Miledy
Minji:Salom Soolin xonim Shiku uyg'ondimi
Solin(Shikuni onasi):Minji kutib tur hozir Shikuni uyg'otaman
Soolin xonim:uyg'on Minji chaqiryapti
Soolin xonim:Jinni bo'ldingmi bugun yangi maktabga borasan tez tur órningdan
Soolin xonim Shikuni uygo'tib ózi pastga tushib ketti
Shiku:(ko'zlarini keskin tez ochdi)Hiiii maktab ha aytgancha yangi maktabga borishim kerakku
Shiku qulay yotog'idan turdi va shoshib keyindi va pastga dugonasini oldiga yugurib tushdi.
Shiku:Minjiii qalesan kettik,Xayr omma men maktabga kettim
Soolin xonim:Shiku bu nima qilganing ertalabki nonushtani qilmadingkuu
Shiku eshikni yopti va smartfonini olib o'zi sevga multserial ,, Ladybug and CatNoir,,ni tomosha qilishni boshladi.
Minji:Hooy uyquchi meni shuncha kuttiriding hech bo'lmaganda kutganim uchun raxmat ham aytmadinga.
Shiku:Hm hmm(Telefoniga qarab)
Minji:Nma ,,hmm,, gaplarimni eshityapsanmi o'zi shu telefoninga angrayib bir kun yo'qolib qolmasang bo'ldi
Shiku:Sen xavotir olma seni dugonang Seoulni uxlab yotganida ham bemalol aylanib chiqadi
Minji:Kechagina Seoulga kelib katta ketishingnichi
Minji:Qanaqa aytchi bizam eshitaylik
Shiku:Men qandolatchilikni o'rganmoqchiman
Minji:Tushimmi bu o'ngimmi hazllashyapsana nahotki?!Umrida oshxonaga qadam yo'lamaydigan, bitta bo'lsa ham tuxum qovurib ko'rmagan dugonam shirinlik pishirishni o'rganmoqchi bo'lsa,Yoki alaxsirayapsanmi
Shiku:Hazillashyotganga o'xshayapmanimi,Yoki menda ,,taom pishirish,,ga alirgiya bormi.Nima qilibdi o'rgansam,bu gaplaringni eshitib o'zimni tekinxo'r ochofatdek his qilyapman
Minji:Hop,hop zo'r fikr ammo o'ylashimcha sen hayollaringda uchrashib yuradigan multik qahramon ,,Adrien,, uchun pishirishni o'rganmoqchisan.
Shiku:Nima qipti.Men baribir u bilan uchrashaman
Shu bilan Minji boshqa gapirmadi tabiatni kuzatishni avzal ko'rdi.Shiku esa multikdan nari ketay deyishni hayoliga ham keltirmaydi.
Shiku ketayotgan yo'liga hech ahamiyat bermasdi birdan katta tanaga urulgach bu kim ekaniga qiziqib telefonidan boshini ko'tardi.Ha u juda kelishgan yigit edi.Eng qizig'i u juda ham Adrienga o'xshar edi
Tae:Kechirasiz Miledy.Ko'p telefonga qaramasdan yo'lga ham etibor berishni o'rganing
M..men turtilib ketgan yigit haqiqatdan ham Adrienga juda o'xshardi.Men Adrienni multfilmdagi bir personaj ekanini bilsamda uni hayotda uchratishni istardim.Bu kelishgan yigitni Adrianning tirik varianti deb bemalol atay olaman.Ayniqsa meni miledy deb chaqirishii,CatNoir ham Ladybugni huddi shunday atar edi balki u ham men kabi bu multik shaydosidir-aa
Hayol bilan bo'lib hattoki unga termulib qolganimni ham sezmay qolibman
Tae:Miledy menimcha menga ko'p tikilib yubordingiz(miyig'ida kulib qo'ydi)
Shiku hayolini bir joyga jamlab oldi
