Qismat✨
<Episode 4>
Leliya buni nimaligini sezdi, chunki uy ichi olov ichida qolgan edi. Leliya eshikni ochishga harakat qila boshladi.
Leliya: Yuna, meni eshityabsanmi? dedi Yunaga baqirib.
Yuna: Ha, Leliya eshik ochilmayabdi, endi nima qilamiz?
Leliy: Xonada bor, qattiqroq narsa topib, eshik qulfini ochishga harakat qil dedida oʻzi ham u yerdan chiqishga harakat qildi. Leliya juda koʻp harakat qildi, ammo bu foyda bermadi. Olov yanada kuchaydi, tutun esa Yuna va Leliyani boʻgʻar edi. Yuna ham qanchalik harakat qilmasin, foyda bermadi. Oxiri Leliya orqaga chekindi va bor kuchi bilan eshik tomonga yugurdi. Uni yelkasi bilan qattiq urganini biladi, shu bilan eshik ochilib yerga yiqildi, qoʻlida esa qattiq ogʻriq sezdi.
Leliya pov🍃
Bu qanday manzara? Nahotki... Hayotim ham xuddi shunday, olov ichida nima qilishini bilmay, esankirab yurgan qizman! Endi qanday yoʻl tutaman, Yuna bilan bu yerdan qanday chiqib ketaman? degan hayollarga koʻmilib qoldi. Ammo uni Yunaning ovozi chalgʻitdi.
Yuna: Leliya eshik ochilmayabdi, endi nima qilamiz? dedi tomogʻini qirib.
Jungkook Taehyung bilan oʻz omborlarida ishlari bilan mashgʻul edi. Jungkookga qoʻngʻiroq boʻlib qoldi.
X: Janob uyingizda yongʻin chiqibdi, tezroq yetib keling. Uy ichida qizlar qolib ketgan, u yerga kirishni iloji boʻlmayabdi dedida shoshilib qoʻngʻiroqni yakunladi.
Jk: Shibal! Yuna... Nimalar qilib qoʻydim?
Tae: Jungkook nima boʻldi? Nima deyishdi?
Jk: Taehyung tezroq boʻl, uyga ketishimiz kerak, uyda yongʻin chiqgan degancha yugurib chiqib ketdi.
Tae: Ashsh! Jin ursin! Axir Leliya ham oʻsha yerda ediku, dedida u ham Jungkookning ortidan chiqib ketdi.
Leliya oʻrnidan turib Yuna turgan xona yoniga borib, eshikni ochdi va Yunani qoʻlidan ushlab, xonadan olib chiqdi.
Uyning hamma yerini olov qurshab olgan, ular esa 2-qavatdan pastga amallab tushib olishdi. Pastki qavatga yetib kelishganda, yuqoridagi qandil pastga tushib ketdi. Yunani himoya qilish maqsadida uni boshqa tomonga itarib yubordi va oʻzi ham zudlik bilan boshqa tomonga oʻtdi.
Ular chiqishga harakat qila boshlashdi va ular eshikni yopib endi chiqishgan edi ham, uy portlab ketdi. Yuna va Leliya har tomonga otilib ketdi va qaytib koʻzlarini ochishmadi. Uy yoniga „Tez yordam“ va „ Oʻt oʻchiruvchi“ mashinalar yetib keldi. Jungkook va Taehyung bir mashinada uyga yaqinlashgan edi, uyning portlaganini koʻrib, yanada tezlikni koʻtardi. Ular uyga yetib kelishdi va mashinadan tushishdi. Ular u yerdan faqat Yuna va Leliyani qidirishar edi. Taehyung Leliyani uyning chetida juda ham yomon ahvolda topdi. Taehyung qizni koʻrib, Yunani gapiga kirmaganligidan juda afsuslandi va vaqtni boy bermasdan, uni qoʻliga koʻtarib shifokorlarga topshirdi, soʻngra oʻzi ham shifoxonaga yoʻl oldi.
