari haligacha issiqqina yotoqda pishqib mushukchadek uxlab yotgan qizning tiniq yuzlariga tegib uni asabiga tegar edi.Maktabni tugatgach yakuniy imtihonlarni ham topshirib bo'lib ulardan bezor bo'lib axiyri maktabni tamomlaganidan xursand xolda kecha kechki 7dan uxlab yuborgan qizni hali beri uyg'ongisi yo'q.Uni qanchalik qiynalganini buvisi his qilib hattoki uni kechki ovqatga ham uyg'otgani yo'q.Aslini olganda bu jajji farishtadek uxlayotgan qizning buvisidan boshqa yaqin insoni yo'q.Buvisi-uning oilasi hisoblanadi.
Qiz uyquni buzmagan holda nimalarnidir tushida ko'rib,quyoshning etni jizg'anak qilib yuboruvchi nurlariga ham etibor qilmay uxlayotgan edi ammo uning uyqusini budilnikning uyni qomatga keltiruvchi baland ovozi buzdi.Qiz asabiy holda erinibgina bazo'r budilnikni o'chirib yana o'zini yotoqqa tashlamoqchi edi hamki, uning uyqusini qochirishga sabab bo'lgan narsa bu buvisi tayyorlayotgan quymoqlarning yoqimli ifori bo'ldi.Qiz apil-tapil quymoqlar uchun tez keyinib yuz qo'lini yashin tezligida yuvib buvisini oldiga yugurdi

Buvisini oldiga yetib kelgach buvisiga hayrli tong tilagancha yuzidan o'pib qo'ydi va quymoqlarning shirin isidan chuqur nafas oldi va qorni ham bularni shirinligini sezib g'uldirlab qo'ydi.

Minhi: Ohh buvijon bularni asalligini qarang ishtahani ochib yuboradiya.Siz tayyorlagan quymoqlar dunyodagi eng shirin taom bo'lsa kerak.

Minhi buvisi maqtash barobarida sekin va abjirlik bilan idishdagi issiq quymoqni qo'liga olib endi yemoqchi edi hamki barmog'i kuyib qoldi.

Minhi:pufff puff namuncha issiq bo'lmasa.


Minhi erkalangan ovozda quymoqni issiqligi oqibatida barmog'ini qizarib qolgan joyi puflab buvisiga harhasha ham qilib qo'yar edi.

Kim Hyerin 50 yoshda

Kim Hyerin(Minhining buvisi): Dasturxonaga qo'yib stulga o'tirib yemaslikni oqibati shu bo'ladida

Minhi: Menimcha siz ularni men yemasligim uchun afsunlab qo'ygan bo'lsangiz kerak.

Hyerin xonim:Voy buni gapini qaranglarey balki zahar ham qo'shib qo'ygandirmana.

Hyerin xonim o'zidan sohta hafani yasab oldi.To'g'ri uning yoshi chamasi 50lardan oshgan ammo yolg'iz nevarasi uchun u hoh ota, hoh ona, hoh dugona, hattoki yosh bola bo'lishga ham tayyor

Minhi:Buviii... Nima mendan hafa bo'ldingizmi..axir hazillashdimku.

Minhi buvisini yuragini eritish maqsadida iloji boricha erkalanib gapirar edi ammo bu harakatlarni to'xtashiga qayerdandir kelayotgan kuyindi hidi sabab bo'ldi.Ularning ikkisi ham bu noxush hidni qayerdan kelayotganini fahmlagan holda to'g'ri tova tomonga nazar tashlashdi.

Minhi: Buviii qarang tova yonyaptii.

Hyerin: Ohh yuragim Minhi namuncha qattiq baqirasan o'takamni yoray dedinga shayton qiz!

Minhi:Axir yonyaptiku.

Hyerin: Shunga shunchami

Hyerin xonim kayfiyatni tushirmagan holda tovadagi issiqdan qorayib hattoki ko'mirga ham aylanishga ulgirgan quymoqni mohirlik bilan olib axlat qutiga tashladi.

Hyerin xonim:Minhi dovdirab turmasdan tezroq nonushta qil!

Minhi:hhoop

Minhi hayollarini yig'ib olib miyasiga tok urgandek tezlik bilan oshxona devoriga ilib qo'yilgan soatga qaradi soat 8:45ni ko'rsatmoqda.

Minhi asabiylashgancha sevimli quymoqlarini tezlikda chaynar-chaynamas yeb tashladi. Buni buvisi ko'rib hayron bo'lib savolli ovozda gapirdi.

Hyerin xonim: Minhi nima bo'ldi ortingdan it quvlayaptimi(uzbekchilik endiπŸ˜‚)

Minhi labini chetki qismini salfetka bilan artgan holda buvisiga shoshilinch javob qaytardi.