Bo'sh vaqtlarimda ,,Ladybug and CatNoir,, deb nomlanadigan multserial tomosha qilardim.U yerda bitta o'zgacha qiz bor albatta bu Marinette.Mening qarshimda turgan qiz ham huddi uni o'zi.Huddiki qiyofadoshlardek
Tae:Qayerga ketayotgandingiz xonim balki birga ketarmizaa
Ha haqiqatdan ham men maktabga shoshilayotgandim,Aytgancha Minji qanii,Jinni endi qanday qilib maktabga yetib boraman,U endi qaytmasa kerak,Maqtanib hamma joyni 5qo'lomdek bilaman demaslik kerak edi.Qayerdandir menga tanish bo'lgan ovoz eshitila boshladi
Minji:Shikuu qayerlarda yuribsan seni qidirmagan joyim qolmadiya
Bu vaqtdaShiku va Tae bir biriga qarab turishardi huddiki bu olamda ulardan boshqa inson yo'qdek ko'zlari orqali suhbatlashishardi.Minjini ovozini eshitgach ikkisi ham hayollarini yig'ib oldi
ae:Qayerga ketayotgandingiz xonim balki birga ketarmizaa
Tae:Qayerga ketayotgandingiz xonim balki birga ketarmizaa
Ha haqiqatdan ham men maktabga shoshilayotgandim,Aytgancha Minji qanii,Jinni endi qanday qilib maktabga yetib boraman,U endi qaytmasa kerak,Maqtanib hamma joyni 5qo'lomdek bilaman demaslik kerak edi.Qayerdandir menga tanish bo'lgan ovoz eshitila boshladi
Minji:Shikuu qayerlarda yuribsan seni qidirmagan joyim qolmadiya
Shiku va Tae bir biriga qarab turishardi huddiki bu olamda ulardan boshqa inson yo'qdek ko'zlari orqali suhbatlashishardi.Minjini ovozini eshitgach ikkisi ham hayollarini yig'ib oldi
Minji va Shiku maktab tomon ketishdi
Minji:(miyig'ida kulib)Hayollaring kimda
Minji:Boyadan beri boshqacha bo'lib qolding
Shiku:Ha aytgancha boyagi..bola kim taniysanmi
Minji:Gap buyoqda degin,yurakdan urdimi deymana
Shiku:Kulishni bas qil.Men shunchaki qiziqib so'radim.
Minji:Mayli mayli.Manimcha bu savolinga mendan ko'ra Google zo'r qilib javob beradi
Shiku:Google,jinnimisan oddiygina maktab o'quvchisini Googledan qidirmasam kerak
Minji:Kulgimni qistatma nahotki sen Kim Taehyungdek odamni tanimasang.Ha aytgancha buni tushunsa bo'ladi seni ko'zing faqat Adrienni ko'radiku.
~Kim Taehyung... Nega men hech uni qidirib ko'rmaganmana
Minji:Shikuyaa hayollaringni yog'ib ol maktabga yetib keldik.Sen bugun juda ko'p hayol surib yubording.Seni Geniuslar kitobiga kiritishimiz kerak
Shiku:Bo'ldi maynavozchilikni yig'ishtir
Ular sinfxona yaqinlashgach,U yerda 20dan ortiq qizlar yig'ilib turishardi
Shiku:Minji bular kim?Ular ham biz bilan o'qishadimi?Namuncha ko'p?Ko'rinishlaridan tengdoshga o'xshashmayapti?Sen bu yerni qizlar maktabi ekanini aytmaganding?!
Minji:Yaa Shikuu namuncha savollaring ko'p.Bu qizlar biz bilan o'qishmaydi ularni yoshlari turli xil,ba'zilari 14-15, bazilari esa 16-17 hattoki18-19-20yoshgacha qizlar ham bor.Kim bilsin balki undanda kattaroqlari ham bordir
Shiku:Nimaa?!Bu sinfda o'qishmasa,Nega ular bu yerda tizilib turishibdi
Minji:Taehyungni deb albatta..