Taehyung pov🍃
Leliya meni kechir, men bunday voqea roʻy berishini bilmagan edim. Yunaning gaplariga kirib, seni uyingda qoldirsam yaxshi bilar ekan. Iltimos meni tashlab ketma, yaxshi boʻlib ketsang seni oʻzim himoya qilaman degan hayollarga berilib yoʻlida davom etdi. Jungkook esa tinmay Yunani qidirar edi. Ammo Jungkookdan oldin Yunani shifokorlar topdi.
Sh: Hoooy, qiz bu yerda tezroq kelinglar, ahvoli juda ham ogʻir, nafas olishi ham yuza degancha boshqa shifokorlarni chaqira boshladi. Jungkook ham bu gaplarni eshitib u tomonga yugurdi. Yunaning ahvoli rostdan ham juda ogʻir edi, uni ham zudlik bilan shifoxonaga olib ketishdi.
Yarim soatdan soʻng...
Shifoxonaga yetib kelishdi va Yuna bilan Leliyani operatsiya xonasiga olib kirib ketishdi. Jungkookning Yunaga nisbatan tuygʻulari hali ham saqlanib qolgan edi, ammo u 1 yil oldingi olgan jarohatiga Yunani azoblab malham surmoqchi boʻlgan edi. Taehyung operatsiya xonasining eshigi yonida turar, har bir shifokor ichlariga kirib chiqganida yuragi boshqacha urar, uni oʻzini tinchlantirish uchun esa har biridan Leliyaning ahvoli haqida soʻrar edi. Jungkook esa polda, boshlarini tizzalariga aytgancha jim oʻtirar, aslida esa ichida dunyolar qulab boʻlgan edi.
Ming lanat senga Jungkook! Nega bunday qilding? Axir Yunani haligacha sevishingni bilar edingku, lekin baribir unga ozor berding. Berganda ham eng ogʻriqlisini... Nega bunchalar xudbin boʻlib ketdim, nega? degan hayollar kechardi. Ancha vaqtdan keyin xonadan shifokor chiqib Leliya haqida xabar berdi.
Sh: Qizlar juda ham ogʻir jarohat olishgan! Leliyaning oʻng qoʻli lat yegan, kurak va yelka qismlarida esa kuyish va ichki organlarda ezilish kuzatilgan. Baxtimizga Leliyada chuqur kuyish kuzatilmagan!
Tae: Leliyani koʻrsam boʻladimi? dedi ichkariga shoshilgancha. Shifokor uni toʻxtatib.
Sh: Hozir mumkin emas, oʻziga kelsa keyin palataga olamiz, shundan soʻng koʻrishingiz mumkun. Yunaning ahvoli haqida shifokor hech qanday maʼlumot bermagani uchun Jungkookning oʻzu soʻrab oldi.
Jk: Yunani ahvoli qanday? Nega u haqida hech narsa aytmayabsiz? degancha asabiylashar edi.
Sh: Yuna haqida aytadigan boʻlsam, uni oʻziga kelishi... deb shifokor sukut saqladi. Jungkook bu soʻzni eshitib, uni yoqasidan olib, jaxl qilib baqira boshladi.
Sh: Yuna juda ham ogʻir jarohat olgan, uning ustiga shifoxonaga kelayotganda yuragi urishdan toʻxtab qolgan, shifokorlarimiz esa unga yordam koʻrsatgani uchun unda yana puls aniqlangan. Undan tashqari unda chuqur kuyish, uzoq masofaga borib tushgani sababli ichki qon ketish kuzatilgan. Uning ahvoli hozir juda ham ogʻir, yurak urishi ham juda sust, shuning uchun uni jonlantirish boʻlimida saqlayabmiz dedida u yerdan uzoqlashdi.
Jungkook bu soʻzlarni eshitib yerga oʻtirib qolgan, shifokor aytgan soʻzlariga ishonmas edi. Taehyung ham uni ahvolini yaxshi tushunib turar, lekin unga tasalli berishga harakat qilardi. Ammo Jungkook hali bilmasdiki Yuna qanday ahvolga tushishini, Yuna bilsa ham Jungkookga bildirmasligini.