November 25, 2024

The vampyre 

Chapter 1

Men, Minhi Kim, bugun ham doimgidek bu huvillagan, keng uyni tark etyapman. Tashqi tomondan boy va baxtli ko‘rinsam ham, ichimda og‘ir bir bo‘shliq bor. Otamni so‘nggi marta olti yoshimda ko‘rganman. U na yuzini, na ovozini eslayman. So‘nggi bor "dada" degan vaqtimni ham unutganman. Otam juda band odam. Menga na yaqinlashishga, na xonasiga yaqin borishga ruxsat etilgan.Ehtimol, u meni majburiyat yuzasidan boqayotgandir. Lekin shunday bo‘lsa ham, o‘z qizim deya bir og‘iz gapirsa bo‘lmasmidi? Bu savol menga kechayu kunduz tinchlik bermaydi.

Onamni , o‘ylash esa ko‘nglimni tubsiz chuqurlikka tortadi. Nega meni yolg‘iz tashlab ketdi? Uni faqat bir marta bo‘lsa ham mahkam quchoqlashni, ismini qayta-qayta aytishni, yuzimni kaftlariga bosib mehr so‘rashni orzu qilaman. Ammo bu imkoniyat mendan bir umrga tortib olingan. Balki, onam meni dunyoga keltirishda o‘zi bu hayotdan ko‘z yumgandir. Balki, otamga ishongan holda meni unga qoldirgandir. Ammo otam bu ishonchni oqlamadi. Meni o‘z mehr-muhabbatidan mahrum qildi.Nega meni bu sovuq dunyoda yolg‘iz qoldirdi?Balki otamga ishonganidan meni tashlab ketgandir. Ammo otam onamning bu ishonchini oqlamadi. Men undan ham, bu taqdirimdan ham juda xafaman.

Lekin... men noshukurlik qilmayman. Chunki bu ulkan saroyda menga mehribonlik ko‘rsatgan odamlar bor.Yolg‘izlikning chuqur quchog‘ida, bu ulkan saroyning xizmatkorlari mening yagona "oila"mga aylandi.

Ayniqsa, HaeWan — mening oqsochim, yo‘q, u oqsoch emas, opamdek yaqin. U bilan oramizda faqat ikki yosh farq bo‘lsa kerak, balki undan ham ko‘proqdir. Uning haqiqiy yoshini bilmayman, chunki bu haqda so‘raganimda, doim o‘zini noqulay sezib, mavzuni o‘zgartirgan.U mening har bir dardimga sherik. Yig‘lasam, meni yupatadi, qo‘llaydi. U doimo yonimda. Lekin bir narsasi bor: asabi tez buziladi. Ammo bu mening unga bo‘lgan ishonchimni kamaytirmaydi. Agar kechqurun qo‘rqib ketsam, o‘z xonamni tashlab, uning yoniga yuguraman. Bu holga u ko‘nikib qolgan, hatto urushib qolgan bo‘lsak ham. Chunki mening xatti-harakatlarim doim shunday : men uzr so‘ramayman, shunchaki uning yonida bo‘lishni istayman.

Bugun esa men uchun alohida kun. Bugun mening bitiruv oqshomim. Nihoyat, o‘n ikki yillik maktab hayotim ortda qoldi. Sinfxonaga kirganimda, har bir o‘quvchi o‘z jufti bilan raqs repetitsiyasi qilayotgan edi. Faqat Jimin, mening raqs sherigim, asabiy turardi.Uning ovozi meni bir necha daqiqada real hayotga qaytardi.

— Minhi, shunchalik ham kechikasanmi?! Hamma allaqachon tayyor bo‘ldi, biz esa... Biz hali ham boshlaganimiz yo‘q! Shu holatda tojni qanday yutamiz?

tayyor bo‘ldi, biz esa... Biz hali ham boshlaganimiz yo‘q! Shu holatda tojni qanday yutamiz?