Minji gapini yakunlamasidan Shiku yana savol berishni boshladi
Shiku:Kim Taehyung!Boya menga urilib ketgan bolami?U ham shu sinfda o'qiydimi?O'zi yoshi nechida?Nega 20 yoshdan katta qizlar ham shu yerda?Nima,u sinfdan sinfga qolib ketganmi(Shiku so'ngi gapini pichirlab aytdi)
Minji:Voy jinnivoye,U meni sinfdoshim bo'lsa,demak 17yosh axir.Sinfdan sinfga qolmagan ham,Keyin ham bunday bo'lmaydi,U sinfimizdagi eng alochi yana eng mashhur bola,Ha aytgancha qnaqa senga urilib ketgan, to'g'rirog'i sen unga urilib kettingku.
Minji:Ko'p qolib kettik yur sinfga kiramiz
Ular axiyri sinfxonaga kirishdi O'qituvchi esa Shikuni doska oldida turishini aytdi
Shiku:Nima?Nega?Men nega turqman axir Minji bilan bir vaqtda keldikku?Bu insofsizlikku!?
Shikuning bu savollarini eshitib sinfda kulgu ovozlari yangradi hattoki kam kuladigan Taehyung ham
Asi(o'qituvchi):Shiku nega? Deganing nimasi axir sen yangi kelgan o'quvchisan o'zingni tanishtirmaysanmi
Shiku:Aah meni yodimdan chiqibdi.Salom men yangi o'quvchiman yoshim 16da Ismim esa Kim Shiku
Shiku:😒ustoz men joyimga o'tirsam bo'ladimi
Shiku va Minji bir partada o'tirishdi darslar tugadi.Kunlar huddi shu zaylda o'taverdi ammo tuyg'ular o'zgarib boraverdi
Ustoz: Hosh o'quvchilar picnic qilishga nima deysizlar
Butun sinf:Ha ha picnic qilaylik qachoon qilamiz?! bugun qilaqolayliik
Asi:Hoop hop bugun qilsak qilamizda
Hamma birgalikda tabiat qo'ynida dam olish uchun picnic qilishga qaror qilishdi,Kimdir ichimlik olib kelgan,kimdirlar esa yeguliklar va yana kimlardir choyshab.Hamma yig'ilgach picnicca hozirlik ko'rishni boshlashdi.Hamma ishlar tugadi va hamma o'z joyiga o'tira boshladi ammo Shikuga joy qolmadi to'g'rirog'i Minji Shikuga joy olib qo'ygandi ammo u Taeni odida edi.Shiku dugonasining oldiga keldi va qulog'iga pichirlay boshladi.
Shiku:Minjii sen Taehyungni oldiga silji men esa seni o'rningga o'tiraman
Minji:Esingni yedingmi o'tiraver U seni yeb qo'ymaydi qo'rqma(Biroz kulib qo'ydi)
Shiku:Yaa sen ataydan shunday qildinga asab tolalarimni sinama tur men u bilan o'tirmayman
Minji:Ichingda jon jon deb turibsanku o'tiraver yoqmayotgan bo'lsa tur
Shiku chiqur nafas oldida Taeni oldiga o'tirdi.U Tae bilan yaqin bo'lishni istardi ammo u o'zini noqulay his qilardi.Shu sababli Shiku zo'rg'a ovqatlandi.Shu bilan picnic o'z nihoyasiga yetti va ular yegan ovqatlarini qoldiqlarini yig'ishdi,U yerni avvalgidek qilib maktabga qaytishdi.
Shiku:Cho'zlmasdan tezroq gapir nima so'ramoqchisan yana
Minji:Haligi..(U gapini tugatmasidan gapga Jungkook qo'shildi)
Jk:Azizam nega kovlanasanaa,Hosh mitticha biz dugonang bilan birga sayr qilishni rejalashtirgandik shuning uchun bir kuncha o'zing uyga qaytaqol.
Shiku:Kim mitti,asabimga tegma yaramas.
