January 28

IDOLS' LOVE

2016-yil

Har doimgidek yorqin va ajoyib kun. Ba'zilar uchun quvonchli, yana kimlar uchundir charchoqli kun. Bular ichida Bangtan ham bor. Guruh 2010-yildan boshlab yig'lishni boshlagan bo'lsa 2013-yilgacha eng iqtidorlilari tanlab olindi. Ular har bor qalbga yaxshi kayfiyat va jo'shqinlik ulashish uchun hozirgacha ancha qiyinchiliklarga dush kelishdi ammo doim avvalgidanda kuchliroq bo'la boshlashdi. Ular uchun har bir hate va mag'lubiyat katta saboqlarni olib keldi. BTS rostan ham marraganyetish uchun ancha ter to'kdi. Kechalari uxlamadi hattoki tinib bilmay, ovqatlanmay faqat tayyorgarliklar qilishdi ammo hech qachon ruhiyatini tushurmadi. Ular hattoki ilk konsertini bepul ijro etishdi. Yo'lida uchragan insonlariga o'zlari haqida malumot berib, qadamma qadam tomoshabinlar to'plashdi.

2016-yil BTS

Guruh a'zolari har kungidek g'ayrat ila raqs konsepsiyasini mahorat ila o'rganishayotgan edilar. Chunki ularda J-Hope bor. J-Hope raqsga kelganida juda qattiqqo'l. Uning bir nazaridan hamma xato qilayotganini his qilishadi. Shu sababdan ham ular juda ehtiyotkor. Ayni damda ular so'nggi harakatlarni o'zlashtirishayotganlarida Bang Si-hyuk bu yetti yigitning oldiga tashrif buyurdi.

Bang Si-hyuk: Yigitlar (dedi baland ovoz bilan)

U qanchalik baqirib, ularni e'tiborini o'ziga qaratishga urunmasin bari befoyda. Qo'shiq juda baland yangramoqda. Bang Si-hyuk ahiyri yonginasida tokka tiqilgan kattagina kalonkaning simini uzib qo'ydi. Shiddat bilan olovdek yonib turgan bu 7 yigit asabiy ortga o'girildi va hansirashgancha boshliqqa salom tariqasida egilib ta'zim qilishdi.

Namjoon: Salom Bang PDnim, kechirasiz raqsga shu darajada berilib ketganimizdan siz kelganingizni ham anglamay qolibmiz.

#Info Bang Si-hyuk Hybe asoschisi ammo san'atga bo'lgan qiziqishi baland. U Hybedagi har bir guruhni qo'llab quvvatlaydi. Ayniqsa BTSni. Barcha Hybe ichidagi insonlar uni erkalab Bang PDnim deb chaqirishadi PD(producer)

Bang Pd ularga iliq tabassum qilib, yumshiqlik bilan javob qildi

Bang PD: Hechqisi yo'q. Men sizlarni shijoatingizni qadayman

Namjoon: Bizni tushunganingizdan mamnunman. Qanday habar bilan keldingiz

Bang pd lablarini keng yoygancha tishini oqini biroz ko'rsatib Namjoonga qarab gapira boshladi

Bang pd: Sen juda sezgirsan!

Ularni suhbatiga Suga qo'shildi

#Info Suganing asl ismi Min Yoongi ammo u bu namni sahna uchun tanlagan. Sababi bu so'z Inglizcha "sharpshooter" ya'ni aniq nishonga oluvchi nomining qisqartmasi hisoblanadi. Yoongi maktab davrida u basketbol to'pini uzoq masofalardan ham aniq nishonga olgan. Bundan tashqari bu nom uning yumshoq tabiati va samimiyatini ham ifodalaydi.

Suga: Bang PDnim uni ko'pam maqtayvermang keyin bizga gerdayib yuradi.

Suganing bu yoqimli ammo haqqoniy gapidan hamma kulib yubordi

Bang Pd: Suga u yana shunday qilayotgan bo'lsa, menga ayt

Bu gapdan so'ng Suga o'zini kamsitilgandek his qilib arazli ko'zlar bilan ammo asabiy gap bilan javob qaytardi.

Suga: Men bog'cha bolasi emasman, o'zim nima qilishni juda yaxshi bilaman

Bang pd gapni ortiq cho'zgisi kelmay, qo'llari orqali qarsak chaldi. Bu ishora bilan butun guruh azolarini o'ziga qaratdi va so'z boshladi.