Uning ovozi balandlashgani sari yuzi ham qizaror edi. Darhol uni tinchlantirishga kirishdim.

— Jiminaa! Tinchlan! Ishonaver, bugun kechaning qirol va qirolichasi bo‘lamiz! Men buni aytdim, demak, shunday bo‘ladi!

U qoshlarini chimirib menga qaradi. Ammo bu qarashida mehr bor edi, chunki Jimin menga hech qachon qattiq gapira olmaydi.

Men xafa bo‘lgandek, qo‘llarimni chalishtirib, javob qaytardim:

— Agar yaxshi sherik kerak bo‘lsa, boshida Ana Linani tanla edi. U raqs to‘garagiga qatnardi, mukofotni tayyorgarliksiz qo‘lga kiritarding!

Bu gapimdan so‘ng Jimin kulib yubordi.

— Minnie, nega asabing doim buruningning uchida turadi? Hazillashdim-ku! Sen hech kimga o‘xshamaysan. Men senga ishonaman. Endi esa tabassum qil!

Bu gapimdan so‘ng Jimin kulib yubordi.

— Minnie, nega asabing doim buruningning uchida turadi? Hazillashdim-ku! Sen hech kimga o‘xshamaysan. Men senga ishonaman. Endi esa tabassum qil!

Shunday deb u,meni raqsga taklif qildi.Ammo men uning qo'lini havoda muallaq qoldirdim.Qo'lini arz qilgandek ohistalik bilan siltab yubordim.

— Meni Minnie dema! Men senga kichkina ko‘rinayapmanmi?

— Ha, albatta. Axir mendan bir yosh kichkinasan. Bo‘ying ham mendan ancha past

— Meni aqlim sendan baland. Buni ham unutmagin!

Men uning bu gapiga jiddiy ammo hushmuomalalik bilan javob qaytardim:

— Meni malika emas Qirolicha deb chaqir!

U shahzodalardek ta'zim qilib, qo‘lini yana uzatdi.

— Bosh ustiga hazrati oliyalari siz nima desangiz shu.

Men hozir arazni vaqti emasligini his qildim va uni taklifini qabul qildim.

Jiminning ovozi muloyimlik bilan, ammo ichida qandaydir iliq hazil yashiringandek jarangladi:

— Mening jajji Qirolichamni yillar o'tib qasrlarini qora bulutlar o‘rnini oq bulutlar egallaptida...

Uning gapida g‘urur va samimiyat aralash edi. Ammo men bo‘sh kelmadim, yengilgina jilmayib javob qaytardim:

— Mening qasrimda doim oq bulutlar suzib yurgan, ammo sen buni hech qachon ko‘rmagansan.

U menga bir muddat tikilib qoldi, so‘ng boshi bilan tasdiqladi.

— Xo‘p, xo‘p, siz nima desangiz shu, hazrati oliyalari! Endi esa raqsga marhamat!

Jimin shahzodalarga xos tazim qilib, qo‘lini menga uzatdi. Men shunchaki kulib qo‘ydim, lekin bu safar uning uzatilgan qo‘lini qabul qilmay ilojim yo‘q edi. Nihoyat, bir-birimizga ergashgan holda raqs maydoniga qadam qo‘ydik.

To'xtovsiz mashg‘ulotlar boshlandi. Biz oyog‘imizni bir lahza ham to‘xtatmasdan, har bir qadamni takror va takror o‘rgandik. Chamasi yetti soat davomida tinimsiz harakatda edik. Har bir burilish, har bir harakat mukammal bo‘lishi kerak edi. Jiminning sabr-toqati mendan ancha mustahkam ekanligini his qildim, lekin men ham ortda qolishni xohlamadim.