Mitti deganing uchun ham ,,yoq,, deyman men uyga Minji bilan qaytaman
Minji:Shikuyaa iltimos hop deya qol
Shiku:Mayli faqat dugonaligimiz hurmati hop deyman,Vaqtingni chog' o'tkaz
Jk:Faqat dugonaligimiz hurmati hop deyman,vla vla vla(Jungkook Shikuni mazax qilib gapini qaytardi)
Minji:Suyuqlanma Jungkook yur kettik
Shu bilan Jungkook va Minji maktabni sinfni etishdi birozdan so'ng esa Shiku yolg'iz qolganini his qilib tezda o'zi ham xonani tark etti.Ammo baxtga qarshi maktab darvozasiga yaqin kelganida sharris yomg'ir quyib yubordi.
Shiku:Qanday omadsiz kun endi nima qilaman
Shikuni usti-boshi xo'l bo'lishni boshlagan edi ammo birdaniga yomg'ir to'xtaganini his qildi.Aniqroq qilib aytganda faqt uni ustigagina yomg'ir tomchilari tushmayotgan edi.Shiku tepaga qarasa, Taehyung Shikuga o'zining qora soyabonini pana qilib turgan ekan.Shiku Taeni ko'rib ikki yuzi qizarib ketti.
Tae:Shiku bu senga uyga yaxshi yetib ol
Tae Shikuga o'z soyabonini tutqazdi va Shikuga qarab keng tabassum qilishni ham unutmadi.
U menga qaraganida yuragim to'xtab qolay dedi uning namlangan sariq sochlari uni yanada kelishkanroq ko'rsatardi.Men hech nima deyolmay qoldim.Huddiki gapirish qobiliyatimni yo'qotgandekman.Na raxmat deya olaman na Xayr deya olaman.Jin ursin u nega bunchalar kelishgan va hushmuomala.Men hattoki uni ko'zlariga qarab qolganimni sezmay qolibman.U meni holatimni tushundi shekilli menga nim tabassum qilib qo'ydi va shaxsiy mashinasi tomon ketti.
Minji:Shikuu gapir nega gapirmaysaan
Minji:Men yomg'ir yog'ishini qayerdan bilaman
Shiku:Bilmaysanda Jungkook bilan mazza qilib vaqt o'tkazganlaringdan keyin
Shiku:Men shamollab qolganimda nima bo'lrdi
Minji endi gap boshlamoqchi edi sinfga o'qituvchi kirib qoldi
Asi:Salom o'quvchilar shunday qilib darsimizni boshlaymiz.
Darslar tugab tanaffus elon qilindi.Bazilar yonidagi sherigi bilan suhbatlashsa bazilar esa keyingi soatdagi darslarga tayyorgarlik ko'rishmoqda.Shiku esa dars tugadi deyilishi bilan telefonini oldi va ,,Ladybug and CatNoir,, multserialinning yangi qismini ko'rishga shaylanmoqda.Multik endi boshlanay deb qo'shiq aytilishni boshlaganida Jungkook Shikuni mazax qilishni boshladi.
Jk:Hahaha aytgandimku mitti deb ana ,,ladybug and cat noir,, multigini ko'rayapti
Shiku orqa partada o'tirgan Jungkookka qaradi va gapira ketti
Shiku:Zato bazi bir kimsalarga o'xshab porn* ko'rmasam bo'ldimi,ha aytgancha multik hali boshlanmasidan turib u multfilm ekanini qayerdan bilding yana ismigacha bilar ekansan
Asi:Bo'ldi bolalar janjallashmanglar
Darslar tugadi Shiku Taehyungni soyabonini qaytarish maqsadida Taeni oldiga bordi.Bu paytda taehyung suratga olinayotgan edi
U juda mukammal huddi shag'zodalarga o'xshaydi.