Bang pd: Shinday qilib bolalar men sizlarga kichik E'lon bilan kelgan edim.

Bang pdning bu jumlasi haqiqatdan ham Bangtanni sergak tortishga undadi.

Bang Pd unga diqqat bilan qarab turgan yigitlarga bir nazar tashlab qo'ydida gapida davom etdi.

Bang Pd: Eshitgan bo'lsangiz kerak yaqinda faoliyat boshlagan qizlar guruhi Blackpink, 8-avgust kuni tashkil topgan edi. Ammo ular Kpop sa'noatiga kirib kelishi bilanoq oradan 1 hafta ham o'tmasidan ular ilk mukofotini qo'lga kiritdi.

#Info Blackpink ilk Inkigayo mukofotini 2016-yil 14-avgust kuni qabul qilishgan. BTS esa bu mukofotni 2016-yil Mayda qo'lga kiritgan.

Bang PD: Shunday qilib ertaga BLACKPINK bilan do'stona uchrashuvingiz bor.

RM: Hop bo'ladi Bang pdnim. Ammo aniq vaqt va manzil belgilanganmi?

Bang pd: Buni so'raganing yaxshi bo'ldi, taxminan soat 10 da aytilgan manzilda tirgan bo'ling. Hali joy aniq emas shu sababli kechgacha sizlarga manzilni jo'natib qo'yaman.
Endi hamma tayorgarlikka.

Guruhdoshlar birma bir yana o'z joylarini egallashdi va repetitsiyani davom ettira boshlashdi. Ular kechgi 7-8gacha studiada qolishdi va kechki payt ramyun bilan ovqatlanib olishdi. Shu tariqa kechkilikni qilib bΓ³lib uylariga jo'nashdi.

β€’ ~ β€’

Ertalab soat kunduzgi 6. Kecha barcha mashg'ulot ta'sirida charchoqda va hali beri hech kim uyg'onmagan. Faqat bir a'zodan tashqari. J-hope barcha narsani o'z o'rnida bo'lishini istaydi va bugun ham doimgidek barchadan erta uyg'ondi va telifoniga kelgan SMS etiborini tortdi. Uyqu falajligida turgan bu yigit epchillik bilan smartfonini qo'liga oldi va xabar Bang Pddan ekanini ko'rib uyqusi qochib ketdi va telifoniga kelgan lokatsiyani ochib qaradi. Bu albatta bugungi uchrashuv belgilangan manzil edi. Hobi xabarni ko'rishi bilan boshqa a'zolarni ham bundan xabardor qilish istagida barchani uyg'otdi. Barcha yumuq ko'zlarini ahiqalab uyqudan turdi hattoki Jungkook ham ammo bir kimsadan tashqari albatta bu Taehyung edi. Hoseok bu uyquchi ayiqni uyg'otish maqsadida eng baland tongda baqirdi

Hobi: UYG'OOON UYQUCHI

Tae bunday baland ovozdan karaxt axvolda sapchib turib ketdi va telbalarcha harakatlanib, nimadir kulgili gaplar gapira boshladi.

Tae: Aaa nima bo'ldi? Soat nechchi? Kechikmadimmi? Blackpink?! Ular qayerda ? Men ulgurishim kerak-ku Men yuvinishim kerak. Hammomnqayerda edi.

Tae g'alati gaplarni aytib o'ziga. O'zi savol berib kulgili harakatlar qilib vannaxonaga kirib ketdi. Uning bunday telbanamo harakatlarini kuzatib turgan guruh azolari esa kulgudan o'zari tiya olmas edilar. Malum daqiqalardan so'ng o'ziga qarab, yuvinish xonasidan o'zgacha ko'rinish bilan chiqqan yigitga hamma og'zini ochib qarab turdi. Va Jimin gap boshladi.

Jm: Tae haliyam sen uylangani ketmayapsan, unda nima qilarding-a

Jiminni gapiga yoongi ham beixtiyor qo'shildi

Suga: Tae ishqilib kech qurun uxladingmi yoki ular tushlaringa ham kirib bedor qildimi seni

Jm: Ularni ko'rishga shunchalik ham oshiqasanmi a

Jimin qah qah otib kulib yubordi. Jimin kulish jarayonida Taening jaxldor qiyofasiga duch keldi va o'zini kulgudan bazo'r tiydi. Shundan so'ng Suga nimanidir payqagandek Taega nazar soldi va gap boshladi.

