My Savage girl
-Yan Taeri, Yan Taerii YAN TAERI
O'qituvchining so'ngi ovozidan qo'rqib alaxsirab, bazo'r uyg'ongan qiz avval o'ng tomoniga, so'ngra chap tomoniga qaradi va ohirgi bo'lib unga olovli nigohlar bilan qarab turgan o'qituvchisiga tikilib qoldi.
Yoshi chamasi 60ga yetgan, yuzlariga ajin tushgan shuningdek, sochlariga biroz oq oralagan ayol Taeriga baqirib nimalarnidir uqtirar edi. Koshki edi bu gaplar hali ham hayollar og'ushida, uyquchan holatda turgan, qizga ta'sir qilayotgan bo'lsa. U shunchaki ustoziga bo'zrayib qarab turar edi holos.Taerini bu qadar hissiz va beparvo turganini kórgan o'qituvchi o'zini qadrsizdek his qilib, qizni direktor kobenitiga olib kirishga qaror qildi.
Uz: TAERII.... TEZDA DEREKTOT KABINETIGAAA TUSHHH
O'qituvchi eng baland tonda baqirarkan, Taeri yana hech narsa bo'lmagandek shunchaki reaksiyalarsiz javob qildi.
Taeri: hop ustoz baqirishingiz shart emas sizni qulog'ingiz eshitmasa, meniki ham shunday degani emas.
Taerining bunchalik qo'rs gaplaridan ustoz yanada asabiylashib ketdi. Bundan tashqari o'zini butun sinf oldida yer bilan bitta qilingandek his qildi. Butun boshli sinf esa suv quygandek tinch. Kimni ham kamdan-kam sodir bo'ladigan bunday tortishuvni o'tkazib yuborgisi keladi.
O'qituvchi va Taerini urushishini tomosha qilish uchun tekin tomoshabinlar orasida bu spektaklni hammadan ham maroq bilan ko'rib o'tirgan eng oxirgi partada yolg'iz o'zi o'tirgan yigit shunchaki Taerining jahldan pomidordek qizarib ketgan yuziga maroq ila termulib turar edi. Barcha sinfdoshlari bu urushning oxiri qanday tugashiga qiziqishsa, U bundan mustasno. U qiz do'stini harakterini shunchalik a'lo darajada biladiki, bu janjalni oxiri Taerining qo'li baland kelishi bilan tugashini 100 emas 200 foizdan ham ko'proq biladi.
Oxiri Taeri bundan zerikdi shekilli yana o'sha beparvolik ila ustoziga yuzlandi.
Taeri: Ustoz yana qanchagacha akkilamoqchisiz? Balki direktor xonasiga tusha qolarmiz? Vaqt bu oliy nemat meni bundan keyin vaqtim yo'q!
Butun sinf yanada hayratga tushdi. Nega u shunchaki kechirim so'ray olmaydi, buni nimasi yomon, nega u ,,KECHIRIM,, so'rash degani past ketish degani deb tushinadi. Bu ishni qilishdan ko'ra, direktordan gap eshitish yaxshiroqmi. Agar Taeri ustozdan shunchaki kechirim so'raganida barchasi yaxshi bo'lib ketarmidi. Endi bu chigallashib ketishi aniq va ravshan turibdi.
Ayniqsa Taerini ustozni itga tenglashtirgani! Buning oqibatlarini Taeri o'ylamasa ham, butun sinf buni javobi qanday bo'lishiga qiziqib, o'yga toldirgan edi. O'qituvchiga kelsak, u hozir o'zidan ancha yosh kichik qizga o'zini yengilgandek his qilib alamdan yig'lagisi kelar edi. Necha yillardan beri bu maktabdagi minglab o'quvchilarni o'qitgan bo'lsa, bunaqa hurmatsizlikka ilk marta guvoh bo'lishi. Axiyri ustoz sust va bo'g'iq ovozda Taeriga qarab gap boshladi.
Uz: Yan Taeri men bilan direktor kobenitiga tush .
Taeri: Xudo rozi bo'lsin! Qachon pastga tusharkanmiz deb o'ylab turgan edim.