Men hayol surib qoldim ammo bir ovoz meni reallikka qaytishimga sababchi bo'ldi bu taehyungni suratkashi edi
Suratkash: Miledy balki siz bizga yordam berib yuborarsiz, Taehyung bilan suratga tushishga nima deysiz
Quloqlarim notôg'ri eshitmayaptimi,Nahotki men Taehyung bilan birgalikglda suratga tushsam,bu tush emasmi,agar tush bo'lsa men bu tush ichida umurbod qolishga ham roziman.Men o'z hayollarim og'ushida bo'lib Tae va uning suratga oluvchisi meni kutib qolishganini esimdan chiqarayozibman.Ular haqiqatdan menga gapirishganmikan yoki irtimda kimdir bormikan deb atrofimga ko'z yugurtirib chiqdim va bu yerda mendan boshqa hech kim yo'qligiga amin bo'pdim
Tae:Miledy,Men bilan suratga tushishga nima deysan
Shiku:Model bo'lish meni orzuyim albatta roziman
Shiku o'zida yo'q hursand edi va Taeni oldiga bordi.
Tae:Salom Miledy seni yana ko'rganimdan hursandman shamollab qolmaganingdan ham
Shiku Taedan iliq so'zlar eshitganidan mamnun edi lekin uyalib ketganidan yuzlari qizarib ketti.Birozdan so'ng fotogrof ularni suratga tushishga tayyorliklarini so'radi
Fotogrof:Hosh o'smirlar suratga olyapman yaxshilab turib olingchi.
Kim Shiku bu qanaqa turish taxtadek qotib turmang Taehyungni oldiga biroz yaqinroq turing
Suratkashning bu gapidan sóng men belimda qóllarni his qildim,bu Taehyungniki edi u meni óziga yaqinroqqa surdi.Uning bu ishidan so'ng men boshmni ko,tardim va unga hayron bo'lib qaradim.U menga har doimgiden ko'zini qisib,keng tabassum qilib qo'ydi.Fotograf bizni har hil ko'rinishda bir nechta suratga oldi ishini tugatgach menga ruxsat berib,suratlarimizni mukammallarini saralashni boshladi.Men ish tugaganini bilib ortimga o'girilib endi ketmoqchi edim Taehyung meni qo'lindan tortib o'ziga qaratdi va meni labimdan bo'sa olishni boshladi.Bu holat kutilmaganda sodir bo'lgani uchun men gangib qoldim,shu sababli jim turishni maqul kórdim.Suratkash ishini tugatti shekilli,qo'lidagi fotocameradan ko'zini uzdi,shu zahoti uni nigohi bizga tushdi.
Suratkash:Muax tariflashga til ojiz
U shunday deya bizni rasmga odi.Men fikrlarimni jamlab oldim va bo'sani shu joyida uzdim.
Men bundan hayratda edim ,sababi biz bir birimizni taniganimizga atigi haftalar bo'lgan edi.Tan olaman men ham uni sevaman,birinchi ko'rganimdayoq unga nisbatan hislar paydo bo'lgan edi ammo unda ham menga nisbatan iliqlik borligini hayolimga ham keltirmagan edim.
Shiku:Mm..en haligi nima deyishni ham bilmayman
Tae:O'zimni Miledyim imkon ber menga seni umrimni oxirigacha baxtli qilishga so'z beraman,manashu ko'zlarim hatto yuragim ham sendan boshqasiga qaramaydi.Seni ko'zingdan bir tomchi ham yosh oqizmayman imkon ber faqat menga imkon ber shu yuragingdan men uchun joy ber seni umurbod sevaman yuragim bilan emas butun vujudim ruhim bilan sevaman faqat menga ishon.
Shiku:Mayli imkon beraman faqat 1marta imkon beraman
Men ham seni qanchalar sevishimni bilsang edi.Seni sevib qolishim uchun bir soniya ham ko'plik qildi.Seni meni shu beg'ubor yuragimga kirib kelganinga atigi haftalar bo'ldi.Sen uni ikki kun avval o'g'irlab bo'lgansan.Sen hatto meni tashlab ketsang ham hattoki xiyonat qilsang ham men seni kechiraveraman.Qancha aldasang ham men senga ishonaman faqat va faqat senga.Hattoki men seni shu ikki kun ichida tushlarimda ham ko'rdim.Meni oshiq qildi bu tabassumlaring,senga telbalarcha oshiq bo'ldi bu yuragim Kim Taehyung.