Minhi: Buvii bugun men ish uchun suhbatga borishim kerak edi

Hyerin xonim:Hali yoshkusan nima qilasan halitdan ishlab.

Minhi:Ahir ishlamasam bizni kim boqaman deb ko'zi uchub turibdi. Nafaqangiz bo'lsa yegulikdan boshqasiga yetmaydi axir. Bilasizku hozirda nafas olish uchun ham pul to'lash kerak. Qanday zamonda yashayapmiz ehh.

Minhi kafti orqali peshonasiga urib qo'ydi

Minhi:Ohh buvi men hoziroq ketmasam aniq men kechikaman.Hayr buvijon muax.

Minhi muvisini yuzidan o'pib qo'yib uydan yugurgancha hovliqib chiqib ketdi. Hattoki krasovkalarini ipini bog'lashni ham unutib qo'ydi. Uyidan chiqishi bilanoq bekat tomon mayda qadamlar bilan yugurdi ammo krassovkaning iplari yugurishiga halaqit berib, yiqilib tushdi.

Minhi:Ohh shit! Shunaqayam palakat qiz bo'lamanmiya.

Minhi yiqilganligi sababli birozgina shilingan tizzasiga qarab qo'ydi va o'ng oyog'idagi krassovkasining bog'ichini bog'ladi. Endi esa ikkinchisiga Γ³tayotganida avtobus ovozini eshitib ortiga qaradi va avrobusdan qolib ketmaslik uchun bekatga yugurib bordi.(bilasizlar avtobus faqat bekatda to'xtaydi oddiy yo'lda to'xtashi mumkin emas) Avtobusga amallab chiqib olgan qiz hursandligidan yettinchi osmonda uchar edi. Minhi o'tirish uchun avtobusni har bir burchagiga qarab chiqdi. Baxtga qarshi qiz uchun bironta ham bo'sh joy yoq. Minhi asabiylashgancha avtobusning orqa tomoniga bordi va tutqichni ushlab tik holatda turdi. Oradan 5 minut o'tar o'tmas tizzalari shilinganligi bois oyog'ida charchoq sodir bo'ldi ammo o'tiray desa bitta ham bo'sh o'rin yo'q. Ahiyri bir qariya bekatda tushib qoldi ammo bir erkak abjirlik bilan o'sha yerga o'tirib oldi. Bu juda ayanchli ahir qiz buni qachondan beri kutayotgan edi ammo bu yer boshqa bir ekak tomonidan egallangani qizning g'ashini keltirar edi. Ammo bir tomondan u ham haqli ahir u birinchi bo'lib, bu yerga o'tirdiku ammo Minhining ham oyoqlari o'grimoqda. Minhi nima qilarini bilmay shunchaki jim turaverdi ammo yo'q u boshqa chidab turolmaydi. Agar hozir qayergadir o'tirmasa achishish sabab yiqilib tushishga ham tayyor turibdi. Na chora u hozir erkakdan yordam so'rashga majbur. Minhi ohiri ohistalik bilan chamasi yoshi 30larda,jiddiy qiyofali,qora kastyum shim kiyib olgan ko'rinishidan boy,hattoki o'tirsa ham bo'yi anchagina balandligi bilinib turgan erkakni yelkasidan turtdi.

Minhi: Aa..amakii amaki

X: NIMA HALI MEN SENGA SHUNCHALIK QARI BO'LIB KO'RINYAPMANMI

Minhi bu qo'polikdan qo'rqib ketdi ammo asabi ham joyida deb aytib bo'lmaydi.

Minhi:NIMA UNDA UKAJON DEB CHAQIRAYMI MENDAN QANCHALIK KATTA EKANINGIZNI FAHIMLAYABSIZMI BALKI NEVARALARINGIZ HAM BORDIR!?

Bundan X ning asabi taranglasha boshladi va olovli ko'zlari bilan Minhiga qaradi. X rostan ham Minhiga endi yaxshiroq etibor qaratar ekan u rostan ham X dan ancha yosh va bo'yi ham past ekanini fahmladi va shaytoniy ohangda sekin shivirladi.

X: Mmm aslini olganda men hali uylanmaganman. Nevaralarga kelsakk.. hali bunga erta menda hattoki farzandlar ham yo'q. Balki buni menga sen berarsan-a?

Minhi X ning gapidan jinni bo'la yozdi. Bu qanday surbetlik? Qarshisidagi bu begona erkak qanday qilib buni bemalol aytyapti? O'zi unda uyat degan narsa bormi? Minhi biroz hayollari bilan jim qoldi va sekinlik bilan boyagi erkakka boshdan oyoq razm soldi. Ammo uni asabiylashishiga sabab bo'lgan ovoz qarshisidagi erkakni gap otishi bo'ldi.