Bu safar uning gaplariga javob bergisi kelmagan ustoz shunchaki Taeriga yo'l ko'rsatdi. Bu ko'rsatma sabab birinchi Taeri, keyin esa o'qituvchi sinfxona eshigidan kolidorga chiqishdi. Ular direktor kobinetiga yetib kelishar ekan, birinchi navbatda eshikni o'qituvchi taqillatdi, ichkaridan "Kiring" ruxsatini olishgach birinchi ustoz, uning ortidan esa Taeri xonaga kirib keldi.
Direktorni oldida o'zini erkin va himoyador his qilgan ayol asabiy ohangda gap boshladi.
Uz: Janob Lee mana bu o'quvchi meni haqoratladi, itga tengladi, hattoki, bular uchun uzur so'ramadi ham. Shuning uchun men sizdan bu o'quvchiga nisbatan tegishli choralarni ko'rishingizni istayman.
O'qituvchi Taerini ayblarini bittalab sanab asabiylashgancha baqirib bu haqida direktorga uqtirardi. Ammo bu baqir-chaqirni Taeri buzdi.
Taeri: Ohh yog'e men bularni o'zimdan to'qib qilmadim haqiqatni aytdim holos.
Taeri gapini oxirida ensa qotirishni ham unutmadi. Keyin esa yana o'qituvchi gapida davom etdi.
Uz: Birinchidan u meni darsimda yaxshi o'qimaydi.
Ikkinchidan shu ham yetmagandek darslarimda uxlab yotadi.
O'qituvchining gapirishga gapi qolmagach to'xtab qoldi. Va bu ishni Taeri óz zimmasiga olgandek ustoziga qarab bostirib kelishni boshladi.
Taeri: hmm nima 3-dan!? Aytingchi arzirli sababingiz bormi endi esa meni gapimni eshiting.
Taeri ana endi nigohlarini ularni baxsiga og'zini lang ochib kuzatib turgan derektorga qaratdi.
Taeri: eng avvalda aytishim joizki menga Onatili darsi YOQ-MAY-DI ... Ikkinchidan esa menga Kim Suna buvimni dars o'tish uslubi umuman to'g'ri kelmaydi.(Huddiki davring tugadi degandek kesatdi)
Uchunchidan esa shu bitta darsni qiziqtirib o'qitish ham qo'lidan kelmaydi, Huddiki bu qariya gapirganida, qulog'im tagida ari g'o'ng'illagandek bo'ladi. Bu ham mayli takrorlash darslarida esa, bizga dars o'tish o'rniga hayoti haqida gapiradimi-ye, tashlab ketgan erini qarg'aydimi-ye bir qarasa, o'g'lini maqtab o'tiradimi-ye, Bizga shu qiziq deb o'ylaysizmi? Bu mayda chuyda gaplarni eshitgandan uxlagan ming marotaba yaxshi. Eri ham to'g'ri qilgan uni tashlab ketib kimga ham faqat birovlarni ortidan gapirib g'iybat qiladigan ayollar yoqadi. Istasangiz yana davom etishim mumkin. Ha yana aytgancha men maktabimiz bolalari shildirab bir ishni eplay olmay qiz bolalardan battar nozik bo'lgan bu qo'shtirnoq ichidagi ózini "Erkakman" deb yurgan oyimchalar o'rniga yaqinda karate bo'yicha bo'ladigan musobaqaga qatnashyapman. Menimcha buni o'zingiz mendan so'ragan edingiz chog'i Janob Lee.
Taeri gapini orasida direktorni chaqib olishni ham unitgani yo'q.
Taeri:Mana shularni deb men kechasi bilan uxlamasdan maktabimiz sha'ni uchun karate bilan shug'ullanyapman. Yana aytishim kerak bo'lgan ham iltimos, ham talabim bor. Men bu o'qituvchini ishdan bo'shatilishini istayman. Unda yetarlicha tajriba yo'q. Hozir yangi asr uztozning esa ma'naviy boyligi kam deb hisoblayman.
Mana bizni Savage queen Yan Taeri
Bu esa Kim Suna Onatili adabiyot o'qotuvchisi( sorry girls man qari odamlani rasmini topishga ustamasman)