Tae:Demak hozirdan boshlab sevishganlar ekanmiz unda bu senga.Sevgimiz ramzi deb qabul qil.Bu unchalik qimmatli bo'lmasa ham qabul qilasan deb umid qilaman.
Shiku:Ahir bu.. Marinette va Adrianni sevgi ramziku.Qanaqasiga qimmatbaho bo'lmaydi bu umrim davomida olgan sovg'alarim ichida eng qimmatligi va men istaganim
Shiku shunday dedida Taehyungni bo'yniga osilib oldi va qattiq quchoqladi
Shiku shunday deb Taehyungni yuzidan o'pib qo'ydi.Taehyung esa Shikuni bu ishidan yettinchi osmonda edi
Shiku:Aslida buni men senga sovg'a qilishim kerak edi
Tae:Hamma narsa ham multfilmdagidek bo'lavermaydiku
Shiku: To'g'ri aytasan,ha aytgancha sen ham ,, Miraculous,, multfilmini ko'rasanmi
Tae:Bo'lmasamchi bu multserialni butun sinfimiz tomosha qiladi hattoki sinfraxbarimiz Asi xonim va Jungkook ham
Shiku: Yog'e ustoz hammi,ammo Jungkookni bilar edim
Tae:Miledy men seni rashk qilishni boshlayabman umuman Jungkook haqida unut hattoki hayolinga ham keltirma
Shiku:Meni sevgilim bunchalik rashkchi deb óylamagan edim
Tae:Sen meni rashkimni bilmapsan men seni hattoki shamoldan ham radhk qilaman
Shiku:Ohho menga namuncha rashkchi Rameo uchramasa
Tae Shiku bilan maktabga birgalikda ketishga qaror qildi va barvaqt turib uni katta yo'lda kuta boshladi.U to'g'risida kelayotgan qizni ko'rishi bilanoq uni oldiga yugurdida Shikuning lablaridan qisqa bo'sa olib u u bn salomlashdi
Tae:O'zimni Miledyim ertalabdan meni siylaganing uchun raxmat
Shiku:Taee biz axir ko'chadamiz
Tae:Seni manabu qirmizi lablaring meni o'ziga magnitdek tortishini bilsang edi ataylab ertalabki nonushtani qilmay keldim.
Shiku hayron bo'lib Taega qaradi chunki nega Taehyung nonushta qilmaganini tushunmas edi.Taehyung ham nega Shiku bunday qarayotganini sezib gap boshladi
Tae:Miledy seni lablaring juda mazaliki hattoki men to'ymadim,lablaringni bolidan yana yegim kelyapti.Lablarim juda och agar hozir bermasang labingni yeb qo'yaman
Shiku:Taeee jinnilanma yur kettik maktabga hozir dars boshlanadi.
U shunday deb yurib ketti ammo yonida Taeni ko'rmagach ortiga o'girildi
Shiku:Tae nega turibsan yur kettik
Tae:qo'lingdan ushlab ketmasam maktabga bormayman
Shiku:Yosh bolalik qilma yur kettik
Tae:Mayli unday bo'lsa men uyga ketaveraman
Shiku:Ha mayli faqat maktabga yetgach qo'limdan qo'yib yuborasan
Shunday qilib ular maktabgacha qo'l ushlashib ketishdi ikkisini qo'lidagi munchoq tufayli ikkisi sevishganlar ekanini aniqlash juda oson edi.
Shiku:Bo'ldi Tae qo'limni qo'yib yubor o'quvchilar ko'rsa nima deb o'ylaydi ayniqsa o'qituvchilar
Tae:Nima ham derdi sevishganlar deydida
Shiku:Men to'g'richalik gapiryapman
Taehyung va Shiku qo'l ushlashib yurishganini ko'rib ko'pchilikni Shikuga hasadi keldi.