Vaqt o‘tgan sayin qornimiz ochlikdan "karnay chalib" yubordi. Ammo bu bizni to‘xtata olmadi. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, raqsga bo‘lgan sadoqat ochlikdan kuchliroq edi. Soatlar tinmay yurardi. Hamma sinfdoshlar allaqachon uylariga tarqalib ketishgan edi. Bazmga tayyorlanish uchun maktabni abeddan so‘ng tark etishgan. Ammo biz... biz hali ham bu yerda edik. Soat to‘rtdan oshganida, nihoyat repetitsiyani tugatdik.

Men chuqur nafas olib, qadamlarimni sekinlashtirdim. Qon tomirlarimda kuchli adrenalin oqayotganini his etdim. Jimin ham biroz charchaganini sezdirmay, yengilgina jilmaydi:

— Nihoyat, tayyormiz, jajji Qirolicham!

Men uning so‘zlariga javoban bosh irg‘adim. Oqshom bazmi endi boshlanishi kerak edi, va biz tayyormiz. To‘g‘ri, charchagan edik, lekin bu charchoq mashaqqat emas, muvaffaqiyat yo‘lida qilingan intilish edi.

Endi navbat kiyimlarimizni kiyishga, kechaning haqiqiy yulduzlari bo'lishga edi.

Sinfdan chiqdik, keyin maktabni ham tark etdik. Yo‘l bo‘yi suhbatlashib, bolalik xotiralarimizni birma-bir esladik. O‘sha lahzalarda ichimda bir tuyg‘u jo‘sh urdi: Jimin — mening eng yaqin sinfdoshim, qalbimdagi ikkinchi inson edi. U meni doim qo‘llab-quvvatlar, hazillari bilan kuldirar edi. Balki shuning uchun ham u bilan suhbat hech qachon tugamasdi.

So‘zlarimiz shu qadar qizg‘in ketganidan, katta yo‘lga yetib qolganimizni sezmay qoldik. Jiminning uyi menikidan uncha uzoq emas, yo‘lning narigi tomonida joylashgan, men esa bu tarafda yashayman. Shu yerda suhbatimiz tabiiy ravishda yakunlandi.

— Minnie, raqs harakatlari yodingdami? deb so‘radi Jimin, xuddi zarur narsani unutib qo‘ygandek.

— Albatta, dedimku! Necha marta so‘rading mendan, Jimin? Ehh, bo‘ldi, yana shu gap! Hozir uyga borib ovqatlanmasam, qornim ochib ketdi.

Jimin kulimsirab dedi:

— Nega menga aytmaysan? Nimadir olib berardim, yoki maktabimiz oldidagi kafega borib ramen ichardik.

Jimin kulimsirab dedi:

— Nega menga aytmaysan? Nimadir olib berardim, yoki maktabimiz oldidagi kafega borib ramen ichardik.

Men uning g‘amxo‘rligidan biroz xijolat bo‘lib javob qaytardim:

— Sen necha marotaba shunday qilgansan, Jimin? Bu ham chegaradan oshmasligi kerak. Hayr endi, bazmni kechiktirishni xohlamayman

— Mayli, yaxshi yetib ol. Uyingga borgandan keyin ovqatlanishni unutma. Ha, yana aytgancha, kechikib kelma. Hali bitiruv oqshomida seni yo‘qotib qo‘ymasam bo‘ldi

— Xo‘p, xo‘p, — dedim kulib, va uyga qarab yugurdim.

Jimin ortimdan qarab turdi, so‘ng o‘zi ham uyiga yo'l oldi.

Uyga yetib kelgach

Uyga kirishim bilan oshxonaga yugurdim. Muzlatkichni ochib qarasam, ichida qorin to‘ydirishga arzigulik narsa yo‘q! Faqat mevalar va shirinliklar. Hafsalasiz holatda zinalar orqali honamga ko‘tarilayotganimda, burnimga ramenning mazali hidi urildi. Bu hiddan qornim ham o‘zini yo‘qotdi shekilli, ichimdan g‘uldurab ovoz chiqdi.