X:Ohh nima sen menga bola tug'ib berish haqida o'ylayapsanmi? Meni qanchalik kelishgan ekanimni tekshiryapsanmi deyman? Istasang yanada aniqroq ko'rsatishim mumkin.Qo'rqma men orqali mana bu mitti qorinchangdan juda kelishgan va chiroyli bolalar dunyoga kelishini kafolatlayman.

Erkak har bir gapni aytar ekan Minhi bundan ham uyalar, ham asabi mingga chiqishni boshlagan edi. Erkak Minhining borgan sari qizarib ketayotgan yuziga yanada yaqin kelib uni katta kaftlari bilan silashni boshladi. Yoq hammasi tamom Minhining asab tolalarini barchasi uzulib bo'ldi. Bu notanish surbetga qanday qilib tarsaki tortib yuborganini o'zi ham anglolmay qoldi. Ammo to'g'rida shu holatgacha yetib kelishiga Minhining qarshisidagi uyatsiz odamni o'zi ayibdor. Shuncha gaplaridan so'ng qilgan ishi oshib tushdi.

Erkak qarshisidagi mitti jussali qizga smirk*(uzb bilmaymanda nima deyilishini) qilib qo'ydi va qo'lini qiz shapati qo'ygan joyiga olib borib, gapira boshladi.

X: hali qo'lim uzun-de.

Minhi bu notanish insonni g'azabini ko'rib qattiq qo'rqib ketdi va kelayotgan bekatga tushib qoldi.

Minhi/pov

Qutilganim rost bo'lsin.Inson shunchalik ham badjaxl va surbet bo'ladimi yaa? Bitta amaki deganimga shuncha g'alva ortirib oldim o'zimga,shu o'tirmasam nima qilardi. Jinnimanda uff uff.

Minhi oyog'ini og'rig'iga chiday olmay yo'lida uchragan dorixonaga kirdi va bint va spirt sotib olib, chiqish eshigi tomon yo'l oldi. U sekinlik bilan skameykaga borib o'tirdi va qo'lidagi narsalarga bir muddat termulib qoldi. Keyin esa ularni yon tomoniga qo'yib shikastlangan oyoqlariga bir nazar solib qo'ydi. Oyoqlariga termularkan oldiga kelib o'tirgan kimsani sezmadi ham.

XΒΉ: Salom hayolaringiz parishon nima bo'ldi?

Minhi: Oyy uzur sizga etibor ham bermay qolibman.

XΒΉ: hechqisi yo'q oyog'ingizga nima bo'ldi?

Minhi: ha... Ertalab yiqilib tushgan edim.

XΒΉ: Balki yordam bera olarman

Minhi:Nima? Qanday? Tanimagan insoningizga ham yordam beraverasizmi?

XΒΉ: Ahir hech qayerda tanish insonlarga yordam berish kerak degan qoida yo'qku! Yoki siz qayerdadir ko'rganmisiz?

Bu gapdan so'ng ularni ikkisi ham baravariga kulib yuborishdi.

Minhi: Agar yordam bersangiz juda minnatdor bo'lar edim.

XΒΉ u shunday qilib Minhining oldida turgan bint va spirtni olib yerga cho'kkalab o'tirib oldi va ehtiyotkorlik bilan Minhining tizzasiga spirtni quydi. Spirtni kuydiruvchi og'rig'idan Minhining yuzi burishib ketdi va yubkasining ikki chetini siqimlab oldi va kΓ³zlarini chirt yumib oldi.

Tipa shunaqaroq ikkita oyog'ida ham bor bint

Minhining bu harakatini sezgan XΒΉ qizning tizzalarini sekin puflay boshladi va bintni qΓ³liga olib kerakli o'lchamda qirqib oldi. Minhi tizasidagi achishish kamayganini sezib, asata yumilgan ko'zlarini ochdi va hech narsa bo'lmagandek o'z ishida davom etayotgan yigitga qarab qoldi. XΒΉ ishini tugatgach unga tepadan qarab turgan qizga nigohini qaratdi. Uni sezgan qiz XΒΉdan nigohini olib qochdi va yon tomonga qarab oldi. Minhi bir muddat shunday turdi va nimadir esiga tushgandek XΒΉga qaradi va Mayin ovozda Raxmat aytdi.

X va XΒΉ kim ekan a?

Fanfiction Diary kanali uchun maxsus tayyorlandi.

Albatta yoqadi deb umid qilaman❀️