Tae:Miledy nimadan qo'rqasan axir bannerlarda ham bizni suratlarimiz,gazetalarda ham
Tae:Axir men modelman,kecha esa birga suratga tushdik buzni suratlarimiz butun Korea bo'ylab tarqaldi yaqinda butun dunyoga mashhur bólamiz
Tae:Ana ortingdagi Bannerga qara
Tae:Nega axir yur sinfga kiramiz
Ular hali ham qo'llarini bir biriga birlashtirib turishgan edi sinfxonani eshigini ochishlari bilan Minji va boshqalar ularga bir dunyo savollar bilan yuzlanishdi
Minji:Shiku sizlar uchrashyabsizlarmi
Taehyung Shiku gap boshlamasidan o'zi javob berdi
Minji:Senga aytgandima sen uni sevib qolgansan deb sen esa buni rad etgan eding
Shiku:Senga bir gap aytib bo'lmas ekanda
Tae miyig'ida kulib qo'ydi va gap boshladi
Tae:Miledy nima sen meni boshidan beri yoqtirarmiding nega aytmading,shu payti boshidan beri birga bo'lar edik
Shiku:Nega menga bir emas ikkita bunaqa yuzimga soladigan inson uchragan,biri dugonam biri esa sevgilim
Minji:Hattoki sevgilim ham deyapsanmi ohho
Ularni gapiga Jungkook qo'shildi
Shiku bu gapni eshitib qizarib ketti va o'z joyiga ótirish uchun ketti
Minji:Shiku xonim balki bugun o'z shag'zodalari bilan ketarlara
Shiku: Maynavozchilik bo'lsa bo'ldiya senga
Tae:Miledy balki bugun birga uyga qaytarmiz
Shiku va Minjini gapini ularni orqasidan kelayotgan Tae bo'ldi
Shiku va Tae maktabni birga tark etishdi ,Minji va Jungkook esa birgalida uyga qaytishdi
Oradan 1 oy o'tdi sevishganliklarini munosabati bilan Taehyung Shikuga buni nishonlashlarini so'radi
Tae:Miledy balki bugungi kuningizni menga bag'ishlarsiz
Taehyung shunday deb shag'zodalardek tazim qildi,Shiku esa bunga javoban ha deb malikaradek rozi bo'ldi
Tae:Hosh unday bo'lsa kettik malikam
Taehyung Shikuga qo'lini uzatdi, Shiku ham unga qo'llarini berdi ular mazza qilib Seoul ko'chalarini aylanishdi shu payt ular bir muzqaymoq sotuvchisiga ko'zlari tushdi
Shiku:Taee qara axir bu ,,Miraculous,,Parijlik sevgi ulashuvchi Andreku yur kettik biz ham muzqaymoq sotib olamiz
Shiku xursandligidan sakrab qarsak chalib yubordi
Tae:Salom janob biz sizning muxlisingizmiz ayniqsa Shiku buzga muzqaymoq bera olasizmi
Andre:Men yangi sevishganlardan pul olmayman,men uchun ularni sevgisi eng qimmat narx
Ular Andre bilan xayrlashib,yaqin atrofdagi ko'prik oldida muzqaymoqni birgalikda yeyishdi.Taehyung Shikuning labini chetki qismiga tekkan muzqaymoq qoldig'ini qo'li bilan artib qo'ydi.Shiku har doimgidek ko'zlarini Taeniki bn to'qnashtirdi.