Suga: Tae negadir bugun sendan o'zgacha ifor taralayapti.

Tae: Hyung siz atir borasida juda sezgirsiz. Men bugungi uchrashuv uchun yangi atirimdan foydalangan edim

Atir so'zini eshitgan Jimin Taega mushuk ko'zlari bilan qaradi va undan so'radi

Jimin: Tae.. men h atiringdan foydalanay. Ahir soulmatemizku, memdan qizganmaysan shundaymi

Tae: Chimmy men buni senga bera olmayman men yagona bo'lib ajralib turish uchun qancha tayyorlandim ahir.

Jm: Tae qizbolaga o'xshab nozlanma endi, kel bir sepay bir joying uzulib tushamydiku ( balki uzilar aπŸ‘€ πŸ€¦β€β™€πŸ˜‚)

Tae baribir rad javobini aytavergach Jiminni hafsalasi pir bo'ldi, Taeni qo'lida turgan Le Gemme Empyre nomli atrini Suga shartta tortib oldi. Soniyalar ichida bo'lgan bu voqeadan Tae shackga tushib qoldi. Suga qo'lidagi bu qimmatbaho perfumeni ayamasdan tanasining har bir qismiga sepib chiqdi. Bundan esa albatta Taehyungning asab tolalari uzula boshladi va qattiq va qo'pol ohangda Sugaga baqira ketdi.

Tae: Hyung!!! Bu nima qilganingiz? Birovlarning narsasini so'rab ishlatish kerak

Jimin: Tae bo'ldi qil endi yosh bola bo'lma

Suga doimiy holatida shunchaki beparvolarcha gapirdi.

Suga: Taehyung sen meni ukamsan. Sendan so'raydigan joyim yo'q. Harhasha qilaveasangchi. Ma ushla atiringni

Tae: Buni nimasini ishlataman ahir tugab bo'ldiku.

Suga: Bo'ldi qil ketdik ovqatlanishga

Tae: Yaa nima?! Ahir mening yangi atirim bilan qorningizni to'qlab bo'ldingizku yana ovqatni o'ylaysizmi

Boyadan beri bu baxsni indamay kuzatib turgan Namjoonning ahiyri qoni qaynab ketdi sababi soat deyarli 9.

RM: Tae Suga bo'ldi bir narsaga yopishib olmanglar. Bizga topshiriq tushgan.

Jk ham bu gapga qo'shildi.

Jk: Namjoonie hyung ko'ryapsizmi? Mana aslida kimlar maknae yana meni yosh bola deysiz

Jungkook hafa bo'lgnadek ikki qo'lini bir biriga chalishtirib oldi.

Jin: Ohh Kookie rostanmi?

Jhope: Jin hamma gapirsa ham iltimos sen gapirma
Sen va Jungkook jinnicha qiliqlar qilishda tengi yo'qkusiz. Bir biringiz bilan urushib talashib, bir biringizni asabingizga tegishga ustakusiz.

Bu 6 yigitni baxsidan asabi mingga chiqqan RM vaziyatni o'z qo'liga oldi.

RM: YETAR BAS!!! BARCHA OVOZINI O'CHIRSIN
Sizlarni jankalingiz tugaydimi o'zi yoki yo'qmi? Sizlani bu oddiy narsaga ham yosh boladak urushishingizni kuzatgan chaqaloq ham o'zini eng qari deb o'ylaydi

Jhope: Sizlar bir gapni 10 barobar qilib qaytarish baxsidamisiz? Soat allaqachon 9:10 Biz aytilgna manzilda soat 10 da bo'lishimiz kerak.

Shundan so'ng barcha guruh azolari tezlikda kiyinib ketishga tayyor bo'lishdi.

π’π­πšπ«π¬ 𝐦𝐚𝐧𝐚 𝐦𝐞𝐧𝐒𝐧𝐠 𝐒π₯𝐀 𝐟𝐟𝐦𝐒 π›π’π«π’π§πœπ‘π’ πͺ𝐒𝐬𝐦𝐒 𝐨'πͺ𝐒𝐛 𝐛𝐨'π₯𝐠𝐚𝐜𝐑 𝐨'𝐳 𝐟𝐒𝐀𝐫𝐒𝐧𝐠𝐒𝐳𝐧𝐒 πͺ𝐨π₯𝐝𝐒𝐫𝐒𝐧𝐠.