Ortga o‘girilsam, HaeWan o‘ziga ramen pishirib, endigina ovqatlanishni boshlagan ekan. Qani endi qarab turibmanmi? Yugurib borib, uning qo‘lidagi chopsticksni tortib oldim-da, ramenni bir deganda yeb tugatdim.

Endi joyimdan turmoqchi edim, ammo HaeWan menga qarab qattiq asabiy nigohlarini qadadi. Juda noqulay his qilib, tishlarimni ko‘rsatib, yengil kulimsiradim va dedim:

— Wanni, ramening juda mazali chiqibdi! Rahmat!

Shundan keyin javob kutmay, xonamga qarab qochdim. U esa ortimdan qichqirib qoldi:

—Yaramaas!

Xonamga yetib kelib, bir muddat o‘zimni to‘xtovsiz kulishdan saqlay olmadim.

Bir muddat kulib turgach, miyamga tok urgandek, bir lahzada jiddiy tortdim. Bitiruvchilar uchun tungi bazm yaqinda bo‘lishi yodimga tushdi. Buni eslab, vaqtni behuda sarflab o‘tirishimni istamasdim. Shu bois tezda harakatga keldim.

Bir zumda vanna xonasiga kirib ketdim. Yuvinib bo'lib, ho‘l sochlarimni qisqa vaqt ichida quritishga harakat qildim. Bu ishni tugatib, tezda o‘z xonamga qaytdim. Devanim ustidagi tayyorlab qo‘yilgan oq ko‘ylagimni shoshilinch tarzda kiyib, bazmga tayyor bo‘lishga qaror qildim.

Bazmda oq rangdagi ko‘ylak kiyish lozimligi haqida eslatmani eslab, aynan shu kiyimni tanlashim kerak edi. Oq ko‘ylakni kiyib, uning ustiga oq rangdagi nozik aksessuarlarni qo‘shdim, va shunda o‘zimni to‘liq tayyor his qildim.

Tungi bazmga borish uchun hozirlikning so‘nggi lahzalari ham o‘tdi. Vaqtni ko‘p yo‘qotmaslik uchun, oxirgi tayyorgarlikni tezda yakunlashga harakat qildim.

Hammasi tayyor ekaniga ishonch hosil qilib, sochimni ko‘ylagimga monand tarzda turmakladim va nihoyat chiqish eshigiga yugurdim. O‘zimni tayyor sezganimda, tashqarida, meni maxsus mashina kutib turardi. O‘sha mashinaga o‘tirdim va yo‘lga chiqdim.Bazm boshlanishiga atigi 5 daqiqa qolgan edi. Hamma narsa nihoyat o‘z o‘rniga tushganini sezib, bir muddat erkin nafas olishga tayyor edim. Lekin, bu hursandchiligim uzoqqa cho‘zilmadi – yo‘lda tirbandlikka duch keldik. Naqadar omadsiz kun!

Lekin baxtimga, tirbandlik avvalgidek 1-2 soatga cho‘zilmadi, atigi 25 daqiqa edi. Bu, albatta, menga juda katta vaqt kabi tuyuldi. Shunday qilib, men shaxsiy haydovchimga mashinani tezroq haydashini so‘radim. Bir oz vaqt o‘tgach, nihoyat bazmga yetib keldik.

Fanfic haqida savollar:

Nega Minhining otasi uni oldiga yaqinlashtirmaydi?

Uning onasi qanday sabab bilan bu dunyoni tark etgan deb o'ylaysiz?U rostan ham Minhini dunyoga keltirgach hayotni tark etganmi?

HaeWan nega yoshi bo'yicha gap chiqsa,gapni boshqa joyga buradi?

Bu savollarga javoblarni albatta fanfic davomida bilib olishingiz mumkin.

Fanfic sizga albatta yoqadi degan umiddaman🫠

Siz bilan Minhi Agawa