U har menga yaqinlashganida yuragim tashqariga otilib chiqay deyapti,U menga jilmayganida keng tabassumiga yanada oshiq bo'lyapman,Mehr to'la ko'zlariga boqsam ichida o'zimni ko'ryapman,Yurak urishini eshitsam ichimda g'alayon paydo bo'lyapti,Shudir sevgining oliy darajasi.Men bu tuyg'udan umuman voz kechish niyatim yo'q
Sen qalbimga shunday tez kirib keldingki hattoki qachon sevib qolganimni sezmay qoldim.Ammo shuni aniq bilamanki men seni doimo sevaman
Ular so'zlar bilan emas ko'zlari bilan gaplashishar buni esa qalblari orqali his qilishar edi.Huddiki bu olam faqat ularniki va faqat ular bordek bir birlariga qarab turishar edi.Oxiri bu sukunatni Shikuning telifoniga kelgan SMS buzdi.Keyin esa Shiku telifoniga kelgan SMSni ochdi bu ,,Miraculous,, maxsus saytidan edi
Shiku:Yaa Taehyung Adrianni qara u shuncha brendlar ambassadori ekan
Tae:Miledy men seni rashk qilishni boshlayabman
Shiku:Taee nima sen oddiy animatsiyadan ham rashk qilasanmi
Tae:Senga aytgandimku hatto shamollardan ham seni rashk qilaman deb bundan tashqari men ham juda ko'p brendlar ambassadoriman
U shunday deb rasmlarni kórsatdi(rasmni topolmadm Adriannikidaqa brendlar rasmi bor edi yóqotib qóydim ózingiz bilasku tasavvur qilavering)
Shiku:Mayli rahkchibek meni ham sevgilim modalar shag'zodasi ekanini unutganim yo'q
Shunday qilib kech tushgani bois ular uyga qaytishga qaror qikishdi ammo yo'lda shirin paxta sotuvchisini ko'rib qolishdi
Shiku:Taeeee shirinpaxta olib beer
Tae:Miledy sen doim shu ko'zlaring bilan menga aytganingninqildirasan
Tae Shikuga shirinpaxtani sotib olib berdi
Shiku:Tae o'zingga ham olmaysanmi
Tae:Meni o'zimni shirin va yoqimtoy shirinpaxtam bor
Shiku:Keel sen ham tatib ko'r bu juda mazali ekan
Shiku:Nozlanma men uchun tatib ko'r.Imm balki senga bo'sa hadya qilsam yersan
Tae Shikuning bu gapidan so'ng uni bo'yichalik qilib egildi,bundan foydalanib Shiku Taeni og'ziga shirinpaxtani soldi
Tae:ayyor sevgilime hozir tutib olsam seni qiynab bo'salar hadya qilaman va umuman qo'yib yubormayman
Shiku Taeni bu gaplarini eshitib qochishni boshladi shu payt yomg'ir tomchilay boshladi.Shikuga yomg'ir yoqardi shu sababli uning kayfiyati yanada ko'tarildi.Shiku Taedan qochaib katta yo'lning o'rtasiga yetib qolgan edi,qarasa Tae hali hamon yo'q u shu sababli yomg'ir tagida aylanishni boshladi shu payt qayerdandir Taeni ovozi yangradi
Shiku ataylab erkalanib kulib shunday dedi
Taeni gapidan so'ng Shiku ortiga o'girildi va ana endi katta yuk mashinasini payqadi.Shiku nima qilarini bilmay qotib qolgan edi.Shiku o'lishga tayyor bo'lib turganidan ko'zlarini chirt yumib oldi ammo uni kimdir yo'lni bu tomoniga itarib yubordi bu Taehyung edi.Shiku yerda biroz yotdi ammo o'zini o'nglab yo'lni o'rtasidagi jonsiz tana tomon yugurdi
Shiku:Taee tur Taehyung sen hali yashashing kerak,sen hali o'lishga haqqing yo'q,sen meni baxtli qilmoqchi eding,biz Parijga bormoqchi edik to'yimizni o'sha yerda qilmoqchi edik,Bizni qancha orzularimiz bor edi uyg'on,sen shunchaki hazillashyapsana ha aniq ahunday qilyapsan,hozir sen ko'zingni ochasanda meni qiynab lablaridan o'pib olasan ha sen shuni rejalashtiryapsana,hazillashishni bas qil tur o'rningdan
Shiku yig'lar edi unga qo'shilib butun borliq yig'ladi.Ular ilk uchrashganlarida ham yomg'ir yoqqan edi bu yomg'ir qisman bo'lsada ularni sevgi ramzi.
Taehyungni aytgan so'ngi so'zi shu bo'ldi.
Shiku:Tae men ham seni sevaman va har nafasinda seni sevishda davom etaman